1- ma’ruza. Kirish. O’sish va rivojlanish qonuniyatlari. Tayanch-harakat tizimining yoshga oid xususiyatlari va gigiyenasi. Nerv tizimining yoshga oid fiziologiyasi va gigiyenasi. Oliy nerv faoliyati va uning yoshga oid xususiyatlari. Reja


Download 154.48 Kb.
bet39/44
Sana09.06.2023
Hajmi154.48 Kb.
#1473401
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Bog'liq
1- Ma\'ruza. Kirish. O\'sish va rivojlanish qonuniyatlari

Dinamik stereotip. Odatdagi hayot sharoitida odam va hayvon organizmiga turli-tuman ta'sirlovchi ta'sir etib turadi. Miya yarimsharlar po'stlog'ining shartli reflekslar analitik-sintetik faoliyati tufayli organizm shu xildagi murakkab ta'sirlovchilarga moslashadi. Miya yarimsharlari po'stlog'ining shartli reflekslar analitik-sintetik faoliyati yordamida barcha murakkab ta'sirlovchilar organizmning murakkab shartli reflektor faoliyatiga misol qilib, kompleks shartli reflekslarni olish mumkin. Bu miya yarimsharlari po'stlog'ining yanada murakkab faoliyati bo'lib,shartli reflektor faoliyati yoki dinamik stereotip hisoblanadi.
Dinamik stereotip deb, ma'lum bir vaqtda shartli refleksning uzluksiz ravishda tartib bilan kelishi va nerv sistemasida shu ta'sirga javob qaytarilishiga aytiladi. Boshqacha aytganda, u bir necha yillar davomida shartli reflekslvrning izchillik bilan kelib, miya po'stlog'ida qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlari hosil qilishidip. Dinamik stereotip har bir odam uchun o'ziga xos bo'ladi.
Maktab yoshidagi bolalar bosh miya yarimsharlari po'stlog'ida dinamik stereotip hosil bo'lishining dinamik jarayonlarini tekshirish faqat nazariy emas, balki amaliy jihatdan ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, darslarni fiziologik asosda tashkil etish, kun tartibini tuzish, ovqatlanish, mehnat va dam olish va hokazolar o'quvchilar nerv sistemasida dinamik stereotipni vujudga keltirish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Birinchi va ikkinchi signal sistemasi. Odamda birinchi va ikkinchi signal sistemasi, hayvonlarda esa faqat birinchi sistemasi bo'ladi.Odamning yuksak xayvonlardan asosiy farqlaridan biri unda og’zaki va yozma nutqning rivojlanganligidir.Nutq ta’sirlovchi sifatida sezgi organlari orqali qabul qilinib,shrtli refleks hosil qiladi.
Odam oliy nerv faoliyati ham, hayvonlar oliy nerv faoliyati kabi, reflektor tabiatga ega. Tashqi dunyodagi konkret signallarni analiz va sintez qilish odam va hayvonlarga xos umumiy xususiyat hisoblanadi. Odamning oliy nerv faoliyati o'ziga xos sifat belgilariga ega, bu uning barcha jonzotlardan yuqori pog'onada turishini ko'rsatadi.
Faqat odam yuqori darajada anglash, abstrakt fikrlash, so'zlash qobiliyatiga ega. Odam oliy nerv faoliyatining taraqqiyoti natijasida voqelikning ikkinchi signal sistemasi vujudga kelgan. Ikkinchi signal sistemasi so'zlardan iborat bo'lib, nihoyatda rivojlangan nutq signallari faqat bevosita signallar o'rnini bosmasdan, balki predmetlarning ayrim belgilarini farq qilish va ularni umumlashtirish, ular o'rtasidagi bog'lanishlarni vujudga keltirish xususiyatiga ega.
Odam so'z yordamida tabiatning ob'yektiv qonuniyatlarini, insonning tarixini va jamiyat tajribasini aks ettiradi. So'zlar yordamida tushunchalar, qonunlar boshqa kishilarga yetkaziladi. Tushuncha va qonunlar jamiyatning mehnat faoliyati jarayonida taraqqiy etadi. So'z yordamida signal sifatida ta'sir etib, turli reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin. Ikkinchi signal sistemasining ro'yobga chiqishida nerv sistemasining so'zlarni qabul qiluvchi markazlari bilan real ta'sirlovchilarni qabul qiluvchi markazalari o'rtasida vaqtincha shartli bog'lanish hosil bo'ladi.
Ikkinchi signal sistemasi asosida vujudga keladigan vaqtincha bog'lanishlar birinchi signal sistemasi asosida vujudga keladigan vaqtincha bog'lanishlarga nisbatan murakkabroq bo'ladi. Ikkinchi signal sistemasi fiziologik tabiati jihatidan yuqori tartib va iz qooldiruvchi shartli reflekslardan iborat. Ikkinchi signal sistemasi birinchi signal sistemasi asosida ko’rish, eshitish, hid sezish, ta’m bilish vujudga keladi. Katta odamlarda va bolalarda shartli reflekslarni faqat bevosita ta'sir etadigan predmet va hodisalar vositasida emas, balki bevosita ta'sirlovchilar, ya'ni so'zlar orqali ham hosil qilish mumkin.
Bolada to`liqsiz tovush hayotining dastlabki oilarida ham paydo bo`lsa-da, lekin bular hali ikkinchi signallar rolini o`ynamaydi va faqat odamga xos bo`lgan signal sistemasining ishga tushishi uchun go`yo tayyorgarlik davri bo`lib hisoblanadi.
Shartli taasurot bo`lmish so`z avvaliga faqat muayyan vaziyatda ma'lum bir oxang bilan talaffuz qilinganida ta'sir ko`rsatadi, bola hayoti ikkinchi yilining birinchi yarmi oxiriga kelganda esa u signallarning signali bo`lib qoladi. Bolaning ayrim so`zlarni, goho bularning ma'nosini tushunmasada, oson takrorlay olishi va eslab qolish qobiliyati ham xuddi ana shu davrda rivojlanib boradi.
Hayotining ikkinchi yili davomida lug`at zapasi ancha tez ortib boradi, 3 yoshgacha bo`lgan davr nutq qaror topib, shakllanib boradigan davr hisoblanadi, Eng optimal davrdir. Adabiyotda tasvirlangan voqealar bunga misol bo`la oladi. Emadigan vaqtida bo`rilar olib qochib ketgan va 7 yoshga kirguncha bo`rilar orasida katta bo`lgan qizning tabiiyki tili chiqmagan, ya'ni unda nutq yo`q edi. Shu yoshda bo`rilardan ajratib olingan qiz nutqqa o`rgatildi. 4 yil o`rgatilganidan keyin u 6 ta so`zni, 7 yil o`rgatilganidan keyin esa atigi 45 ta so`zni eslab qoldi. Buni shu bilan izoxlasa bo`ladiki, nutq egalashning eng optimal davri 3 yoshgacha bo`lgan vaqt o`tib ketgan edi.

Download 154.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling