A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi
156
dubletlari qaysi tilga oidligi bilan farqlanishi tabiiydir. Bunday dubletlar
fors-tojikcha, arabcha yoki baynalminal bo‘lishi mumkin.
1. Dominanti o‘zbekcha, dubletlari fors-tojikcha yoki arabcha
bo‘lgan qator. Masalan,
qalpoq – kallak dubletligi va
qo‘l – imzo
dubletligi.
2. O‘zbekcha va baynalminal dublet terminlar. O‘z va o‘zlashma
transterminlar sinonimiyasi haqida so‘z yuritilar ekan, shuni ta’kidlash
lozimki, bunday lisoniy omillar sirasida dominanti o‘zbekcha, dubletlari
ruscha-baynalminal bo‘lgan qator yuqoridagilardan
nisbatan miqdori
ko‘pligi bilan alohida ajralib turadi. Buni o‘zbek tiliga ko‘plab ruscha
baynalminal terminlarning o‘zlashtirilganligi bilan izohlash mumkin.
Terminologik tizimlar yangi-yangi
terminlar bilan boyib borar
ekan yoki yangi terminotizim vujudga kelar ekan,
dubletlik saqlanib
qoladi. Fan rivojlangan sari yangi tushunchalar paydo bo‘ladi, avvaldan
mavjud tushunchalar haqidagi fikr o‘zgaradi, bu esa yangi terminlarni
yuzaga keltiradi. Shunga o‘xshash sabablarga ko‘ra,
dubletlar yuzaga
keladi. Bunday turli obyektiv va subyektiv sabablar quyidagilar:
1.
Bir necha nomenklatura tizimlarning qo‘llanishi. Masalan,
kimyo fanida organik va anorganik kimyoga taalluqli terminlar. Bunga
ko‘pincha birikma yoki moddaga qo‘yilgan
nom shu moddaning tabiiy
olinish manbaiga, usuliga, rangi yoki hidiga,
shuningdek, olingan joyiga,
uni kashf etgan shaxsning nomiga asoslanadi. M:
olma kislotasi
(яблочная кислота), qo‘rg‘oshin shakari (свинцовый сахар), qaldiroq
kislota (гремучая кислота).
2. O‘zbek tilida mavjud bo‘lgan terminlar bilan o‘zlashma yoki
Do'stlaringiz bilan baham: