A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
oqsil, oltingugurt, umurtqasizlar tipidagi so‘zlardir.
Uchinchi tipda so‘zlar bir o‘rinda oddiy so‘z, ikkinchi bir o‘rinda termin ma’nosida qo‘llanishi mumkin. Bunday terminlar ko‘pincha o‘z til imkoniyatlari zaminida hosil qilinadi: Masalan: so‘z, gap, kuch, bo‘g‘in, maydon, uchburchak, ildiz, to‘qima kabi 2 . 1 Мукаррамов М. Ҳозирги ўзбек адабий тилининг илмий стили. –Тошкент: Фан, 1984. –Б.55 – 56. 2 Гак В.Г. О некоторых закономерностях развития лексикографии / Актульные проблемы учебной лексикографии. - Москва, 1977. – С. 54-55. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 122 A.A.Reformatskiyning fikricha, termin ko‘p ma’nolikdan – polisemiyadan ajralib turishi kerak. Termin bir va aniq ma’noni bildiradigan maxsus so‘zdir 1 . Adabiyotlarda terminlar bilan so‘zni qarama-qarshi qo‘yish tamoyili asosida tadqiqot olib borganlar. Terminlarni (tor soha birliklarini) noterminlarga (milliy tilning umumiste’moldagi leksemalariga) qarama-qarshi qo‘yish 2 tamoyili o‘zini oqlamadi, chunki u ikki lug‘aviy qatlam orasida doimo transpozitsiya holati kuzatiladi. N.P.Kuzkinning fikriga qaraganda, ular orasida mazmunan ham, shaklan ham jiddiy farq yo‘q. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan yagona va obyektiv farq uning g‘ayrilisoniy voqelik bilan bog‘liqligidir: umumqo‘llanishdagi so‘z turmushdagi tushunchani aks ettirsa, termin tor doiradagi mutaxassislarga tushunarli bo‘lgan tushunchani ifodalaydi 3 . Bizningcha, muallifning bu fikriga qo‘shilish qiyin, chunki keng doiradagi mutaxassislarga tushunarli bo‘lgan terminlar ham ko‘p va ular umumiy terminotizimning juda katta qismini tashkil qiladi. Narsa- buyum ma’nosi va tushuncha ma’nosi orasidagi munosabatni o‘rganishda quyidagi uch holatni inobatga olgan holda ish ko‘rish maqsadga muvofiq: a) termin lug‘aviy ma’noga ega, ammo bu ma’no faqat ifodalanayotgan tushuncha bilan chegaralanmaydi (D.P.Gorskiy, K.A.Levkovskaya, A.S.Gerd); termin lug‘aviy ma’noga ega va bu ma’no tushunchadir (Ye.M.Galkina – Fedoruk, P.S.Popov); v) termin lug‘aviy ma’noga ega emas, balki tushunchaga to‘g‘ri keladi, (V.A.Zvegensev, A.A.Reformatskiy, L.A.Kapanadze). Tilshunoslikda terminlarning o‘zgarishi hamda yangi terminlarning paydo bo‘lishi fan va texnika taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liqdir. Bu haqda tilshunos olim L.I.Bojno quyidagilarni ta’kidlaydi: «Texnika 1 Реформатский А.А. Введение в языкопознание. –Москва, 1955. – C.85. 2 Толикина Е.Н. Некоторые лингвистические проблемы изучения термина / Лингвистические проблемы научно-технической терминологии. - Москва, 1970. – С. 54-55. 3 Кузькин Н.П. К вопросу о сущности термина / Вестник ЛГУ, №20. Серия истории, языка и литературы, Вып. 4. – Л., 1962. – С. 225. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 123 taraqqiyoti ta’sirida terminologiya o‘zaro aloqador ikki qonuniyat asosida, birinchidan, ilmiy-texnika progresi qonuniyatlari bilan, ikkinchidan, til rivojlanishining umumiy qonuniyatlari bilan bog‘liq ravishda o‘zgarib boradi» 1 . Texnik malakaning endilikda ma’lum tor doiradan chiqib, ommaviy xarakterga ega bo‘layotganligi va turli sohalarning mutaxassislari kundalik faoliyatida fan va texnika yutuqlaridan keng foydalanayotganligi terminlarga bo‘lgan yuksak talab bilan uning hozirgi holati orasidagi nomuvofiqlikni bartaraf etishni talab etadi. Chunki hayotda fan va texnika taraqqiyoti qanchalik katta ahamiyatga ega bo‘lsa, uni egallash, boshqarish va taraqqiy ettirish uchun terminlar ham shunchalik muhim ahamiyatga molikdir. Shu jihatdan, terminlarni tartibga solish juda katta ilmiy va ijtimoiy ahamiyatga egadir. D.S.Lotte qanday kategoriyadagi so‘zlar terminlashishi mumkinligi haqida gapirib: «...texnikada quyidagi tushunchalarni anglatuvchi asosiy kategoriyalar terminlashadi: jarayonlar (hodisalar); texnika predmetlari (materiallar, qurollar, asboblar, detallar va h.k.); xossalar; hisobiy tushunchalar (parametrlar, geometrik obrazlar va h.k.); o‘lchov birliklari 2 «. Fan-texnikaning tez sur’atlar bilan rivojlanib borishi natijasida yangidan-yangi mashinalar, apparatlar, asbob-anjomlar va texnologik jarayonlarning paydo bo‘lishi bilan ularni ifodalovchi yangi terminlar ham vujudga kelmoqda. Shu sababli, yangi texnika vositalari qaysi sohaga ko‘proq kirib kelgan bo‘lsa, shu soha terminologiyasi to‘xtovsiz ravishda kengayib bormoqda. Kelib chiqishi jihatidan terminlar har bir tilning ichki imkoniyatlariga xos (to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol) va boshqa tillardan o‘zlashgan (meditsina, biologiya, ximiya, fizika) bo‘lishi mumkin. 1 Божно Л.И. Научно-техническая терминология как один из объектов изучения закономерностей развития языка / Филологические науки. 1971. № 5. – стр. 103. 2 Лотте Д.С. Основы построения научно-технической терминологии / Вопросы теории и методики. – M.:1961. – стр. 29. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 124 Oddiy leksika bilan terminologik leksika bir-biri bilan mustahkam aloqada bo‘ladi 1 . Lekin shunday holat ham uchraydiki, terminologiyaning o‘zi ham avtonom tarzda boyib boradi, ya’ni biror bir soha termini semantik siljish natijasida ikkinchi bir soha terminiga aylanadi. Bunday aloqalar quyidagi uchta jarayondan kelib chiqadi: 1. Oddiy so‘zdan termin hosil bo‘lishi: og‘iz (botanika), kalit (musiqa) va h.k. 2. Terminlarning oddiy leksikaga aylanishi: telefon, vazn, va b. 3. Terminologiyaning o‘z hisobiga boyishi: chechak, gul va h.k. Yanada aniqroq qilib aytsak, bu jarayonda metafora, metonimiya va funksiyadoshlik natijasi bo‘lmish termin uch xil ma’noviy xususiyat kasb etishi mumkin, ya’ni termin konkret ma’noga ega bo‘ladi. Terminlar determinologizatsiyalashadi, ya’ni terminologik maqomini yo‘qotadi, adabiy tilning leksik tizimiga kiradi. Termin o‘ta ommalashib, umumtil birligiga aylanib qoladi. Xususan, radio, televizor, telefon so‘zlari ham ma’lum soha terminlari sifatida yuzaga kelgan, ammo hozirgi paytda bu terminlar ommalashib, barchaning nutqida qo‘llanadigan, barchaga tushunarli bo‘lgan so‘zlarga aylangan. Bu hodisa tilshunoslikka oid ayrim adabiyotlarda determinologizat- Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling