Axborot texnologtyalariuniversiteti mtgranova elvira aslam gvna, pozilova shahnoza xaydaraliyevna


-qo‘shimcha. Yangi sharoitlarda ta ’limning o ‘rni


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/106
Sana11.10.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1698490
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   106
Bog'liq
Kasbiy pedagogik faoliyatga kirish. Migranova E.A. Pozilova Sh.X

3-qo‘shimcha. Yangi sharoitlarda ta ’limning o ‘rni.
Globallashuv sharoitida mamlakatning innovatsion rivojlanishi 
raqobatbardosh b o ‘lishning hal qiluvchi omillaridan biriga 
aylangan paytda aholining yuqori ta ’lim darajasi mamlakatning 
“oliy” jam iyatga taalluqlikni his etish imkonini beradigan
borasida q o 'sh m a dasturlar tuzishga e ’tibor qaratilmoqda.
17 Узбекистан олин таълим тизимининг ж ахон тамойилларига мувофшутиги 
И РМ М 2007/2008 3- бобида батаф сил куриб чидияган.
18 Education at G iance, 2002. OECD in Figures, 2002.14 Report OECD, The 
roles o f tertiary institutes and colleges, 2004.
42


nufuzlilik belgisi emas, balki yashovchanlik omili va iqtisodiy, 
uning ketidan siyosiy mustaqillik garovidir.
Bugungi kunda Yevropa mamlakatlarida oliy m a’lumotli 
mutaxassislar uchun m o ‘ljallangan ish o‘rinlari ulushi 30-40 foizga 
yetmoqda. Ayni paytda qayd etiladiki, oliy m a’lumot diplomli 
mutaxassislar daromadlarini kamida 1,5-2 baravarga oshiradi. 
K o‘pincha ish beruvchilar oliy m a ’lumotga kasbiy vazifalami 
o ‘zlashtirish uchun dastlabki bosqich sifatida qaraydilar. Bu ta ’lim 
tizimini doimo isloh qilib borish, mavjud parametrlar va 
standartlami qayta baholash zaruratini keltiiib chiqaradi.
M ehnat 
bozori 
talablariga 
mos 
keladigan 
malakali 
mutaxassislarni tayyorlashni to ‘liq darajada ta ’minlash uchun oliy 
ta ’limni moliyalashtirish masalalarini qayta к о ‘rib chiqish zarur.
4-qo ‘shimcha. Oliy о ‘quv yurtlarini natijaga qarab davlat 
tomonidan moliyalashtirish borasidagi jahontajribasi.
Keng turli-tumanlikka qaramasdan jahon amaliyotida natija 
asosida moliyalashtirishni 2 ta asosiy uslubga: 
1) doimiy 
indikatorlar 
asosida 
va 
2) 
muayyan 
muddatga 
tuzilgan 
shartnomalar asosida moliyalashtirish metodiga ajratish mumkin. 
Indikatorlar tizimi o‘z navbatida yana ikki turga b o ‘linadi: bir 
mezonli va k o ‘p mezonli.
Bir mezonli tizim. Fransiyada moliyalashtirishning 50 foizi jon 
boshiga qarab ajratiladi (kurslar va mutaxassisliklar b o ‘yicha 
farqlanadi). Belgilangan miqdor oliy o ‘quv yurtiga byudjetda 
alohida 
qatorda 
beriladi, 
bu 
m ablag'lardan 
foydalanishda 
mustaqillikni ta ’minlaydi. Bunday tizimni q o ‘llash juda oson. 
Daniyada b o ‘lsa moliyalashtirishning 
30-50 
foizi imtihon 
topshirgan talabalar soniga qarab taqsimlanadi. Bu ta ’lim sifatini 
nazorat qilishning samarali tizimi mavjud b o ig a n taqdirda 
maqsadga muvofiqdir. Gollandiyada esa oliy о ‘quv yurtlari 
moliyalashtirishning 50 foizini bitiruvchilar soniga qarab oladilar. 
Keskin o ‘zgarishlaming oldini olish maqsadida moliyalashtirish 
miqdori o ‘rtacha 2 yildagi bitiruvchilar soni k o ‘rsatkichi asosida 
hisoblanadi.
43


K o'p mezonli tizim. Janubiy Afrika Respublikasida oliy ta ’lim 
uchun xarajatlaming 89 foizi bir nechta mezonlar asosida 
taqsimlanadi. T a’lim vazirligi har yili ushbu k o ‘rsatkichlarni tuzish 
va ularning har birini vaznini aniqlash b o £yicha alohida qo‘llanma 
chop etadi. Amalda past natijali oliy o ‘quv yurtlari ham faoliyat 
natijalarini yaxshilashga doir rejalari mavjud b o ig a n taqdirda 
baribir moliyalashtirish oladilar, chunki bunday oliy o ‘quv yurtlari 
davlat tomonidan moliyalashtirilmasa yopilishga majbur b o iad ilar.
Natijadorlikni baholash asosidagi shartnomalar. Fransiyada 
moliyalashtirishning 30 foizi davlat bilan oliy o ‘quv yurtlari 
o‘rtasida tuzilgan shartnomalar asosida beriladi. Shartnomalar 
ta ’lim vazirligi bilan har bir oliy о ‘quv yurti o ‘rtasida o‘tkazilgan 
muzokaralar asosida 4 yil muddatga tuziladi. Finlandiyada esa 
bunday shartnomalar 3 yilga tuziladi.
Manba: Aapproaches to result based fimdingin tertiary 
education: Identifying finance reform options for Chile. World 
Bank, 2004.
Hisob-kitoblaming k o ‘rsatishicha: o ‘tish davri iqtisodiyotini 
boshdan kechirayotgan mamlakatlar ichida aholini oliy ta’lim bilan 
qamrab olishga doir o ‘rtacha natijaga erishish uchun oliy ta ’limga 
investitsiyani YalM ning 0,6 foizidan 1, 4 foizigacha oshirish zarur. 
Yaqin kelajakda davlat investitsiyalari hisobidan oliy maktabni 
moliyalashtirish k o ‘lamini mazkur darajagacha kengaytirishnmg 
iloji yo‘q va u maqsadga muvofiq ham emas. Ushbu masalani hal 
etish tadbirkorlar doiralarining ta ’lim jarayonidagi va ularning 
xususiy sektordan moliyalashtirishdagi ishtirokini kengaytirish 
bilan bog'liq. Hozirgi paytda bu oliy ta ’limga investitsiyalami 
oshirishning asosiy potensial manbalaridan biridir.
So‘ngi yillarda talabalarga yordam berayotgan mamlakatlar uni 
akademik k o ‘rsatkichlar bilan bog'liq qilib q o ‘ymoqdalar, biroq 
ushbu talablar darajasi turlicha. Masalan, Buyuk Britaniyada yoki 
Daniyada talabalardan faqat o ‘qishga faol munosabatda b o ‘lish 
talab etiladi. Norvegiyada esa imtihonlami reja asosida topshirish 
talab etiladi. Shvetsiyada b o ‘Isa talabalar kurs b o ‘yicha imtihonni 
belgilangan vaqt davomida topshirishlari shart. Gollandiyada 1996- 
yildan boshlab asosiy grantlar o ‘zlashtirishga bog‘liq qilib
44


q o ‘yilgan grantlar bilan almashtirilgan. K o ‘pchilik rivojlangan 
m amlakatlaming ta ’limni kreditlash tizimlarida davlat bilan 
birgalikda xususiy sektor ham ishtirok etadi. T a ’lim kreditlari hatto 
oliy maTumot olish uchun to ‘lov turli darajadagi byudjetlar 
tomonidan qoplanadigan mamlakatlarda ( masalan, Germaniya, 
Shvetsiya) ham keng tarqalgan, Talabalar odatda q o ‘shimcha 
xarajatlar yashash, o ‘quv adabiyotlari va h.k. uchun kredit oladilar. 
K o ‘pgina rivojlangan mamlakatlarda ta ’lim kreditlari tizimi XX 
asming 70-80 yillarida ishlab chiqilgan va joriy etilgan b o ‘lib, 
hozirgacha unga o ‘zgartirishlar kiritib kelinmoqda.
Yevropaning 
nufuzli 
ilmiy 
markazlari 
jahon 
ta ’lim 
tizimlaridagi zamonaviy tamoyillarni tadqiq qilishda borgan sayin 
Gsiyo modelini k o ‘p tilga olmoqdalar. Ayni paytda olimlar o ‘zini 
asta-sekin k o ‘rsatishni boshlayotgan Osiyo ta ’lim tizimi modelida 
ta ’limni boshqarish jarayonida Osiyo mamlakatlariga xos b o ‘lgan 
xususiyat bilan ushbu q it’a tashqarisidan, xususan AQSH va Buyuk 
Britaniyadan 
namuna 
olingan 
institutsional 
tuzilm alar 
va 
elementlar o ‘ziga xos tarzda uyg‘unlashib ketganini rad etmaydilar.
Tadqiqotlarda Yaponiya, shuningdek «Osiyo y o ‘lbarslari” 
hisoblangan to ‘rtta boshqa mamlakat (Janubiy Koreya, Tayvan, 
Singapur va Gonkong)ning ta ’lim tuzilmasi va tarkibiga alohida 
e ’tibor qaratiladi. Ulam ing jahon bozoriga shiddat bilan kirib 
borishi k o ‘p jihatdan ustuvorliklaming to ‘g ‘ri tanlangani bilan 
izohlanadi. Unchalik katta b o ‘lmagan hududlarga ega b o ‘lgan, 
biron-bir foydali qaziltna zahiralari mavjud b o ‘lmagan bir 
sharoitda davlatlar ta ’limga m ablag‘ sarfladi. Ushbu mamlakatlar 
hukumatlarining fxkricha, faqat yuqori m a’lumotli kishigina 
o ‘zining aqliy qobiliyati va yangilikka intilishi bilan mamlakatni 
kam bag‘allik va texnikaviy qoloqlikdan shiddatli rivojlanishga olib 
chiqishi, “Iqtisodiy m o ‘jiza” yaratishga qodirdir. Keyinchalik 
Malayziya, Xitoy, Hindiston, Turkiya va turli tabiiy-resurs 
salohiyatiga ega boTgan boshqa Osiyo mamlakatlari ham 
ta ’limning ahamiyatiga shu darajada e’tibor qarata boshladilar.
T adqiqotchilaming 
qayd 
etishlaricha, 
milliy va tarixiy 
an’analar, xalq mentaliteti ham ta ’limda muvaffaqiyatli natijalarga 
erishishda va u bilan bog‘liq ilmiy-texnikaviy progressda muhim
45


omil b o ‘lib xizmat qildi. Zamonaviy koreys ongida nufuzli 
universitetlardan birida ta ’lim olish muqaddas burchga aylanib 
qolgan. Koreys oliy ta ’limi bir vaqtning o ‘zida ham barchaga teng 
va nufuzli hisoblanadi. Bir tomondan Hukumat oliy ta ’lim olish 
uchun “teng imkoniyatlar” siyosatini ongli ravishda va izchil 
amalga oshirmoqda, ikkinchi tomondan koreys oliy о ‘quv yurtlari 
aniq ierarxik piramidani hosil qilib, unda turli universitetlar 
diplomlarming “baholanishi” turlicha b o ‘lishi mumkin. Bunday 
muvozanatlashtirilgan va puxta o ‘ylangan siyosat o ‘zining ijobiy 
samaralarini berdi. 2005-yilga kelib Janubiy Koreyada 25-34 
yoshli kishilarning 97 foizi oliy m a ’lumotga ega edilar. Taqqoslash 
uchun, 1960-yillarda Janubiy Koreyaning milliy daromadi Meksika 
va Janubiy Amerika mamlakatlarining milliy daromadidan past edi, 
ta ’lim malakalanishi b o ‘yicha esa Janubiy Koreya Iqtisodiy va 
ijtimoiy rivojlanish tashkilotining 30 mamlakati reytingida eng 
qoloq mamlakatlar qatorida edi. Erishilgan muvaffaqiyat shundan 
iboratki, mamlakat o ‘z aholisining ta ’limga b o ‘lgan munosabatini 
o‘zgartirishga va talabning o ‘sishiga mos tarzda javob bera olishga 
erishdi19.

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling