A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
siyosati esa ijtimoiy-siyosiy termin bo‘la oladi.
Aytish joizki, ijtimoiy fanlar sirasiga kiruvchi ilm sohalari, T.B.Kryuchkovaning o‘zi ham qayd etganiday, salmoqli miqdorni tashkil etadi, xususan: tarix, arxeologiya, etnografiya, jamiyatshunoslik, iqtisodiy geografiya, davlat va huquq fani, san’atshunoslik, madaniyatshunoslik, adabiyotshunoslik, tilshunoslik, psixologiya, A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 102 falsafa fanlari, pedagogika va h.k.o. Aksariyat tilshunoslar, mazkur tadqiqotchi ham tanqid ma’nosida ko‘rsatib o‘tganiday, “ijtimoiy- siyosiy leksika” va “ijtimoiy-siyosiy terminologiya” terminlarini sinonim holatda qo‘llaydilar [Крючкова Т.Б. Особенности формирования и развития обшественно-политической лексики и терминологии. –М.: Наука, 1989. –С.15]. Ayni muammoni jiddiy tadqiq etgan ayrim tilshunoslar hatto “ijtimoiy-siyosiy terminologiya” terminidan tamoman voz kechish ma’qulligini aytadilar, ularning “Agar aniqlikka intiladigan bo‘lsak, bu o‘rinda ijtimoiy-siyosiy terminologiya haqida emas, balki ijtimoiy fanlar terminologiyasi va terminlari haqida gapirish maqsadga muvofiq [Лейчик В.М. Особенности терминологии обшественных наук и сферы ее использования / Язык и стиль научного изложения. Лингвометодические исследования. –М., 1983]” tarzidagi mulohazalarida anchagina jon bor. Har holda tegishli terminlar mazkur ijtimoiy fanlarning har birining o‘zida ta’riflangan, bu fanlarning o‘z “mulki”ga aylangan, ularning turli kommunikativ maqsadlar bilan o‘z “uy”idan boshqa maydonlarga olib chiqilishi tildan foydalanishning eng oddiy odatidir. Har qanday termin muayyan lisoniy birlik sifatida yaxlit til leksikasidan tashqarida bo‘lmagani kabi “ijtimoiy-siyosiy terminlar” ham ijtimoiy-siyosiy leksika deyiladigan, ta’bir joiz bo‘lsa, “mega leksik” guruhning ichida ekanligi tabiiy. “Ijtimoiy-siyosiy terminlar” deyish yana shuning uchun ham asosli va ilmiy mantiqqa unchalik ham muvofiq emaski, “ijtimoiy-siyosiy” degan to‘plam bir qancha turlarning jami yoki sintezidir. Bunaqa “katta to‘plamning “termini” tushunchasi “termin” tushunchasining o‘zini bir qadar muallaqlashtiradi. Ammo deyarli aksariyat tilshunosliklarda mazkur “ijtimoiy-siyosiy terminlar” nomi ham an’anaga kirgan, hamonki tilshunoslik an’anasida bu termin mavjud ekan, uni hozircha shartli ravishda qo‘llab turish mumkindir. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 103 Mazkur ijtimoiy-siyosiy tushunchalarni ifodalaydigan birliklarning muayyan bir qismini termin deyish kerakmi yoki yo‘qmi, bundan qat’iy nazar, ular yaxlit ijtimoiy-siyosiy leksikaning tarkibiy bir qismi ekanligi shubhasiz. Shuning uchun eng avvalo, ijtimoiy-siyosiy leksikaning o‘zini chegaralab olish muhimroq. Ammo bunday chegaralarni belgilash, mohiyati va hajmini tayin etish masalalarida mutaxassislar orasida turli qarashlar mavjud. Har qalay, bu qarashlarni shartli ravishda ikki guruh tarzida umumlashtirish mumkin, ya’ni: 1) ijtimoiy-siyosiy leksika mohiyatini tor tushunish; 2) ijtimoiy-siyosiy leksika mohiyatini keng tushunish [Маник С.А. Общее описание терминологии общественно-политической жизни / Современные исследования социальных проблем (электронный научный журнал), №1(21), 2013 / www.sisp.nkras.ru]. Bir qator lingvistik manbalar tahlili asosida bu ikki tur qarashlarning mazmun-mohiyatini S.A.Manik shunday tavsiflaydi: tor tushunishga ko‘ra, ijtimoiy-siyosiy leksikani ijtimoiy- siyosiy hayot sohasiga daxldor tushunchalarni ifodalovchi va ma’no strukturasida “ijtimoiy”, “siyosiy”, “davlatga oid”, “sotsial” kabi doimiy semalari mavjud bo‘lgan so‘zlar tashkil etadi. Keng tushunishga ko‘ra, ijtimoiy-siyosiy leksika markaziy siyosiy tushunchalarni ifodalovchi leksik birliklar va ijtimoiy-siyosiy soha bilan bilvosita bog‘langan so‘zlar, ya’ni ma’nolarida “ijtimoiy”, “siyosiy”, “davlatga oid” kabi semalar ehtimol tutiladigan so‘zlardan tarkib topadi. Rus tilshunosligida nisbatan keng tarqalgan va mazkur ikki qarashni o‘zida mantiqiy birlashtirgan, anchayin aniq va mo‘tadil ta’rifga ko‘ra, ijtimoiy-siyosiy leksika “lug‘atning ijtimoiy-siyosiy hayot doirasiga daxldor, ya’ni siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, mafkuraviy-falsafiy sohalarga taalluqli tushunchalar va hodisalar nomlaridan tarkib topgan qismidir. Bunday so‘zlar guruhi o‘zining anchayin sezilarli chegaralariga ega bo‘lishiga qaramasdan, ijtimoiy-siyosiy leksika inson faoliyatining yana bir qator boshqa sohalarining nomlari bilan, xususan, ijtimoiy fanlar: tarix, jamiyatshunoslik, huquq, falsafa, iqtisod, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling