1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya]


Download 439.55 Kb.
bet3/25
Sana12.11.2023
Hajmi439.55 Kb.
#1767925
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
237-sonli qaror 10.08.2015

ijtimoiy xizmatlar — keksalar va nogironlar hayoti sifatini oshirishga, ularga jamiyat hayotida qatnashish uchun boshqa fuqarolarga teng bo‘lgan imkoniyatlar yaratishga va(yoki) o‘zining bazaviy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar va xatti-harakatlar kompleksi;
ijtimoiy xizmat standarti — vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchilarga nisbatan xizmatlar sifatini ta’minlash bo‘yicha belgilangan talablar, ular xizmatlar tavsifini, xizmatlar ko‘rsatish shart-sharoitlarini, muddatlarini, ijtimoiy xizmatlarning sifati va natijadorligi ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi;
Oldingi tahrirga qarang.
ijtimoiy ko‘maklashish xizmatlari — yuridik va jismoniy shaxslarni jalb etish hamda ularning xatti-harakatlarining kelishilganligini ta’minlash yo‘li bilan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishda ko‘maklashish.
(2-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko‘rsatish, shuningdek ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishning yakka tartibdagi dasturini shakllantirish va ro‘yobga chiqarish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
II. Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish shakllari va turlari
(II bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
yashash joyida ijtimoiy ko‘maklashish xizmatlari va maslahat xizmatlari;
xonadondagi ishlariga qarashish xizmatlari;
kunduzi va qisqa vaqt bo‘linadigan muassasalardagi xizmatlar;
internat muassasalaridagi xizmatlar.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yashash joyidagi ijtimoiy ko‘maklashish xizmatlari va maslahat xizmatlari tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limlari tomonidan ko‘rsatiladi va quyidagi xizmat turlarini o‘z ichiga oladi:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
ijtimoiy muhofaza qilish va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish masalalari bo‘yicha maslahatlar berish, tegishli tashkilotlarga yuborish;
Oldingi tahrirga qarang.
sog‘lig‘ining holati bo‘yicha muhtoj bo‘lgan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ularga homiylikni belgilashda ko‘maklashish hamda homiylarning o‘z vazifalarini bajarishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiyaning texnik vositalarini olishda ko‘maklashish;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashaydigan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga bepul yoki imtiyozli dori-darmonlar bilan ta’minlanishda ko‘maklashish.
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-oktabrdagi 563-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/563/0889-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga uyida parvarish qilish bo‘yicha ijtimoiy xizmatlar tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limlari tomonidan ko‘rsatiladi hamda ular maishiy xizmat ko‘rsatishni, shu jumladan oziq-ovqat mahsulotlarini, zarur sanoat tovarlarini va dori-darmonlarni sotib olish va uyiga yetkazib berishni, ovqatlar tayyorlashda va uyni yig‘ishtirish-tozalash, gigiyena ishlarida ko‘maklashishni o‘z ichiga oladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Kunduzi yoki qisqa vaqt bo‘linadigan muassasalarda (nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarida, yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning muloqot va dam olish markazlarida, sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalarida keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish, mustaqil ravishda harakatlanish va mo‘ljal olish, reabilitatsiyaning texnik vositalaridan foydalanish ko‘nikmalariga o‘rgatish;
Oldingi tahrirga qarang.
keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy integratsiyalash tadbirlari;
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
qonunchilikka muvofiq pulli va pulsiz asosda sanatoriyda sog‘lomlashtirish.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Internat muassasalarida keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
doimiy parvarish qilishni ta’minlash, maishiy xizmat ko‘rsatish, mebellar, inventarlar, yotoqxona buyumlari bilan jihozlangan qulay uy-joy berish, kiyim va poyabzallar, boshqa kundalik ehtiyoj buyumlari bilan ta’minlash, yoshini va sog‘lig‘ini davolashni hisobga olgan holda oqilona va parhez taomlar bilan ovqatlanishini tashkil etish;
dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatish, dispanserizatsiyadan o‘tkazish, zaruriyat bo‘lganda, ixtisoslashtirilgan statsionarlarda davolatish, tibbiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiyaning texnik vositalari bilan ta’minlash;
maxsus psixologik-pedagogik yordam ko‘rsatish, hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirish;
dam olishini, qiziqishlarini shakllantirish va rivojlantirish uchun klub va to‘garak ishlarini tashkil etish;
shaxslarni internat muassasalaridan chiqarish va ularning mustaqil hayot kechirishi yoki oilada yashashi uchun shart-sharoitlar yaratish.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko‘rsatish turlari to‘g‘risidagi axborot O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan Davlat xizmatlari, shakllari va blankalarining yagona reyestriga kiritiladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
III. Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish
(III bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan tasdiqlanadigan ijtimoiy xizmatlar standartlariga rioya qilish majburiydir.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Davlat boshqaruvi organlari, fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatadigan boshqa tashkilotlar aholini keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ijtimoiy xizmatlarning shakllari, turlari, shartlari, muddatlari, hajmlari, ularni ko‘rsatish sifatini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida xabardor qilishlari shart.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladigan va ijtimoiy yordam oladigan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagi axborot O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi tomonidan boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladigan va Ijtimoiy yordam oladigan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni hisobga olish bo‘yicha yagona registrga kiritiladi. Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladigan va ijtimoiy yordam oladigan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagi ochiq ma’lumotlar vazirliklar va idoralarning rasmiy veb-saytlarida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlat interaktiv xizmatlari yagona portalida joylashtiriladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
IV. Yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish
(IV bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam bilan ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturi asosida ta’minlanadilar.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
14. Ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda boshqa tashkilotlarning o‘z vakolatlari doirasida bajarishi uchun majburiydir.
Ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturini shakllantirishda, ushbu Nizomning 57 — 59-bandlarida ko‘rsatilgan holatlardan tashqari, quyidagi bosqichlarga rioya qilish majburiy hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni aniqlash;
yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning yashash holatini baholash;
yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni Shaxsiy ro‘yxatga kiritish;
(14-bandning uchinchi — beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish;
ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturining monitoringini yuritish va uni baholash, qayta ko‘rib chiqish va tugallash.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni aniqlash, ularning yashash holatini baholash natijalari, shu jumladan tasdiqlaydigan hujjatlarning ko‘chirib olingan versiyalari, ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturi ma’lumotlari, uning amalga oshirilishi va unga kiritilgan tuzatishlarga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi axborot O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga, shuningdek ochiq ma’lumotlar qismi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining rasmiy veb-saytiga hamda O‘zbekiston Respublikasining davlat interaktiv xizmatlari yagona portaliga kiritilishi kerak.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
IV1 Yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga uyida xizmat ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodimlarning xizmatini tashkil etish
151. O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatish uyida xizmat ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda, o‘zgalarga xavf tug‘diradigan yuqumli hamda ruhiy kasalliklarga chalingan shaxslarga uyida ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatilmaydi.
152. Uyda xizmat ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodimlarning faoliyat chegarasi tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limlari tomonidan aniqlanadi.
153. Uyda xizmat ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodimlar o‘z ishlarini yolg‘iz fuqarolarning xohishlarini inobatga olgan holda tuzilgan va tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan jadval (reja) asosida tashkil etadi.
154. Uyda xizmat ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodim lavozimi ijtimoiy yordam ko‘rsatish xizmatining shtat jadvalida 1 ta lavozim:
qishloq joylarida 6 — 8 nafar yolg‘iz fuqaroga;
shahar joylarida 8 — 10 nafar yolg‘iz fuqaroga xizmat ko‘rsatish hisobida belgilanadi.
155. Uyda xizmat ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodimlarning shtatdagi soni tuman (shahar)da o‘zgalar parvarishiga muhtoj va ijtimoiy yordam ko‘rsatish xizmati tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan mazkur Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan yolg‘iz va yolg‘iz yashovchi fuqarolar sonidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
156. Uyda xizmat ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodimlar maxsus xo‘jalik sumkalari (bir yilga bitta sumka), xalat (bir yilga bitta xalat) hamda xonalarni tozalash uchun inventar bilan ta’minlanadi.
157. Uyda xizmat ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodimlarning lavozim-maoshlari ijtimoiy ta’minot xodimlari uchun o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan mehnatga haq to‘lash tarif setkasiga muvofiq belgilanadi.
158. Uyda xizmat ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodimlarga yo‘l haqi uchun kompensatsiya to‘lovlari qonunchilikda belgilangan miqdorlarda joriy qilinadi.
(IV1 bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
V. Yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni aniqlash
(V bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni aniqlash fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi tomonidan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar to‘g‘risida quyidagi jami ma’lumotlarni olish asosida amalga oshiriladi:
yolg‘iz yashashi;
yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni parvarish qilishni ta’minlashga qodir bo‘lgan shaxslarning yo‘qligi;
yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsning o‘zgalar parvarishiga muhtojligi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni aniqlash:
(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
xonadonlarni birma-bir aylanib chiqish yo‘li bilan;
jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan yozma, og‘zaki yoki elektron shaklda berilgan ma’lumotlar asosida;
Oldingi tahrirga qarang.
keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning mustaqil ravishdagi murojaatlari asosida amalga oshiriladi.
(17-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Xonadonlarni birma-bir aylanib chiqish ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiya a’zolari tomonidan tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi xodimi bilan birgalikda har chorakda chorakdan keyingi oyning 10-kunigacha amalga oshiriladi. Xonadonlarni birma-bir aylanib chiqishda yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni aniqlash uchun xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari raislaridan, fuqarolar yig‘ini raislaridan va u erda yashaydiganlardan ma’lumotlar olinadi.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Shoshilinch yordam ko‘rsatish zarurligi hamda yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxsning hayoti va salomatligi uchun xavf mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar olingan taqdirda tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi ushbu Nizomning 57 — 59-bandlarida belgilangan tartibga muvofiq xatti-harakatlarni amalga oshiradi.
Xonadonlarni birma-bir aylanib chiqish natijalari bo‘yicha ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda Yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni aniqlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan berilgan ma’lumotlar olinganda yoki keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar yozma, og‘zaki yoki elektron shaklda mustaqil ravishda murojaat qilganda tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi murojaatni ushbu Nizomning 3-ilovasidagi shakl bo‘yicha Yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko‘rsatish masalalari bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish daftarida ro‘yxatdan o‘tkazishi shart.
Ma’lumotlarni qabul qilgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi xodimi:
shoshilinch yordam ko‘rsatishning zarurligini aniqlashi va zaruriyat bo‘lgan taqdirda ushbu Nizomning 57 — 59-bandlaridagi tartibga muvofiq harakat qilishi;
ariza beruvchiga ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko‘rsatish shartlari haqida tushuntirishlar berishi, yashash holatini baholash uchun yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxsni borib ko‘rishning zarurligi to‘g‘risida xabar qilishi hamda borish sanasini belgilashi kerak.
Jismoniy shaxs yoki ariza beruvchi yoxud uning qonuniy vakili hisoblanmaydigan yuridik shaxs murojaat qilgan taqdirda tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi xodimi ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida murojaat qilingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida mazkur shaxsga xabar qilishi zarur.
Yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxs aniqlangan kundan boshlab besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi xodimi uning uyiga borishi hamda ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko‘rsatish shartlari to‘g‘risida uni xabardor qilishi kerak. Bunda yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxsga axborot varaqasi beriladi, unda xizmatlar va yordam ko‘rsatish turlari, ularni amalga oshirish qoidalari va tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi xodimining bog‘lanish ma’lumotlari (xodimning ismi, familiyasi, otasining ismi, uning lavozimi, telefon raqami) ko‘rsatiladi, shuningdek keksa va nogironligi bo‘lgan shaxs yoki uning qonuniy vakili tomonidan keksa yoki nogironligi bo‘lgan shaxsning ushbu Nizomga 4-ilovadagi shakl bo‘yicha ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturi asosida Ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko‘rsatish uchun Shaxsiy ro‘yxatga kiritish to‘g‘risida ariza berishning zarurligi to‘g‘risida xabar qilinadi. Ushbu Nizomning 57 — 59-bandlarida belgilangan holatlarda ariza talab qilinmaydi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Oilada o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan bir necha keksa va nogironligi bo‘lgan shaxs borligi aniqlangan taqdirda Shaxsiy ro‘yxatga kiritish to‘g‘risidagi ariza ularning har biri yoki ularning qonuniy vakillari tomonidan beriladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Keksa yoki nogironligi bo‘lgan shaxs ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko‘rsatishni rad etgan taqdirda unga axborot varaqasida ko‘rsatilgan kontaktlar bo‘yicha ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko‘rsatish yuzasidan tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limiga takroriy murojaat qilish mumkinligi to‘g‘risida xabar qilinadi. Shuningdek unga Yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni aniqlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida dalolatnomani (xonadonlarni birma-bir aylanib chiqishda aniqlangan taqdirda) yoki Yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko‘rsatish masalalari bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish daftariga rad etishning sababini ko‘rsatgan holda imzo qo‘yish tavsiya etiladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
VI. Yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsning yashash holatini baholash
(VI bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa yoki nogironligi bo‘lgan shaxsning yashash holatini baholash (keyingi o‘rinlarda yashash holatini baholash deb ataladi) uning yoki qonuniy vakili tomonidan yozma yoki elektron shaklda beriladigan uni ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturi asosida Ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko‘rsatish uchun Shaxsiy ro‘yxatga kiritish to‘g‘risidagi arizasi asosida amalga oshiriladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i quyidagilar uchun mas’ul bo‘lgan xodimni (keyingi o‘rinlarda bo‘limning mas’ul xodimi deb ataladi) tayinlaydi:
(23-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsning yashash holatini baholashni amalga oshirish;
(23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsni Shaxsiy ro‘yxatga kiritish uchun hujjatlarni tayyorlash;
(23-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturini ishlab chiqish, amalga oshirish monitoringini yuritish va qayta ko‘rib chiqish (zaruriyat bo‘lganda), tugallash;
Oldingi tahrirga qarang.
yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsga ijtimoiy ko‘maklashish.
(23-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limining mas’ul xodimi tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi xodimlaridan tayinlanadi.
(23-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsning yashash holatini baholash yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsning yashash joyiga borishni, uning qarindoshlari va yaqinlari, tegishli davlat va nodavlat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qilishini o‘z ichiga oladi. O‘tkazilgan baholash natijalari Yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsning yashash holatini baholashning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan shaklida aks ettiriladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsning yashash holatini baholash yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa yoki nogironligi bo‘lgan shaxs tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha arizasi berilgan kundan boshlab o‘n ish kuni mobaynida o‘tkaziladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsning yashash holatini baholash tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limining mas’ul xodimi ishtirokida, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiya tomonidan o‘tkaziladi.
(26-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsning yashash holatini baholash quyidagilarni nazarda tutadi:
(26-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
sog‘lig‘ining holatini baholash;
o‘zgalar parvarishiga muhtojligini baholash;
uy-joy-maishiy sharoitlarini baholash;
ijtimoiy muhofaza qilish choralari bilan ta’minlanganligini baholash;
huquqiy jihatdan himoyalanganligini baholash;
Oldingi tahrirga qarang.
yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsning muloqot va dam olish sohasini baholash.
(26-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27. Yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsning sog‘lig‘i holatini baholash yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsdagi mavjud kasalliklar, uning tibbiy xizmat ko‘rsatishga ehtiyojlarining qondirilishi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Ambulatoriyada davolashda dori-darmonlar bilan imtiyozli ta’minlanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar toifalari ro‘yxatiga muvofiq dori-darmonlar bilan bepul ta’minlanganlikni nazarda tutadi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsning o‘zgalar parvarishiga muhtojligini baholash uning o‘zgalar yordamiga bog‘liqlik darajasini belgilashni nazarda tutadi hamda yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsning yashash holatini baholashning 3-bo‘limini to‘ldirgan holda amalga oshiriladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
29. Uy-joy-maishiy sharoitlarini baholash uy-joyning xavfsizligi to‘g‘risidagi, uning sanitariya-gigiyenik holati, yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsning jismoniy imkoniyatlariga moslanganligi, shu jumladan markazlashtirilgan suv, issiqlik ta’minotining mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plashni nazarda tutadi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsning qonunchilikka muvofiq kafolatlanadigan ijtimoiy muhofaza qilish chora-tadbirlari bilan ta’minlanganligini baholash yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxs tomonidan imtiyozlar, nafaqalar va boshqa to‘lovlar olishga, protez-ortopediya buyumlarini va reabilitatsiyaning texnik vositalarini olishga, sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalarida dam olish va sog‘lig‘ini yaxshilashga hamda boshqa ijtimoiy muhofaza chora-tadbirlarini olishga bo‘lgan huquqlarining amalga oshirilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plashni nazarda tutadi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Huquqiy muhofaza qilinganligini baholash yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsda shaxsini belgilovchi hujjatlarning, uning ijtimoiy muhofaza chora-tadbirlarini ta’minlashga huquqlarini tasdiqlovchi boshqa zarur hujjatlarning mavjudligi to‘g‘risidagi, uning qonunchilikka muvofiq uy-joyga, boshqa shaxslardan yordam olishga bo‘lgan huquqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ishni nazarda tutadi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsning muloqot va dam olish sohasini baholash uning muloqot va dam olishga bo‘lgan ehtiyojlarining qondirilishi, yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsga homiylik qilishni xohlovchi shaxslarni, shuningdek uni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘lgan shaxslarni aniqlash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plashni nazarda tutadi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
33. Yashash holatini baholashning natijalari ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiyaning xulosasida aks ettiriladi. Komissiyaning xulosasi uning barcha a’zolari tomonidan imzolanadi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining va davolash-profilaktika muassasasining muhrlari bilan va tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi. Xulosaning nusxasi yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsga yashash holatini baholash tugallangan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida beriladi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsning yashash holatini baholashda quyidagi hujjatlar yig‘iladi:
yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsning yoki uning qonuniy vakilining arizasi;
yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsning yashash holatini baholash natijalari bo‘yicha ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiyaning xulosasi;
yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxs pasportining nusxasi;
I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun — nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomaning nusxasi;
yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsning doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan (yoki ilgari doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan) shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan iborat bo‘lgan joylarda pasportga oid ishlarni yuritishga vakolatli xodim tomonidan berilgan ma’lumotnoma.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsni Shaxsiy ro‘yxatning “yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar” toifasiga kiritish uchun uning voyaga yetmagan bolalari, shuningdek keksa va nogironligi bo‘lgan hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan bolalari, eri (xotini) va ota-onasi mavjud bo‘lgan taqdirda ushbu Nizomning 34-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
(35-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
voyaga yetmagan shaxslar uchun — tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarning nusxalari;
Oldingi tahrirga qarang.
I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar pasportining nusxasi, ularning nogironligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarning nusxalari, bolalar, er-xotin (er-xotinlar), ota-onalar uchun — o‘zgalar parvarishiga muhtojligi to‘g‘risida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiyaning xulosasi.
(35-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Yolg‘iz yashaydigan keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsni Shaxsiy ro‘yxatning “yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar” toifasiga kiritish uchun, u o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmaganlar, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxs bilan birgalikda yashagan taqdirda, ushbu Nizomning 34-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
(36-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
voyaga yetmagan shaxslar uchun — tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarning nusxalari;
Oldingi tahrirga qarang.
I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar pasportining nusxasi, ularning nogironligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarning nusxasi, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun — o‘zgalar parvarishiga muhtojligi to‘g‘risida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiyaning xulosasi.
(36-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Yashash holatini baholash tugallangach tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limining mas’ul xodimi tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘iga yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsning yashash holatini baholashning to‘ldirilgan shaklini, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiyaning xulosasini, shuningdek ushbu Nizomning 34-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni quyidagilar to‘g‘risida:
(37-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
keksani va nogironligi bo‘lgan shaxsni yolg‘iz yoki yolg‘iz yashaydigan deb e’tirof etish va uni Shaxsiy ro‘yxatga kiritish to‘g‘risida tuman (shahar) hokimligiga iltimosnoma yuborish haqida;
(37-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko‘rsatishni rad etish bo‘yicha asoslangan arizani rad etish haqida qaror qabul qilish uchun taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
VII. Yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsni Shaxsiy ro‘yxatga kiritish
(VII bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
38. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi tomonidan yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsni Shaxsiy ro‘yxatga kiritish to‘g‘risida iltimosnoma taqdim etgan taqdirda, yashash holatini baholash tugallangandan keyin uch ish kuni mobaynida tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi tuman (shahar) hokimligiga iltimosnomani va ushbu Nizomning 34 — 36-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlarni taqdim etadi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
39. Tuman (shahar) hokimligi ushbu Nizomning 34 — 36-bandlariga muvofiq taqdim etilgan hujjatlarni besh ish kuni mobaynida ko‘rib chiqadi hamda keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsni yolg‘iz yashaydigan yoki yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxs deb e’tirof etish yoxud e’tirof etishni rad etish to‘g‘risida, shuningdek uni Shaxsiy ro‘yxatga kiritish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qiladi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
40. Shaxsiy ro‘yxat ushbu Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni “yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar” hamda “yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar”dan iborat bo‘lgan ikki toifaga ajratishni hisobga olgan holda tuziladi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
41. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi tuman (shahar) hokimining qarori qabul qilingandan keyin uch ish kuni mobaynida tegishli axborotni avtomatlashtirilgan axborot tizimiga hamda Ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam oladigan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning yagona registriga kiritadi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
42. Yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni Shaxsiy ro‘yxatdan chiqarish tuman (shahar) hokimi qarori bilan quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
a) yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxs uchun:
yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsning ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko‘rsatishni rad etishi to‘g‘risida tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limiga taqdim etiladigan yozma arizasi bo‘yicha;
internat muassasasiga joylashganda;
boshqa yashash joyiga o‘tganda (keksa yoki nogironligi bo‘lgan shaxsning hujjatlarini, uning roziligi bilan, keksa yoki nogironligi bo‘lgan shaxsning yangi yashash joyidagi tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limiga bergan holda);
yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa yoki nogironligi bo‘lgan shaxs vafot etganda;
keksa yoki nogironligi bo‘lgan shaxsni Shaxsiy ro‘yxatga kiritish uchun ilgari taqdim etilgan hujjatlardagi tegishli ma’lumotlarga muvofiq bo‘lmagan faktlar aniqlanganda;
yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsga homiylik belgilanganda, shuningdek sud tomonidan keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsni parvarish qilish vazifalari uning qarindoshlariga va boshqa shaxslarga yuklanganda;
yolg‘iz yashaydigan va yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxsdan I va II guruh nogironligi olib tashlanganda;
b) yolg‘iz yashaydigan keksa va nogironligi bo‘lgan shaxs uchun:
yolg‘iz yashaydigan keksa va nogironligi bo‘lgan shaxs bilan birga yashaydigan shaxslar balog‘at yoshiga yetganda;
yolg‘iz yashaydigan keksa va nogironligi bo‘lgan shaxs bilan birga yashaydigan shaxslardan I va II guruh nogironligi olib tashlanganda;
yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxs bilan birga yashaydigan ilgari qamoqda va jazoni o‘tash muassasalarida bo‘lgan shaxslar ozod qilinganda;
yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxs bilan birga yashaydigan ilgari uzoq muddat davolanishda bo‘lgan shaxslar davolanishdan chiqqanda;
v) yolg‘iz keksa yoki nogironligi bo‘lgan shaxs uchun:
yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsning bolalari balog‘at yoshiga yetganda;
yolg‘iz yashaydigan keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsning bolalari, er-xotin (er-xotinlardan) va ota-onalaridan I va II guruh nogironligi olib tashlanganda.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
43. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiya bilan birgalikda ushbu Nizomning 42-bandida ko‘rsatilgan holatlar aniqlangandan keyin uch kun mobaynida tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga xat tayyorlaydi va ularni yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsni Shaxsiy ro‘yxatdan chiqarish uchun tuman (shahar) hokimligiga taqdim etadi.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
44. Tuman (shahar) hokimligi ushbu Nizomning 43-bandida ko‘rsatilgan xat tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi tomonidan taqdim etilgandan keyin besh ish kuni mobaynida ularni ko‘rib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
VIII. Ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish
Oldingi tahrirga qarang.
45. Ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturi yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxs Shaxsiy ro‘yxatga kiritilgan kundan boshlab o‘n ish kuni mobaynida ishlab chiqiladi.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
46. Yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsning har biri uchun shaxsiy yig‘majild ochiladi, unga yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsning yashash holatini baholashning to‘ldirilgan shakli hamda ushbu Nizomning 34 — 36-bandlarida sanab o‘tilgan hujjatlar tikib qo‘yiladi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
47. Ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturi yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsning yashash holatini baholash natijalari bo‘yicha ishlab chiqiladi. Ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturi tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi hamda tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limining mas’ul xodimi, yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxs, shuningdek uni ishlab chiqishda qatnashgan barcha shaxslar tomonidan imzolanadi.
Yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsning xohishiga ko‘ra ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturi imzolashdan oldin unga o‘qib eshittiriladi, bunda ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturida tegishli yozuv qayd etiladi.
Ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturining asl nusxasi tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limida saqlanadi, uning nusxasi esa yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsga beriladi.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
48. Ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturi yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsni sog‘lomlashtirish, uni uyida parvarish qilishni ta’minlash, uning uy-joy-maishiy sharoitlarini yaxshilash, uni ijtimoiy va huquqiy muhofaza qilish choralarini ko‘rish, uning muloqot va dam olish doirasini kengaytirish, unga homiylik qilishni xohlaydigan shaxslarni, shuningdek uni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘lgan shaxslarni jalb etish bo‘yicha tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
49. Sog‘lomlashtirish bo‘yicha tadbirlar davolash-profilaktika muassasasining xodimi tomonidan tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limining mas’ul xodimi bilan birgalikda belgilanadi va u dispanserizatsiyalashni, sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalarida sog‘lomlashtirishni, zaruriyat bo‘lganda — ixtisoslashtirilgan statsionarlarda davolashni o‘z ichiga oladi.
(49-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
50. Uyda parvarish qilish bo‘yicha tadbirlar tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limining mas’ul xodimi tomonidan o‘zgalar parvarishiga muhtojlik to‘g‘risidagi xulosaga muvofiq belgilanadi va maishiy xizmat ko‘rsatishni, ovqat tayyorlashda va supurish-yig‘ishtirish ishlarida, gigiyena tadbirlarini amalga oshirishda ko‘maklashishni o‘z ichiga oladi.
Uyda parvarish qilish xizmatlari ko‘rsatish tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi tomonidan yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxs Shaxsiy ro‘yxatga kiritilgandan keyin uch ish kuni mobaynida tashkil etiladi.
Shaxsiy ro‘yxatga kiritilgan yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar birgalikda yashagan taqdirda uyda xizmat ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodimning ular huzuriga borishining chastotasi va davomiyligi ushbu keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslardan birining o‘zgalar parvarishiga bog‘liqligining eng yuqori darajasi bo‘yicha belgilanadi. Ulardan har biri uchun borish kunlari va soatlari soni jamlanmaydi.
O‘zgalar yordamiga yuqori darajada yoki to‘liq bog‘liq bo‘linganda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsga internat muassasasida xona taklif etiladi, u erda u kecha-kunduz parvarish qilish va tibbiy kuzatish bilan ta’minlanadi, yolg‘iz yashaydigan keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsga — keksalarni sog‘lomlashtirish va ularning dam olishini tashkil etish bo‘yicha davlatga qarashli bo‘lmagan pansionatlarda ushbu ishlar pulli asosda amalga oshiriladi.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
51. Uy-joy-maishiy sharoitlarni yaxshilashga doir tadbirlar ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiya tomonidan tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limining mas’ul xodimi bilan birgalikda belgilanadi va keksa yoki nogironligi bo‘lgan shaxs turar joyining xavfsizligi monitoringini, ta’mirlash ishlarini bajarishda ijtimoiy xodimning majburiy tartibdagi ishtirokida santexnika, gaz, elektr uskunalaridagi nosozliklarni bartaraf etish uchun kommunal xizmatlar mutaxassislarini chaqirish bo‘yicha xizmatlarni o‘z ichiga oladi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
52. Ijtimoiy muhofaza qilish choralariga doir tadbirlar ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiya tomonidan tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limining mas’ul xodimi bilan birgalikda belgilanadi va o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan shaxslarni protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiyaning texnik vositalari bilan bepul ta’minlashni, zaruriyat bo‘lganda, nafaqalar va moddiy yordam olishda ko‘maklashishni o‘z ichiga oladi.
(52-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-oktabrdagi 563-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/563/0889-son)
Huquqiy muhofaza qilishni ta’minlash tadbirlari ichki ishlar organlarining profilaktika bo‘yicha inspektorining majburiy ishtirokida, tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limining mas’ul xodimi bilan birgalikda ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturining “Huquqiy muhofaza qilish choralari” bo‘limida aks ettiriladi. Ushbu tadbirlar hujjatlarni tiklashda, alimentlarga, mol-mulkka, shu jumladan uy-joy va shu kabilarga bo‘lgan huquqlarni belgilashda ko‘maklashishni o‘z ichiga oladi.
(52-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
53. Muloqot va dam olish doirasini kengaytirish, homiylik qilishni xohlovchi, shuningdek ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘lgan shaxslarni jalb etish bo‘yicha tadbirlar qarindoshlar, do‘stlar va tanishlar, mehnat jamoalari bilan aloqa o‘rnatishga ko‘maklashishni, shuningdek yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun muloqot va dam olish markazlariga borishni tashkil etish tadbirlarini o‘z ichiga oladi. Zaruriyat bo‘lganda keksa yoki nogironligi bo‘lgan shaxsga ularga homiylikni belgilashda ko‘maklashiladi.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
IX. Ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturi monitoringini olib borish va uning amalga oshirilishini baholash, uni qayta ko‘rib chiqish va tugallash
Oldingi tahrirga qarang.
54. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limining mas’ul xodimi ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturi amalga oshirilishi monitoringini doimiy ravishda amalga oshiradi.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
55. Ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturlari amalga oshirilishi samaradorligini baholash ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiya tomonidan har chorakda kamida bir marta amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
56. Ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturini qayta ko‘rib chiqish yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa yoki nogironligi bo‘lgan shaxsning yashash holati o‘zgarishi, shuningdek ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlarning yetarli emasligi munosabati bilan amalga oshiriladi.
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladigan va ijtimoiy yordam oladigan yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxs tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limining mas’ul xodimini o‘zining yashash holati o‘zgarganligi to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilishi shart.
Ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturini qayta ko‘rib chiqish, shu jumladan unga tasdiqlangan tuzatishlarni yoki yangi tadbirlarni kiritish ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturida aks ettirilishi hamda boshliqning imzosi va tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limining muhri, yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsning (yoki uning qonuniy vakilining) imzosi bilan tasdiqlanishi kerak.
Yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxs ijtimoiy xizmatlarning u yoki bu turini, shaklini, hajmini, umuman ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturini rad etish huquqiga ega.
Yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxs tasdiqlangan ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturining amalga oshirilishini rad etgan taqdirda unga ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturining amalga oshirilishini tiklash to‘g‘risidagi ariza bilan tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limiga takroriy murojaat qilish imkoniyati beriladi.
Yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxs ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturining yoki uning biror qismining bajarilishini rad etgan taqdirda tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi, shuningdek ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturining boshqa barcha bajaruvchilari uning bajarilmaganligi yuzasidan javobgar bo‘lmaydilar.
(56-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
X. Ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamni shoshilinch ravishda ko‘rsatish
Oldingi tahrirga qarang.
57. Ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamning uyda parvarish qilish xizmatlarini va sog‘lomlashtirishga doir tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha shoshilinch ravishda xizmat ko‘rsatish keksa yoki nogironligi bo‘lgan shaxsning o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish qobiliyati to‘liq yo‘qolganligi, shuningdek unga yordam ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan shaxslarning yo‘qligi sababli uning hayoti va sog‘lig‘i xavfli holatda ekanligi aniqlangan paytdan boshlab bir kecha-kunduz mobaynida tashkil etiladi. Uyda parvarish qilish va sog‘lomlashtirish tadbirlari bo‘yicha shoshilinch ravishdagi xizmatlarni tashkil etish uchun tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi keksa yoki nogironligi bo‘lgan shaxsga ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamni shoshilinch ravishda amalga oshirish to‘g‘risida zudlik bilan buyruq chiqaradi hamda uyda parvarish qilish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limining mas’ul xodimini belgilaydi. Zaruriyat bo‘lganda, tegishli davolash-profilaktika muassasalari jalb etiladi.
(57-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
58. Ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamning uyda parvarish qilish xizmatlarini va sog‘lomlashtirish tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha shoshilinch ravishda xizmat ko‘rsatish keksa yoki nogironligi bo‘lgan shaxsning yashash holatini baholash amalga oshirilgungacha va u Shaxsiy ro‘yxatga kiritilgungacha amalga oshiriladi hamda keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsning yashash holatini baholash natijalarini va tuman (shahar) hokimining uni Shaxsiy ro‘yxatga kiritish yoki kiritishni rad etish to‘g‘risidagi qarorini hisobga olgan holda Shaxsiy ro‘yxatga tuzatish kiritish amalga oshiriladi.
(58-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
59. Ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamni shoshilinch ravishda ko‘rsatish bilan bir vaqtda keksa yoki nogironligi bo‘lgan shaxsning yashash holatini baholash amalga oshiriladi va ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturi belgilangan tartibda ishlab chiqiladi.
(59-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
X1 Yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni moliyalashtirish
591. Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishning ta’minot xarajatlari o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan ijtimoiy ta’minotga ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.
592. Smeta xarajatlarida ijtimoiy xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, mazkur Nizomning 21-bandida ko‘rsatilgan kanselyariya jihozlari va boshqa inventarlarga bo‘lgan ish beruvchilarning ajratmalari hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlar uchun qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda eng zarur mollarni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar ko‘zda tutiladi.
(X1 bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
XI. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
60. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiyaning, tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limining va tuman (shahar) hokimligining keksani yoki nogironligi bo‘lgan shaxsni yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxs deb e’tirof etish bo‘yicha xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
(60-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
61. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko‘rsatish, shuningdek yakka tartibdagi ijtimoiy xizmatlar dasturini shakllantirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko‘rsatish, shuningdek ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishning yakka tartibdagi dasturini shakllantirish va amalga oshirish
SXEMASI


Download 439.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling