№8 ma’NAVIY ma’rifiy soatlar rejasi


-Mavzu: Navro‘z – qadriyatlarimiz gultoji


Download 1.29 Mb.
bet33/50
Sana10.02.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1186892
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   50
Bog'liq
МАЪНАВИЯТ МАВЗУЛАР МАРУЗАСИ 1 КУРС

25-Mavzu: Navro‘z – qadriyatlarimiz gultoji.
Navro‘z – xalqimiz mingyilliklardan beri nishonlab kelayotgan yuksak qadriyatdir. Navro‘z – bu yasharish va yangilanish bayrami. Navro‘z kun bilan tun teng bo‘lgan kun. Navro‘z – bu insonlarni ezgulikka, bunyodkorlikka, mehr - oqibatga chorlovchi qadriyatlarimiz gultoji.
Navro‘z (forschada «nav» - yangi, «ro‘z» - kun, «yangi kun» degan ma’noni anglatadi.) - Markaziy Osiyo, O‘rta va Yaqin Sharqda yashovchi xalqlar fors, tojik, o‘zbek, ozarboyjon, hind va boshqa xalqlarning qadimiy an’anaviy yangi yil bayrami. Navro‘z - sharq xalqlarining mushtarak ijodi. U o‘zida o‘tmish ajdodlarimizning afsonaviy tasavvurlaridan, zamondoshlarimizning qarashlarigacha o‘zida aks ettirdi, insoniyat madaniy taraqqiyotining har bir yutug‘idan doimo kuch -quvvat, olib oziqlandi. Sharq xalqlarining eng hayotbaxsh va qadimiy bayrami Navro‘zning qachon paydo bo‘lgani xususida turli mulohazalar bildirilgan. Narshaxiy Buxorolik dehqonlarning Navro‘zda aytiladigan Siyovush nomi bilan bog‘liq qo‘shiqlari haqida gapirib, «bu gaplar bo‘lib o‘tganiga hozir uch ming yildan ko‘proq vaqt o‘tdi», - deb yozadi.
Bahor va mehnat bayramining paydo bo‘lishi haqidagi tarixiy ma’lumotlar davrlar o‘tishi bilan turli o‘zgarishlarga uchrab afsona-yu rivoyatlar qobig‘iga o‘ralgan holda bizning kunlargacha yetib kelgan. Ana shunday afsonalarning aksariyati Navro‘zi olamning vujudga kelishini afsonaviy Jamshid nomi bilan bog‘laydi.
Qadimgi Eron afsonalarining birida hikoya qilinishicha, Navro‘z Jamshid podsho bo‘lib, taxtga o‘tirgan kundir. Hikoya qilinishicha, u o‘ziga shohona taxt yasatib, har xil qimmatbaho toshlar bilan jilo berilgan, necha turli dur-javohirlar qadalgan qimmatbaho tojini kiyib, tong mahali taxtga o‘tiribdi. Shu payt quyosh chiqib, oftobning zarrin nurlari Jamshidning toju taxtini yoritibdi. Butun tevarak atrof munavvar bo‘lib ketibdi. Bu g‘aroyib mo‘jizani ko‘rgan ulus ajablanib, Jamshid taxtga o‘tirgan kunni «navro‘z» ya’ni «yangi kun» deb bayram qilishgan ekan27.
Jamshid bilan bog‘liq boshqa bir rivoyatda aytilishicha uning olovni kashf etishi insonlar uchun mo‘jiza bo‘lib o‘sha kun «Navro‘z» - yangi kun tariqasida bayram qilinadigan bo‘libdi.
Firdavsiy ham Navro‘z paydo bo‘lishini Jamshid nomi bilan bog‘laydi. Jumladan Firdavsiy «Navro‘zni qutlug‘ shodiyonalar, bayramlar shohi» deb ataydi, uni ajoyib misralarda ta’riflaydiki, o‘zbekcha mazmuni shunday:
Hamal burjiga kirib qolganda oftob,
Jahon yorishib ketdi, nurlandi ob.
Shu kunni yangi yil - bayram deyishar,
Jamshidga sochishar oltinu gavhar.
Firdavsiy talqinida Navro‘zning Jamshid nomi bilan bog‘lanishining sabablari bor. Bu haqda hazrat Alisher Navoiyning «Tarixi mulki Ajam» asarida ham qiziqarli bir rivoyat keltirgandir. Podshoh Jamshid avvallari adolatli, sahovatli, husnu jamolda dilpazir, fazlu kamolda benazir hukumdor bo‘lgan ekan. Uni ajoyib ixtirolar qilgan, shu jumladan, Navro‘z ayyomini, shu qutlug‘ va yorug‘ kunni shodiyona sifatida joriy etgan podshoh sifatida tavsif etadi. Navro‘z tarixi va sharofati haqida Umar Hayyomning «Navro‘znoma», lug‘atshunos, o‘lkashunos olim Mahmud Qoshg‘ariyning «Devoni lug‘ati turk», asarlarida ham nodir ma’lumotlar, naqllar, lavhalar keltirilgandir28.
Navro‘z haqidagi qadimgi turk afsonalarida esa bu umumxalq bayramining paydo bo‘lishi ajdodlarimizning bahor fasli va ko‘klamgi dala ishlarining boshlanishiga aloqador udumlariga bog‘lanadi. Turk olimi Abdulholiq Joy tomonidan ommalashtirilgan bir afsonada aytilishicha, butun ro‘yi zaminni suv bosib, to‘fon bo‘lganida Nuh payg‘ambar turli jonli jonzotdan bir juftdan olib, kemasida suzib yurgan. Bir kuni u yer yuzida quruqlik bor-yo‘qligini bilib kelish uchun qaldirg‘ochni uchirib yuboribdi. Bir mahal haligi qaldirg‘och tumshug‘ida bir giyohni ko‘tarib uchib kelganligini bildirardi. Nuh qaldirg‘och ko‘rsatgan tomonga qarab suzib boribdi-da, suv o‘rtasidagi zaminni ko‘ribdi. Kemadagi barcha jonzod yerga tushib, to‘fon azobidan qutilibdilar. Yer yuziga tushgan odamlar o‘sha kunni «yangi kun» deb bayram qilishga odatlanibdilar.
Mazkur afsona Navro‘z haqiqiy bahor bayrami ekanligidan dalolat beradi. Zero, Nuh payg‘ambar qaldirg‘ochni uchirganligi bejiz emas, chunki qaldirg‘och – bahor elchisi, uyimizni nurga, dalalarimizni gulga, qalbimizni oftobdek jo‘shqin sevinchlarga to‘ldiradigan ko‘klam darakchisidir.
Navro‘zning paydo bo‘lishiga oid o‘xshash ma’lumotlar Markaziy Osiyoda yashagan qadimgi aholining e’tiqodiy qarashlari majmuasi zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto»da ham mavjud. Zardusht o‘zi yaratgan yetti mo‘jiza (suv, tuproq, havo, olov, o‘simlik, sigir, va odam) ga monand holda yettita bayramni ham joriy qilgan emish. Yettinchi mo‘jiza - olov hamda ezgulik homiysi Asha-Vaxishta sharafiga bahoriy udum - Navro‘zni o‘tkazish an’anasi paydo bo‘lgan ekan29.
Afsonalarning deyarli barchasida Navro‘zning paydo bo‘lishi quyosh, olov, yorug‘lik kabi ezgulik timsollari bilan bog‘langan. Bu timsollar qishning izg‘irinli sovuqlari ortda qolib, yilning quyoshli, haroratli kunlari boshlanishini bildirishi shubhasiz. Navro‘z Markaziy Osiyo va Eronda yashagan qadimgi dehqonlarning bahoriy udumlari, ko‘klamni e’zozlash, suv, olov, tuproq, quyoshga sig‘inish bilan bog‘liq marosim va e’tiqodlari asosida bundan uch yarim-to‘rt ming yilcha burun paydo bo‘lgan umumxalq bayramidir.
Navro‘zga tayyorgarlik ham insonlarni birlashishiga xizmat qilgan. Bayramga tayyorgarlik jarayonida ko‘chalar tozalangan, ariqlar qazilgan, ko‘chatlar ekilgan, yerga ishlov berilib, hovli-xonadonlar orastalangan. Ana shunday ezgulikka undovchi bayramga nisbatan turli davrlarda turli hukmdorlar o‘z ta’sirini o‘tkazish hollari uchragan. Ajdodlarimiz necha ming yillardan beri nishonlayotgan qon-qoniga singib ketgan e’tiqodini oyoq osti qilish edi. Masalan, olimlarning fikricha, sosoniylar davrida Navro‘zni davlat bayrami sifatida yozda o‘tkazish qoidalashtirilgan edi. Ammo yillar o‘tishi bilan qadimiy an’ana, xalq an’anasi - Navro‘zni bahorda nishonlash g‘olib keldi. Navro‘z har qanday g‘ayri odatiy aralashuvlarni, uni qoliplashtirishga bo‘lgan urinishlarni pisand qilmay, xalqlarimizning ma’naviy hayotidan oziqlanib, yanada boyib, to‘lishib mukammallashib bora berdi.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling