1-Mavzu: Arxeologiya faninig maqsad va vazifalari. Reja


Qo’shilish mezolit makoni


Download 235.97 Kb.
bet29/61
Sana08.01.2022
Hajmi235.97 Kb.
#239079
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   61
Bog'liq
Arxealogiya )

Qo’shilish mezolit makoni. Bu yodgorlik Toshkentning g’arbida bo’lib, qadimgi Bo’zsuv anhorining chap sohiliga joylashgan. Qo’shilish makonini kovlash natijasida chaqmoqtoshdan ishlangan nukleus, mayda parrakchalar, uchrindilar, qirg’ichlar, uchburchak shakldagi qurollar, tosh pichoq, silliqlangan tosh buyumlar, tosh parchalari topilgan.

Qo’shilishning madaniy qatlamidan topilgan mazkur qurollar muste va so’nggi tosh asri qurollariga nisbatan o’zining ixchamligi, nozik ishlanganligi, shuningdek, qurol turlarining xilma-xilligi bilan ajralib turadi.

Qo’shilishdan topilgan nukleuslar va qirg’ichlar ko’p jihatdan Farg’onadagi Obishir I, V, Achchiqko’l, II, III, Toypoq I va Machaydan topilgan nukleus va qirg’ichlarga o’xshab ketadi. Ammo Qo’shilishdagi bu qurollar ancha qadimiy xususiyatga ham egadir. Qo’shilishdagi qurollarda o’ziga xoslik ham mavjud. Bu farq, avvalo, Qo’shilishdan topilgan qurollarning geometrik shaklda ishlanganligida ko’zga tashlanadi. Yuqorida nomlari aytilgan makonlarning hech birida uchburchak shakldagi qurol yo’q. Qo’shilishda esa pichoqsimon parrakchalar uchramaydi.

Qo’shilish materiallarining ba’zilari Yaqin va O’rta Sharqdagi Shanidar, Paligavr, Gari-Kamarbanddan topilgan qurollarning ba’zilariga o’xshab ketadi.

Qo’shilishning madaniy qatlamlaridan qo’y, echki, buqa va sigirning suyak qoldiqlari topilgan. Uning madaniy qatlamlarini chuqur tahlil qilish, qurollarni o’rganish, qiyoslash natijalariga qarab, mazkur yodgorlik mezolit davrining miloddan avvalgi XI—X mingyilliklariga mansub deyish imkonini beradi. Qoraqamish jarligi atroflarida, umuman Toshkent vohasida bundan 12—13 mingyil muqaddam yashagan kishilar asosan ovchilik va termachilik bilan shug’ullanganlar. Madaniy qatlamdan qo’y, echki va qoramol suyaklarining chiqishiga qarab xulosa qilinsa, o’sha davrda odamlar yovvoyi hayvonlarni xonakilashtira boshlaganlar, degan fikrga kelish mumkin.

Qo’shilish hozirgi Toshkent, vohasi bo’yicha durust o’rganilgan mezolit yodgorligining birinchisidir.



Shimoli-garbiy Ustyurt qadimdan boshlab odamlar yashab kelgai joylardan hisoblanadi. So’nggi 20 yil ichida, ayniqsa 1977 yildan keyin muttasil olib borilgan arxeologik ishlar natijasida Ustyurtning Jayron quduq, Aydabol quduq degan joylaridan mezolit va neolit davrlariga mansub 30 ta joy-makon topildi. Shundan 26 tasi Aydabol quduq va 4 tasi Jayron quduq atroflarida tarqalganligi aniqlandi.

Download 235.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling