8-mavzu. Poydevorlar Reja


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana05.05.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1431066
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
8 тема практика бино иншоот

Yaxlit poydevorlar. 
YAxlit poydevorlarning konstruktiv echimi yaxlit temirbeton orayopma echimidek 
bajariladi. Pastdan grunt yuki (otpor) bilan hamda yuqoridan ustun yoki devordan 
to`plangan yoki taqsimlangan yuk bilan yuklantirilgan qovurg`ali yoki to`sinsiz plitalar 
kabi loyihalanadi. Ayniqsa, katta va tekis taqsimlanmagan yuk bo`lganda, yaxlit 
poydevorlar loyihalanadi.
Qovurg`ali yaxlit poydevorlarda qovurg`alar plitaning yuqorsidan va pastidan 
joylashtiriladi. Agar pastidan joylashtirilsa, qovurg`alar uchun opalubkani jihozlash 
(ustroystva) talab etilmaydi, ayniqsa yerto`lali binolarda beton to`g`ri-to`g`ri transheyalarga 
yotqizish mumkin va erto`la polini jihozlash soddalashadi. To`sinsiz plitalar ustun to`ri 
kvadratga yaqin bo`lganda qo`llash maqsadga muvofiq.
Ko`p qavatli binolar va baland inshootlar ostiga qutisimon (ramali) poydevorlar 
qo`llaniladi. Ular yuqorigi va pastki plitalardan hamda bo`ylama va ko`ndalang vertikal 
qovurg`alar yoki diafragmalar sistemalaridan iborat bo`ladi, u juda katta bikrlikka ega 
bo`ladi. 
Qoziqli poydevorlar 
Gruntning yuk ko`tarish qobiliyati etarlicha bo`lmagan asoslar ustida binolar va 
inshootlar barpo etish talab etilsa, qoziqli poydevorlar qo`llaniladi. Ular qoziqlar guruhidan 
iborat bo`ladi, hamda yuqoridan rostverk, temirbeton plita (to`sin) bilan birlashtiriladi. 


Qoziq poydevorlarni qo`llash er ishlari hajmining kamayishiga, “nol” li tsiklning mehnat 
sarfini pasayishiga, qish sharoitida ish samaradorligini oshiradi.
Ish xarakteriga ko`ra, tayanch qoziqlar qattiq gruntda tayanadi va osma qoziqlarda 
yuk grunt tomonidan qoziqning ko`ndalang kesim yuzasi bo`ylab va yon sirti bo`ylab 
ishqalanish kuchi hisobiga qabul qilinadi. 
Kesim yuzasining ko`rinishiga ko`ra, qoziqlar temirbetonli yaxlit va bo`sh (bo`shliqli 
va qobiq qaziqlar) bo`lishi mumkin.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling