A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   152
A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
197 
xonliklarida belgili bir shahar va uning atrofidagi qishloqlar ustidan 
xonu bek amrini o‘tkazish uchun belgilab qo‘yilgan amaldor... 2 tar. 
Sobiq Turkiston o‘lkasidagi ayrim shahar yoki muzofotlarda chor 
hukumatining siyosatini o‘tkazish uchun belgilab qo‘yilgan yuqori 
mansabli amaldor... 3 Umuman, hukmini, buyrug‘ini o‘tkazuvchi (shaxs, 
sinf va sh.k.)... 4 O‘zbekiston Respublikasida viloyat, shahar va 
tumanlarning birinchi rahbari lavozimidagi shaxs; hokimlikning birinchi 
rahbari... 5 ko‘chma O‘z ixtiyoriga olgan, egallagan narsa haqida; 
hukmron”. 
Eskirgan deb qaralgan so‘z mavjud ma’nolaridan faqqat bittasi 
bilan faollashishi ham mumkin. Masalan, zobit so‘zi ilgari “ofitser” va 
“zabt etuvchi, bosqinchi” ma’nolariga ega edi, mustaqillik davrida bu 
so‘z faqat “ofitser” ma’nosi bilangina faollashgan. 
3. Mustaqillikkacha bo‘lgan davrda hukmron siyosat tufayli 
benihoya faol bo‘lgan so‘zlarning mutlaqo nofaol qatlamga o‘tishi ham 
istiqlol davrining tabiiy taqozosidir. Anglatgan tushunchalari tarix 
qa’ridan joy olib bo‘lgan nomlarning o‘zi ham qadru qimmatini 
yo‘qotishi tayin. Ateist, ateizm, butunittifoq, ittifoqdosh, kommunizm, 
komsomol, kommunist, sotsialistik, kolxoz, sovxoz, pioner kabi yuzlab 
so‘zlarning bugungi taqdiri bu holning shahodatidir. 
4. Mustaqillik davrida faollashgan semantik jarayonlardan yana 
biri so‘z va uning 
ma’noviy 
mohiyatiga sub’yektiv-baho 
munosabatining salbiydan ijobiyga tomon o‘zgarishidir. Masalan,
mafkura so‘zini olib ko‘raylik. Sho‘rolar davrida mafkura shu qadar 
qattol qudratga aylantirilgan ediki, uning shafqatsiz jodisi nafaqat 
oydin tafakkurli, jasur niyatli insonlarni, to‘g‘ri so‘z mehnatkashlarni, 
balki butun boshli millatlarni ham qatag‘on qilgandi. Sho‘ro mafkurasi 
ayni paytda ikki yuzlamachilik, riyokorlikning namunaviy ramzi edi, 
so‘zda barcha xalqlarning tengligi haqida ayyuhannos solardi, lekin 
amalda «ulug‘» xalqning teshasini chopardi, so‘zda milliy tillarning 
taraqqiyoti uchun g‘amxo‘rlik qilganday bo‘lardi, lekin amalda 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
198 
ketmonchining tilxatiga ham o‘zining tilini tiqardi. Bu mafkura 
xalqlarni istibdodda tutib turish vositalarining pishiq, ammo g‘irrom 
tizimi edi. Bu so‘zning ma’nosi eski izohli lug‘atda “muayyan bir 
sinfning manfaatlariga qaratilgan falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, 
diniy, badiiy qarashlari sistemasi; ideologiya” tarzida izohlangan, 
ko‘rinib turganiday, faqatgina “muayyan bir sinfning manfaati” bu 
tushunchaning asosini tashkil etgan. Shuning uchun faqat qizil 
mafkuragagina emas, hatto mafkura so‘ziga ham xalq qalbida 
nafratga o‘xshash bir narsa uyg‘ongandi. Aslida, so‘zda gunoh yo‘q, 
gunoh, tabiiyki, bu so‘zni shu ko‘yga solganlarda. Mafkura so‘zining 
o‘zagi fikrdir, tafakkur so‘zi ham shu o‘zakdan yasalganligi har kimga 
ma’lum. Istiqlol o‘zbek xalqi kabi bu so‘zning ham o‘zligini tikladi. 
Bugun mafkura “Jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, 
diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy farashlar, fikrlar va g‘oyalar majmui” 
(yangi izohli lug‘atdagi tavsif) sifatida butun jamiyat a’zolarini 
birlashtiruvchi va ularning ehtiromini qozongan qudratli omilga 
aylangan. 
Mustaqillikdan avval, hali bozor iqtisodiyoti munosabatlari 
jamiyatimizga begona bo‘lgan davrlarda biznes, biznesmen, millioner, 
savdogar, fermer kabi bir qancha so‘zlar salbiy yoki kamida, manfiy 
sub’ektiv baho bilan idrok qilinar edi. Eski izohli lug‘atda biznes va 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling