1-Ma’ruza. Geosiyosat fanining ob’ekti, predmeti va vazifalari


Afrikaning siyosiy xaritasi


Download 0.89 Mb.
bet13/47
Sana05.05.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1432736
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   47
Bog'liq
geosiyosat

Afrikaning siyosiy xaritasi
Dunyo siyosiy xaritasida Afrika qit’asi o‘z ichiga 53 ta davlatni qamrab olgani xolda, bevosita rivojlangan Yevropa va Osiyo qit’alariga tutash joylashganligi bilan xarakterlanadi. Afrika kontinenti davlatlari o‘zlarining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasiga ko‘ra jahon reytingida quyi pog‘onalarni egallaydi. Ularning aksariyatini rivojlanayotgan davlatlar tashkil qilsa, faqatgina Janubiy Afrika Respublikasi rivojlangan davlatlar guruxiga mansub xolos.
Kontinentning umumiy maydoni 30,3 mln km. kv.ga teng. Aholisi esa 1305,0 mln. kishini (2019 y.) tashkil qiladi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining tasnifiga ko‘ra Afrika hududi 5 ta submintaqaga ajratiladi. Ular – Shimoliy Afrika, G‘arbiy Afrika, Sharqiy Afrika, Markaziy Afrika, Janubiy Afrika.
Afrika davlatlari uzoq davrlar mobaynida, to 20-asrning o‘rtalariga qadar mustamlakachilik sharoitida yashab keldi. Afrika hududida paydo bo‘lgan ilk mustamlakalar yevropaliklar tomonidan 16-asrda vujudga keltirildi. Bunda avvalo ispanlar, fransuzlar katta o‘rinni egallagan. Jumladan, hozirgi Marokash qirolligi hududida savdo yo‘llari ustida joylashgan yirik shaharlar ilk bor ispanlar tomonidan mustamlaka qilingan.
20-asrning boshlariga kelib, Birinchi jahon urushi arafasida Afrika hududining 90% yevropaliklar tasarrufiga o‘tgan bo‘lib, bunda eng avvalo Fransiya va Buyuk Britaniyaning mustamlaka yerlari ko‘pchilikni tashkil qilgan. Shuningdek, Germaniya, Portugaliya, Ispaniya, Belgiya va Italiya davlatlarining mustamlaka yerlari ham katta bo‘lgan.
Afrika qit’asining shimoliy, g‘arbiy hamda markaziy qismlarida asosan Fransiyaning mustamlakalari joylashgan edi. Sharqiy Afrikaning katta hududida – Misrdan tortib to Janubiy Afrika Respublikasigacha Buyuk Britaniyaning mustamlakalari vujudga keldi. Shuningdek, inglizlar G‘arbiy Afrikada Nigeriya, Gana, Gambiya, S’erra-Leone kabi davlatlarni mustamlakaga aylantirgan edilar.
Portugaliya tomonidan Angola, Mozambik, Gvineya-Bisau, Kabo-Verde, San-Tome va Prinsipi, Germaniya tomonidan Namibiya, Ruanda, Togo, Kamerun, Belgiya esa Kongoni, Italiya tomonidan Somali, Liviya, Eritreya mustamlaka qilindi.
O‘tgan asrning 50-yillari boshlariga kelib, Afrika hududida 4ta davlat - Misr, Efiopiya, Liberiya, Janubiy Afrika Respublikalari mustaqil bo‘lgan xolos.
Afrika hududida mustamlaka tuzumining yemirilishi eng avvalo shimoliy Afrika hududidan boshlandi. 1951 yili Liviya mustaqillikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 1956 yili Marokash, Tunis va Sudan mustaqillikka erishdi. 1957-1958 yillarda Gana va Gvineya mustaqil bo‘ldi.
1-jadval

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling