4-Mavzu: milliy iqtisodiyotni rivojlantirish reja


Makroiqtisodiy barqarorlikni taminlash orqali iqtisodiy islo- hotlarning mustahkam poydevorini yaratish kerak


Download 59.98 Kb.
bet6/16
Sana13.04.2023
Hajmi59.98 Kb.
#1349696
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
4-mavzu

Makroiqtisodiy barqarorlikni taminlash orqali iqtisodiy islo- hotlarning mustahkam poydevorini yaratish kerak.
Bu borada global pandemiya oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratish zarurligini yana bir bor tasdiqladi. Shu boisdan ham asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxining keskin oshib ketishigayo‘l qoymaslik maqsadida import sohasidagi boj to‘lovlari boyicha berilgan imtiyozlar yana bir yilga uzaytiriladi.
Xalqimiz xotirjam bo‘lishi kerak: sifatli oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, bu borada kafolatlangan zaxirani yaratish va ularni bozorga uzluksiz yetkazib berish hamda narx-navo barqarorligini ta’minlash ishlariga ustuvor darajada e’tibor qaratiladi.
Hozirgi kunda 0‘zbekistonning tashqi qarzi, Jahon banki va Xalqaro valuta jamg‘armasi mezonlariga ko‘ra, xavfsiz hisoblanadi. Ayni vaqtda tashqi qarz hisobidan hududlarda amalga oshiriladigan loyihalar bundan buyon mahalliy kengashlar va jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi. Ularning natijalari to‘g‘risida jamoat- chilikka hisobot berish tizimi yo‘lga qoyiladi.
Shuningdek, davlat nomidan tashqi qarz olish kamaytirilib, investitsiya va infratuzilma loyihalariga ko‘proq xususiy kapital jalb etiladi. Masalan, keyingi yilda davlat-xususiy sheriklik asosida 40 dan ortiq yirik va o‘rta loyihalarni amalga oshirish boshlanadi.
Shu bilan birga, mamlakatimizda islom moliyaviy xizmatlarini joriy etish bo‘yicha huquqiy bazani yaratish vaqti-soati keldi. Bunga Islom taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya tashkilotlari ekspertlari jalb etiladi.
Kambagallikni qisqartirish va qishloq aholisi daromadlarini ko‘paytirishda eng tez natija beradigan omil - qishloq xo‘jaligida hosildorlik va samaradorlikni keskin oshirishdan iborat.
Bunda har gektar yerdan olinadigan daromadni kamida 5 ming AQSH dollarigacha yetkazish ustuvor vazifa hisoblanadi. Buning uchun qishloq xo‘jaligiga eng ilg‘or texnologiyalar, suvni tejaydigan va biotexnologiyalarni, urug‘chilik, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi yutuqlarni keng joriy etishimiz kerak.
Awalo, fermer va dehqonlarning yerdan manfaatdorligini oshirish zarur. Manfaatdorlik va adolat bo‘lgan joyda, albatta, o‘zgarish va o‘sish bo‘ladi. Bu borada yerdan foydalanish huquqlarini kafolatlash va yerlarni bozor aktivlariga aylantirish masalasini ko‘rib chiqish vaqti keldi.
Barcha viloyatlarda qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar markazlarida “yagona darcha” tamoyili asosida 100 dan ortiq agro xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qoyiladi. Bu markazlar orqali yerning sifatini yaxshilash, kasalliklarga qarshi kurashish, urug‘liklarni tanlash bilan bog‘liq muhim xizmatlar ko‘rsatiladi.
Tovar va xizmatlar eksportini oshirish, avtomobilsozlikni rivojlantirish, yangi ishlab chiqarishlar, aholining keng qatlamlari foydalanishiga mo‘ljallangan yengil avtomobillarning zamonaviy model- lari ishlab chiqarilishini tashkil etish, yengil avtomobillarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini o‘rta hisobda 75 foizga yetkazish zarur.
Atom fani, texnologiyalari va energiyasidan xavfsiz foydalanish infratuzilmasini, yadroviy va energetik mashinasozlikni, yadroviy yoqilg‘i ishlab chiqarish, atom energetikasini rivojlantirish asosida, xususan, umumiy quwati 2,4 gigavatga teng AES inshootini bunyod etish va undan xavfsiz foydalanishni ta’minlash boyicha choralar belgilanadi.
Iqtisodiyotning kosmik tarmog‘ini rivojlantirish, fazoviy va yo‘ldosh texnologiyalarni, innovatsion g‘oya va ishlanmalarni joriy etish, sputnik aloqasining milliy tarmog‘ini, shu jumladan, davlat-xususiy sherikchiligi asosida rivojlantirishga qaratilgan ishlar jadallashtiriladi.
Shu bilan birga, “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish strategiyasini hayotga tatbiq etish orqali iqtisodiyotning energiya va resurs sig‘imdorligini qisqartirish, ishlab chiqarishga tejamkor texnologiyalarni keng joriy qilish, qayta tiklanuvchi texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish, atom energetikasini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.
Shu asosda qayta tiklanadigan va muqobil energiya manbalaridan foydalangan holda, 2026-yilga qadar elektr energiyasi ishlab chiqarish ulushini 20 foizdan oshirish, mamlakatni ishonchli, xavfsiz, tejamkor va samarali elektr energiyasi manbai bilan ta’minlash, ishlab chiqa- rish quwatlarini kengaytirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga 2030-yilga qadar 20 ming megavatga yetkazish lozim.
Shuningdek, farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, farmatsevtik erkin iqtisodiy hududlar faoliyatini tashkil etish, sanoat plantatsiyalarini yaratish va dorivor o‘simliklarni yetishtirish kabi maqsadli dasturlarini amalga oshirish asosida dorivor vositalar va biologik faol moddalarning ishlab chiqarilishini ta’minlash boyicha chora-tadbirlar dasturi qabul qilinadi.
Kelgusida Jahon savdo tashkilotiga a’zolik masalasi hamda Yevropa Ittifoqi bilan keng qamrovli hamkorlik boyicha ishlarni faollashtirish ham ana shunday dolzarb vazifalar sirasiga kiradi. Bu jihatdan, “CSP+” tizimi doirasidagi imtiyozlarni mamlakatimizda samarali qo‘llashga alohida e’tibor qaratilishi davr talabiga aylanganini unutmaslik darkor.



  1. Qishloq xo`jaligini jadal rivojlantirish

Iqtisodiyot sohasidagi eng muhim vazifalarimizdan yana biri - bu agrar sohani yanada isloh qilish va modernizatsiyalashdan iborat. Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotning eng qadimiy, hech qachon o‘z o‘rni va ahamiyatini yo‘qotmaydigan tayanch tarmoqlaridan biridir. Lekin sayyoramizdagi global iqlim o‘zgarishlari hamda mintaqamizdagi ekologik muammolar oqibatida qishloq xo‘jaligida har yili ilgari ko‘rilmagan yangi-yangi sinov va qiyinchiliklar paydo bo‘layotgani ushbu agrar sohaga e’tiborni yanada kuchaytirishni taqozo qilmoqda.


Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish va sotishda bozor tamoyillarini keng joriy etish, sifat nazorati infratuzilmasini rivojlantirish, eksportni rag‘batlantirish, maqsadli xalqaro bozorlarda raqobatbardosh, yuqori qo‘shilgan qiymatli qishloq xo‘jaligi va oziq- ovqat tovarlari ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga ustuvor vazifalar sifatida qaraymiz.
Agrar sohadagi klasterlar va kooperatsiyalar faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quwatlaymiz. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va iste’mol ratsionini yaxshilash davlat siyosatining asosiy maqsad- laridan biri bo‘lib qolaveradi.
Fermer xo‘jaliklarida mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratishga qaratilgan tarmoq dasturlarini ishlab chiqish orqali davlat xarajatlari samaradorligini kuchaytirish va bosqichma-bosqich qayta taqsimlash boyicha maxsus strategiya ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va sotuvchi subyektlar o‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlashga harakat qilinmoqda.
Mazkur sohaga investitsiyalarni jalb qilish, resurs tejamkor tex- nologiyalarni joriy etish hamda qishloq ho‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Tabiat bilan uyg‘un bo‘lishga intilib yashagan ajdodlarimizning tajribasiga tayanishimiz zarur. Orolboyini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi sifatida e’lon qilish boyicha BMT Bosh Assambleyasining rezolutsiyasini hayotga tatbiq etish borasida tizimli va kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishimiz lozim.
Ushbu sohada paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirib, ekin maydonlarini yanada maqbullashtirish, bo‘shab qolgan yerlarga kartoshka, sabzavot, moyli ekinlarni, shuningdek, yangi intensiv bog‘ va uzumzorlarni joylashtirish navbatdagi vazifalarimizdan biridir.
Mamlakatimizda kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy tuproq-iqlim va ekologik sharoitlarga moslashuvchan, sermahsul qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi seleksiya navlarini yaratish hamda mahsuldor chorva mollari naslini ko‘paytirish va ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish masalalari ham tizimli tashkil etilmoqda.
Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor oziq-ovqat mahsulotlarini, shuningdek, qadoqlash buyumlarini ishlab chiqarish boyichaeng zamonaviy yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlangan qayta ishlovchi yangi korxonalarni qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish yuzasidan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida ahamiyat qaratish kerak.
Hozirgi vaqtda dunyo miqyosida oziq-ovqat xavfsizligi, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarish dolzarb masaladir.
Shuning uchun ham qishloq xo'jaligi sohasini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, oziq-ovqat ekinlari yetishtirishga alohida e’tibor berish kerak.
Yerni haqiqiy egasiga berish, ayniqsa, mahsulot yetishtirishdan tortib, uni sotishgacha bo‘lgan agrobiznesning yaxlit zanjirini o‘z ichiga qamrab olgan klaster modelini va kooperatsiya tizimini to‘liq yaratishni davom ettiramiz.
Bugun hech bir sohada ilm-fan yutuqlari va innovatsion texnologiyalarni amaliyotda qo‘llamasdan turib taraqqiyotga erishib bo‘lmaydi. Bu esa keng va zamonaviy bilimga ega kadrlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish, xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish kabi dolzarb vazifalarni oldimizga qoymoqda.
Shu maqsadda agrar sohaga ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlarida ta’lim sifatini tubdan oshirish, taraqqiy etgan davlatlarning nufuzli ta’lim dargohlari bilanyaqin hamkorlikni yo‘lga qoyish, urug‘chilik, naslchilik va veterinariya yo‘nalishidagi ilmiy muassasalar faoliyatini takomillashtirish borasida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, uning taraqqiyotini jadallashtirish borasida hal qilinishi zarur bo‘lgan muammolar ham kam emas. 0‘zbekistonni taraqqiyotning yangi bosqichiga ko‘tarish vazifasi va jahonda oziq-ovqat mahsulotlariga talab oshib borayotgani agrar sohani tubdan isloh qilishni, unga bozor mexanizmlari, ayniqsa, innovatsion va tejamkor texnologiyalarni, investitsiyalarni keng jalb etishni taqozo etmoqda.

Download 59.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling