Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn


VI bob. Jannat va jannat ahlining  sifatlari bobi hadislari


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/56
Sana27.04.2020
Hajmi1.37 Mb.
#101649
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   56
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn


VI bob. Jannat va jannat ahlining  sifatlari bobi hadislari 
 
1. Abu Hurayra. “Dedikki: “Yo Rasululloh! Jannat nimadan yaratilgan?...”Sahih*. Termiziy (2526) va Ahmad (305/2) va Abu Na’im (136). 
2. Abu Hurayra. «Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Jannatda bir daraxt bor...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (7498) va Muslim (2826). 
3. Abu Hurayra. «Qur’onni Muhammadga (s.a.v.) tushirgan zotga qasamki...» Abu Na’im, «Sifatul-janna» (264, 207) va Ibn Abu Shayba, «Al-
musnaf» (114, 95/14). 
4. Suhayb. «Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Jannat egalari jannatga kirgach...» Sahih*. Muslim (181). 
5. Anas ibn Molik. «Jabroil alayhissalom Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga oq oyna olib keldi...» Zaif*. Shofiiy, «Al-um» (185/1) Ibn Jarir tafsirida 
keltirgan (109/26); Uqayliy (359) va Ibn Kasir tafsiriga qarang (229/4). 
6. Hadis. «Xabarda rivoyat keldi: «Agar ahli jannat xotinlaridan birini...» Sahih*. Ahmad (171, 169/1), Termiziy (2538). 
7. Zayd ibn Arqam. «Ahli kitoblardan bir kishi Muhammadga (s.a.v.) kelib...» Sahih*. Ahmad (381/14), Ibn Muborak (1459), Hokim va 
Tabaroniy (178/5). 
8. Abu Hurayra. «Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Mening ummatimdan jannatga birinchi kiradigan toifa...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy 
(3327/6) va Muslim (2834/4). 
9. Ibn Abbos. «Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Albutta, ahli jannatlar soqolsiz...» Zaif*. Abu Na’im, «Sifatul-janna» (260). 
10. Hadis. «Do‘stlarni ko‘paytiringlar...» Mavzu’* Hokim, «Tarixuh». 11. Anas ibn Molik. 
«Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Kimiki Alloh taolodan uch marotaba jannatni so‘rasa...» Sahih*. Termiziy (2572) va Nasoiy (279/8), Ibn Moja 
(4330) va «Al-mishkot» (2478) ga qarang. 
11. Abdulloh ibn Mas’ud. «Payg‘ambar (s.a.v.) mana shu qissani gapirganlarida kular edilar...» Sahih*. Muslim (178).
 
 
 
VII BOB. ALLOHNING RAHMATIDAN UMID QILISH 
 
73. Faqih aytadi: Abu Hurayra deydi: “Rasulullohdan (s.a.v.) eshitdim: “Alloh taolo 
rahmatini yuz qism qildi. O‘ziga 99 tasini olib qolib, bittasini yer yuziga tushirdi. 
Yaralganlar bir-birlariga rahm qilishlari uchun. Hattoki ot tuyoqlari bolasiga tegib 
ketishidan qo‘rqib, tuyog‘ini ko‘tarib yurishi shundan”. 
 
Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam aytdilar: “Alloh taoloda yuzta rahmat bor, dunyo 
ahliga shulardan bittasini tushirgay. Ularni insoniyat umriga tarqatib yuborgay. Alloh 
taolo qiyomat kunida o‘sha rahmatni olib qo‘yib, 99 taga qo‘shib, yuzta qilib, o‘zining 
avliyolari uchun, ahli toatlar uchun mukammal aylagay”. 
 
74. Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam bayon qildilar: “Alloh mo‘minlar uchun 
hozirlagan rahmatini Allohga hamd aytmoqlari uchun, ularni o‘z rahmatidan ikromli qilib 
qo‘yganiga Allohga shukr etmoqliklari va solih amallar qilmoqliklari uchun tayyorlab 
qo‘ydi. Chunki kim Allohning rahmatidan umid etsa, u yaxshi amal qiladi va o‘sha 
rahmatga erishishga harakat qiladi. Chunki Alloh taolo aytdi: 
“Alloh rahmati chiroyli amal qiluvchilarga yaqindir” (A’rof, 56). 
 
Yana: 
“Bas, kimiki Parvardigoriga ro‘baro‘ bo‘lishidan umidvor bo‘lsa, u holda yaxshi 
amal qilsin” (Kahf, 110). 
 
Yana: 
“Rahmatim – mehribonligim esa hamma narsadan kengdir” (A’rof, 156), ya’ni har 
narsa uchun Allohning rahmatidan nasiba bor. 
 
Ibn Abbos, Alloh u kishidan rozi bo‘lsin, aytadi: “Vaqtiki bu “Mening rahmatim 
hamma narsadan kengdir” oyati nozil bo‘lganida iblis alayhil la’na g‘ururlandi va 
aytdi: “Men ham Allohning rahmatidan nasibadorman”. Yahudlar va nasorolar ham 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
47
g‘ururlandilar, aytdilar: “Bizlar yaratilgan maxluqlarning bittasimiz. Bizga Alloh 
rahmatidan nasiba bor”. 
 
Keyin Alloh taolo bu oyatni tushirdi: “Men uni (rahmatimni) taqvo qiladigan va 
zakot beradigan zotlarga yozurman”, ya’ni rahmatim shirkdan 
saqlanganlargadir; “va zakot beruvchilarga va bizning oyatlarimizga 
keltirguvchi kishilarga”, ya’ni Allohning oyatlarini to‘g‘ri, deydiganlarga. Shundan 
keyin iblis Allohning rahmatidan noumid bo‘ldi. Yahud va nasorolar, bizlar shirkdan 
saqlanamiz, zakot beramiz va oyatlariga imon keltiramiz, dedilar. Keyin bu oyat tushdi: 
 
“Ular shunday kishilarki, ummiy (savodsiz) Payg‘ambarga nomini o‘z 
oldilaridagi Tavrot va Injilda yozilgan holda topshiradigan elchimizga 
ergashadilar” (A’rof, 157), ya’ni Muhammad (s.a.v.) ishonadilar. So‘ngra yahud va 
nasorolar noumid bo‘lishdi. Rahmat faqat mo‘minlar uchun xos bo‘lib qoldi. 
 
Har bir mo‘min imon ne’mati bilan ikrom qilinganligi uchun Alloh taologa hamd aytishligi 
vojibdir, mo‘minlar jumlasidan nom qo‘yilganligi uchun Alloh taologa hamd aytishligi va 
Rabbisidan gunohlaridan o‘tishligini so‘ramoqligi vojibdir. 
 
Yahyo ibn Maozdan, Alloh rahmat qilsin, rivoyat qilinadi. U kishi aytadi: “Ey Parvardigor, 
bizga bitta rahmat tushirding. O‘sha rahmat bilan hurmatli qilding. U Islomdir, bas, Sen 
bizga yuzta rahmat tushirsang, qanday qilib Sening mag‘firatingdan umid qilmaymiz!” 
 
O‘sha kishidan yana zikr qilindi: “Ey Parvardigor, agar savobing itoat qiluvchilar uchun 
bo‘lsa, rahmating gunohkorlar uchun bo‘lsa, bas, men itoatda bo‘lmasam-da, Sening 
savobingdan umid qilaman, gunohkorlardan bo‘lsam-da, rahmatingdan umid qilaman. 
Ey Parvardigor, jannatni yaratding va uni do‘stlaring uchun dasturxon qilding, kofirlarni 
undan noumid qilding. Maloikalarni jannatdan behojat qilib yaratding. O‘zing jannatdan 
behojatsan, agar jannatni bizlarga bermasang, unda jannat kim uchun bo‘ladi?!” 
 
75. Abu Said Xudriydan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam aytdilar: 
“Bir odam jannatga amalsiz “La ilaha illaloh” bilan kirdi, o‘layotgan vaqtida ahllariga 
aytdi: “Agar men o‘lsam, o‘tda yoqinglar, keyin uvalab, yarmimni dengizga, yarmimni 
quruqlikka sepinglar!” U odam o‘ldi, aytganidek qilishdi. Alloh taolo buyurdi, quruqlik va 
dengiz jam bo‘ldi. Alloh aytdi: “Bu ishni qilishga seni nima majburladi?” Kishi aytdi: “Ey 
Rabbim, sendan qo‘rqishligim!” Shu ishi bilan Alloh taolo uning gunohlarini kechirdi. 
 
76. Faqih Abu Ja’far aytadi: Payg‘ambarimizning sahobalaridan biri rivoyat qildi: 
“Bizlarning oldimizga Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam chiqdilar, bizlar kular edik. 
Aytdilar: “Do‘zax orqalaringizda bo‘lib, kulasizlarmi? Allohga qasamki, sizlarning 
kulganlaringizni ko‘rmay!” Keyin burildilar. Go‘yoki bizning boshimizda bir qush 
turgandek jim qoldik. Keyin bizlarga qaytdilar va aytdilar: “Mening oldimga Jabroil 
alayhissalom kelib dedi: “Alloh taolo sizga aytdi: “Ey Muhammad, nima uchun 
bandalarimni rahmatimdan noumid qilasiz?” deb. 
 
“(Ey Muhammad), bandalarimga yolg‘iz Mening o‘zimgina mag‘firatli, mehribon 
ekanligimni va Mening azobim eng alamli azob ekanligini xabar qiling!” (Hijr, 
49-50.) 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
48
77. Faqih, Alloh rahmat qilsin, Abdulloh ibn Amr ibn Osdan rivoyat qiladi: Payg‘ambar 
(s.a.v.) aytdilar: “Albatta, Alloh taolo bandaning gunohini kechirish uchun uning 
gunohini katta sanamaydi. Sizlardan oldin o‘tgan bir kishi 98 kishini o‘ldirgan edi. 
Rohibning oldiga kelib: “Men 98 kishini o‘ldirdim, tavba qilsam bo‘ladimi?” dedi. Rohib: 
“Sen haddan oshirib yuboribsan!” dedi. U kishi turib uni o‘ldirdi. Keyin boshqa bir 
rohibnning oldiga kelib: “Men 99 kishini o‘ldirdim, men tavba qilsam bo‘ladimi?” dedi. 
Rohib: “Haddidan oshirib yuboribsan”, dedi. Uni ham o‘ldirdi. So‘ng boshqa bir rohibning 
oldiga kelib: “Men 100 kishini o‘ldirdim, endi tavba qilsam bo‘ladimi?” dedi. Rohib aytdi: 
“Haddidan oshiribsan, bilmadim, lekin ana u yerda ikki qishloq bor, bittasining oti 
“Basra” deydi, ikkinchisini “Kufra” deydi. Ammo ahli Basra jannat ahllarining amallarini 
qiladigan qavm, u yerda ulardan boshqa qavm turmaydi. Ammo Kufra ahli do‘zax ahli 
qiladigan amallarni qiladilar va u yerda ulardan boshqa qavm turmaydi. Agar sen 
Basraga borsang va ularning amallarini qilsang, sening tavbangda shubha bo‘lmaydi. 
Haligi kishi o‘zi xohlagan tomonga jo‘nadi. U ikki qishloqning o‘rtasida ekanligida o‘lib 
qoldi. Uning ustida azob farishtasi bilan rahmat farishtasi munozara qilib qolishdi. 
Maloikalar Allohdan bu ishni so‘radilar, aytildiki: “Ikki qishloq orasini o‘lchanglar, 
qaysisiga yaqinroq bo‘lsa, u o‘sha qavm ahlidan bo‘lgaydir!” Ikki qishloqning orasini 
o‘lchadilar, u Basra qishlog‘iga bir qarich yaqin ekanligi bilinadi va u o‘sha qishloq 
ahlidan deb yozildi”. 
 
Abdulloh ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: “Uchta narsaga qasam ichdim. Agar 
to‘rtinchisiga qasam ichsam, u ham to‘g‘ri bo‘ladi. 
Birinchisi: Dunyoda Alloh taolo biron kishini do‘st tutsa, qiyomat kuni uning ustiga 
o‘zidan boshqani hokim qilib qo‘ymaydi. 
Ikkinchisi: Alloh Islomdan nasibador bo‘lgan kishini Islomdan benasib kishi kabi qilib 
qo‘ymaydi. 
Uchinchisi: Kishi qaysi bir qavmni yaxshi ko‘rsa, qiyomat kunida ular bilan birga bo‘ladi. 
To‘rtinchisi: Alloh taolo dunyoda bir bandaning (gunohlarini) berkitsa, oxiratda ham 
berkitadi”. 
 
Ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Niso surasidagi to‘rt  oyat jam’i dunyodan 
yaxshidir. Birinchisi: 
“Albatta, Alloh taolo o‘ziga sherik qilinishini kechirmaydi. Shundan boshqa 
gunohlarni o‘zi xohlagan bandalari uchun kechiradi. Kimki Allohga shirk 
keltirsa, demak, juda qattiq aqldan ozibdi”  (Niso, 116).  
 
Ikkinchisi: 
“Agar ular jonlariga zulm qilgan paytlarida darhol sizning oldingizga kelib, 
Allohdan mag‘firat so‘raganlarida va Payg‘ambar ham ular uchun mag‘firat 
so‘raganida edi, Allohning tavbalarini qabul qilguvchi, mehribon ekanligini 
topgan bo‘lur edilar” (Niso, 64). 
 
Uchinchisi: 
“Agar sizlar man, etilgan gunohlarning kattalaridan saqlansangizlar, qilgan 
kichik gunohlaringizni o‘chirurmiz va  sizlarni ulug‘ manzil – jannatga 
kiriturmiz” (Niso, 31). 
 
To‘rtinchisi: 
“Kim bir yomon ish qilsa yoki o‘z joniga jabr qilsa, so‘ngra Allohdan mag‘firat 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
49
so‘rasa, Allohning mag‘firat qiluvchi va mehribon ekanini topap-ko‘rar” (Niso, 
110). 
 
78. Jobir ibn Abdulloh Ansoriy rivoyat qiladi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Mening 
shafoatim ummatimning katta gunoh qilganlari uchundir, buni kim yolg‘onga chiqarsa, 
mening shafoatimga erishmaydi”. 
 
Jobir ibn Abdulloh aytdi: “Kim katta gunoh qiluvchilardan bo‘lmasa, shafoatga muhtoj 
bo‘lmaydi”. 
 
79. Anas ibn Molikdan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) 
aytdilar: “Mening shafoatim katta gunoh qiluvchi ummatimgadir. Buni kim yolg‘onga 
chiqarsa, mening shafoatimga erishmaydi”. 
 
80. Jobir ibn Abdulloh, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: “Bizlarning oldimizga Rasululloh 
(s.a.v.) chiqdilar va aytdilar: “Mening oldimdan hozirgina do‘stim Jabroil alayhissalom 
chiqdi, aytdi: “Ey Muhammad, sizni haq payg‘ambar qilib jo‘natgan Zotga qasamki, 
Allohning bandalaridan biri besh yuz yil tog‘ning ustida Allohga ibodat qildi. Tog‘ning 
uzunligi va kengligi o‘ttiz gaz edi. Dengiz uni har tomonlama to‘rt ming farsax 
masofadan o‘rab turardi. Alloh taolo uning uchun shirin suvli buloq oqizgan edi. Va yana 
anor daraxti bor edi. Har kuni undan bir dona anor chiqar edi. Kechasi o‘tsa, tahorat 
olganidan keyin, o‘sha anorni olib yer, keyin namozga qoyim bo‘lar edi. U Allohdan sajda 
qilib turgan vaqtida jonini olishni va yer va boshqa qurt-qumursqalar yemasligini so‘rar 
edi” Alloh taolo uning aytganidek qildi. Jabroil alayhissalom aytdi: “Bizlar qachon uning 
oldidan o‘tsak, tushsak va chiqsak, uning sajdada ekanini ko‘rar edik. Ilmda topdikki, 
qiyomatda u tirildi va Allohning qudrati oldida to‘xtadi. Alloh taolo: “Bandamni jannatga 
kirgizinglar, rahmatim bilan!” dedi. Banda aytdi: “Yo‘q, meni amalim bilan kirgizgin”. 
Maloikalarga Alloh aytdi: “Uning amallarini unga berilgan ne’matlar bilan hisoblanglar”. 
Unga berilgan ko‘z ne’matining o‘zi besh yuz yillik ibodatini qamrab oldi va jasad ne’mati 
qarz bo‘lib qoldi. Alloh: “Bandamni do‘zaxga kirgizinglar”, dedi. So‘ngra ular do‘zaxga 
olib borar ekanlar, u nido qilar edi: “Ey Rabbim, rahma-ting bilan jannatingga kirgizgin!” 
Alloh taolo uni qaytarishni buyurdi. Alloh qudrati oldida to‘xtatildi. Alloh: “Ey bandam, 
sen oldin yo‘q eding, seni kim yaratdi?” dedi. “Ey Rabbim, Sen yaratding!” “Bu sening 
amalingmi yoki mening rahmatimmi?” Aytdi: “Sening rahmating!” “Kim seni besh yuz yil 
ibodat qilishga yarasha quvvatlantirdi?” Aytdi: “Ey Rabbim, sen quvvatlantirding!” 
“Tog‘da senga tagi ko‘rinmaydigan katta suvni kim chiqardi? Sho‘r suvdan shirin suvni 
kim chiqardi? Har kecha senga bir dona anorni kim chiqardi? Anor yilda bir marotaba 
chiqar edi-ku! Sajda qilib turgan vaqtingda joningni olishimni so‘rading. Men shunday 
qildim. Bularni kim qila olardi?” “Sen, ey Rabbim!” dedi. Alloh aytdi: “Bularning hammasi 
Mening rahmatimdir va rahmatim bilan jannatga kirgizgayman!.. Bandamni rahmatim 
bilan jannatga kirgizinglar! Sen qanday yaxshi bandam bo‘lding!” Alloh taolo uni 
jannatga kirgizdi”. Jabroil alayhissalom aytdi: “Bularning hammasi Allohning rahmatidir!” 
 
81. Hasandan rivoyat qilindi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “O‘lim vaqtida musulmon 
kishining qalbida xavf bilan umid jam bo‘lganida, nimani umid qilsa, Alloh taolo shuni 
beradi va nimadan qo‘rqqan bo‘lsa, uni ketkazadi”. 
 
82. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: 
“Hech birlaringiz amal bilan najot topmaysizlar!” “Siz ham najot topmaysizmi, yo 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
50
Rasululloh?” Aytdilar: “Men ham, lekin meni Alloh o‘z rahmati bilan o‘rab oladi! Alloh 
taologa yaqin bo‘ladigan amallarga yaqinlashinglar. To‘g‘ri so‘zni aytinglar. Allohga 
ibodat qilinglar va kunning ikki tarafi va kechaning qorong‘u paytida zikr qilinglar. Amal 
qilinglar quyosh chiqishida va quyosh botishida, qorong‘i kechalarda ibodatni lozim 
tutinglar”. 
 
83. Anas ibn Molikdan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: Payg‘ambar (s.a.v.) 
aytdilar: “Yengil qilinglar, og‘ir qilmanglar, xursand qilinglar va qochirmanglar!” 
 
Ibn Mas’ud aytadi: “Odamlarga qiyomat kuni rahmat davomli bo‘lganini ko‘rgan iblis 
boshini ko‘tarib, Alloh rahmatining kengligini, shafoat qiluvchilarning shafoatini ko‘radi!”. 
 
84. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Qiyomat kunida Arshning tagidan nido qilguvchi 
nido qiladi: “Ey Muhammadning ummati! Mening tomonimdan sizlarga nimaiki bo‘lsa, 
berdim. Endi bandalarning haqlari qoldi. Bir-biringizga beringizlar va jannatga Mening 
rahmatim bilan kiringizlar”. 
 
Fuzayl ibn Iyoz, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: “Xavf inson salomat bo‘lgan paytda 
bo‘lsa, afzaldir. Vaqtiki kasal va amaldan ojiz bo‘lsa, umid qilishi afzaldir”. Ya’ni kishi 
salomat bo‘lsa, qo‘rqinch afzal, toatlarda kuch va g‘ayrat ko‘rsatmoqligi, gunohlardan 
qaytishligi kerakdir. Agar kasal va ojiz bo‘lsa, umid qilish afzaldir. 
 
Abu Ravvodning otasi aytadi: “Alloh taolo Dovud alayhissalomga vahiy yubordi: “Ey 
Dovud! Gunohkorlarni xursand qil va siddiqlarni ogohlantir!” So‘radi: “Gunohkorlarni 
qanday xursand qilib, siddiqlarni qanday ogohlantiraman?” “Gunohkorlarga xursandchilik 
xabarini bergin, ularning gunohlarini kechirmoqlik Menga katta ish emas! Va ogohlantir 
siddiqlarni, qilgan amallari bilan gerdaymasinlar. Men biror kishiga o‘zimning o‘lchov-
hisobimni qo‘ysam, uni halok qilgayman”. 
 
Ba’zi ahli kitoblardan aytiladi: “Alloh taolo: “Albatta Mening o‘zimgina Allohman! 
Podshohlarning podshohiman! Podshohlarning qalblari Mening qudratimdadir va 
taqdirlari qo‘limdadir. Qaysi qavmdan rozi bo‘lsam, ularga podshohlarning qalbini rahmli 
qilib qo‘ydim. Qaysi qavmga g‘azabim tushsa, ularga podshohlarning qalbini o‘t-g‘azabli 
qilib qo‘ydim. Podshohlarni la’natlash bilan o‘zlaringni mashg‘ul qilib qo‘ymanglar. Menga 
tavba qilinglar va sizlarga mehribonlik va yumshoqlik qilgayman”. 
 
85. Abu Hurayradan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: “Payg‘ambar (s.a.v.) 
aytdilar: “Agar mo‘minlar Alloh huzuridagi azobni bilganida edi, jannatiga hech kim 
tama’ qilmagan bo‘lar edi va agar kofirlar Allohning huzuridagi rahmatini bilganida edi, 
uning rahmatidan hech kim noumid bo‘lmas edi” 
 
86. Ahmad ibn Saql aytdi: “Yahyo ibn Aksamni tushimda ko‘rdim va: “Senga Rabbing 
nima qildi!” deb so‘radim. Dedi: “Meni chaqirdi va aytdi: “Ey yomon chol, nima qilgan 
bo‘lsang, qilib bo‘lding!” Aytdimki: “Ey Rabbim, Sendan bir so‘z eshitgan edim”. So‘radi: 
“Nima eshitding?” Aytdim: “Menga Abdurazzoq Mu’ammardan, Zuhriydan, Urvadan, 
Oyishadan, Payg‘ambardan (s.a.v.) Jabroil alayhissalomdan rivoyat qilinishicha, Sen 
aytibsanki: “Qaysi bir muslim Islomda sochi oqarsa, Men uni azoblashdan uyalgayman”, 
deb. Men esa juda keksaman”. “Abdurazzoq to‘g‘ri aytdi. Mu’ammar, Zuhriy, Urva, 
Oyisha, Muhammad va Jabroil to‘g‘ri aytibdilar. Men ham to‘g‘ri aytganman! Ey Yahyo, 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
51
Men Islomda sochlari oqargan kishini azoblamayman!” dedi va meni jannatga kirishga 
buyurdi”. 
 
87. Umar Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambarimizning oldilariga kirgan vaqtida, yig‘lab 
turgan ekanlar. “Nega yig‘layapsiz, yo Rasululloh?” deb so‘radi. “Menga Jabroil keldi va 
aytdi: “Albatta, Alloh taolo Islomda qarib, sochi oqargan mo‘minlarni azoblashdan 
uyaladi”. Endi mo‘min ham Islomda sochi oqargan paytida Alloh taologa gunoh 
qilishlikdan qanday uyalmasin!” 
 
Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: qariyalarga bu ikrom-karomatlarni bilmoqligi va 
Allohga shukr qilmoqligi, kiroman kotibinlardan (ikki farishtadan) uyalishi, gunohlardan 
qaytishi va Alloh taoloning itoatiga doim tayyor bo‘lishligi vojibdir! Chunki u qachon ajali 
yetishini bilmaydi. Albatta, agar ekin o‘rimga kelib qolsa, kutib o‘tirilmaydi. Shuningdek, 
yigitlarga ham Allohdan qo‘rqmoqligi, gunohlardan saqlanmoqligi, toatda bardavom 
bo‘lishliklari vojibdir! Chunki hech kim qachon ajali yetishini bilmaydi. Albatta, yigit Alloh 
taoloning ibodatlarini qabul qiluvchi bo‘lsa, gunohlardan qaytsa, Alloh taolo uni qiyomat 
kunida Arshning tagida soyalantiradi! 
 
88. Abu Hurayradan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilishlaricha, Payg‘ambarimiz 
(s.a.v.) aytdilar: “Alloh taolo yetti kishini, qiyomatda faqatgina arshning soyasidan 
boshqa soya yo‘q vaqtda uning soyasida soyalantiradi: 1) odil imomni; 2) Allohning 
ibodatida ulg‘aygan yigitni; 3) hami-sha qalbi masjidga bog‘langan, agar masjiddan 
chiqsa, yana qaytadigan kishini; 4) Alloh yo‘lida bir-birini  do‘st tutgan kishilarni va Alloh 
yo‘lida yig‘ilib, Alloh yo‘lida tarqaladiganlarni; 5) Allohni xoli holda zikr qilib, ko‘zidan 
yosh oqizgan kishini; 6) sadaqa berganida yashirib beradigan kishini, qaysiki o‘ng qo‘li 
berganini chap qo‘li bilmaydi; 7) chiroyli, nasabli ayol o‘ziga chorlaganida, “Men Allohdan 
qo‘rqaman”, deb bormagan kishini”. 
 
______________ 
VII bob. Allohning rahmatidan umid qilish bobi hadislari 
 
1. Abu Hurayra. «Alloh taolo rahmatini yuz bo‘lak qildi...» Muttafaqun alayhi*. Al-Buxoriy (6000/10) va Muslim (2757/4). 
2. Hasan. «Alloh taoloda yuzta rahmat bor...» Sahih*. Hokim (57/1). 
3. Abu Said Xudriy. «Bir odam jannatga amalsiz...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (3481/6) va Muslim (2755/4). 
4. Abdulloh ibn Amr Os. «Albatta Alloh taolo bandaning gunohini kechirish uchun...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (3470/6) va Muslim 
(2766/4). 
5. Jobir ibn Abdulloh Ansoriy. «Mening shafoatim ummatimning...» Sahih*. Ahmad (384/3) va Termiziy (2436). 
6. Anas ibn Molik. «Mening shafoatim ummatimning...» Sahih*. Abu Dovud (4739), Termiziy (2435), «Sahihul-jome’» (3714). 
7. Jobir ibn Abdulloh. «Bizlarga Rasululloh (s.a.v.) chiqdilar...» Bu hadisning sahihligiga ulamolar ixtilof qilishadi. Hokim va Zahabiy sahih 
deganlar, Uqayliy «Az-zuafo»da zaif deganlar (638). 
8. Hasan. «O‘lim vaqtida musulmon...» Hasan*. Abdu ibn Hamid (1370) va termiziy (983), Ibn Moja (3261) va Nisoiy, «Al-yavmu vallaylau» 
(1062). 
9. Abu Hurayra. «Hech birlaringiz amal bilan najot topmaysizlar...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (6463/11) va Muslim (1734/3). 
10. Hadis. «Qiyomat kunida Arshning tagida nido qiluvchi...» Mavzu’*. «Ihyo» (530/4) va «Itxofis sodatul-muttaqiin» (571/10). 
11. Abu Hurayra. «Agar mo‘min Alloh huzuridagi...» Sahih*. Muslim (2755/4) va boshqalar. 
12. Oyisha. «Yahyo ibn Aksamni tushimda ko‘rdim...» «Kashful-xafo» (284/1) ga qarang. 
13. Abu Hurayra. «Alloh taolo yetti kishini...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (660) va Muslim (1031/2).
 
 
 
VIII BOB. YAXSHI ISHLARGA BUYURISH VA YOMON ISHLARDAN QAYTARISH 
 
Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadi. Umar ibn Abdulaziz, Alloh undan rozi bo‘lsin, 
rivoyat qiladi: “Albatta, Alloh taolo hammani bitta xos amal bilan azoblamaydi, lekin 
gunohlar zohir bo‘lsa, o‘shandan qaytarmasalar, o‘sha qavmning hammasi azobga haqli 
bo‘ladi”. 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
52
90. Zikr qilindi: “Alloh taolo Yusha’ ibn Nun alayhissalomga vahiy qildi: “Albatta, Men 
sening qirq mingta yaxshi ummatingni o‘z ixtiyori bilan halok qiluvchiman va yomon 
ummatingdan ham oltmish mingtani!” Yusha’ alayhissalom aytdilar: “Yo Rabbim, 
yomonlarni jazolashing mumkin, yaxshilarga nima uchun jazo berasan?” Alloh aytdi: 
“Ular Mening g‘azabim keladigan ishlardan g‘azablanmadi, o‘shalar bilan birga yeyishdi 
va ichishdi”. 
 
91. Anas ibn Molikdan rivoyat qilindi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Albatta olimlarning 
bir toifasida yomonlikni yopuvchi yaxshilik kalitlari bordir. Odamlarning ba’zisida 
yaxshilikni yopuvchi yomonlik kalitlari bordir. Yaxshilik kalitlarini Alloh ularning qo‘llariga 
tutgan kishilar qanday ham yaxshi odamlardir! Vayl (azob) bo‘lgay Alloh taolo yomonlik 
kalitlarini qo‘llariga tutgan kishilarga!” Ya’ni kishilarki, yaxshilikka buyuradilar, yomon 
ishlardan qaytaradilar. Shu yaxshilikni ochuvchi va yomonlikni yopuvchi kalitlardir. Bu 
toifadagi kishilar mo‘minlardan bo‘ladi. Alloh taolo aytadiki: 
 
Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling