A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   152
3-topshiriq. Mavzu yuzasidan 15 slayddan kam bo‘lmagan 
prezentatsiya yoki videorolik yarating.
 
4-topshiriq. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asarida 
qo‘llangan terminlarni yozib oling va kichik lugʻat tayyorlang.
5-topshiriq. Sartaroshlikka oid terminlarni toʻplab, kichik lugʻat 
tayyorlang (Eslatma: sartaroshxonaga borib, usta bilan suhbatlashib, 
nomma-nom yoziladi). 
Adabiyotlar: 
1. Абдушукуров Б. Эски туркий тил лексикаси. – Тошкент, 
2015. 
2. Боровков А.К. Узбекский литературный язык в период 
1905-1917 гг. –Ташкент, 1940. 
3. Дадабаев Х. Обественно-политическая и социально-
экономическая 
терминология в тюркоязычных письменных памятниках ХI-ХIV вв. 
– Ташкент: Ёзувчи, 1991. 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
67 
4. Усмонов О., Ҳамидов Ш. Ўзбек тили лексикаси тарихидан. 
– Тошкент: Фан, 1981. 
2.3. Eski o‘zbek adabiy tili terminlogiyasi 
Reja: 
1. XIV asrga oid arab tilida yozilgan grammatik (filologik) 
risolalar. 
2. Abulg‘oziy Bahodirxonning «Shajarai turk», «Shajarai 
tarokima» asarlari. 
3. Alisher Navoiy asarlarida terminlarning qo‘llanilishi. 
 
Tayanch tushunchalar: Abu Hayyon: «Kitob ul-idrok li-lison ul-
atrok», Mamlyuklar davlati, Halil bin Muhammad bin Yusuf al-
Ko‘nyaviy: «Kitobi majmuai tarjumoni turki va ajami va mug‘ali», 
«Kitobi at-tuhfat uz-zakiya fi-l-lug‘atit turkiya», Jamoluddin Turkiy: 
«Kitob bulg‘at al-mushtoq fi-l-lug‘atit- turkiya va-l-qifchaq», «Al-
qavoninu-l kulliya li-zabtil-lug‘atitturkiya». 
 
O‘zbek terminologiyasi va leksikografiyasining qaror topishida 
XIV asrga oid arab tilida yozilgan grammatik(filologik) risolalarning 
sezilarli o‘rni borligi turkologiyada allaqachon e’tirof etilgan. Turkiy 
tilning grammatikasi haqida bahs yuritishga yo‘naltirilgan Abu 
Hayyonning (vafoti 1344-yil) «Kitob ul-idrok li-lison ul-atrok», 
M.T.Xoutsma fikricha, 1245-yilda Mamlyuklar davlati(1250-1517)da 
Halil bin Muhammad bin Yusuf al-Ko‘nyaviy tomonidan yaratilgan 
«Kitobi majmuai tarjumoni turki va ajami va mug‘ali», muallifi 
noma’lum «Kitobi at-tuhfat uz-zakiya fi-l-lug‘atit turkiya», Jamoluddin 
Turkiyning «Kitob bulg‘at al-mushtoq fi-l-lug‘atat- turk va-l-qifchaq», 
XVI asr boshida Qohirada ta’rif etilgan «Al-qavoninu-l kulliya li-zabtil-
lug‘atitturkiya» singari asrlarda turkiy tilning so‘z boyligi, alalxusus, 
terminlar tizimi ma’lum darajada ifodasini topgan. Mazkur davr 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
68 
asarlarida qayd etilgan turkiy til leksikasi, chunonchi, terminlar tizimini 
«Tarjumoni turki va ajami va mug‘ali»da keltirilgan quyidagi mavzuiy 
guruhlarning ajratilganini qayd etish bilan cheklanamiz: kishi nomlari – 
Alaqush, Aqtay, Altuntash, Baybars, Sonqur va h.k.; Astronimlar: Ulkar; 
geografik nomlar: Sham, Misr; zoonimlar: at, okuz, qatir, bog‘a, ayg‘ir 
va h.k.; yirtqich hayvonlar: aslan, sirtlan, bori, tulku va h.k.; qush va 
hashoratlar: qartal «burgut», sarcha «chumchuq», qaz, qarlag‘ach, 
qarg‘a va h.k.; harbiy asbob-anjomlar ya, kirish «yoy ipi(tetiva)», sungu 
«nayza», qalqan, choqmar va h.k.; tibbiy terminlar: yig/ik «kasallik, 
illat», ag‘ri «og‘riq», sokan «bemor, kasal», isitma, oturmak «yo‘tal» va 
h.k.; musiqiy terminlar: duduk «musiqa asbobi», tomru «do‘mbira», 
yaqliq «rubob», sibizg‘u «sivizg‘a» va h.k. 
O‘zbek leksikografiyasining shakllanishida Alisher Navoiy va 
o‘zbek mumtoz adabiyoti namoyandalari asarlariga tuzilgan 
lug‘atlarning roli sezilarlidir. Jumladan, Husayn Boyqaro mirzo 
ko‘rsatmasiga binoan 1405-yilda Toli Imoni Hiraviy tomonidan tuzilgan 
«Badoye ul-lug‘at», Turkiya (Rum)da yaratilgan muallifi noma’lum 
chig‘atoycha(eski o‘zbekcha)-usmonli turkcha «Abushqa» (XVI asr), 
Muhammad Mahdiyxonning eski o‘zbekcha-forscha «Sanglox» (1748), 
Fathali Kojar Qazviniyning 1862 - yilda tuzilgan «Lug‘ati atrokiya», 
Ya’qub Chingiyning «Kelurnoma», Shayx Sulaymon Buxoriyning 
«Lug‘ati chig‘atoyi va turki usmoniy» kabi asarlar o‘zbek 
lug‘atnavisligining durdonalari safidan o‘rin olgan.
Abu Muzaffar Muhitdin Avrangzeb (1658-1707) saroyida xizmat 
qilgan Muhammad Yoqub Changiy «Kelurnoma» asarini yaratdi. Bu 
asar ikki xil lug‘atning ajoyib namunasidir. Lug‘at 15 bobdan va 332 
fasldan iborat. Ulardan 14 bobi arab alfaviti asosida joylashtirilgan 400 
dan ortiq fe’llarni izohlashga bag‘ishlanadi. Sarlavha so‘z sifatida 
fe’lning infinitiv shakli beriladi. 
O‘zbek tilshunosligi tarixida terminologiya masalalarini o‘z ichiga 
olgan lug‘atlar ham uchraydi. Ana shunday lug‘atlardan biri Mirza 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
69 
Mehdixonning «Sangloh» lug‘atidir. Bu lug‘at «Maboni ul-lug‘at» («Til 
asoslari») nomli grammatik ocherkni ham o‘z ichiga oladi. Unda Mirzo 
Mehdixonning lingvistik qarashlari atroflicha berilgan. Lug‘at 1172-
1173 - yillarda yozilgan. Lug‘atda fe’l zamonlari, affikslarining fonetik 
variantlari, olmoshlar hamda umuman grammatik terminlar haqida fikr 
yuritiladi.
Xonliklar davrida tilshunoslik sohasida maxsus asarlar yuzaga 
kelmagan bo‘lsa ham, tarix, adabiyotshunoslikka oid asarlarda 
terminologiyaning ayrim masalalari e’tirof etiladi. Bu jihatdan 
Abulg‘oziy Bahodirxonning «Shajarai turk», «Shajarai tarokima» 
asarlari alohida o‘rin egallaydi. U o‘zining «Shajarai turk» asari 
to‘g‘risida shunday deydi: «Bu tayirg‘a xudoyi taolo inoyat qilib, ko‘p 
nimarsa bergan turur. Xususan, uch hunar bergan turur. Avval 
sipohigarlikning qonuni va yo‘sinikim, nechuk otlanmoq va yurumak va 
yosoq yasamoq, ko‘p birlan yuruganda nechuk qilmoq, oz birlan 
yuruganda nechuk qilmoq. Do‘stga, dushmanga nechuk so‘zlashmak. 
Ikkinchi, masnaviyot va qasoid va g‘azaliyot va muqatta’ot va ruboiyot 
va barcha ash’orni fahmlamaklik, arabiy va forsiy va turkiy lug‘atlarning 
ma’nosini bilmaklik. Uchinchi, odam axdindin to bu damgacha 
Arabistonda, 
Eron 
va 
Turonda 
va 
Mo‘g‘ulistonda 
o‘tgan 
podshog‘larning otlari va umrlarining va saltanatlarining kam yoki 
ziyodin bilmaklik
1
».
Abulg‘oziy Bahodirxonning tilga bo‘lgan munosabati yuqoridagi 
ikki asarda o‘z ifodasini topadi. Muallif har ikki asarda onomastik 
(antroponimik, toponimik, etnografik) ma’lumotlar berayotgan paytda, 
avvalo, uning etimologiyasi haqida so‘z yuritadi. Masalan, mungul-
mo‘g‘ul-soddadil, ya’ni qayg‘uli sodda demakdir; do‘rman-do‘rmon –
to‘rt demakdir. Yana oqayotgan suvni turklar soy, tojiklar rudxona
arablar vodiy derlar; qiyot tog‘dan oqqan suv va boshqalar. 
1
Абдусаидов А. Ўзбек тилшунослиги тарихи. Ўқув-услубий мажмуа. – Самарқанд, 2013. - Б.167. 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
70 
Abulgʻozi Bahodirxonning «Shajarai tarokima» asarida quyidagi 
terminlar keltirilgan: 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling