A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   152
dubletlar – absolyut sinonimlar
2
; mutlaq sinonimlar
3

1
Мадвалиев А. Ўзбек химия терминологиясида дублетлик ва уни минимумга келтириш масаласи / 
Ўзбек терминологиясида лексик вариантлар.- Тошкент: «Фан», 1986. - Б. 80-102; Турсунов У., Мухторов 
Ж., Рахматуллаев Ш. Ҳозирги ўзбек адабий тили. - Тошкент: - Б. 109. 
2
Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. – Тошкент: “ЎзМЭ” давлат нашриёти, 2002. - Б. 
37. 
3
Шу манба. - Б. 69. 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
155 
Keltirilgan dalillardan hatto bitta terminologik tushunchaning o‘zi 
to‘rt xil, ya’ni dublet, absolyut sinonim, mutlaq sinonim hamda parallel 
termin
1
deb atalib kelinayotganligi ma’lum bo‘ldi. Qisqalik, ma’noni 
to‘g‘ri ifodalash prinsipidan kelib chiqilganda, yuqorida qayd etilgan 
tushunchaning dublet, dubletlik terminlari vositasida ifodalanishini 
ma’qul deb bilamiz
2
. Sinonimlarning bir turi bo‘lmish dubletlar 
xoslanish belgisiga ko‘ra ilmiy uslubga aloqadorligi bilan ularning 
boshqa turlaridan farq qilib turadi. Ma’lumki, «sinonimlar bir-biridan 
anglatgan ma’no qirrasiga, uslubiy bahosiga ko‘ra, nutqiy xoslanish 
belgisiga ko‘ra (bir yoki bir necha jihatdan) farq qiladi»
3
. Har bir tilda 
bo‘lganidek, o‘zbek tilida ham sinonimik qatorning qaror topishida 
xilma-xil omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bular quyidagilardan iborat: a) 
o‘z qatlamga oid leksik birliklardan iborat sinonimlar; b) o‘z qatlam va 
o‘zlashma qatlamdan tashkil topgan sinonimlar; v) o‘zlashma qatlamga 
oid sinonimlar. 
I. O‘z qatlamga mansub dublet transterminlar.
Bunday dubletlik munosabatidagi terminlar soha terminologik 
tizimlarida nisbatan kamroq uchraydi. Shuning uchun ular muayyan 
mavzuiy guruhlarga ajratib ko‘rsatilmadi. Biroq har bir dublet qatorning 
qaysi sohaga oid ekanligi qayd etildi. Dominanti va uning dubleti ham 
o‘zbekcha bo‘lgan terminlar qatoridan qo‘ltiq – ko‘rfaz va bo‘g‘iz – 
bo‘yin dubletlik qatorlari tahlil etildi. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling