Абдухалилова лайло


Keysda o’qitishning asosiy maqsadi –


Download 1.02 Mb.
bet21/27
Sana12.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1192202
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
Bog'liq
4 Масалалар туплами, кейс ва лойиха

Keysda o’qitishning asosiy maqsadi – ish haqi umumiqtisodiy kategoriya ekanligi, ish haqi insonning turmush darajasi va mehnat intensivligini asosiy mezoni sifatida namoyon bo’lishi, eng kam ish haqi, ish haqini belgilash mezonlarini har tomonlama chuqur o’rganish, umumlashtirish, ilmiy tahlil etish asosida, ularning hozirgi davrida ahamiyati ochib berishdan iborat.
Keysda masalaning yechimi orqali quyidagi natijalarga erishish mumkin:

  • ish haqi terminiga to’g’ri ta’rif bera oladi;

  • ta’rif tizimini, ta’rif setkasini, ta’rif razryadlarini bilib oladi;

  • ish haqini hisoblash usullarini bilib oladilar;

  • ish haqini to’g’ri hisoblanganligi tekshira oladilar;

  • mehnat shartnomasi, mexnatni rag’batlantirish va javobgarlik, ijtimoiy imtiyozlar, mehnatni muxofaza qilish, mehnat nizolari to’g’risidagi umumiy qoidalarni biladilar.



YOsh mutaxassislarga tavsiflar

Siz 75 kishilik O’zRFA “Temuriylar tarixi” Davlat muzeyining xodimlarni boshqarish bo’yicha menedjer (mas’ul shaxs) bo’lib xisoblanasiz. Ikki yil avval siz turli ta’lim muassasalarini bitirgan bir guruh xodimlarni ishga qabul qilgansiz. Bugun majlisda barcha bo’lim boshliqlari bilan suhbatlashib ular to’g’risida qisqacha ma’lumot oldingiz.


Ravshan, Ilxom, Doniyor, Eldor, Iskandar, Feruza, Farida va Mastura oliy ma’lumotga egalar. Ular turli sohalar bo’yicha bakalavr bitiruv malakaviy ishini himoya qilganlar. Ishga yollash vaqtida ularning ilmiy salohiyati taxsinga loyiq edi.
RAVSHAN BOZOROV
Ma’naviyat va ma’rifat bo’limida uslubchi (metodist) bo’lib ishlaydi. Uning talabchanligi ba’zilarga yoqmaydi, lekin ko’pchilik uni o’z oldiga konstruktiv (aniq maqsadga yo’naltirilgan) maqsadlarni qo’ygan ochiq ko’ngili, tinib-tinchimas, kelishgan yosh inson sifatida biladi. U nimani taklif qilsa ham birlamchi mazmunga ega. Biroq, u o’z so’rovnomalarini hammaga e’lon qilmaslikka moyilroq, shuning uchun uning qarorlari qoyilmaqom bo’lib hisoblanmaydi. U juda e’tiborli. Yillik rejaning bajarilishiga o’ta masuliyat bilan yondoshadi, xattoki bayram kunlari ham ishga chaqirilsa alabatta keladi.
ILXOM ALIYEV
Fondlar va arxiv bo’limida arxiv yurituvchi. U juda bosiq, kelishgan va muloxazali yigit. Xar qanday loyiha ustida juda ma’suliyat bilan ishlaydi va hammasini erinmasdan birma-bir tarozga qo’yib chiqadi. U so’zsiz ishonchga loyiq. U ajoyib yordamchi. Ish jarayoniga yangiliklarni tadbiq qilib o’z tashabbusini ko’rsatdi. Yillik rejaning bajarilishi tekshirilganda 100% bajarganligi aniqlandi. Biroq siz uni yanada yuqoriroq lavozmlarga ko’tarilishi uchun yotarlicha qobiliyat va bilimga ega ekanligini hal etishingiz kerak.
DONIYOR TOSHMUHAMMEDOV
Kelishgan va ochiq ko’ngilli shaxarlik yigit. U ekskursiya bo’limida gid (ekskursavod) bo’lib ishlaydi. Bu bo’limda ishlovchi xodim ma’suliyatli va bilimdon bo’lishi kerak. Ular yuqori qo’shimcha haq olishi uchun o’z ustilarida ishlashlari kerak. Doniyor o’z ishini boshqa bo’limda ishlovchi o’rtoqlari bilan solishtirganda uning ishi anchagina og’irroq ekanligini biladi va raxbariyat buni hisobga olishlariga umid qiladi. U yaxshi natijalarga erishdi. Lekin, bo’lim jamoasi uni yana ikki yoki uch yil shu lavozimda ishlashini hohlaydilar.
ELDOR ABDUG’ANIYEV
Dizayner. Texnologiya, dizayn bo’yicha mutaxassis. U firma malaka oshirgandan so’ng muzeyga o’tgan, uning texnologiyani rivojlantirishga qo’shgan hissasi va malakasi juda ham axamiyatli bo’lib hisoblanadi. U juda ham xarakatchan va yangilikka intiluvchi, yillik rejani doimiy ravishda a’lo darajada bajarib keladi, lekin, afsuski insonlarga, ularni boshqarishga bo’lgan qiziqishi past, bu esa raxbariyat va bo’limning noroziligiga sabab bo’ladi. “U insonlarni boshqara olish qobiliyatiga egami?” degan masalani hal etish kerak.
ISKANDAR ABDUKARIMOV
Kichik ilmiy xodim - ta’mirlovchi. U juda qobiliyatli yigit. To’rt oydan buyon badiy bezash bo’limi boshlig’ining yordamchisi bo’lib ishlaydi. Bu bo’limda u birinchi bo’lib oliy ma’lumotga ega ekanligi bo’yicha diplom olgan, bu esa diplomga ega bo’lmagan yanada malakaliroq xamkasblariga yoqmaydi. Ulardan o’tib ketganligi uchun uni “Oq qarg’a” deyishadi. SHuningdek Iskandar ham ular bilan har doim ham kelishib ketavermaydi, bu esa unga qiyinchilik tug’diradi. Bunga qaramay u o’z o’rnini bo’sh qoldirmadi, aksincha o’zining dovyurakligi va qattiyatligi tufayli sekin-asta muassasining rahbarlari doirasiga kirib boryapti.
FARXOD USMONOV
Injener-dasturchi. U texnik tadqiqotlar bo’limida ishlaydi. Uning xamkasblari ham xuddi shunday ma’lumotli, uni yaxshi qabul qilishdi. Farxod – o’z sohasida juda ham qoyilmaqom mutaxassis va uning jamoaviy ishga qo’shayotgan hissasi juda ham katta. Farxod o’z mavqeidan qoniqadi va shu sababli u yuqori mansablarga intilmaydiganga o’xshaydi.
BOBUR TEMIROV
Mana Bobur bir yildirki ish yurituvchi bo’lib ishlaydi. Unga bo’ysunuvchilar ancha katta va malakalidirlar va u ularning ko’z oldilarida yaxshi ish yurituvchi sifatida namoyon bo’lish uchun ancha qiyinchiliklarni bosib o’tdi. Uning mehnati natijalari raxbariyat tomonidan ma’qullandi. Uning qo’l ostidagilar esa uning malakasini yetishmasligi yaxshi nazariy bilimga egaligi bilan qoplanadi deb hisoblaydilar. Bu esa alohida mijozlar bilan ba’zi xolatlarda o’zaro munosabatlarni yaxshilashga yordam beradi.
FERUZA JUMANIYOZOVA
Farida, Doniyor kabi ekskursiya bo’limiga javob beradi va gid bo’lib ishlaydi. U yaxshi natijalarga erishgan. Uni bunga qobiliyati borga o’xshaydi. U o’zi haqida “Men bu yerda kar’era uchun ishlayapman, bu lavozimda uzoq qolish niyatim yo’q”- deydi, ichki tartib-qoida juda ham qat’iy amal qiladi. Farida o’zining boshlig’iga yanada yuqoriroq lavozimni egallamoqchi ekanligi haqida murojat qildi.
FARIDA FARXODOVA
Muzeyda tahlilchi bo’lib ishlaydi. U tahlil bo’yicha malaka oshirishdan o’tgan va shu sohada o’z ishini davom ettirmoqchi. Bunday guruh tahlilchisi (analitik) uchun u o’rtacha ko’rsatkichga ega. Agar o’rtacha daraja bilan, ya’ni uning e’tiborliligi va tezligi 80% ni tashkil etadi. U o’zining bo’limida eng sekin ishlaydi, lekin, xattoki bayram kunlari ham ishlaydi, shuningdek, muzeyda tahlilchilar yetishmaydi. Ishchi kuchi bozorida esa ular, tahlilchilar kam va tahlilchilarni o’rtacha oyligi juda oshib ketgan.
MASTURA OLIMOVA
Boshqaruv bo’limida buxgalter bo’lib ishlaydi va buxgalteriya tahlili bo’yicha imtihon topshirishga tayyorgarlik ko’ryapti. Jamoa unga xayrixoxlik bildirib, bo’sh vaqt ajratib beryapti. Bir yildan keyin unda ikkita diplom bo’ladi. Hozirda uning natijalari yaxshi emas va ishlashga bo’lgan xoxish ma’lum darajada pasaygan, lekin, o’ziga yuklatilgan yillik rejani to’liq bajarib keladi. Moliyaviy masalalar bo’yicha boshliq bilan gaplashganda uning otasi uch oy avval olamdan o’tganligi va onasi, singlisi uning qaramog’ida qolganliklari ma’lum bo’ldi. Unda hozir moliyaviy qiyinchiliklar mavjud.



Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling