8-mavzu: Mashina va apparatlarning xavfsiz ishlashini ta’minlash Reja


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/45
Sana19.06.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1620799
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
Texnosfera omillari fanidan 8-15-ma\'ruzalar

Muxofazalovchi to‘siq vositalari. To„siq vositalari ishchilarning mashina 
xavfli zonasiga tushib qolishiga xalal beradigan qilib o„rnatiladi. Ularning tuzilishi 
har xil bo„lishi mumkin. Asosan mashina va dastgohlarning aylanuvchi va 
harakatlanuvchi zonalarini, elektr toki urishi xavfi bo„lgan (masalan, elektr 
taqsimlash shkaflari) va har xil nurlanishlar bo„lishi mumkin bo„lgan (issiqlik 
nurlari, elektromagnit va ionlanuvchi nurlar) xonalar, shuningdek havo muhitiga 
zaharli moddalar chiqarayotgan joylar ham to„siq, vositalari bilan ta‟minlanadi.
To„siq vositalarining turlari va shakli uning ishlatiladigan joyi va shakliga 
qarab, xilma-xil hamda texnologik jarayon omillariga bog„liq bo„ladi. Masalan, 


to„qimachilik sanoati korxonalariga o„rnatilgan dastgohlarning qobiqlari
birinchidan, uning kuch uzatgichlarini ixchamlashtirib tartibga solib tursa, 
ikkinchidan, bu uzatgichlarni moylab turish imkoniyatini beradi va uchinchidan, bu 
uzatgichlar harakati natijasida hosil bo„ladigan tovushni kamaytirish imkoniyatini 
yaratadi.
To„siq qurilmalari asosan uch qismga bo„lib o„rganiladi: muqim, 
harakatlanuvchi va ko„chma to„siq vositalari. Muqim o„rnatilgan to„siq qurilmalari: 
doimiy harakat manbai bo„lgan tishli g„ildiraklar, qayishsimon uzatmalar, zanjirli 
uzatmalarni qopqoqlar bilan berkitishda qo„llaniladi.
Muqim o„rnatilgan to„siq vositalarini o„rnatganda, ularni ochib ta‟mirlash, 
shuningdek ba‟zi bir favqulodda hollarda (masalan, ponasimon qayish chiqib 
ketganda yoki uzilib ketganda), ochib, ma‟lum ish bajargandan keyin yopib 
qo„yish imkoniyatini beradigan bo„lishi shart. Muqim o„rnatilgan to„siq 
vositalarini doimiy elektr payvandlash joylarini, elektr xavfi bo„lgan maydon va 
xonalarni to„sishda ham o„rnatilishi mumkin. 
Ko„chma to„siq vositalari ma‟lum bir ishni bajarishda vaqtincha o„rnatib 
qo„yiladi. Masalan, dastgohlarni ta‟mirlash ishlarida, elektr tarmoqlarini uzib 
qo„yib bajarilayotgan ishlar vaqtida to„satdan elektr tarmog„ini ulab yuborishning 
oldini oladigan ogohlantiruvchi yozuvlar ko„chma to„siq vositalari hisoblanadi.
To„siklar plastmassa, yog„och, metalldan tayyorlanadi. Agar ish 
bajarilayotgan zonani kuzatib turish lozim bo„lsa, to„siq vositalarini ko„rinadigan 
materiallardan, masalan, organik oyna, tripleks va boshqalardan tayyorlash 
mumkin.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling