5-мавзу: овқатланиш ва саломатлик
Ovqatlanish payti gazeta, jurnal, kitob o‘qish, televizor qarash, shovqin-suron bo‘lmasligi
Download 207.87 Kb. Pdf ko'rish
|
5-maruza-1
8. Ovqatlanish payti gazeta, jurnal, kitob o‘qish, televizor qarash, shovqin-suron bo‘lmasligi.
Chunki hazm jarayoni aytib o„tganimizdek, murakkab reflektor-gumoral holat bo„lib, uning to„liq va benuqson amalga oshishiga harqanday tashqi omil sezilarli ravishda ta‟sir qiladi, ya‟ni bunday paytlarda yoki tegishli tarkibli shira ajralishi buziladi yoki oshqozon-ichaklarning harakat qilishi odatdagidan o„zgacha bo„ladi. Oqibatda ishtaha bo„g„iladi yoki yegan-ichgan mahsulotlarning asl mazasi to„liq sezilmaydi va hokazo. Faqat kayfiyatni ko„taradigan yoqimli musiqa sadolari bundan mustasno. Bunday kuy va qo„shiqlar sekin tovush bilan yangrab tursa, hazm jarayoniga ijobiy ta‟sir etadi. Bunday payti ovqat tarkibiga mos fermentli hazm shiralari yetarli ajralib, yegan-ichgan vujudga yaxshi singadi. Kuchli hayajonda, qattiq achchiqlanganda yoki o„ta shodlangan paytlari hamda kuchli charchoq hissi paydo bo„lganida o„zni bosib olmaguncha yoki biroz dam olmaguncha ovqatlanmay turgan ma‟qul. Chunki bunday holatlarda ham oromida shira ajralishi, oshqozon-ichaklarning meyoriy harakat qilishi buziladi, ba‟zan
6 esa kulgi yoki hayajon bois ichaklarda qisilib qolish (spazm) holatlari ro„y beradi. Ota-bobolarimiz taomlanish payti iloji boricha tinchlik saqlashgan, vag„ir-vug„ur qilishmagan. Amir Temir bobomizning yozib qoldirishicha, uning askarlari taomlanish jarayonini shovqin-suronsiz amalga oshirgan. Yana shu narsa diqqatga sazavorki, kuchli hayajon yeb-ichadigan mahsulotlar ustidan nazoratni susaytirib, kishi ko„p miqdorda taomlarni aralash-quralash qilib yeb qo„yishi mumkin. Aqliy yoki jismoniy charchoq esa o„ziga xos ravishda hazm jarayonini ko„pincha pasaytirib yuboradi, ishtaha yo„qoladi, kishi nima yeyishini bilmay qoladi. Achchiqlanganda, asabiylashganda hazm shiralarining meyoriy ajralishi buziladi, ko„pincha tormozlanadi. Download 207.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling