1- ma’ruza. Kirish. O’sish va rivojlanish qonuniyatlari. Tayanch-harakat tizimining yoshga oid xususiyatlari va gigiyenasi. Nerv tizimining yoshga oid fiziologiyasi va gigiyenasi. Oliy nerv faoliyati va uning yoshga oid xususiyatlari. Reja


Download 154.48 Kb.
bet40/44
Sana09.06.2023
Hajmi154.48 Kb.
#1473401
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Bog'liq
1- Ma\'ruza. Kirish. O\'sish va rivojlanish qonuniyatlari

Nutq va fikrlash bir-biriga chambarchas bog`liq, chunki boshqalar nutqini qabul qilib, uning ma'nosiga qarab bizda fikrlash vujudga keladi, o`z fikrimizni esa nutq orqali bayon etamiz Nutq ikkinchi signal sistemasi sifatida bolaning yoshligida birinchi signal sistemasi asosida paydo bo`lib rivojlanadi. Bola katta kishilar va tengdoshlari bilan bevosita muloqotda bo’lib turar ekan. Turli so’zlarni eshitib, nutqqa o’rgana boshlaydi. U 6-7 oyligidan boshlab eshitgan so’zlardan bo’g’in ajrata boshlaydi. Bola bir yoshga kirganda u 5-10 so`zni ayta oladi,ikki yoshda uning so`z boyligi 300 taga, 3 yoshda 1000 taga, 4 yoshda 2000 taga yetadi. Bolaning so`z boyligi uning sog`ligiga, ota-onasi va tarbiyachilarning madaniyatiga, ular olib boradigan tarbiyaviy ishlar mazmuniga bog`liq. Maktab yoshigacha va boshlang`ich sinflarda hosil bo`lgan shartli reflekslar, o`rgangan so`zlar miya hujayralarida mustahkam iz qoldirib, uzoq yillar saqlanadi. Shuni alohida qayt qilish kerakki, bolada nutq qobiliyatining paydo bo`lishi va rivojlanishi uchun uning markaziy nerv tizimining tuzilishi va funktsiyasi normal rivojlangan bo`lishi zarur. Avvalo uning eshitish organlari va bosh miya po`slog`ining chakka qismida joylashgan eshitish markazi sog`lom bo`lishi kerak. Chunki boshqalarning so`zini eshitish uchun uning eshitish qobiliyati normal bo`lishi lozim. Shu bilan birga miya yarim sharlari po`slog`idagi nutq markazi normal rivojlangan, sog`lom bo`lishi zarur. Bu ikkala markazning bittasi nor-mal rivojlangan bo`lmasa, bolada nutq paydo bo`lmaydi. Kar-soqovlarning eshitish qobiliyati bo`lmaganligi uchun ham ularda nutq, paydo bo`lmaydi. Bolaning nutqi tarbiya, o`qish, bilim olish, jarayonida rivojlanadi. Nutqning rivojlanishida ovoz chiqarib o`qish, she'r aytish, qo`shik kuylash, musiqa tinglash muhim rol o`ynaydi. Nutqning rivojlanishi o`z navbatida odamning o`qishi, bilim olishi, hunar o`rganishiga, fikrlash qobiliyatiga va ijodiy ravnaqi yanada takomillashuviga imqon beradi.
Bola atrofidagi narsalar va hodisalar bilan asta-sekin tanishib borar ekan, ayni vaqtda ularning nomini ham o'zlashtirib boradi. Buning natijasida bosh miyada konkret narsalarning obrazini ifodalavchi so'zlar, ya'ni narsalarni o'zi bilan, ularning nomlari o'rtasida bog'lanish vujudga keladi. Keyinchalik so'zlar ham odamga xuddi real narsalar singari ta'sir etadigan kuchga ega bo'lib qoladi. Masalan, qorin ochganda birorta ovqatning nomini aytilsa, bu so'z xuddi ovqat kabi ta'sir qilib, so'lak ajralishini kuchaytiradi. Har qanday so'z faqat yakka narsani ifodalab qolmay, balki umumlash xususiyatiga bog'liq bo'ladi. Masalan, hayvon deganda, faqat ot, sigir, g'o'y kabi hayvonlarni tushunib qolmay, balki ko'p jonivorlar tushuniladi.
Odam ko'p narsalarni va hodisalarni so'z orqali aks ettirib, o'zlashtiradi. Shuning uchun ikkinchi signal sistemasi orqali ifodalangan real narsani yoki hodisani yaqqol tasavvur eta olishi kerak.

Download 154.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling