Fayllar. Org


-modda. Investitsiya kompaniyasining faoliyati


Download 369.69 Kb.
bet9/36
Sana25.02.2023
Hajmi369.69 Kb.
#1227872
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36
Bog'liq
internetdan olingan ma\'lumotlar

10-modda. Investitsiya kompaniyasining faoliyati
Qimmatli qog‘ozlar chiqaradigan va ularni joylashtirish bo‘yicha uchinchi shaxslar foydasiga kafolatlar beradigan, qimmatli qog‘ozlarga mablag‘ soladigan, o‘z nomidan va o‘z hisobidan, shu jumladan qimmatli qog‘ozlarni kotirovkalash (investitsiya kompaniyasi sotish yoki sotib olish majburiyatini o‘z zimmasiga oladigan muyayan qimmatli qog‘ozlarni sotish narxini va sotib olish narxini e’lon qilish) hisobidan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisini amalga oshiradigan yuridik shaxs investitsiya kompaniyasidir.
Investitsiya kompaniyalari o‘z resurslarini faqat muassislarning mablag‘lari hisobidan, shuningdek reinvestitsiya qilingan o‘z mablag‘lari hisobidan tashkil etadilar va yuridik hamda jismoniy shaxslarga sotiladigan o‘z qimmatli qog‘ozlarini emissiya qiladilar.
Investitsiya kompaniyalari aholining omonatlari va mablag‘lari hisobidan o‘z jalb etilgan resurslarini tashkil etish huquqiga ega emaslar.
11-modda. Investitsiya fondining faoliyati
Investorlarning pul mablag‘larini ishga solish maqsadida aksiyalar sotib oladigan va chiqaradigan hamda mablag‘larni fond nomidan qimmatli qog‘ozlarga, banklardagi hisobvaraqlarga va omonatlarga qo‘yadigan yuridik shaxs investitsiya fondidir.
Investitsiya fondlarining mablag‘larni bunday qo‘yish bilan bog‘liq tavakkalchiligi, bu mablag‘larning bozordagi qadri o‘zgarishidan keladigan daromad va ko‘riladigan zarar to‘la-to‘kis ushbu fond egalari (aksiyadorlari) hisobiga o‘tkaziladi va ular tomonidan fond aksiyalarining joriy narxlari o‘zgarishi hisobiga realizatsiya qilinadi.
Banklar va sug‘urta kompaniyalari investitsiya fondlari bo‘la olmaydi.
12-modda. Boshqaruvchi kompaniyaning faoliyati
Boshqa investitsiya institutlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning investitsiya aktivlarini boshqarish sohasida faoliyat ko‘rsatadigan, shuningdek qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisini amalga oshiradigan investitsiya instituti boshqaruvchi kompaniya deb ataladi.
Yuridik shaxsning egalik qilish uchun o‘ziga berilgan va boshqa bir shaxsga tegishli bo‘lgan, mazkur shaxs yoki bu shaxs ko‘rsatgan uchinchi shaxslar manfaatlarini ko‘zlab:
qimmatli qog‘ozlarni;
qimmatli qog‘ozlarni investitsiyalashga mo‘ljallangan pul mablag‘larini;
qimmatli qog‘ozlarni boshqarish jarayonida olinadigan pul mablag‘lari hamda qimmatli qog‘ozlarni haq evaziga boshqarish vakolatini muayyan muddat davomida o‘z nomidan amalga oshirishi qimmatli qog‘ozlarni boshqarish sohasidagi faoliyat hisoblanadi.
Qimmatli qog‘ozlarni boshqarish faoliyatini amalga oshirish tartibi qonun hujjatlari va shartnomalar bilan belgilanadi.

Download 369.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling