A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.3. Terminlarning nominativ vazifasi Reja
3-topshiriq. Mavzu yuzasidan 15 slayddan kam bo‘lmagan
prezentatsiya yoki videorolik yarating. 4-topshiriq. Mavzuni «Blum moychechagi» usulida tahlil qiling. 1-gulbarg, oddiy savollar: kim? nima? qayer? qachon? qanday? 2-gulbarg, aniqlashtiruvchi savollar: «Sizning aytishingizcha, ...», «Agar sizni to‘g‘ri tushungan bo‘lsam,...», «Balkim adashayotgandirman, ammo siz .... dedingiz». 3-gulbarg, tushuntiruvchi savollar: Nima uchun…. bo‘ldi? 4-gulbarg, ijodiy savollar: «Agar….bo‘lsa, nima qilar edi?», «Siz nima deb o‘ylaysiz……bo‘lsa, nima bo‘ladi?». 5-gulbarg, baholovchi savollar: «Nima uchun bu salbiy, bu ijobiy?», «Bu narsa bunisidan nima bilan farq qilardi?» 6-gulbarg, amaliy savollar: «Buni qanday qo‘llash mumkin?», «Bunday hollarda nima qilish mumkin?» kabilar. 3.3. Terminlarning nominativ vazifasi Reja: 1. Terminning nominativ vazifasi. 2. Terminotizimning kategorial xususiyati. 3. Terminlarning munosabatlari va funksiyalari. Tayanch tushunchalar: terminologik ma’no, umumiste’moldagi so‘z, funksional ko‘chishi, funksional aloqa, metafora, nominatsiya, kommunikatsiya jarayonlari. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 138 So‘z sof leksik sathning birligi sifatida vazifasiga ko‘ra nominativ vosita bo‘la olishi bilan tavsiflanadi. So‘zning ma’nolarida borliqdagi obyekt va hodisalarning umumlashma obrazi haqida tasavvur va axborot bor. O‘z ma’nosiga ko‘ra murakkab hosila hisoblanmish so‘z nisbatan kichik birliklar leksik-semantik variantlar majmuidan iborat mazmuniy qurilmadir. So‘zning valentligi grammatik sathda ham, leksik sathda ham o‘rganilishi mumkin. Boshqacha aytganda, valentlik – bu so‘zning so‘z birikmasida voqelanadigan leksik-grammatik imkoniyatlaridir. Tilning leksik tizimini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlar terminologik va umumadabiy leksika o‘zaro muhim va uzviy aloqada bo‘lishini ko‘rsatadi: termin va umumiste’mol so‘zlar bir-biridan ajralgan holda mavjud bo‘lmaydi; u orasidagi aloqalar unsurlar bilan ayirboshlashga, bir-biriga o‘tib turishga va o‘zaro ta’sirning turli-tuman shakllariga olib keladi. Bu murakkab jarayonlarning ko‘rinishlaridan biri terminologiyaning umumiste’mol so‘zlari hisobiga boyishidir. Til yangi paydo bo‘lgan so‘zlar hisobiga emas, balki o‘zining mavjud unsurlari yordamida rivojlanadi. Termin leksik birlik sifatida muayyan bilim sohasining ilmiy va texnikaviy tushunchasini nomlash funksiyasini hamda kommunikativ va kognitiv funksiyani bajaradi, ya’ni terminologiyaning xususiyati konkret bilishni namoyon etish xususiyati bilan oldindan belgilanadi. Tilshunoslikda doimo bahs-munozaralarga sabab bo‘lib kelayotgan muhim masalalardan biri – so‘z bilan terminning o‘zaro munosabati Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling