A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   152
1. Shakliy talablar. 
2. Mazmuniy talablar.
3. Pragmatik talablar. 
Shakliy talablar quyidagilar: 
1) til me’yorlariga mos kelishlik. Bunda quyidagilarga e’tibor 
qaratish lozim bo‘ladi:
- til me’yorlariga mos ravishda: professional jargonizmlarni 
bartaraf qilish: tibbiyotda - o‘pkaning toshqini, nevrotik, akkordeon 
o‘ynash va boshqalar. 
- fonetik va grammatik me’yordan chekinishga yo‘l qo‘ymaslik: 
qurilishda - kran, o‘q, mexanizm, lift, klapan; 
- adabiy tilga xos bo‘lmagan birliklarni almashtirish: Ω shaklidagi 
kompensator o‘rniga omega shaklidagi kompensator; 
- baynalminal so‘zlarni qo‘llashda ularning til me’yorlariga amal 
qilish. 
2) qisqalik (lo‘ndalik, ixchamlik): terminning qisqa varianti – bu 
funksional nuqtai nazardan terminga teng shakl. Uni erkin va ixtiyoriy 
shakl qo‘llashning imkoni yo‘q: atamaning nomuvofiqligi nutqda keng 
qo‘llanilishini oldini oladi: 

leksik 
qisqalik: 
tiamnasetamindinpatotetraxloroplateat,
etilendia-menmetilamin, natrodixloroplatoxlorid, metan oksid etil 
diamidofenilditolilkar-binosulfonik kislota, optik kvantli generator – 
lazer; 
- formal qisqalik: nusxa olishning fotonabor metodi – fotonabor, 
enterodermatokardiopatik sindrom – karsinoid sindrom, neyromezo-
dermatodistrofiya – neyrofibromatoz. 
1
Гринев-Гриневич С. Терминоведение. – М., 2008. – С. 31. 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
112 
2) derivatsionallik: terminlarning talablaridan biri bo‘lib, termin 
olinayotgan tilga xos qo‘shimchalar yordamida yangi termin hosil qilish 
jarayoni. Masalan, tibbiyotda qo‘llanadigan perikard terminidan 
perikardit, perikardiotomiya kabi terminlar hosil qilinadi. O‘zbek tilida 
yurakoldi xaltacha sifatida qo‘llanadi. Yoki kimyo sohasidagi 
gidratatsiya termini o‘zbek tiliga gidratatsiya, gidratatsiyalash, 
gidratlash, gidratlanish kabi qo‘llanadi.
3) invariantlik: terminlarning fonetik, leksik, morfologik, so‘z 
yasalishi, sintaktik va boshqa variantlari muayyan voqelanishdan ajratib, 
mavhum olinishi natijasida terminni o‘zgarmas holatga kelishi. Masalan, 
arxitekturada grafittograffitto – graffito – sgraffitto (graffiti – 
devorlarga yozuv; sgraffitto – devorlarni o‘yib naqsh berish orqali 
dekorativ bezak berish); informatikada disketa – diskette – disket
Ammo bunday holat mutaxassislar muloqotida tushunmovchilikka olib 
keladi. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling