Dunyo nega bunaqa


Bugun obod har mahallang har ko’chang


Download 81.19 Kb.
bet7/10
Sana13.05.2023
Hajmi81.19 Kb.
#1455476
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
QALB GAVXARI

Bugun obod har mahallang har ko’chang
Fayzga to’la har mavzeyu har go’shang
Tarix bo’ldi endi o’tmishing kechang
Yigirma besh yoshdasan jonajon yurtim
Senga jonim fido onajon yurtim


Bugun o’zbek kimligin mana jahon ko’rmoqda
Farzandlaring bayrog’ingni ko’klarga ko’tarmoqda
Kundan kunga quvonching yana ortib bormoqda
Yigirma besh yoshdasan jonajon yurtim
Senga jonim fido onajon yurtim


Bugun yurtim har jabhada tenging yo’q
Bozorlaring to’kin sochin kami yo’q
Xalqing shodon ertasidan ko’ngli to’q
Yigirma besh yoshdasan jonajon yurtim
Senga jonim fido onajon yurtim


Dunyo sening noming tanidi bugun
Ezgulik yo’lidan yurganing uchun
Men shoir o’g’lingman kuylamay nechun
Yigirma besh yoshdasan jonajon yurtim
Senga jonim fido onajon yurtim

O’ZBEKISTON VATANIM


Vatan ko’zmunchog’ing bo’lay
Ko’z tegmasin jamolingga
Kerak bo’lsa jonim beray
Kamol qo’shay kamolingga


Tuprog’ingni ko’zga surtib
To’tiyo qilgum nonday
Gard yuqtirmay nomingga
Asrayman seni jonday


Nomingni tilga olsam
Yayrab ketar jon tanim
Har maysayu yaprog’ing
Shifobaxshdur vatanim


Tuprog’ingga bir cho’pni
Sanchsa gullab bog’ bo’lar
Suvingdan ichsa be’mor
Tetiklashib sog’ bo’lar


Sen tanhosan yagonasan
Beqiyossan chamanim
Tenging yo’qdir dunyoda
O’zbekiston vatanim

SOG'INMA…


Men yurgan yo'llarni endi izlama
Men quchgan mexrni endi sizlama

Download 81.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling