A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-topshiriq.
- Tayanch tushunchalar
2-topshiriq. Quyidagi mavzularda esse yozing. «Terminlarda zamonaviylik va ohangdorlik», «Terminlarda baynalminallik» mavzularida esse yozish va eng yaxshi esselar tanlovini oʻtkazish. Eng yaxshi esselar yashirin ovoz berish yoʻli bilan aniqlanadi. 3-topshiriq. Mavzu yuzasidan 15 slayddan kam bo‘lmagan prezentatsiya yarating. 4-topshiriq. «Reklama» usulida mavzuga oid reklama yarating. 3.2. Termin, so‘z va nom Reja: 1. Termin va so‘zning o‘ziga xos xususiyatlari. 2. Termin, so‘z va nom munosabati. 3. Terminning o‘zgarishi. Tayanch tushunchalar: termin, so‘z, nom, determinologizatsiyalash, determinlashish, reterminologizatsiya, o‘zgaruvchan, metafora, metonimiya. Jamiyatda mavjud narsa-hodisalar g‘oyat xilma-xil va rangbarang, shu bilan birga son-sanoqsiz. Bu xilma-xillikni inson hali to‘liq o‘rganib adog‘iga yetgan emas. Bu jarayon hali ham davom etmoqda va keyin ham davom etadi. Buning ustiga, jamiyatdagi mavjud narsa-hodisalar tuzilishida, fe’l-atvorida, shakl-shamoyilida bir-biriga o‘xshash, ayni paytda bir-birini takrorlamaydigan noo‘xshash, farqli jihat va belgi- xususiyatlar bor. Inson ularni o‘rganib borish jarayonida ularning o‘ziga xos, o‘ziga mos nomlar ham topishi zarur. Bu nomlar insonning zarur A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 120 paytda informatsiya almashuvi uchun, zarur paytda tafakkur qilishi uchun moddiy borliqning vakili sifatida g‘oyaviy asos vazifasini o‘taydi. Tilning tafakkur bilan bog‘liq jihati ham shunda ko‘rinadi. Nomlash jarayoni ham inson uchun o‘ziga xos tafakkur va ijod jarayoni sifatida qaralishi lozim. Chunki nomlash jarayonida ham bilishdagidek insonga xos qiyoslash, tasniflash, abstraksiyalash, analiz, sintez va boshqa tafakkur operatsiyalari bajariladi. Bularsiz borliqni tashkil etuvchi narsa-hodisalarga o‘ziga xos va o‘ziga mos nom berib bo‘lmaydi. Termin bilan odatdagi so‘zni bir narsa deb bo‘lmaydi. O‘tmishda Yevropada ilm-fanning dastlabki yaratuvchilari bo‘lgan qadimgi greklarda va rimliklarda termin fanga oid tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar sifatida qo‘llangan. Bizning davrimizga kelib bu tushuncha o‘zgarishga uchradi. Ko‘pchilik olimlar termin so‘zining ma’nosini avvalgicha, ya’ni ma’lum fan va fan bilan bog‘langan texnika, san’at va madaniyatga oid hodisalar bilan belgilasalar, ba’zi olimlar har qanday ot(atama)ni termin deb ataydilar. Bu jihatdan ular «termin» so‘zini morfologiyadagi «ot» so‘zining ekvivalenti, sinonimiga aylantirib qo‘yadilar. Terminni otning sinonimi deb hisoblovchilar, aslida ingliz faylasuflarining, so‘ngra esa XIX asrning boshlarida o‘n martadan ortiq nashr qilingan «Mantiq darsligi» muallifi G.I.Chelpanovning fikrlarini tasdiqlaydilar. Ingliz faylasuflarining fikricha, «mantiqda tushunchalar haqida emas, atamalar, nomlar yoki terminlar haqida gapirish maqsadga muvofiqdir». G.I.Chelpanovning fikricha, rus tilidagi красивый, делимый, конечный, некрасивый, неделимый, бесконечный so‘zlari ijobiy (положительный) va salbiy (отрицательный) terminlardir 1 . Demak, mantiqshunos uchun termin – mantiqiy muhokama elementi bo‘lib, uning faqat ot bilan ifodalanishi shart emas. Ammo 1 Челпанов Г.И. Учебник логики. - М., 1946. – С.8. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 121 tilshunos terminni bu xilda tushunmasligi kerak. Tilshunoslikda hamma atamalarni, shu jumladan, odatdagi sifatlarni ham terminga kiritish terminning doirasini asossiz ravishda kengaytirib yuborish bo‘lar edi. Hozirgi mantiqshunoslar terminni bu xilda keng ma’noda, ya’ni so‘z ma’nosida qo‘llamaydilar. Termin – so‘zlarning bir xili, ammo hamma otlar (ayniqsa, sifatlar) ham termin hisoblanmasligi lozim. Terminlarning maxsus termin ekanligi o‘zi qo‘llanayotgan sohada yaqqol ko‘zga tashlanadi. U bu tizimdan boshqa tizimga o‘sha oddiy so‘zga aylanadi. Shu sababli ham M.Mukarramov «bo‘g‘in» so‘zi tilshunoslikda, ya’ni fonetikada termin, «yosh bo‘g‘in», «qo‘l bo‘g‘inlari» birikmalarida inson tanasining a’zolari sifatida ekanligini ta’kidlaydi 1 . V.G.Gak termin bilan so‘zning farqli munosabatini ifoda planiga ko‘ra uch tipga bo‘lib o‘rganish mumkinligini ko‘rsatadi: 1) bir planli leksik birlik – oddiy so‘z; 2) bir planli leksik birlik – termin; 3) ikki planli leksik birlik – bir o‘rinda oddiy so‘z, ikkinchi bir o‘rinda termindir. V.G.Gakning fikricha, birinchi tip leksik birliklar doimo o‘zining oddiy so‘zligini saqlaydi. Ular ilmiy adabiyotlar tilida ham termin sifatida qo‘llanmaydi. Bu so‘zlarga atoqli otlar, olmosh va yordamchi so‘zlar kiradi. Ikkinchi tip birliklar haqiqiy terminlardir. Ular kontekstda ham, kontekstdan tashqarida ham o‘zlarining terminologik xususiyatini saqlay oladi. Ular oddiy so‘z bilan yonma-yon qo‘yilganda ham o‘zlarining oddiy so‘zdan uzoqlashganligini, begonalashganligini namoyon qilib turadi. Bunday so‘zlar tangens, sinus, affiks, prefiks, Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling