A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


tomir terminlari ham mana shunday boshqa boshqa tushunchalarni  anglatadi. Ildiz


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   152
tomir terminlari ham mana shunday boshqa boshqa tushunchalarni 
anglatadi. Ildiz – o‘simlik bargidagi pastki qismi bo‘lsa, tomir – o‘simlik 
bargidagi taram-taram «ip»lardir. 
5.Tarkibidagi ma’nosi bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan narsa va 
hodisalar ilmiy klassifikatsiyada o‘z ahamiyatini yo‘qotishi mumkin. 
Masalan, tabiatda qattiq narsaning aksi yumshoq narsa ham mavjud. 
Tabiiy fanlar sohasida jismlarni qattiq jism, yumshoq jismga bo‘ladilar. 
Ammo fizika fani sohasida qattiq jism terminining antonimi yumshoq 
jism yo‘q. Lekin ba’zi so‘zlarnining sinonimiyasi terminga aylanganda 
yuzaga keladi. Masalan, ximiya sohasida qo‘llanadigan og‘ir suv termini 
mavjud bo‘lsa-da, odatda og‘ir so‘zi bilan suv so‘zi erkin birlik hosil 
qilmaydi, binobarin oddiy muomalada uning antonim sifatida yengil suv 
birikmasi ham tuzilmaydi 
6. Termin emotsional ta’sirga, «bo‘yoqqa» ega emas. Bunday rang 
terminni aniq bir ma’noda qo‘llashga halal beradi. Chunki emotsional-
ta’sirchanlik kishining nutq madaniyatiga, predmet yoki hodisaga 
bo‘lgan shaxsiy munosabatini ifodalaydi. Predmetning ma’nosida 
subyektiv moment bo‘lmasligi kerak. 
Ba’zi terminlarning morfologik tuzilishida ko‘rsatilgan, erkalash 
ma’nosini ifodalaydigan aforizmlar bo‘ladi. Ammo bunday aforizmlar 
termin sostavida hech qanday erkalash atamasini ifodalamaydi. Masalan, 
yurakning tuzilishiga oid bo‘lgan qorincha, o‘simlik tuzilishiga oid 
bo‘lgan og‘izcha, avtomobil tuzilishiga oid bo‘lgan mushtcha terminlari 
odatdagi emotsional-ekspressiv bo‘yoqqa ega emas. Agar bu terminlar 
odatdagi so‘zlar kabi qo‘llanib bolalarning qorinchasi yoki jajji 
og‘izchasini, mushtchasini anglatganda edi, kichiklik ma’nosinigina 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
130 
emas, o‘sha kichkina predmetlarga nisbatan bo‘lgan erkalash ma’nosini 
anglatgan bo‘lar edi
1


Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling