Fayllar. Org


-modda. Qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisiga doir bitimlar


Download 369.69 Kb.
bet8/36
Sana25.02.2023
Hajmi369.69 Kb.
#1227872
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36
Bog'liq
internetdan olingan ma\'lumotlar

7-modda. Qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisiga doir bitimlar
Investorlar tomonidan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar birja bozorlari va birjadan tashqari bozorlarda qayta sotilishi mumkin. Investorlar oldi-sotdilarni investitsiya institutlari orqali ham, mustaqil holda ham amalga oshirishlari mumkin.
Egasi yozilgan qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdisiga doir bitimlar tomonlarning o‘z xohish-irodalarini izhor etganliklarini qayd etish imkonini beradigan hujjat shaklida amalga oshiriladi.
Egasi yozilmagan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisiga doir bitimlar tomonlarning o‘z xohish-irodalarini izhor etganliklarini qayd etish imkonini beradigan hujjat shaklida amalga oshiriladi, vositachisiz tuziladigan va tuzilgan paytda bajariladigan bitimlar bundan mustasno.
Davlat mol-mulkini boshqarishga vakil qilingan organ tomonidan aksiyalar oldi-sotdisiga doir bitimlar birjadan tashqari bozorda mustaqil suratda, investitsiya vositachilari ishtirokisiz O‘zbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydigan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
8-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozorida vositachilik
Qimmatli qog‘ozlar bozorida vositachilikni investitsiya vositachilari amalga oshiradilar.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida brokerlik va (yoki) dilerlik faoliyatini amalga oshirayotgan investitsiya instituti investitsiya vositachisi hisoblanadi.
Topshiriq shartnomalari yoki vositachilik haqi asosida yoxud bitimlar tuzish uchun berilgan ishonchnoma asosida ish olib borib, vakolatli shaxs yoki vositachi sifatida qimmatli qog‘ozlar yuzasidan fuqarolik-huquqiy bitimlarni amalga oshirish brokerlik faoliyati hisoblanadi.
Muayyan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va (yoki) sotish narxlarini oshkora e’lon qilish hamda ushbu qimmatli qog‘ozlarni e’lon qilingan narxlari bo‘yicha sotib olish va (yoki) sotish majburiyatini olish yo‘li bilan o‘z nomidan va o‘z hisobidan qimmatli qog‘ozlarga doir oldi-sotdi bitimlarini tuzish dilerlik faoliyati hisoblanadi.
9-modda. Maslahat berish borasidagi faoliyat
Qimmatli qog‘ozlar bozorini va uning ishtirokchilarini tahlil etish va istiqbolini aniqlash, moliyaviy vositalarni (moliyaviy majburiyatlarni) ekspertiza qilish, ishlab chiqish va tavsiya etish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish, qimmatli qog‘ozlar chiqarish, ularni joylashtirish va muomalaga kiritish, mutaxassislarni qayta tayyorlash, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar investitsiya siyosatini amalga oshirishlari xususida maslahatlar berish sohasidagi xizmatlar maslahat berish borasidagi faoliyat deyiladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida maslahat berish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi investitsiya instituti investitsiya maslahatchisi deb ataladi. Yuridik yoki jismoniy shaxs investitsiya maslahatchisi bo‘lishi mumkin.
Investitsiya maslahatchisi mijoz mustaqil ravishda bir qarorga kelishi uchun unga zarur axborotni beradi va muayyan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish yoki sotish bo‘yicha tavsiyalar berishga haqli emas.

Download 369.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling