№8 ma’NAVIY ma’rifiy soatlar rejasi


-Mavzu: Hadislar – umuminsoniy qadriyatlar, odob-axloq majmui


Download 1.29 Mb.
bet34/50
Sana10.02.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1186892
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   50
Bog'liq
МАЪНАВИЯТ МАВЗУЛАР МАРУЗАСИ 1 КУРС

26-Mavzu: Hadislar – umuminsoniy qadriyatlar, odob-axloq majmui.
Odamzod dunyoga kelibdiki, ma’lum maqsad sari intiladi. Kimdir o‘z sohasining mohir ustasiga aylanishni, yana kimlar ota kasbini davomchisi bo‘lishni, boshqa birov esa, yaxshi oila qurishni hayotining mazmuni, harakatlaring asosi, xullas bosh maqsadini tashkil etadi. Har bir odam maqsadiga erishish uchun astoydil harakat qiladi. Maqsadini aniq qilib, kimdir o‘ziga shior tanlab, o‘shanga og‘ishmay amal qilib, harakat qilsa, boshqa birov esa ota-onasining nasihatlarini o‘zi uchun dasturi amal deb biladi, yana kimlardir kitoblardagi, kinofilmlardagi sevimli qahramonlariga taqlid orqali maqsadlari sari intiladi. Taqvodor kishilar o‘zi e’tiqod qilayotgan dinining qoida va amallarini o‘z intilishlariga nisbatan qo‘llashadi.
Islom dinimizda «hadis» deb ataluvchi musulmonlar uchun halol, pok yashashlariga yo‘lchi yulduz kabi to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi hikmatlar to‘plami jamlangan. Hadislar xoh u musulmon bo‘lsin, xoh g‘ayridin, har bir insonga hayoti davomida xatolarga yo‘l qo‘ymasdan o‘z maqsadiga erishishda ko‘maklashadi. Qachonki, hadislar voqelikka to‘g‘ri tadbiq etilsa.
Hadislar nima va ular qay tariqa dunyoga kelgan?
Hadis (arabchada hikoya, xabar) – Muhammad (s.a.v) Payg‘ambarning, sahobalarning aytgan so‘zlari, qilgan ishlari, ko‘rsatmalari to‘plamidir. Hadisning Muhammad (s.a.v) Payg‘ambar aytgan so‘zlari, qilgan ishlari, ko‘rsatmalaridan iborat qismiga Sunnat (yo‘l) deyiladi. Sunnat islom shariatining ikkinchi asosidir (birinchisi Qur’on). Hadislar Islomda Qur’ondan keyingi muqaddas manba hisoblanadi. Xo‘sh, Qur’ondek muqaddas kalom turganida hadis yaratilishiga nima sabab bo‘lgan? Ma’lumki, Qur’on qanchalik mukammal muqaddas kitob bo‘lmasin, u musulmonlar jamoasining barcha huquqiy va axloqiy masalalariga davr nuqtai nazaridan hamisha ham javob bera olmagan. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) kishilarni islom diniga e’tiqod qilishga chorlashlari uchun Alloh u kishiga mo‘jiza ko‘rsatishdek qobiliyatni ato qilmagan ekan. Payg‘ambarimiz kishilarni islom diniga da’vat etishda chiroyli xulqlari bilan insonlarga ta’sir etgan ekanlar. Shunday ekan payg‘ambarimiz aytgan so‘zlarni biz o‘zimizning tor dunyo qarashlarimizdan orttirgan xulosalardan keyinga qo‘yishga hech qanday asos yo‘q.
VII-VIII asrlarda hadislar to‘plash boshlandi. Hadisshunoslik savob ish hisoblangan, bu ish bilan shug‘ullangan ilohiyotchi olimlari esa muhaddislar deb atalganlar.
Yurtdoshimiz Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (810-870) 600.000 dan ziyod hadis to‘plagan va uning 7250 tasini «ishonarli» deb topgan va to‘plamga kiritgan. 4 jildlik bu to‘plam hozir o‘zbek tilida nashr etilgan30.
Muslim an-Nishopuriy (817-875) 300.000 hadisdan 12 mingtasini «ishonarli» deb topgan.
Qolgan 4 nafar, ya’ni Imom ibni Moja (887 yilda vafot etgan), Imom Abu Dovud (888 yilda vafot etgan), Imom at-Termiziy (892 yilda vafot etgan), Imom Nasoiy (915 yilda vafot etgan)larning hadis to‘plamlari ham mashhurdir.
Biz bu ulug‘ insonlarning ikki nafari - yurtdoshimiz bo‘lganligidan mag‘rurlanamiz.
Islom olamida eng yetuk va mashhur muhaddis Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tishni joiz topdik.
1998 – yil 23 – oktabrda hadis ilmining sultoni Imom al-Buxoriyning 1225 yilligi keng nishonlandi. Imom al-Buxoriyning umr bo‘yi kuch sarflab yuzaga keltirgan «Al-Jome’ as-sahiyh» (Ishonarli to‘plam) kitoblari Islom olamida Qur’ondan keyingi ikkinchi muqaddas kitob deb yakdillik bilan e’tirof etilgan. Uning «Al-Jome’ as-sahiyh» (Ishonarli to‘plam) deb nomlangan 4 jilddan iborat hadislar to‘plami kitobiga 7275 ta eng «sahiyh» (ishonarli) hadislar kiritilgan.
Kundalik hayotimizda biz duch keladigan muammolarga amalda qo‘llash mumkin bo‘lgan hadislarni birma bir keltirib ularni izohlasak. Ko‘pchilik insonlar musulmonchilik, iymon, xayo kabi tushunchalarni turlicha talqin qiladilar. Hadislarda esa ushbu tushunchalar qisqa va tushunarli bayon etilgan, quyida ulardan keltirib o‘tamiz:
- “Qo‘li bilan va tili bilan o‘zgalarga ozor bermagan kishi musulmondir”;
- “Omonatga hiyonat qilmoqlik, yolg‘on so‘zlash, so‘zida turmaslik, kek saqlashlik, nohaqlik qilish munofiqlikning alomatlaridir”.
- “O‘zi yaxshi ko‘rgan narsani birodariga ravo ko‘rmoqlik iymondandir”;
- “Yaxshi xulq ochiq yuzlilikdir, ezgulikni yoyish, odamlardan aziyatli narsani uzoqlashtirishdir”;
- “Hayo iymondandir”;
- “Sharmu - hayo va tortinchoqlik iymonning ikki shoxobchasidur. Besharmlik va surbetlik esa nifoqning ikki shoxobchasidur”;
- “Gunohlar jaholat qilmishidir”;
- “Janozada qatnashish iymondandir”;
- “Ochlarni to‘yg‘azish islomdandir”;
-“Mo‘minlarning iymonlari komilrog‘i yaxshi xulqlilaridur va sizlarning yaxshilaringiz axloqda xotinlaringizga yaxshi bo‘lganlaringizdur”
- “Musulmon kishi musulmon uchun bamisoli bir imorat, ular bir-birini ushlab turadi”;
- “Musulmon musulmonning ko‘zgusi”;
-“Musulmon birodarlarini aldovchi, ularga zarar yetkazuvchi yoki ularga makr-hiyla qiluvchi odam bizlardan emasdir”;
-“Hasadgo‘ylik, chaqimchilik va folbinlik qiluvchilar mendan emaslar, men ham ulardan emasman”;
Ma’lumki, islom dini ota-onani hurmat qilishga unga itoat etishga da’vat etadi. Rasulullohdan bir kishi so‘radi: «Yo Rasululloh! Kimga ezgulik qilay?» Rasululloh: «Onangga», dedilar. «Yana kimga?» dedim. «Onangga», dedilar. «Yana kimga?» deb edim: «Onangga», dedilar. «Yana kimga?» deb edim: «Otangga, undan keyin barcha yaqinlarga», dedilar. So‘ng. «Ona jannatning o‘rtadagi eshiklaridan biridir, dedilar»
Bizni dunyoga keltirgan ota-ona, biz kuchga kirgan sayin ular kuchini yo‘qotib qaysidir ma’noda bizga bermoqda. Farzandning ota-ona oldidagi burchlari hadislarda ham ko‘rsatib o‘tilgan. Mana o‘sha burchlarni o‘zida aks ettirgan hadislar:
- “Biz hamma insonlarga ota-onalariga yaxshilik qilmoqliklarini buyurdik”;

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling