A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi
114
sinonimlari juda ko‘p. Masalan, jahonda qo‘llanayotgan
candida
albikans tibbiyot terminining 100 dan ortiq
sinonimi mavjud
1
.
Pragmatik talablar quyidagilar:
1)
joriylanish: ilmiy doiralar yoki uning foydalanuvchilari,
mutaxassislar tomonidan qabul qilingan umumiste’molda bo‘lgan
terminlar tushuniladi. Yozma matnlarda terminlarning qo‘llanilishi
ularning chastotasini aniqlash, hisoblash
orqali va chastota bilan
tavsiflanadi.
2)
baynalminallik: ilmiy tadqiqotlarning baynalminallashuvi
an’anasining o‘sib borishi, xalqaro mutaxassislarning muloqotiga
ehtiyojning
yuzaga kelishi, ilmiy va texnik ma’lumorlarning xalqaro
miqyosda almashinuvi bir nechta (kamida uchta) milliy tillarda
ishlatiladigan terminlarni paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
3)
zamonaviylik: eskirgan terminlarning
siqib chiqarilishi va
o‘rnini zamonaviy terminlar bilan almashtirish yo‘li bilan amalga
oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: