1. 6-§. Òog‘ jinslarining fizik-mexanik xususiyatlari haqida tushunchalar


-§. Jinslarning paydo bo‘lishiga qarab klassifikatsiyasi


Download 16.3 Kb.
bet2/4
Sana09.04.2023
Hajmi16.3 Kb.
#1347006
1   2   3   4
Bog'liq
Fizik mexanik xususiyatlar

1.7-§. Jinslarning paydo bo‘lishiga qarab klassifikatsiyasi
Yerning litosfera qobig‘i har xil tog‘ jinslaridan iborat. Òog‘
jinslari deb, yer qobig‘ining katta qismini egallagan va bir yoki bir
necha minerallar to‘plamidan iborat tabiiy birikmalarga aytiladi.
Òog‘ jinslari hosil bo‘lish sharoiti va tarkibiga qarab uchta guruh:
magmatik, metamorfik va cho‘kindi guruhlariga bo‘linadi.
Magmatik tog‘ jinslari effuziv va intruziv jinslarga bo‘linadi.
Effuziv jinslar magmaning yer yuzasiga otilib chiqib qotishidan
hosil bo‘ladi. Bu jinslar (bazalt, diabaz, andezit, porfirit, liðarit,
felzit) mayda zarrachali shishasimon va porfirli struktura bilan
xarakterlanadi va yuqori mustahkamlikka, kam abrazivlilikka ega
bo‘ladi. Intruziv jinslar magmaning yer yuziga otilib chiqa olmasdan, asta-sekin uning chuqur qismlarida qotishi natijasida hosil
bo‘ladi. Ular (granit, siyenit, diorit, gabbro, peridoditlar) yirik
kristalli strukturaga ega bo‘lib, kam mustahkamlikka va yuqori
abrazivlilikka ega bo‘ladi.
Asosan bir xil minerallardan tarkib topgan magmatik tog‘
jinslari katta qattiqlik va abrazivlilikka ega, burg‘ilashga kam qarshilik ko‘rsatadi. Bu guruhdagi jinslar, asosan, olmosli koronkalar
bilan hamda gidro- va pnevmourgichlar bilan burg‘ilanadi.
Cho‘kindi tog‘ jinslari beqaror xususiyatlarga ega bo‘lib,
magmatik tog‘ jinslaridan o‘zining kam mustahkamligi bilan
farqlanadi. Cho‘kindi jinslar kompleksiga serg‘ovak bo‘sh yotqiziqlar
zarrachalari, o‘zaro bog‘lanmagan (qum, shag‘al, graviy) serg‘ovak
yotqiziqlar, qovushqoq (sog‘ tuproq, tuproq yotqiziqlari) va o‘zining mexanik xususiyatlari bilan magmatik jinslarga yaqin turadigan
17
qattiq jinslar (ohaktosh, dolomit, qumtosh, alevrolit, konglomerat
va boshqalar) kiradi.
Bu kompleksdagi jinslar qattiq qotishmali koronkalar bilan
yaxshigina burg‘ilanadi, biroq tarkibida ko‘p kvars, boshqa ruda
minerallari yoki karbonatlar va boshqa qattiq sementlar bilan
sementlangan jinslar olmosli koronkalar bilan burg‘ilanadi.
Metamorfik tog‘ jinslari yer qobig‘ining ma’lum chuqurligida
yuqori harorat, kuchli bosim va kimyoviy aktiv moddalar ta’sirida
magmatik va cho‘kindi jinslarning qayta kristallanib o‘zgarishidan
hosil bo‘ladi. Metamorfik jinslarga gneys, slanes, marmar, kristalli
kvarsit, jespilit, rogovik, skarn va boshqalar kiradi. Bu jinslar
metamorfizm jarayoni xarakteriga bog‘liq holda yuqori yoki kichik
mustahkamlikka ega bo‘lishi mumkin, bo‘sh, maydalangan yoki
qattiq monolit holatga aylanishi mumkin.
Kristall slanes, marmar, fillitlar qattiq qotishmali koronkalar
bilan yengil burg‘ilanadi. Rogovik, kvarsit, jespilit kabi kvarsli
jinslarni olmosli koronkalar, zarba-aylanma va termik usullar bilan
burg‘ilash yaxshi samara beradi.
Skarnlar mineral tarkibining va zarrachalari kattaligining rang -
barangligi bilan alohida ajralib turadi. Ularning fizik-mexanik
xususiyatlari va burg‘ilanishi o‘zgarmas qiymatga ega emas.

Download 16.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling