1- ma’ruza. Kirish. O’sish va rivojlanish qonuniyatlari. Tayanch-harakat tizimining yoshga oid xususiyatlari va gigiyenasi. Nerv tizimining yoshga oid fiziologiyasi va gigiyenasi. Oliy nerv faoliyati va uning yoshga oid xususiyatlari. Reja


Kuchli, qo’zg’aluvchan, muvozanatlashmagan, jonsarak tip


Download 154.48 Kb.
bet38/44
Sana09.06.2023
Hajmi154.48 Kb.
#1473401
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   44
Bog'liq
1- Ma\'ruza. Kirish. O\'sish va rivojlanish qonuniyatlari

1. Kuchli, qo’zg’aluvchan, muvozanatlashmagan, jonsarak tip. Bu tipda tormozlanishdan ustun turadi.Bu tipga kiruvchi bolalarda shartli reflekslar sekin paydo bo’ladi, u o’rta o’zlashtiriladi biror ishga tez kirishi, tez soviydi. Emotional reaksiyalari kuchli, bilar - bilmas javob berib o’z fikrini maqullaydigan, topshiriqlarni o’z vaqtida bajarib kelmaydigan, sekin paydo bo’lgan shartli reflekslar tez so’nadi. Maktab hayotiga kichiklik bilan ko’nikadi, nutqi tez va qo’pol, xarakterli o’zgaruvchan , o’z hissiyotlarini qiyinchilik bilan ushlaydigan, qiziqqon, agresiv, tarbiyaga qiyinchilik bilan beriluvchi, faqat tarbiya asosidagina uzoq va tiziomli ish faoliyatiga ega bo’ladi.
2. Kuchli, qo’zg’aluvchan , muvozanatlashgan, serharakat tip. Bu tip nerv prosesslarning kuchliligi, qo’zg’alish va tormozlanishning muvozanatlashganligi va harakatchanligi bilan ta’riflanadi. Maktab hayotiga tez ko’nikadi, o’qish va yozishni tez o’rganadi, ular namunali hulqqa ega bo’ladi, darslarni a’lo darajada o’zlashtiradi, uyga berilgan vazifalarni o’z vaqtida bajarib kelishiga harakat qiladi, nutqi tez va ravon, so’z boyligi ishoralar bilanb o’z fikrini boshqalarga ifoda qiladi va boshqa ijobiy xarakterlar bilan ajralib turadi.
3. kuchli, qo’zg’aluvchan, muvozanatlashmagan, kam harakat tip. Bu tipda qo’zg’alish va tormozlanish kuchli, ammo ularning o’rin almashinuvi sust. Bu tipga kiruvchi bolalarda shartli reflekslar sekin hosil bo’ladi, tez so’nadi va sekin tiklanadi, ular o’qish , yozish va gapirishni tez o’rganadilar, ularning hulqlari yaxshi, odobli, nutqlari sekin va ravon, so’zga boy bo’ladilar.
4. Nimjon yoki sust tip . Bu tipda nerv prosesslari sustligi , kam kuzatuvchanligi va muvozanatlashmaganligi , yani tormozlanish jarayonning yuqoriligi bilan harakatlanadi. Bu tipga kiruvchi bolalarning ish qobilyati past , nutqi sekin, yaxshi rivojlanmagan, so’z boyligi kam, qiyinchiliklardan qo’rqadi , charchaydi , o’qish , yozishni sekin o’rganadi , maktab hayotiga qiyinchilik bilan ko’nikadi , o’z o’rtog’ining xarakteriga ixtiyorsiz moslashadi , o’zlashtirishi past , xarakteri beqaror maqsadsiz, diqqati beqarorligi bilan xaraktertlanadi.

Download 154.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling