A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
AMALIY MASHGʻULOTLAR UCHUN TOPSHIRIQLAR
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
AMALIY MASHGʻULOTLAR UCHUN TOPSHIRIQLAR 1-topshiriq. Jadvalni toʻldiring, tilshunoslikka oid terminlarni mavzusiga qarab guruhlashtiring. Fon, allofon, undoshlar, unlilar, til oldi tovushlari, til orqa tovushlari, leksema, soʻz, semema, hosila ma’no, sinonimlar, 1 Шамсиддинов Ҳ. Умумистеъмолдаги сўзлардан лексик – семантик усул билан ясалган терминлар ва уларни тартибга солиш / Ўзбек тили илмий – техникавий терминларини тартибга солиш принциплари. – – Тошкент, 1991. – 132 -161 – бетлар. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 100 antonimlar, ot, yordamchi soʻz turkumlari, harakat tarzi shakllari, sifat, fe’l, teng bogʻlovchilar, tobe bogʻlanish, soʻz birikmalari zanjiri, predikat, ajratib yozish, chiziqcha bilan yozish, bosh harflar imlosi, qoʻshib yozish, uslub, rasmiy uslub, ilmiy uslub, bayonnoma, ariza, ma’lumotnoma. 1. Fonetika 2. Leksikalogiya 3. Morfologiya 4. Sintaksis 5. Orfografiya 6. Stilistika 7. Frazеologiya 2-topshiriq. N.Maxmudovning “Til siyosati va siyosat tili” maqolasidan olingan parchani o‘qing, qisqa konspekt qiling. Til va jamiyat munosabatlari bilan bog‘liq muammolar silsilasida tilning lug‘at tarkibidagi “ijtimoiy-siyosiy leksika” deb nomlanadigan guruh alohida o‘rin tutadi. Tabiiyki, bunday leksika davlat va jamiyat hayotiga daxldor xilma-xil va juda katta miqdordagi tushunchalarni ifodalovchi zaruriy lisoniy birliklar sifatida siyosiy muloqotning birlamchi vositasi bo‘lmish siyosat tilining bevosita asosini tashkil etadi. Yurtimiz juda qadimdan davlatchilik an’analariga sohib bo‘lib kelganligi uchun ham bizning tilimizda ijtimoiy-siyosiy leksika shakllanib, rivoj topib kelayotganiga ko‘p zamonlar bo‘lganligi hech kimga sir emas [Дадабаев Х.А. Общественно-политическая и социально-экономическая терминология в тюркоязычных письменных памятниках XI – XIV вв. –Тошкент: Ёзувчи, 1991]. Bugun mustaqillik sharofati bilan mamlakatimizda amalga oshirilgan va amalga oshirilayotgan misli ko‘rilmagan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy- madaniy o‘zgarishlar, tub islohotlar bu leksikaning yanada o‘zgarishi va A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 101 boyishiga zamin bo‘ldi, zotan, davlat va jamiyatdagi evrilishlar tilda o‘zining in’ikosini topishi tabiiy. Bugun mutaxassislar asosiy maqsadi siyosat tilini tadqiq etishdan iborat bo‘lgan “siyosiy lingvistika” sohasi shakllanib ulgurganligini aytmoqdalar. Ularning qayd etishlaricha, “siyosiy kommunikatsiyani o‘rganishni nazarda tutuvchi siyosiy lingvistika va sotsiolingvistikaning o‘rganish doirasiga daxldor bo‘lgan davlat til siyosati sohasidagi tadqiqotlarni farqlash zarur. Masalani bir qadar soddalashtirib aytganda, siyosiy lingvistika mutaxassislarini siyosatchilarning qanday gapirishi qiziqtirsa, til siyosati mutaxassislari siyosatchilar tilni qo‘llash samaradorligini oshirish uchun nima qilayotganligi (yoki nima qilishlari kerakligi)ni o‘rganish bilan shug‘ullanadi” [Чудинов А.П. Политическая лингвистика. –М.: Флинта-Наука, 2006. –С.9]. Turli tilshunosliklarda ijtimoiy-siyosiy leksikaning ko‘pincha ijtimoiy-siyosiy terminlardan farqini belgilashga harakat qilinadi, masalan, rus tilshunosi T.B.Kryuchkova ijtimoiy-siyosiy leksika va ijtimoiy-siyosiy terminologiyani bir-biridan farqlash zarur ekanligini, ular bir-biri bilan aloqadorlikka ega bo‘lsa-da, bir narsa emasligini asoslashga harakat qiladi va ijtimoiy-siyosiy terminologiyaga shunday tavsif beradi: “Ijtimoiy-siyosiy terminologiya ijtimoiy fanlar terminologiyasining mafkuralashganlik xususiyatiga ega bo‘lgan qismidir” [Крючкова Т.Б. Особенности формирования и развития обшественно-политической лексики и терминологии. –М.: Наука, 1989. –С.15]. Uning ta’biricha, masalan, fonema va til siyosati birliklari tilshunoslik terminlaridir, lekin fonema ijtimoiy-siyosiy termin emas, til Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling