Al-faqih abu lays as-samarqandiy tanbehul–G‘ofiliyn


“Mo‘min va mo‘minalar bir-birlariga do‘stdirlar. Ular yaxshilikka buyuradilar


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/56
Sana27.04.2020
Hajmi1.37 Mb.
#101649
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   56
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn


“Mo‘min va mo‘minalar bir-birlariga do‘stdirlar. Ular yaxshilikka buyuradilar
yomonlikdan to‘xtatadilar...” (Tavba, 71). 
 
Ammo shunday kishilar borki, ular yomonlikka buyuradilar, yaxshi ishlardan 
qaytaradilar. Shu yomonlikni ochuvchi kalitdir. Bu munofiqlarning  alomatidir. Alloh taolo 
aytganidek: 
“Munofiq erkaklar va munofiq ayollar bir-birlaridandirlar. Ular yomonlikka 
buyuradilar, yaxshilikdan qaytaradilar” (Tavba, 67). 
 
Hazrati Ali ibn Abu Tolib aytadi: “Amallarning yaxshirog‘i yaxshi ishlarga buyurmoqlik, 
yomonlikdan qaytarmoqlikdir, fosiqni yomon ko‘rmoqlikdir. Yaxshi ishlarga buyurish 
mo‘minlik alomatini kuchaytiradi. Kim yomon ishlardan qaytarsa, munofiqning burnini 
yerga ishqabdi!” 
 
92. Said Qatodadan rivoyat qildi. Bizga eslatildiki, bir kishi Payg‘ambarimizning (s.a.v.) 
oldilariga keldi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) o‘sha kuni Makkada edilar. Aytdiki: “Siz 
o‘zingizni payg‘ambar deb da’vo qilasizmi? Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Ha”. Aytdi: 
“Alloh taolo uchun qaysi amallar yaxshiroq?” “Allohga imon keltirishing, qarindoshchilikni 
bog‘lashing”. “Keyin-chi?” Aytdilar: “Yaxshi ishlarga buyurib, yomon ishlardan 
qaytarmoqlik” Yana: “Alloh taologa qaysi amallar yomonroq?” deb so‘radi. Javob 
berdilar: “Allohga shirk keltirishlik”. “Keyinchi?” deb yana so‘radi. “Qarindoshlikni 
uzishlik”. “Keyinchi?” “Yaxshilikka chaqirishni hamda yomon ishlardan qaytarishni 
tashlash”, deb javob berdilar. 
 
Sufyon Savriy, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: “O‘z qo‘shnisi oldida yaxshi ko‘ringan va 
do‘stlari oldida maqtalgan qorini ko‘rsang, bilginki o‘sha kishi xushomadgo‘y, 
laganbardordir”. Ya’ni kishi odatda o‘zining qo‘ni-qo‘shniisni va birodarlarining xatosini 
va kamchiliklarini aytib to‘g‘irlab yurishga buyurilgan, demakki agar qo‘ni-qo‘shnisining 
xato-kamchiligini aytmasa, zotan ular tomonidan yaxshi ko‘riladi. Xuddi shu kabi yor-
birordarlarini ham xato-kamchiliklarini aytib to‘g‘irlab yurmasa, ular tomonidan 
maqtovga erishadi. Zeroki, inson tabiati agar islomiy ruh bilan sug‘orilmagan bo‘lsa, 
undagi biror xato-egrilikni tuzatgan kishini yaxshi ko‘rmaydi. 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
53
93. Ubaydulloh ibn Jarir otasidan rivoyat qiladi: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: 
“Odamlar ichida yomonlik qiluvchi kishi bo‘lsa, uni o‘zgartirishga qodir bo‘lib, 
o‘zgartirmasalar, Alloh taolo o‘shalarning hammalariga barobar azobni yuboradi, 
o‘lmaslaridan oldin”. 
 
Faqih, Alloh taolo rahmat qilsin, aytadi:  Payg‘ambar (s.a.v.) qudratni shart qildilar. 
Ya’ni ko‘pchiligi ahli solihlar bo‘lsa, o‘sha gunohkorlarni gunohlaridan qaytarishliklari ahli 
solihlarga vojib bo‘ladi, agar ular gunohni zohir qilsalar. Chunki Alloh taolo bu ummatni 
maqtab: 
 
“(Ey ummati Muhammad) odamlar uchun chiqarilgan millatlarning eng yaxshisi 
bo‘ldingiz. Zero sizlar yaxshi ishlarga buyurasizlar, yomon ishlardan 
qaytarasizlar va Allohga imon keltirasizlar. Agar ahli kitob ham imon 
keltirganda edi, o‘zlari uchun yaxshi bo‘lardi. Ulardan mo‘minlari ham bor va 
(lekin) ularning ko‘plari fosiq, itoatsizlardir” (Oli Imron, 110). Buning ma’nosi 
shuki, sizlar Lavhul-mahfuzda, odamlar uchun chiqarilgan yaxshi ummat, deb 
yozilgansizlar. Alloh taolo sizlarni odamlarni yaxshi ishlarga buyurmoqlik uchun chiqardi, 
yaxshi ishlarga, ya’ni ibodat va toatlarga chaqirishlaringiz uchun, yomon ishlardan 
qaytarishlaringiz uchun. Yaxshi ishlarga buyurishlik Allohning kitobiga, sunnatiga va 
ahlga to‘g‘ri keladigan narsalarga buyurmoqlikdir. 
 
Yomon ishlar bu narsalarga muxolif (qarama-qarshi) keluvchi narsalardir. 
Alloh taolo boshqa oyatda aytdi: 
“Oralaringizdan yaxshilikka (Islomga) da’vat qiladigan, ibodat-itoatga 
buyuradigan va isyon-gunohlardan qaytaradigan bir jamoa bo‘lsin! Ana 
o‘shalar najot topguvchilardir” (Oli Imron, 104). 
 
Alloh taolo yaxshi ishlarga buyurmaydigan, yomon ishlardan to‘smaydigan qavmlarni 
yomonladi. Bas, aytdi: 
“Ular bir-birlarini qilgan noloyiq ishlaridan qaytarmas edilar. Bu qilmishlari 
naqadar yomon ish” (Moida, 79). 
 
Boshqa oyatda: 
“Olim va donishmandlari ularni gunoh so‘zlardan, haromxo‘rlikdan 
qaytarmaydilarmi?! Qilayotgan hunarlari naqadar yomon hunar!” (Moida, 63). 
Ya’ni o‘shalarning olimlari, faqihlari, qorilari fahsh so‘zlardan, harom yeyishlikdan 
qaytarmaydilarmi, deyilmoqda. 
 
Amri ma’ruf qilish uchun lozim bo‘ladigan narsa, agar qodir bo‘lsa, yolg‘izlik vaqtida 
buyurishlikdir. Bu nasihat va mav’izada yetukroq bo‘lgani uchun. 
 
Abu Dardo, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: o‘zining birodariga oshkora mav’iza qilgan 
odam birodarini yomonlabdi, uni yashirib (odamlardan xoli joyda) qilgan bo‘lsa,  uni 
yaxshilabdi. Agar mav’iza  tanholikda foyda bermasa,  uni oshkoralik bilan buyuradi, 
gunohdan uni uzoqlashtirish uchun solih va yaxshilik egalaridan yordam so‘raydi. Agar 
solihlar, yaxshilar bu ishni qilmasalar, gunohkor ulardan ustun kelsa, keyin ularga azob 
kelib, hammalari halok bo‘lishadi”. 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
54
94. Nu’mon ibn Bashir, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) eshitdim, deb 
aytdi: “Alloh taoloning huquqida riyokor va Allohning huquqlarida o‘shanga tushib 
qolgan va uni bajaruvchining misoli kemadagi uch kishi misoli kabidir. Ular kemada 
edilar, bittalari tepaga, bittalari o‘rtaga, bittalari pasta joylashdilar. O‘sha holatda 
ketishayotganida bittalari boltani oldi. “Boltani nima qilasan?” deb so‘rashdi. “O‘zimning 
joyimda bir teshik teshaman, suv menga yaqinroq bo‘ladi. Kemada to‘rvam bo‘ladi, suv 
ichadigan idish bo‘ladi”, dedi. Ba’zilar aytishdi: “Unga indamanglar, o‘zi uchun 
xohlagancha teshaverin”. Va ba’zilar: “Uni teshishiga yo‘l qo‘ymanglar, bizni ham, o‘zini 
ham halok qiladi!” dedilar. Agar uni to‘xtatsalar, ular ham, uning o‘zi ham qutilar edi. 
Agar uni bu ishdan to‘smasalar, ular ham, bu ham halok bo‘ladi”. 
 
95. Huzayfadan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Mening 
jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, yaxshi ishlarga buyurib, yomon ishlardan 
qaytaringizlar, agar qilmasangizlar, Alloh taolo o‘z huzuridagi azoblarni yubormoqligi 
yaqin bo‘ladi, keyin Allohga duo qilsangizlar, duolaringizni ijobat qilmaydi”. 
 
96. Hazrati Ali, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: “Agar 
ummatim zolimni ko‘rib, sen zolim ekansan, deb aytishdan qo‘rqsalar, ular foyda 
bermaydigan kishilarga aylanadi”. 
 
97. Abu Dardo, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Albatta, yaxshi ishga buyurib,yomon 
ishlardan qaytarasizlar. Bu ishni qilmasangizlar, sizlarga zolim podshohni ega qilib 
qo‘yadi. Kattalaringizni hurmat, kichiklaringizga rahm qilmaydi. Yaxshilaringiz duo 
qilishadi, duolari qabul qilinmaydi, yordam so‘raydilar, yordam berilmaydi. Gunohlarini 
kechirishni so‘raydilar, gunohlari kechirilmaydi”. 
 
98. Abu Said Xudriy, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) 
aytdilar: “Sizlardan birontalaringiz munkar (yomon) ishni ko‘rsa, uni bu ishdan qo‘li bilan 
qaytarsin, agar qodir bo‘lmasa, tili bilan qaytarsin, agar qodir bo‘lmasa, dili bilan, o‘sha 
dili bilan qaytarishi imonining zaifligidir”. 
 
Ba’zilar aytdilar: “Qaytarishlik amrlar uchun qo‘l bilan, olimlar uchun til bilan, ummiylar 
uchun dil bilandir”. Ba’zilar, kimiki shularga qodir bo‘lsa, o‘shalardan qaytarishligi vojib 
bo‘ladi, dedilar. 
 
Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Yaxshi ishlarga buyuruvchilar shu ishi bilan Alloh taolo 
uchun, dinni ulug‘lashni, yuksaltirishni qasd qilishi lozim bo‘ladi. O‘zini bildirish uchun, 
o‘zining himoyasi uchun, dimog‘dorlik uchun bo‘lsa, bo‘lmaydi. Albatta, bu bilan 
Allohning o‘zi uchun dinni aziz qilishni qasd etsa, Alloh taolo unga yordam beradi, uning 
uchun muvofiq qilib qo‘yadi. Agar o‘zining nafsini bildirish, takabburlik bo‘lsa, Alloh uni 
xor qilib qo‘yadi. 
 
Ikrimadan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilinidi: Bizga aytdiki: “Bir kishi Allohni 
qo‘yib, daraxtga sig‘inadigan joydan o‘tib qolibdi. U kishi Alloh uchun bu ishdan 
g‘azablanibdi. Xudoni qo‘yib bu daraxtga sig‘inishayotgan edilar. Keyin u boltasini olib, 
eshagiga minib, o‘sha daraxt tomonga, uni chopib tashlash uchun otlanibdi. Shaytoni 
la’in odam suratida uning yo‘lidan chiqib: “Qaerga ketyapsan?” deb so‘rabdi. «Bir 
daraxtni ko‘rdim, odamlar Allohni qo‘yib, o‘shanga ibodat qilishyapti. O‘sha daraxtni 
bolta bilan chopib tashlayman, deb Allohimga ahd berdim», dedi. Iblis: “U senga nima 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
55
qildi? Qo‘ygin, ibodat qilishayotgan bo‘lsa, ibodat qilaverishsin. Ularni Allohning o‘zi 
uzoqlashtiradi”, dedi. U kishi qaytmaydi. Iblis la’natulloh alayh aytdi: “Qaytgin, har kuni 
senga to‘rt dirham beraman, har kuni ko‘rpachangning bir chetini ko‘tarsang, uni 
olasan”. “Shunday qilasanmi?” deb so‘radi. Iblis: “Albatta, har kuni senga o‘sha pulni 
to‘layman”. Keyin haligi kishi uyiga qaytdi. O‘sha pulni ikki-uch kun Alloh xohlagancha 
topdi. Shundan keyin bir kuni ertalab turib, ko‘rpaning quyi tarafini ko‘tarsa, hech narsa 
ko‘rmadi. Kiyin bir kun kutdi, dirhamlarni topolmagandan keyin, boltasini olib eshagiga 
minib, o‘sha daraxt tomon otlandi. Iblis odam suratida uning oldiga chiqdi. “Qaerga 
ketayapsan?” deb so‘radi. U kishi: “Allohni qo‘yib, sig‘inilayotgan daraxt oldiga 
boryapman, uni kesib tashlayman”, dedi. Iblis aytdi: “Bunga kuching yetmaydi. Ammo 
oldingi gal sen Alloh uchun g‘azablangan holda chiqqan eding. O‘sha paytda osmon va 
yer ahllari jam bo‘lsalar ham, seni qaytara olmas edi. Ammo hozir sening chiqishing 
nafsing uchun, sen dirhamlarni topa olmaganing uchun chiqyapsan. Agar o‘sha joyga 
o‘tsang, boshingni yoramiz”. U daraxtni tinch qo‘yib uyiga qaytibdi. 
 
Faqih aytadi: Yaxshi ishlarga buyurguvchi kishi besh narsaga muhtoj bo‘ladi: 
1. Ilmga, chunki johil amri ma’ruf va nahiy munkarni chiroyli qila olmaydi. 
2. Allohning roziligini va dinni kuchaytirishni qasd qilmoqlikka. 
3. Bu ishlarni bajaruvchi rahmdil bo‘lmoqligi, buyurganda ham yumshoqlik bilan, 
do‘stona buyurishligi lozim bo‘ladi. Qalbi qattiq, qo‘pol bo‘lmasligi kerak. Chunki Alloh 
taolo, Muso va Horunni Fir’avn oldiga yuborayotib aytdi: 
“Bas, unga yumshoq so‘z so‘zlanglar” (Toha, 44). 
4. Sabrli, halim bo‘lmoqligi, chunki Alloh taolo Luqmon qissasida aytdi: 
“Yaxshilikka buyur va yomonlikdan qaytar hamda o‘zingga yetgan (balolarga) 
sabr qil!” (Luqmon, 17.) 
5. O‘zi buyurgan narsalarga amal qilmoqligi, amal qilish bilan boshqalarga  ibrat bo‘lishi 
lozim. Ushbu oyatga rioya zarur.  
“Odamlarni yaxshilikka chaqirib, o‘zlaringizni unutasizlarmi?” (Baqara, 44). 
 
99. Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Isro kechasida 
lablarini qaychilar bilan kesib tashlayotgan kishilarni ko‘rdim. “Ey Jabroil, ular kimlar?” 
deb so‘radim. Jabroil aytdi: “Ular odamlarni yaxshilikka buyurib, o‘zlarini unutgan 
xatiblaringiz, ular Allohning kitobini o‘qib, unga amal qilmaydilar”, dedi”. 
 
Abu Qatodadan bizga zikr qilindi. Tavrotda yozilgan: “Ey odam farzandi! Meni eslatsang-
u, o‘zing unutsang, Menga chaqirsang-u, o‘zing qochsang, bas, botildir sizlar qilayotgan 
narsalaringiz!” 
 
100. Abu Muoviya Fazzoriy Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: “Bugun sizlar 
Rabbilaringiz tomonidan ravshan hujjat ustidadirsizlar. Batahqiq Alloh sizlarning 
yo‘llaringizni ravshan qilib berdi, agar sizlarda ikki mastlikning ko‘rinishi bo‘lmasa. Hayot 
mastligi va ilmsizlik mastligi. Sizlar bugun yaxshi ishlarga buyurib, yomon ishlardan 
qaytarasizlar va Alloh taolo yo‘lida jihod qilasizlar, yaqinda o‘sha narsalardan o‘girilib 
qolasizlar, agar sizlarda dunyoni sevish ko‘paysa, yaxshi ishlarga buyurmaysizlar, 
yomon ishlardan qaytarmaysizlar. Allohdan boshqasining yo‘lida jihod qilasizlar. O‘sha 
og‘ir kunda Alloh kitobiga oshkora va pinhona amal qiluvchi zotlarning birinchilar qatori 
o‘tgan muhojir va ansorlar kabi martabalari barobardir”. 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
56
101. Hasandan, Alloh rahmat qilsin, rivoyat qilindi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kimiki 
dini uchun bir yurtdan ikkinchi yurtga qochsa, agar bir qadam bo‘lsa ham. Jannat uni 
talab qiladi va u Hazrati Ibrohim alayhissalom va Muhammad (s.a.v.) bilan rafiq bo‘ladi”. 
Ya’ni Ibrohim alayhissalom Xarron (Iroq)dan Shom (Suriya) yeriga hijrat qildilar, 
Allohning kalomida aytiladi: “(Ibrohim) aytdi: “Albatta men Parvardigorim 
(buyurgan tomon)ga hijrat qiluvchidirman. Albatta, uning o‘zigina qudrat va 
hikmat egasidir” (Ankabut, 26). Va yana Ibrohim alayhissalom aytdilar: 
 
“Albatta, men Parvardigorim (buyurgan taraf)ga ketguvchidirman, uning o‘zi 
meni hidoyat qilur” (Vas-saffot, 99) Ya’ni, Rabbim toatiga, Uning rizosiga ketaman, 
deydilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Makkadan Madinaga hijrat qildilar. 
 
Kimning yerida fahsh-gunohlar ko‘rinsa, o‘sha kishi u yerdan Allohning rizoligini istab 
chiqsa, Ibrohim va  Muhammad alayhissalomlarga ergashgan bo‘ladi. Oxiratda ikkovlari 
bilan jannatda birga bo‘ladi. Alloh taolo aytdi: 
“Kim uyidan Alloh va Uning payg‘ambari sari muhojir bo‘lib chiqib, so‘ng (shu 
yo‘lda) unga o‘lim yetsa, haqiqatki, uning ajri – mukofoti Allohning zimmasiga 
tushar. Alloh mag‘rifatli, mehribon bo‘lgan zotdir” (Niso, 100). 
 
Ya’ni, kimki Allohning va rasulining toatida yo‘lga chiqib, keyin o‘lsa, uning savobi 
Allohga vojib bo‘ladi. 
 
102. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Qaysi mo‘min Alloh va rasulining toatida o‘z uyidan 
chiqib, ulovining uzangisiga oyog‘ini qo‘ysa, agar bir qadam bo‘lsa ham yursa, keyin 
o‘limini topsa, Alloh taolo unga muhojirlar ajrini beradi va qaysi mo‘min o‘z uyidan Alloh 
yo‘lida qasd qilguvchi bo‘lib chiqsa, so‘ngra oti uni yiqitib, o‘lsa yoki urushga kirishdan 
oldin bir narsa chaqsa yoki qandaydir o‘limni topsa, u shahiddir. Qaysi muslim o‘z uyidan 
Allohning uyiga chiqsa, keyin unga yetmasdan ajali yetsa, Alloh taolo unga jannatni 
vojib qiladi”. 
 
Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Kimiki o‘z yeridan muhojir bo‘lmasa, u Allohning 
farzlarini ado etishga qodir bo‘lsa, o‘sha joyda turishining zarari yo‘qdir. Ularning 
qilayotgan gunohlarini yomon ko‘rguvchi holida bo‘ladi. Bu uzrlidir. 
 
Abdulloh ibn Mas’uddan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: “Agar kishi munkar 
ishni ko‘rib, o‘zi o‘zgartirishga qodir bo‘lmasa-da, qalbida bu ishni Alloh xush ko‘rmaydi, 
degan e’tiqodda bo‘lsin”. 
 
Ba’zi sahobai kiromlar, Alloh ulardan rozi bo‘lsin, aytdilar: “Sizlardan birortangiz bir 
munkar ishni ko‘rsa, lekin uni qaytarishga qodir bo‘lmasa, uch marta: “Ey Parvardigor
bu yomon ish, bunga rozi emasman”, deb aytsin. O‘shani aytsa, amri ma’ruf va nahiy 
munkar qilguvchi savobini oladi”. 
 
103. Rivoyat qilindi: Abu Umayya aytdi: Abu Sa’laba Xushniydan 
 
“Ey imon keltirganlar, o‘zlaringizni bilingizlar!” (Moida, 105) oyati to‘g‘risida 
so‘radim. So‘ngra aytdi: “Sen olim kishidan buning ta’vilini so‘radingmi?” Buni 
Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) so‘radim, u kishi aytdilar: “Ey Abu Sa’laba, yaxshilikka 
buyuringlar, yomon ishlardan qaytaringlar, bas, agar g‘alaba qilguvchi dunyoni va 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
57
hamma ergashgan baxillikni va har bir kishi o‘zining fikri bilan gerdayish holatini 
ko‘rsang, o‘zingni saqlagin, albatta, bu ishlaringizdan keyin faqat sabrdir, o‘sha kunda 
o‘zini saqlaganlar hozirgi amal qilguvchilardan ellik kishining ajriga barobardir”. 
 
So‘radilarki: “Yo Rasululloh, ellikta amal qiluvchi ulardanmi (oldingilardanmi) yoki 
bizlardanmi?” Aytdilar: “Sizlardan ellikta amal qiluvchining ajri kabidir”. 
 
104. Qays ibn Abu Hozim aytdi: “Abu Bakr Siddiqdan, Alloh undan rozi bo‘lsin, eshitdim, 
u zot aytdi: “Sizlar bu oyatni o‘qiysizlar-u, uni o‘z o‘rnidan boshqa o‘ringa qo‘yasizlar: 
“Ey mo‘minlar, o‘zingizni bilingizlar! (Ya’ni gunohlardan saqlaningizlar.) 
Modomiki, haq yo‘lni tutgan ekansiz, adashgan kimsalar sizlarga zarar yetkaza 
olmagay. Barchangiz ham Allohga qaytguvchisizlar” (Moida, 105). Va Payg‘ambar 
(s.a.v.) aytdilar: “Qaysi bir qavm, gunohlarni qilsa-yu, ularni bu ishlaridan 
qaytarmasalar, o‘shanda Alloh taolo hammalariga azobini beradi”. 
 
Ibn Mas’uddan, Alloh undan rozi bo‘lsin, yuqoridagi oyatning ta’vili so‘raldi, aytdilar: “Bu 
zamon hozirgi zamon emas, qachon insonlarning havolari ko‘paysa, talashib-tortishishni 
yaxshi ko‘rsalar, har bir kishi o‘zining nafsini lozim topsin (saqlasin)!” 
 
____________ 
VIII bob. Yaxshi ishlarga buyurish va yomon  ishlardan qaytarish bobi  hadislari 
 
1. Anas ibn Molik. “Albatta, odamlarning bir toifasida yomonlikni yopuvchi yaxshilik kalitlari bordir...” Hasan*. Ibn Moja (237) va Tayolisiy 
(2082). 
2. Qatoda. “Bir kishi Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga keldi...” Isnodi yaxshi*. “At-targ‘ib” kitobi (224/3) ga va “Al-majma’a” (151/8) ga qarang. 
3. Ubaydulloh ibn Jabar. “Odamlar ichida yomonlik qiluvchi kishi bo‘lsa...” Sahih*. Abu Dovud (4339) va Ibn Moja (4009). 
4. No‘’mon ibn Bashir. “Alloh taoloning haqqida...” Sahih*. Buxoriy (2686-2493/5). 
5. Huzayfa. “Mening jonim qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki...” Hasan*. Termiziy (2169) va Ahmad (288/5), “Al-mishkot” (5140) ga qarang. 
6. Ali ibn Abu Tolib. “Agar ummatim zolimni ko‘rib...” Isnodi yaxshi*. Ahmad (190/2) va Hokim (96/4). 
7. Abu Dardo. “Albatta, yaxshi ishga buyurib...” Zaif*. Bazzor (3307), “Zaiful jome’”ga (4650) qarang. 
8. Abu Said Xudriy. “Sizlardan birontalaringiz...” Sahih*. Muslim (49), Abu Dovud (1140), Termiziy (2172), Nasoiy (111/8) va Ibn Moja 
(4014/1275). 
9. Ikrima. “Bir kishi Allohni qo‘yib...” Zaif*. Uni Abu Dunyo “Shayton hiylalari” kitobida zikr qilgan (60) va Javziyning “Talbisul-iblis” kitobida 
keltirilgan (32-bet). 
10. Abu Muoviya G’azzoriy. “Bugun sizlar Rabbilaringiz tomonidan...” Zaif*. 
11. Hasan. “Kim dini uchun bir yurtdan ikkinchi yurtga qochsa...” Zaif* 
12. Hadis. “Qaysi mo‘min Alloh va Rasulining toatiga...” Isnodi zaif*. Ahmad (36/40). 
13. Sa’laba Qushniy. “Bu oyat to‘g‘risida so‘radim...” Zaif*. Abu Dovud (4341), Termiziy (3058) va Ibn Moja. 
14. Abu Bakr Siddiq. “Sizlar bu oyatni o‘qiysizlar-u...” Sahih*. Ahmad (2), Abu Dovud (4338), Termiziy (3057, 2168), Ibn Moja (4005).
 
 
 
IX BOB. TAVBA 
 
Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadi: Abdulloh ibn Ubayd ibn Umayrdan rivoyat: Odam 
alayhissalom aytdi: “Ey Parvardigor, shaytonni mening ustimga ega qilib qo‘yding. Men 
Sening yordamingsiz undan o‘zimni saqlay olamayman”. Alloh: “Sening qaysi farzanding 
tug‘ilsa, iblisning makridan va yomonlik egalaridan ham qaytaradigan farishtani 
himoyachi qilib qo‘ygayman”, dedi. “Ey Parvardigor, ziyoda qil!” Alloh aytdi: “Bir 
yaxshilikka o‘n barobar savob ziyoda qilgayman. Bir yomonlik qilsa, uni bitta qilib 
yozgayman yoki kechirgayman!” 
 
“Ey Rabbim, ziyoda qil!” Alloh dedi: “Uning ruhi jasadida bo‘lgan vaqtning o‘zida 
tavbasini qabul qilgayman” “Alloh o‘z kalomida aytdi: “(Ey Muhammad), Mening o‘z 
jonlariga jinoyat qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmati-marhamatidan 
noumid bo‘lmangiz! Albatta, Alloh (o‘zi xohlagan bandalarining) barcha 
gunohlarini mag‘firat qilur. Albatta, Uning o‘zigina mag‘firatli, mehribondir” 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
58
(Zumar, 53). 
 
105. Faqih aytadi, Ibn Abbos rivoyat qiladiki, payg‘ambarimizning amakilarini o‘ldirgan 
Vahshiy Payg‘ambarimizga (s.a.v.) Makkadan xat yozdi: “Men musulmon bo‘lishni 
xohlayman, lekin sizga tushgan bu oyatlar meni qaytaryapti: 
“Ular Alloh bilan birga boshqa biron ilohga iltijo qilmaslar va Alloh (o‘ldirishni 
harom qilgan) biron jonni nohaq o‘ldirmaslar hamda zino qilmaslar. Kim mana 
shu (gunohlardan bittasi)ni qilsa, uqubatga duchor bo‘lur” (Furqon, 68). Men 
oyatda aytilgan shartlarning uchchalasini ham qilganman, men tavba qilsam bo‘ladimi?” 
 
So‘ngra bu oyat tushdi: 
“Magar kim tavba qilsa va imon keltirib, yaxshi amallar qilsa, bas, Alloh ana 
o‘shalarning yomonlik – gunohlarini yaxshilik – savoblariga aylantirib qo‘yur” 
(Furqon, 70). 
 
Payg‘ambar (s.a.v.) shuni Vahshiyga yozdilar. Vahshiy: “Albatta, oyatda shart bor ekan. 
Bu shart amali solihdir, bilmaymanki, amali solihga qodir bo‘lamanmi yoki yo‘qmi?” deb 
yozdi.  So‘ngra Allohning ushbu so‘zi tushdi: “Albatta, Alloh o‘ziga sherik qilinishini 
kechirmas, shundan boshqa gunohlarni o‘zi xohlagan bandalar uchun kechirur” 
(Niso, 48). Buni Vahshiyga yozdi. Vahshiy javob qildiki, «Bu oyatda yana bir 
shart bor ekan, bilmaymanki, Alloh mening gunohlarimni kechiradimi yoki 
yo‘qmi?» Keyin Alloh bu oyatni tushirdi: “(Ey Muhammad), Mening o‘z 
jonlariga jinoyat qilgan bandalarimga ayting: “Allohning rahmat va  
marhamatidan noumid bo‘lmangiz. Albatta Alloh (O‘zi xohlagan bandalarining) 
barcha gunohlarini mag‘firat qilur. Albatta Uning O‘zigina Mag‘firatli, 
Mehribondir” (Zumar, 53). Buni Vahshiyga yozdilar. Vahshiy bu xatda shartni 
topmagandan keyin Madinaga kelib musulmon bo‘ldi. 
 
106. Abdulloh ibn Sufyon aytadi: Muhammad ibn Abdurahmon Sulamiy menga otasidan 
eshitganlarini yozdi: “Madinada Payg‘ambarning (s.a.v.) sahobalaridan bir nechtalarining 
oldida o‘tirgan edik. Bulardan bittasi: “Payg‘ambarimizdan (s.a.v.): “Kim o‘lmasidan 
yarim soat oldin tavba qilsa, Alloh taolo uning tavbasini qabul qiladi” deganlarini 
eshitdim”, dedi. «Sen Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deganlarini eshitdingmi?» deb 
so‘radim. U: “Ha”, deb javob berdi. Boshqasi: Payg‘ambardan (s.a.v.): “Kimki o‘lmasdan 
bir soat oldin tavba qilsa, Alloh uning tavbasini qabul qiladi”, deb aytganlarini men ham 
eshitdim”, dedi. Yana bittalari: “Payg‘ambarning (s.a.v.): “Kim g‘arg‘aradan oldin tavba 
qilsa, Alloh tavbasini qabul qiladi”, degan so‘zlarini eshitdim”, dedi”. 
 
107. Muhammad ibn Mutarrifdan rivoyat qilinadi. Alloh aytdi: “Ey odam farzandi! Senga 
voy bo‘lsin! Gunohni qilasan, keyin kechirim so‘raysan, uni kechiraman, gunohga 
qaytasan, yana kechirim so‘raysan, uni kechiraman. Sho‘ring qursin! Gunohni 
tashlamagan, yana rahmatimdan ham noumid bo‘lmagan banda! Ey maloikalarim, 
sizlarning shohidligingizda Men uning gunohlarini kechirdim”. 
 
A’mashdan naql: “Sizlardan oldingi o‘tgan qavmlarimning ichida bir gunoh bilan 
mashg‘ul bo‘luvchi kishi bor edi va u kunlardan bir kun sayr qilib yurib, oldingi 
gunohlarini esladi va: “Ey Parvardigor, Sening mag‘firatingdan umid qilaman!” deb uch 
marta aytdi va shu holatda olamdan o‘tdi, uning gunohlarini Alloh taolo kechirdi”. 
 

Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling