Abu abdulloh


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/55
Sana19.11.2020
Hajmi1.29 Mb.
#148113
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 3-jild


26-bob. Ot go‘shti haqida 
 
Asmo raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 
davrlarida ot so‘yib, go‘shtini yedik». 
 
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybar g‘azoti 
kuni eshak go‘shti yemoqdan qaytarib, ot go‘shti yemoqqa ijozat berdilar». 
 
27-bob. Xonaki eshaklar go‘shti haqida 
 
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
Xaybar g‘azoti kuni xonaki zshaklar go‘shtini yemoqdan qaytardilar». 
 
Abdulloh (ibn Umar) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xonaki 
eshaklar go‘shtini yemoqdan qaytardilar» 
 
Hazrat Ali raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayxi va sallam 
Xaybar g‘azoti kuni muvaqqat (siyg‘a) nikohni bekor qilib, xonaki eshaklar go‘shtini 
yemoqdan qaytardilar». 
 
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybar g‘azoti 
kuni eshaklar go‘shtini yemokdan qaytarib, ot go‘shtini yemoqqa ruxsat berdilar». 
 
Ibn Abu Avfo rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam eshaklar go‘shtini 
yemoqdan qaytardilar». 
 
Abu Sa’laba rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xonaki eshaklar 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
362
go‘shtini harom, deb aytdilar». 
 
Zuhriy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qoziq tishli barcha 
hayvonlar (sher, bo‘ri, tulki, ayiq, yo‘lbars, fil, maymun va boshqalar) go‘shtini 
yemoqdan qaytardilar». 
 
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallamning qoshlariga bir kishi kelib: «Eshak go‘shti yedim»,— dedi, keyin yana bir kishi 
kelib: «Eshakni halok qildim (so‘ydim)»,— dedi. Shunda ul zot jarchiga buyurdilar, u 
odamlarga: «Darhaqiqat, Olloh taolo va uning rasuli sizlarni xonaki eshaklar go‘shtini 
yemoqdan qaytarur, chunki eshak go‘shti iflosdur!» — deb e’lon qildi. Keyin, ichida 
eshak go‘shti qaynab turgan qozonlar ag‘darib tashlandi». 
 
Sufyon raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Amr bunday dedi: «Men Jobir ibn Zaydga: 
«Odamlarning ta’kidlashicha, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xonaki 
eshaklar go‘shtini yemoqdan qaytargan emishlar»,— deb aytdim. Jobir: «Hakam ibn 
Amr Basrada bizga shunday deb yurgan erdi, ammo bu gapni Bahr ibn Abbos 
tasdiqlamadi-da, «Menga nozil qilingan vahiyda ta’qiq topmadim, deb aytgil!» deb qiroat 
qildi». 
 
28-bob. Qoziq tishli barcha hayvonlar go‘shtini yemaslik lozimligi haqida 
 
Abu Sa’laba raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har 
qanday qoziq tishli hayvon go‘shtini yemoqdan qaytardilar». 
 
29-bob. O’limtik (harom o‘lgan) hayvonlar terisi xususida 
 
Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam bir harom o‘lgan qo‘y yonidan o‘tib ketayotib: «Uning terisidan 
foydalanmaysizlarmi?» — dedilar. «U harom o‘lgan-ku?!» — deyishdi. Janob Rasululloh: 
«Uning go‘shtini yemoqlik harom qilin-gan!» — dedilar». 
 
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir 
harom o‘lgan echki yonidan o‘tib ketayotib: «Buning egalariga ne bo‘lgan o‘zi, terisidan 
foydalanishsa, bo‘lmaydimi?!»—dedilar». 
 
30-bob. Mushk haqida 
 
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Olloh taolo yo‘lida jarohatlangan kishi qiyomat kuni jarohatidan qon oqib turgan holda 
(mahsharga) keladi. Rangi — qon rangi, hidi — mushk hidi bo‘ladir!» — dedilar». 
 
Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Solih suhbatdosh birlan yomon suhbatdosh mushk tashuvchi kishi birlan o‘tda 
toblanayotgan temirga dam uruvchi kishiga o‘xshaydi. Mushk tashuvchi yo o‘zi senga 
mushkidan tuhfa qiladi yoki sen o‘zing uning mushkidan xarid qilasan yohud undan 
kelayotgan mushk hididan bahra olasan, temirga dam uruvchi kishi ersa yo kiyimingni 
kuydiradi yoki sen undan kelayotgan qo‘lansa hidni hidlaysan!» — dedilar». 
 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
363
31-bob. Quyon haqida 
 
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Marrizahron degan yerda bir quyonni 
cho‘chitib yubordik. Qavm uni quva-quva charchadi. Keyin, men uni tutib Abu Talhaning 
oldiga olib bordim. Ul kishi uni so‘yib, ikki qo‘lini (yoki ikki sonini) Janob Rasulullohga 
yuborib erdi, oldilar». 
 
32-bob. Kaltakesak haqida 
 
Ibi Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
kaltakesak haqida: «Men uni yemayman ham, harom demayman ham!» — dedilar». 
 
Abdulloh; ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Xolid ibn Valid Janob Rasululloh 
birlan birga Maymunaning uyiga kirdi. Shunda ul zotning oldilariga qovurilgan 
kaltakesaklarni keltirib qo‘yishdi. Ul zot yeyman deb qo‘l uzatganlarida xotinlardan biri. 
«Nimani yemoqchi bo‘lganlarini ul zotga aytingizlar!» — dedi. Xotinlar: «Bu 
kaltakesakdur, yo Rasulalloh!» — deyishdi. Janob Rasululloh qo‘llarini tortdilar. Xolid 
bunday deydilar: «Men: «Kaltakesak harommi yo Rasulalloh!» — dedim. Ul zot: «Yo‘q, 
lekin yer yuzida kaltakesakdan jirkanmaydirgan birorta ham qavmim yo‘qdur, men ham 
undan jirkanaman!» — dedilar. Keyin, men ul zotning ko‘z oldilarida kaltakesakdan olib 
chaynab-chaynab yedim». 
 
33-bob. Quyuq (qotgan) yoqqa sichqon tushib qolsa? 
 
Maymuna raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Yoqqa sichqon tushib o‘lib qoldi. Keyin, 
Janob Rasulullohdan shul haqda so‘raldi. Ul zot: «Sichqonni va yog‘ning sichqon tushgan 
yerini olib tashlab, yeyaveringizlar!» — dedilar». 
 
Yunus raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Qotgan yoki quyuq yoqqa tushib o‘lib qolgan 
sichqon va boshqa jonivorlar xususida suhbatlashildi. Shunda Zuhriy bunday deb aytdi. 
«Bizga xabar qilishdiki, Janob Rasululloh yoqqa tushib o‘lib qolgan sichqonni va yog‘ning 
sichqon tushgan yerini olib tashlab, yeyaverish mumkinligini aytibdilar». 
 
34-bob. Molning yuziga tamg‘a bosmoqlik va belgi qo‘ymoqlik xususida 
 
Ibn Umar molning yuziga belgi qo‘ymoqlikni rad etib: «Janob Rasululloh molning yuziga 
tamga bosmoqdan qaytarganlar»,— deydilar. 
 
Xanzala: «Molning yuziga tamga bosiladi»,—deydilar. 
 
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men ukam birlan birga Janob Rasulullohning 
huzurlariga kirdim, ukamning tanglayini xurmo birlan ko‘tarib qo‘ysinlar, degan erdim. 
Qarasam, ul zot o‘z qo‘ralarida bir qo‘yni tamg‘alayotirlar». Xishom ibn Zayd: 
«Menimcha, Anas: «Qo‘yning quloqlarini tamg‘alayotirlar» —deb aytgandi»,— deydilar 
(demak, molning yuzidan bo‘lak yeriga tamg‘a bosish yoki belgi qo‘yish mumkin). 
 
35-bob. (Chorvani) qavm o‘lja olgan bo‘lsa-yu, qavmning ba’zi kishilari 
o‘rtoqlarining buyrug‘isiz biror qo‘yni yoki tuyani so‘ysa, yeyilmaydi! 
 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
364
Tovus va Ikrima o‘gri so‘ygan jonlig haqida: «Uni tashlab (otib) yuboringizlar!» — 
deydilar. 
 
Rofi’ ibn Xadij rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Biz 
ertaga dushmanga ro‘baro‘ bo‘lamiz, ammo pichog‘imiz yo‘q»,— dedim. Janob 
Rasululloh: «Olloh taoloning ismi zikr qilinib qoni oqizilgan jonlig‘ni yeyaveringizlar, 
suyak va tirnoq (birlan qon oqizilgan) bo‘lmasa, bo‘ldi! Habash tilida «sinn» — «suyak» 
va «zufr» — «pichoq»dur»,— dedilar. Keyin, odamlar oldinga ilgarilab ketishdi-da, bir 
necha qo‘yni so‘yib qozonlarga solishdi. Janob Rasululloh odamlarning ortida kelayotgan 
erdilar, ularning oldiga yetib kelib, qozonlarni ag‘darib tashlashni amr qildilar. So‘ng, 
ularga o‘nta qo‘y va o‘nta qo‘y hisobida bitta tuya taqsim qildilar. Shunda boyagi tuya 
qochib ketdi. Quvib yetishga ot bo‘lmagani uchun bir kishi nayza otib uni o‘ldirdi. Janob 
Rasululloh: «Bu jonivorlarda vahshiy hayvonlarda bo‘lgani kabi yovvoyilik mavjuddur, 
ulardan qaysi biri sizga shu qiliqni qilsa, hozirgidek ish tutingizlar!» — dedilar». 
 
36-bob. Agar qavmning tuyasi qochib keqa-yu, qavmdoshlardan biri o‘z 
qavmiga yaxshilik qilmoq niyatida nayza otib uni o‘ldirsa, joizdur! 
 
Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan. 
 
37-bob. Nochor ahvolda qolgan kishining yeguligi haqida 
 
Olloh taoloning qavli: «Ey mo‘minlar! Yengizlar biz sizlarga ato qilgan halol rizqlardan 
va Olloh taologa shukr qilingizlar, agar ungagina ibodat qilsangizlar! Haqiqat shulki, 
Olloh taolo harom qilgandur sizlarga harom o‘lgan jonivorni va qonni va to‘ng‘iz go‘shtini 
va Olloh taolodan boshqaning nomini aytib so‘yilgan jonivorni, bas kimiki nofarmon 
bo‘lmay va haddidan oshmay, nochor (yuqoridagi harom qilingan narsalardan yesa), 
unga hech gunoh bo‘lmas. Olloh taolo albatta mag‘firat va rahmat sohibidur!» 
 
Olloh taoloning qavli: «Bas, yengizlar ul jonivor (go‘shtidanki), unga Olloh taoloning 
nomi zikr qilinibdur, agar uning oyatlariga iymonlaringiz bo‘lsa! Va sizlarga nima 
bo‘libdurki, yemassizlar ul jonivor (go‘shtidanki), unga Olloh taolo nomi zikr qilinibdur? 
Holbuki batafsil bayon qilibdur sizlarga ul narsaniki uni sizlarga harom qilibdur vale 
yesangizlar bo‘lur ul narsaniki unga sizlar nochordursizlar va darxaqiqat ko‘p kishilar 
ilmsiz o‘z xayolotlari ila boshqani ozdirib yururlar, darhaqiqat sizning parvardigoringiz 
haddan oshguvchilarni yaxshi bilur!» 
 
Olloh taoloning qavli: «Siz dengki, «Men o‘zimga vahiy qilingan hukmlar orasidan 
harom o‘lgan jonivor yo oqib turgan qon yo to‘ng‘iz go‘shtidan bo‘lak yeguvchi uchun 
harom qilingan bir taomni topa olmayman, chunki ul albatta nopokdur yo ul Olloh 
taolodan boshqaning nomi zikr qilinib, nojoiz so‘yilgan jonivordur», endi kimiki nochor 
qolsa-yu, (yuqorida harom qilingan narsalardan) lazzatga berilmay va haddan oshmay 
iste’mol qilsa, albatta sizning parvardigoringiz mag‘firat va rahmat sohibidur!» 
 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
365
QURBON QILINADIRGAN JONLIG’LAR HAQIDA KITOB 
 
1-bob. (Qurbon hayiti kuni) jonlig‘ qurbon qilmoqning sunnati haqida 
 
Ibn Umar: «Jonlig qurbon qilmoqlik sunnat va urfdur»,— deydilar. 
 
Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam. 
«Bugungi kunimizda bizning eng avvalo qiladirgan ishimiz — namoz o‘qiymiz, so‘ng 
(namozdan) qaytib jonlig qurbon qilamiz. Kimki shunday qilsa, bizning sunnatimizni ado 
etgan bo‘lur va kimki (namozdan) ilgari (jonlig) so‘ysa, bola-chaqasi uchun go‘sht 
tayyorlab bergan bo‘lib, qilgan qurbonligining hech qanday savobi yo‘qdur!»—dedilar. 
Shunda namozdan ilgari jonligini so‘yib qo‘ygan Abu Burda o‘rnidan turib: «Mening bir 
yosh echkim bor (o‘rniga o‘shani so‘ysam bo‘lurmi?)»—dedi. Janob Rasululloh: «Mayli, 
o‘shani so‘ya qolgil, ammo sendan keyin boshqa biror kishiga bu joiz ermas!» — 
dedilar». 
 
Omir Barrodan nakl qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki namozdan 
keyin jonlig so‘ygan bo‘lsa, Olloh taolo yo‘lida qurbonlik qilib, musulmonlar zimmasidagi 
sunnatni ado etgan bo‘lur!» — dedilar». 
 
2-bob. Imomning qurbonlik uchun odamlarga jonlig‘larni taqsimlab bermog‘i 
haqida 
 
Ba’ja al-Juhaniy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qurbon qilmoq 
uchun o‘z sahobalariga jonliglarni taqsimlab berdilar, shunda Uqbaga bir echkicha tegdi. 
Uqba «Yo Rasulalloh, menga echkicha tegdi-ku?!» — dedi. Janob Rasululloh: «Shuni 
qurbon qilgil!» — dedilar» 
 
3-bob. Musofir va ayollar nomidan jonlig‘ qurbon qilmoq xususida 
 
Abdurrahmon ibn al-Qosim raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam Oisha raziyallohu anhoning huzurlariga kirdilar. Ul muhtarama Makkaga 
yetib bormay turib Saraf degan yerda hayz ko‘rib qolganlari boysidan yiglab o‘ltirgan 
erdilar. Janob Rasululloh «Senga ne bo‘ldi, hayz ko‘rib qoldingmi?»— dedilar. Oisha 
onamiz: «Ha»,— dedilar. Janob Rasululloh: «Bu Olloh taolo Odam qizlarining 
peshonasiga yozgan taqdirdur, hojilar ado etmogi lozim bo‘lgan barcha marosimlarni 
o‘tayver, faqat Baytullohni tavof qilmagil!»—dedilar. Keyin, biz Minoda erkanligimizda 
mol go‘shti keltirishdi. Men «Bu qanday go‘sht?» — dedim. «Rasululloh sallallohu alayhi 
va sallam xotinlari nomidan bir sigir qurbon qildilar»,— deyishdi». 
 
4-bob. Nahr kuni ishtaha birlan go‘sht yeyilmog‘i haqida 
 
Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Nahr kuni «Kimki 
(hayit) namozidan oldin jonlig so‘ygan bo‘lsa, (namozdan so‘ng) boshqa jonlig qurbon 
qilsin!» — dedilar. Shunda bir kishi o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh, bu kun — ishtaha 
birlan go‘sht yeydirgan kundur!» — dedi-da, qo‘shnilari haqida gapirdi, so‘ng «Menda bir 
echkicha bor, u ikkita qo‘yning go‘shtidan yaxshiroqdur!»—dedi. Janob Rasululloh o‘sha 
echkichani qurbon qilmoqqa unga ijozat berdilar, ammo (echki qurbon qilmoq 
xususidagi) ruxsat undan boshqalarga ham tegishli erdimi yo yo‘qmi, buni bilmayman. 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
366
Keyin Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikkita qo‘chqor so‘ydilar. Odamlar ularning 
go‘shtini o‘zaro bo‘lishib olishdi». 
 
5-bob «Bugun jonlig‘ qurbonqiladirgan kundur!» — deb aytgan kishi haqida 
 
Abu Bakra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
bunday dedilar: 
«Zamon Olloh taolo osmonlar birlan yerni yaratgan kundagidek (hech bir o‘zgarishsiz 
yana) bir davra aylandi. Yil o‘n ikki oydan iborat bo‘lib, ulardan to‘rttasi muqaddasdur. 
To‘rttadan uchtasi—Zulqa’da, Zulhijja, Muharram ketmaket keladi, turtinchisi ersa Rajab 
(Muzar) oyi bo‘lib, Jumodassoniy birlan Sha’bon oylari oralig‘idadur. (Aytingizlarchi), 
hozir qaysi oy?» Biz «Olloh taolo va uning rasuli yaxshiroq bilur!» — dedik. Janob 
Rasululloh biroz sukut qildilar, shunda biz bu oyning biror boshqa nomini ayqalar kerak, 
deb o‘yladik. Janob Rasululloh: «Bu oy Zulhijja oyi ermasmi?»—dedilar. Biz «Ha»,—
dedik. Janob Rasululloh: «Bu qaysi shahar?»— dedilar. Biz «Olloh taolo va uning rasuli 
yaxshiroq bilur!»—dedik. Janob Rasululloh biroz sukut qildilar, biz bu shaharning biror 
boshqa nomini ayqalar kerak, deb o‘yladik. Janob Rasululloh «Bu al-Balda (Makka) 
ermas-mi?»—dedilar. Biz «Ha», — dedik. Janob Rasululloh «Bugun qanday kun?»—
dedilar. Biz: «Olloh taolo va uning rasuli yaxshiroq bilur!»—dedik. Janob Rasululloh biroz 
sukut qildilar, biz bu kunning biror boshqa nomini ayqalar kerak, deb o‘yladik. Janob 
Rasululloh «Nahr kuni ermasmi?»—dedilar. Biz «Ha»,—dedik. (Keyin), Janob Rasululloh 
(bizga) bunday deb aytdilar: «Qoningiz, mol-dunengiz, obro‘yingiz mana shul 
shahringizdagi kuningiz va oyingiz hurmati kabi bir-biringizga muqaddasdur! Oxiratda 
parvardigoringizga ro‘baro‘ bo‘lganingizda sizlardan qilgan amallaringiz xususida 
so‘ragaydur. Mendan keyin bir-biringizning bo‘g‘zingizga tig‘ uradirgan gumroh bo‘lib 
ketmangizlar! (Mening bu vasiyatimni) eshitganlar eshitmaganlarga yetkazsin, chunki 
ba’zi bir birovdan eshitganlar ul qulog‘i birlan eshitganlardan ko‘ra zehnliroq bo‘lur!» 
 
(Roviy) Muhammad Janob Rasulullohning o‘shal kungi vasiyatlari xususida eslaganda: 
«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (dillaridagi bor gapni) ro‘y-rost aytib, so‘ng 
«Tushuntira oldimmi? Tushuntira oldimmi?» — dedilar»,— der erdilar. 
 
6-bob Musalloda (namoz o‘qiydirgan joyda) jonlig‘ qurbon qilmoq haqida 
 
Ibi Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
(masjiddagi) musalloda (ham) jonlig‘ (tuya qo‘y mol va boshqalar) qurbon qilur erdilar». 
 
7-bob. Janob Rasulullohning ikki shoxdor semiz qo‘chqorni qurbon qilganlari 
haqida 
 
Abu Umoma ibn Sahl rivoyat qiladilar: «Biz Madinada qurbonlikka atalgan jonlig‘larni 
boqib semirtirar erdik, barcha musulmonlar ham shunday qilishar erdi». 
 
Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki qo‘chqor va 
men ikki qo‘chqor qurbon qilur erdik». 
 
Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki shoxdor ola 
qo‘chqorni o‘z qo‘llari birlan so‘ydilar». 
 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
367
Abulxayr rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Uqba ibn Omirga bir 
qancha jonlig‘ berib, ularni qurbon qilmoq uchun sahobalariga taqsimlashni topshirdilar. 
Shunda Uqbaning o‘ziga bir echkicha qoldi. U bu hakda ul zotga aytib erdi: «Sen o‘shani 
qurbon qila qolgil!» — dedilar». 
 
8-bob. Janob Rasulullohning Abu Burdaga: «Ushal echkingni qurbon qila qolgil, 
ammo bu sendan keyin biror kishiga joiz ermas!» — deb aytganlari haqida 
 
Barro ibn Ozib raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abu Burda ismli tog‘am jonlig‘larini 
(hayit) namozidan burun so‘yib qo‘ydilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
ul kishiga: «Qo‘yingni (bola-chaqangga) go‘sht tayyorlab bermoq uchun so‘yibsan!» — 
dedilar. Tog‘am: «Yo Rasulalloh, mening yana bir echkicham bor, (o‘shani qurbon qilsam 
bo‘lurmi?)»—dedilar. Janob Rasululloh: «Mayli, o‘shani qurbon qila qolgil, ammo bu 
sendan bo‘lak odamga durust ermas!»—dedilar. So‘ng, ul zot yana bunday deb gaplarida 
davom etdilar: «Kimki namozdan ilgari so‘ygan bo‘lsa, o‘zi uchun so‘yibdur, kimki 
namozdan so‘ng so‘ygan bo‘lsa, Olloh taolo yo‘lida jonlig‘ qurbon qilib, musulmonlar 
zimmasidagi sunnatni ado etibdur!». 
 
Barro rivoyat qiladilar: «Abu Burda jonlig‘ini namozdan burun so‘yib qo‘ydi. Shunda 
Janob Rasululloh unga: «Urniga boshqa jonlig‘ so‘ygil!» — dedilar. Abu Burda: «Menda 
bir yosh echkichadan bo‘lak jonlig‘ yo‘q»,— dedi. (Sha’biy: «Menimcha, o‘shanda Abu 
Burda: «Echkicham katta qo‘ydan ham yaxshiroq» — deb aytgandi»,— deydilar). Janob 
Rasululloh: «Mayli, o‘rniga o‘shani qurbon qila qolgil, ammo bu sendan keyin hech 
kimga joiz ermas!» — dedilar». 
 
9-bob. O’z qo‘li birlan qurbonlikka atalgan jonlig‘larni so‘ygan kishi haqida 
 
Anas raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki ola qo‘chqorni qurbon 
qildilar. Shunda men ul zotning ikkala qo‘yning biqiniga oyoqlarini qo‘yib turib tasmiya 
va takbir aytganlarini, so‘ng o‘z qo‘llari birlan ularni so‘yganlarini ko‘rdim»,— deydilar. 
 
10-bob. Uzganing qurbonlikka atalgan jonlig‘ini so‘ygan kishi haqida 
 
Bir kishi Ibn Umarga qurbonlikka atalgan jonlig‘larini so‘yishda ko‘maklashdi. Abu Muso 
qizlariga o‘z qo‘llari birlan jonlig‘ qurbon qilmoqni buyurdilar. 
 
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Saraf 
degan yerda huzurimga kirganlarida men yig‘lab o‘ltirgan erdim. Shunda ul zot: «Senga 
ne bo‘ldi, hayz ko‘rib qoldingmi?» — dedilar. Men: «Ha»,— dedim. Ul zot: «Bu Olloh 
taolo Odam qizlarining peshonasiga yozgan taqdirdur, hoji ado etmog‘i lozim bo‘lgan 
barcha marosimlarni bajargil, lekin Baytullohni tavof qilma!» — dedilar. Keyin, ul zot o‘z 
xotinlari nomidan bir sigirni qurbon qildilar». 
 
11-bob. Jonlig‘ni namozdan so‘ng so‘ymoq lozim! 
 
Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 
va’z aytayotib bunday deganlarini eshitdim: «Bugungi kunimizda bizning birinchi bo‘lib 
qiladirgan ishimiz — namoz o‘qiymiz, so‘ng qaytib jonlig‘ qurbon qilamiz. Kimki shunday 
qilsa, sunnatimizni ado etgan bo‘lur, aks holda u o‘z bola-chaqasiga go‘sht tayyorlab 

Sahihi Buxoriy. 3-jild. Imom al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
368
bergan bo‘lib, qilgan kurbonligidan hech bir savob tegmas!». Shunda Abu Burda: «Yo 
Rasulalloh, men namoz o‘qimasimdan burun jonlig‘imni so‘yib qo‘ydim, ammo menda 
yana bir echkicha bo‘lib, u katta qo‘ydan ham yaxshiroqdur!» — dedi. Janob Rasululloh: 
«Urniga o‘shani so‘ya qolgil, ammo bu sendan keyin biror kishiga joiz ermas!» —
dedilar». 
 
12-bob. Kimki jonlig‘ini namozdan ilgari so‘yib qo‘ygan bo‘lsa, (namozdan 
keyin) o‘rniga boshqa jonlig‘ so‘yadi! 
 
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki 
jonlig‘ini namozdan ilgari so‘yib qo‘ygan bo‘lsa, (namozdan keyin) o‘rniga boshqa jonlig‘ 
so‘ysin!» — dedilar. Shunda bir kishi: «Bugun ishtaha birlan go‘sht yeydirgan kundur!» 
— dedi-da, kambag‘al qo‘shnilari haqida gapirdi. Ushanda Janob Rasululloh uni ma’zur 
tutgan erdilar. U: «Menda yana bir echkicha bor, u ikki qo‘ydan ham afzalroqqur!» — 
degan erdi. Janob Rasululloh unga o‘sha echkichasini qurbon qilmoqqa ruxsat bergan 
erdilar, ammo bu ruxsat boshqalarga ham taalluqli erdimi yo yo‘qmi, buni bilmayman. 
Keyin, Janob Rasululloh ikki qo‘chqorni so‘ydilar, shundan so‘ng odamlar ham o‘z 
jonlig‘larini so‘yishdi». 
 
Jundub ibn Sufyon rivoyat qiladilar: «Men nahr kuni Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallamni ko‘rdim. Ul zot: «Kimki namoz o‘qimasidan burun jonlig‘ so‘ygan bo‘lsa, o‘rniga 
boshqasini so‘ysin, kimki hali so‘ymagan bo‘lsa, endi so‘yaversin!» — dedilar». 
 
Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kuni: 
«Kimki bizning qiblamizga yuzini qaratib bizning namozimizni o‘qigan bo‘lsa, namozdan 
uyiga qaytguniga qadar jonlig‘ so‘ymasin!» — dedilar. Shunda Abu Burda o‘rnidan turib: 
«Yo Rasulalloh, men namozdan burun so‘yib qo‘yibman?» — dedi. Janob Rasululloh: 
«Shoshqaloqlik qilibsan-da!» — dedilar. Abu Burda: «Menda yana bir echkicha bor, u 
ikkita katta qo‘ydan ham yaxshiroqdur, o‘shani so‘ysam bo‘lurmi?» — dedi. Janob 
Rasululloh: «Mayli, o‘shani so‘ya qolgil, ammo bu sendan keyin hech kimga joiz 
ermasdur!» — dedilar». 
 
13-bob. Jonlig‘ning biqiniga oyoq qo‘ymoq haqida 
 
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikkita 
shoxdor, semiz ola qo‘chqorni biqiniga oyoqlarini qo‘yib turib o‘z qo‘llari birlan qurbon 
qilgan erdilar». 
 
Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling