A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- AMALIY MASHG‘ULOTLAR UCHUN TOPSHIRIQLAR 1-topshiriq.
- 2-topshiriq.
4) ohangdorlik: terminni ohangdorligining ikki jihati mavjud.
Birinchidan, terminlarning talaffuz qilish qulayligi ularning orfoepik ohangdorligi bilan bog‘liq. Ikkinchidan, termin talaffuz qilinganda nomaqbul taassurot qoldirmasligi lozim. Masalan, bitlash – pedikulyoz, cho‘chqa bashara – erizipeloid. Demak, qisqacha aytganda, terminlarning quyidagi belgilari mavjud: 1) biror fan va texnika sohasiga tegishli ekanligi bilan izohlanadi; 2) terminning ma’nosi tushunchaga tengdir; 3) terminlar bir-ikki so‘zdan va so‘zlar birikmasidan iborat bo‘lishi mumkin; 4) termin uchun kontekstning bo‘lishi shart emas; 1 Лидов И. П. Актуальные вопросы упорядочения медицинской терминологии // Научно-техническая терминология. — М., 1985. - Вып. 1. - С. 1-4. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 115 5) termin aniq, nominativ funksiyaga ega bo‘lib, unga emotsionallik, ekspressivlik, modallik funksiyalari xos emas. Termin o‘zining bu xususiyatini kontekstda ham, kontekstdan tashqarida ham saqlaydi; 6) termin stilistik jihatdan neytraldir; 7) termin bir ma’noli (monosemantik ekanligi) yoki bir ma’noli tendensiyaga ega; 8) terminologik leksika alohida sistemadir va hokazo. AMALIY MASHG‘ULOTLAR UCHUN TOPSHIRIQLAR 1-topshiriq. Berilgan atamalar ichidan faqat terminlarga qo‘yiladigan talablarni tanlab oling va jadvalga ketma-ketlikda yozing. Shakliy talablar; nazariy talablar; mazmuniy talablar; oʻxshashligiga koʻra talablar; bajaradigan vazifasiga koʻra talablar; pragmatik talablar; sotsiolingvistik talablar; 1. 2. 3. 4. 2-topshiriq.Terminlarga qoʻyiladigan shakliy talablarni ularga xos boʻlgan tushunchalar bilan moslashtiring. 1. til me’yorlariga mos kelishlik A terminning qisqa varianti – bu funksional nuqtai nazardan terminga teng shakl. Uni erkin va ixtiyoriy shakl qo‘llashning imkoni yo‘q 2. qisqalik B til me’yorlariga mos ravishda: professional jargonizmlarni bartaraf qilish: tibbiyotda - o‘pkaning toshqini, nevrotik, A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 116 akkordeon o‘ynash va boshqalar. 3. derivatsionallik S terminlarning fonetik, leksik, morfologik, so‘zyasalishi, sintaktik va boshqa variantlari muayyan voqelanishdan ajratib, mavhum olinishi natijasida terminni o‘zgarmas holatga kelishi. 4. invariantlik D terminlarning talablaridan biri bo‘lib, termin olinayotgan tilga xos qo‘shimchalar yordamida yangi termin hosil qilish jarayoni. 5. motivlanganlik E har qanday termin muayyan terminologik tizimning bir bo‘lagi. Aynan shu xususiyat uni termin maqomiga ko‘taradi. 6. tizimlilik F har qanday termin tushunchasi bilan semantik aloqada bo‘lishi. Bu talabni to‘liq namoyon bo‘lishi tizimlilik bilan ko‘zga tashlanadi. 7. lisoniy asos G o‘z yoki o‘zga til asosida yasalgan terminlardan birini tanlash lozim bo‘lganda, albatta, o‘z termindan foydalanish maqsadga muvofiq. Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling