Budjetlararo o’Z


Download 0.52 Mb.
bet2/4
Sana26.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1127881
1   2   3   4
Bog'liq
BUDJETLARARO O

Tolov xujjatlari ilova qilingan bank ko’chirmalari
Ma’lumotnoma-bildirishnoma


Memorial order

Boshqa byudjetlar bilan hisob-kitoblar kitobi

"Bosh jurnal" daftari

Xisobot shakllari


1 - chizma. O’zaro hisoblashuvlar hisobini xujjatlashtirishning sxematik ko’rinishi.

Moliya organlarida o’zaro hisoblashuvlar hisobi 06 "Xisob kitoblar", 07 “Berilgan va olingan mablag’lar” nomli hisobvaraqlarda yuritiladi. Ya’ni


061 Respublika byudjeti bilan o’zaro hisob-kitoblar 062 Mahalliy byudjetlar bilan o’zaro hisob-kitoblar
071 Respublika byudjetidan berilgan va olingan mablag’lar 072 Mahalliy byudjetlardan berilgan va olingan mablag’lar
"Respublika byudjeti bilan o’zaro hisob-kitoblar"nomli 061-sonli hisobvaraq respublika byudjeti bilan o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha operatsiyalarni mahalliy moliya organlarida hisobga olib borish uchun mo’ljallangan.
061-hisobvaraqning debetida quyidagilar aks ettiriladi:
a) respublika byudjetidan o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha olinishi lozim bo’lgan summalar;
b) o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha qarzlarni to’lash uchun respublika byudjetiga o’tkazilgan summalar;
v) o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha qarzlarni to’lashda hisobga olingan, yuqori byudjetdan olinishi lozim bo’lgan dotatsiyalar, subveniiyalarning summalari.
061-sonli hisobvaraqnnng kreditida quyidagilar aks ettiriladi:
a) o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha respublika byudjetiga berilishi lozim bo’lgan summalar;
b) o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha qarzlarni to’lash uchun respublika byudjetidan kelib tushgan summalar;
v) o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha xarajatlarni to’lashda hisobga olingan va yuqori byudjetga o’tkazish lozim bo’lgan ortiqcha daromadlar summalari;
g) o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha mahalliy byudjetlar hisobiga to’g’ri keladigan summalarda hisobga olingan, respublika byudjetidan olingan byudjet ssudalarining summalari;
d) respublika bo’ysunishidan mahalliy bo’ysunishga o’tkazilgunga qadar korxona va tashkilotlarning respublika byudjeti bo’yicha ochilgan byudjet mablag’ ajratmalari summalari.


“Respublika byudjeti bilan o’zaro hisob-kitoblar” 061 Dt Kt
A) respublika byudjetidan o’zaro A) o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha hisob-kitoblar bo’yicha olinishi lozim respublika byudjetiga berilishi lozim bo’lgan summalar; bo’lgan summalar;
B) o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha B) o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha qarzlarni qarzlarni to’lash uchun respublika to’lash uchun respublika byudjetidan kelib byudjetiga o’tkazilgan summalar; tushgan summalar;
V) o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha V)o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha qarzlarni to’lashda hisobga olingan, xarajatlarni to’lashda hisobga olingan va yuqori byudjetdan olinishi lozim yuqori byudjetga o’tkazish lozim bo’lgan bo’lgan dotatsiyalar, ortiqcha daromadlar summalari;
subventsiyalarning summalari. G) o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha mahalliy byudjetlar hisobiga to’g’ri keladigan summalarda hisobga olingan, respublika byudjetidan olingan byudjet ssudalarining summalari;
D) respublika bo’ysunishidan mahalliy bo’ysunishga o’tkazilgunga qadar korxona va tashkilotlarning respublika byudjeti bo’yicha ochilgan byudjet mablag’ ajratmalari summalari


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling