A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   152
Tanlash uchun soʻzlar: Kopulyativlar, qo‘shma, ot+ot, 
prefikslar, gibrid terminlarning, determinativ, sifat+ot, qo‘shma 
terminlar.
 
3-topshiriq. N.Maxmudovning “Tilimizning kecha va kunduzi” 
maqolasidan olingan parchani o‘qing, qisqa konspekt qiling. 
O‘zbek tili lug‘at boyligi tarkibi doirasida mustaqillik davrida 
kechayotgan faollashgan jarayonlarni quyidagicha umumlashtirish 
mumkin:
1. Muayyan so‘z yasovchi qo‘shimchaning bevosita faollashuvi 
yorqin bir tarzda deyarli kuzatilmasa-da, ayrim, masalan, -noma, -aro, 
no-, -lashtirish kabi yasovchilarning nisbatan ko‘proq yangi 
yasalmalardagi ishtirokini qayd etish mumkin. Misollar: taomnoma, 
axborotnoma, so‘rovnoma, narxnoma, dalolatnoma, qaydnoma
ma’lumotnoma, asosnoma, yo‘riqnoma, tashakkurnoma, talabnoma, 
ahdnoma, kafolatnoma; idoralararo, hukumatlararo, davlatlararo; 
nodavlat, 
nohukumat, 
notijorat, 
nomoddiy, 
nodavriy, 
nofaol; 
avtomatlashtirish, 
mahalliylashtirish, 
kompyuterlashtirish, 
modellashtirish kabi. 
2. Mustaqillik davrida faollashgan tamoyillardan biri tilimizning 
ilgarigi davrlariga mansub bo‘lgan, demakki, nofaol bo‘lgan so‘zlarning 
faol qatlamga o‘tishidir. Albatta, eskirgan so‘zlarni tiklash tilimizning 
ming yillik boy zaxiralaridagi muayyan qismlarni harakatga keltirish
ishga solish demakdir. Bunda, asosan, uch xil holatni kuzatish mumkin: 
1) eskirgan deb qaralgan so‘z mavjud ma’nolari bilan faollashadi; 2) 
eskirgan deb qaralgan so‘z mavjud ma’nolari bilan bir qatorda yangi 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
196 
ma’nolarni ham kasb qilgan holda faollashadi; 3) eskirgan deb qaralgan 
so‘z mavjud ma’nolaridan faqat bittasi bilan faollashadi. 
Eskirgan deb qaralgan so‘zning mavjud ma’nolari bilan 
faollashishi ma’naviyat-ma’rifatga daxldor tushunchalarni ifodalovchi 
leksika doirasida nisbatan kengroq kuzatiladi. Mustaqillikkacha bo‘lgan 
davrdagi hukmron mafkura talablariga ko‘ra, milliy mentalitetimiz va 
ming yillik madaniyatimizu ma’naviyatimizning mag‘zi-mohiyatini 
tayin etadigan juda ko‘p tushunchalarni ifodalaydigan, masalan, ajr, 
aziz-avliyo, vorisiylik, ma’naviyat, millatparvar, milliylik, qadriyat kabi 
bir qancha so‘zlarning tilimizdagi faol leksik qatlam tarkibiga kirishiga 
izn berilmagan edi. Shuning uchun ham ularga ilgarigi ikki jildli o‘zbek 
tilining izohli lug‘ati (1981)da joy topilmagan edi. O‘zbek tilining yangi 
besh jildli izohli lug‘atida bu so‘zlar hayotimizdagi eng faol so‘zlar 
sifatida qayd qilingan va ularning mavjud ma’nolari batafsil izohlangan. 
Shuningdek, jarroh, matbaa, muallif, muloqot, munaqqid, musahhih, 
muharrir, tashxis, tijorat kabi juda ko‘plab so‘zlar ham mavjud 
ma’nolari bilan faollashgan. 
Eskirgan deb qaralgan so‘zning mavjud ma’nolari bilan bir qatorda 
yangi ma’nolarni ham kasb qilgan holda faollashishi konkret 
tushunchalarni bildiruvchi leksika doirasida nisbatan kengroq kuzatiladi.
Masalan, ilgari eskirgan degan qaralgan vazir, viloyat, tuman kabi bir 
qancha so‘zlar faollashib, tilimizdagi asl maqomini tikladi va mavjud 
ma’nolarini saqlagan holda yangi, ya’ni “ministr”, “oblast”, “rayon” 
kabi ma’nolarni ham o‘z ustiga olgan holda faollashgan birliklarga 
aylandi, shuning uchun ham ularning barcha ma’nolari yangi izohli 
lug‘atda tegishli tarzda tavsiflangan.
Eski izohli lug‘atda, masalan, hokim so‘zining ikki tarixiy va bir 
zamonaviy ma’nosi qayd qilingan va tavsiflangan. Yangi izohli lug‘atda 
esa bu so‘zga mustaqillik davrida yangi davlat tuzumidagi yangi 
tushunchani aks ettiruvchi leksik ma’no yuklangani inobatga olinib
uning ma’nolari quyidagicha izohlangan: “...1 tar. O‘rta Osiyo 



Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling