Ekologiya va atrof muhit muhofazasi
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
bolishi oqibatida atmosferaning ifloslanishi;
• yer posti qatlamlarining nishablik boyicha siljishi (opirilish, siljish hodisalari); • sunami tolqinlarining qirgoq boyida joylashgan aholi isti- qomat joylarini (shahar va qishloqlar) bosishi va vayron qilishi; • zilzila va sunami roy bergan hududda sanitariya vaziyatining tosatdan yomonlashuvi, yuqumli kasalliklarning tarqalish xavfi; • odamlarga kuchli ruhiy zarbalar berilishi va h.k. Vulqon otilishi tabiatdagi eng ajoyib maftunkor manzara, ayni paytda eng xavfli tabiiy ofat. Yer sayyorasida 4 ming vulqon mavjud bolib, ulardan 540 tasi harakatdagi vulqon hisoblanadi. Kavkazdagi Elbrus (5642 m), Kamchatkadagi Klyuchevskiy (4850 m), shuningdek, Kazbek, Ararat vulqonlari eng baland vulqonlar hisoblanadi. Eng dahshatli va halokatli tabiiy ofat 1883-yilda Yava va Sumatra orollari ortasida Krakatau vulqoni otilishida sodir bolgan. Vul- 155 qon otilishi portlash shaklida yuz bergan va uning gumbirlashi Markaziy Avstraliyada ham (3600 km uzoqlikda) eshitilgan. Vul- qon kullari 80 km balandlikkacha kotarilgan. Vulqon otilishida vujudga kelgan sunami tufayli 36 ming kishi hayotdan koz yumgan. Eng baland vulqon otilishi 1815-yilda Indoneziyaning Sum- bava orolida joylashgan Òambor vulqonida (4000 m) kuzatilgan bolib, atmosferaga 100 km 3 tog jinslari chiqarib tashlangan va chuqurligi 700 m bolgan 6 · 6,5 km olchamli vulqon ogzi paydo bolgan. Òaxminan Fransiya maydoniga teng bolgan hudud os- moni zimistonga aylangan, bir necha on minglab odam qurbon bolgan, ekotizimlar jiddiy shikastlangan. Ekzogen tabiiy ofatlardan toshqin, opi- rilish, portana (dovul-boron, girdob, tofon) va qurgoqchilik birmuncha xavfli hisobla- nadi. Oxirgi yillarda tayfun (Yaponiya, Filippin), tornado (AQSH), suv toshqini (Garbiy Yevropa) kabi katta-kichik tabiiy ofatlar tez-tez roy berib, biosferaga, uning tarkibiy qismi bolgan hududiy ekotizimlarga kuchli salbiy tasirlar korsatilib, juda katta ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy yoqotishlar sodir bolmoqda. Òoshqin daryo, kol yoki suniy suv havzasi sathining ko- tarilishi natijasida quruqlikning muayyan qismini vaqtincha suv bosishi. Òoshqin ekotizimlar biotasi va odamlarga juda katta ziyon keltiradi. Otgan asrning oxirlarida Hindiston, Peru, Bangladesh, Xitoyda sodir bolgan katta toshqinlar oqibatida har birida kamida 2 ming nafardan odam halok bolgan. Daryo toshqinlari natijasida katta maydonlarni suv bosadi, odamlar halok boladi, xojalik ishlari toxtaydi. Masalan, 1824-yilda Rossiyaning Peterburg shahrida roy bergan toshqin natijasida suv sathi 410 sm kotarilgan, 208 nafar odam halok bolgan, 3600 bosh qoramol chokib qolgan, 3 ming imorat zararlangan, 94 kemadan 12 tasi butun qolgan. 2002-yilda Rossiyaning Kuban va Krasnodar olkalarida ham kuchli suv toshqinlari kuzatilgan. 2013-yilda Ros- siyaning Uzoq Sharq hududida sodir bolgan katta suv toshqini misli korilmagan halokat bolib, mahalliy tabiiy va antropogen ekotizimlar jiddiy zararlangan, juda katta ijtimoiy-iqtisodiy yo- qotishlar yuz bergan. Ekzogen tabiiy ofatlar 156 Dengiz toshqinlari qirgoqboyi hududlarini suv bosishi bilan tavsiflanadi. Bunday toshqinlar Niderlandiyada, Germaniyaning shimoliy qismida, Janubi-sharqiy Osiyo va Meksika korfazi qir- goqlarida tez-tez kuzatiladi. Masalan, 1970 va 1988-yilda Ben- gal korfazida (Bangladesh) katta dengiz toshqinlari roy berib, 7500 km 2 maydon suv tagida qolgan (1970-yildagi suv toshqi- nida 1 mln.dan kop odam halok bolgan). 1953-yilda Shimoliy dengiz qirgoqlarida ham katta suv toshqini sodir bolgan. Dengiz suv toshqinlari natijasida odamlar, hayvonlar, ba- liqlar, qishloq xojaligi ekinlari, boglar, uzumzorlar nobud bo- ladi, tuproqning unumdor qatlami yuvilib, meliorativ holati yomonlashadi, unda tuzlar miqdori kopayib, qishloq xojaligi ekinlari hosildorligi pasayadi. Òropik portanalar (dovul-boron, girdob, tofon), asosan, tropik kengliklarda paydo boladi va katta tezlikdagi havo massalari- ning (shamollar) harakatlanishida namoyon boladi. Dengizdan quruqlikka yonalgan tropik portanalar kuchli jala va momaqal- diroqli baland tolqinlar bilan tavsiflanadi. Dunyoning turli mam- lakatlarida tropik portanalar turlicha nomlanadi: Amerikada dovul va siklon deb, Janubi-sharqiy Osiyo va Uzoq Sharqda tayfun deb, Hindiston va Bangladeshda siklon deb yuritiladi. Òropik portanalar kopincha Sariq dengiz va Filippin orollari hududlarida paydo boladi. 1988-yilda Vyetnamda, 2013-yilda Filippinda roy bergan portanalar juda katta tabiiy va iqtisodiy yoqotishlarga olib kelgan. Òropik bolmagan (notropik) portanalar tropik kengliklardan tashqarida, okeanlar ustida paydo bolib, 30 m/s.dan yuqori tezlikda harakatlanadigan dovul (boron) va girdoblardir. Ular tashqaridan qaraganda katta tezlik bilan harakatlanayotgan haybatli qora bulutlarga oxshaydi. Atlantika okeanida shimoliy sovuq havo oqimi bilan janubiy issiq havo oqimi ozaro aralashib, Islandiya hududida paydo boladigan va materik tomon harakatlanadigan «golland dovuli» katta vayronalik keltiradi. U Yevropada toshqinlar va qor boron- larini keltirib chiqaradi. Masalan, 1999-yilning dekabr oyida Yevropaning shimoli-garbiy qismida halokatli dovul paydo bo- 157 lib, shamol tezligi 45 m/s.ni tashkil qilgan; odamlar halok bol- gan, binolar shikastlangan, ormonlar va uzumzorlarga katta ta- lafot yetkazilgan; daraxtlar ildizi bilan qoporilgan, elektr uzatish tizimlari yakson etilgan va h.k. Qurgoqchilik yoginlarning yoqligi yoki juda kamligi oqi- batida tuproq va havoda nam yetishmasligi bilan tavsiflanadigan yuqori haroratli quruq ob-havoning uzoq vaqt davom etishi. Yoginlar havodagi bulutlardan yogiladigan yoki yer yuzasi va qandaydir predmetlarga inadigan suyuq yoki qattiq shakldagi suvlar. Yoginlar, asosan, shudring, qirov, yomgir, jala, dol va qor korinishida boladi. Yoginlar Yer sayyorasida suv aylani- shining muhim boginlaridan biridir. Yoginlarning kop yillik, yillik, mavsumiy, oylik miqdori, ularning yer yuzasida taqsim- lanishi, davom etishi, takrorlanib turishi va jadalligi muayyan hududlar iqlimini tavsiflovchi muhim korsatkichlar hisoblanadi. Yer sayyorasida yiliga ortacha 1000 mm; chol hududlariga esa 250 mm.dan kam yoginlar tushadi. Ozbekistonda, xususan, Orolboyi mintaqasida iqlim oz- garishlari va qurgoqchilikni ifodalaydigan muhim ekologik me- zonlardan biri yoginlar hisoblanadi. Yoginlar miqdori atmosfera havosining tozaligi hamda tabiiy ekotizimlar (toqaylar, kollar, yaylovlar va h.k.) va antropogen ekotizimlar (ekin dalalari, boglar va h.k.) hayot faoliyati uchun nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. Orolboyi mintaqasi nafaqat Ozbekiston yoki Markaziy Osiyoda, balki Yer sayyorasidagi eng qurgoqchil olkalardan biri bolib, yiliga ortacha 100 mm atrofida va undan kam yogin tu- shadi. Mazkur hududda qurgoqchilik paytida tuproqning kuchli shorlanishi va yemirilish jarayonlari kuchayadi, suv havzalaridagi suv hajmi kamayadi. Hududda yoginlar bolmagan yoki kam bolgan yillarda dehqonchilik va chorvachilik samarasi pasayib, tabiiy-ekologik tizimlarning shikastlanishi kuzatilgan. Xususan, kop yillik ortacha yogin miqdoriga nisbatan 19951997-yil- larda, 20002001-yillarda, 20072008-yillarda yogin miqdo- rining kamayish holatlari kuzatilgan. Qurgoqchilik paydo bolishiga quyidagilar tasir korsatadi: 1) kuzda yetarli miqdorda yogin yogmaslik; 158 2) qorsiz (yoki kam qorli) qish; 3) erta bahorda namning shimilishi uchun noqulay sharoit bolishi; 4) bahorning oxiri va yozning boshlanishida yoginlarning kam yogishi. Antisiklonlar yoginsiz, kam bulutli va quyoshli ob-havo qurgoqchilik boshlanishidan darak beradi. Uzoq muddatli qattiq qurgoqchilik ogir ekologik oqibatlarga olib keladigan ofat bolib, uning tasirida tabiiy ekotizimlar tanazzulga yuz tutadi, hayvonlarning tur sonida keskin ozgarishlar yuzaga keladi, osimliklar nobud boladi, biologik mahsuldorlik boy beriladi, muayyan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda esa ocharchilik yoki odamlarning ommaviy nobud bolishi kuzatilishi mumkin. Masalan, 19601970-yillarda Afrikada kuchli qurgoqchilik roy berib, 1,2 mln odam nobud bolgan. Aynan shu qitada 1984 1985-yillarda ham qattiq qurgoqchilik kuzatilgan. Sayyoramiz aholisi va atrof-muhitga opirilish-siljish, kochki va sel oqimi kabi tabiiy ofatlar doimo tahdid solib turadi. Bu hodisalar muayyan hududlarning relyef tuzilishiga bogliq bolib, ayniqsa, togli hududlarda tez-tez sodir boladi. Ogir oqibatli opirilish-siljish va kochki hodisalari 1987-yilda Ne- palda, 1988-yilda Shveysariyada, 1989 va 1998-yillarda Shimoliy Kavkazda, 1985-yilda Kolumbiyada sodir bolgan. 1. Qanday hududlar favqulodda ekologik vaziyatli zonalarga kiradi? 2. Nima uchun har qanday harbiy harakat atrof-muhitdagi ekologik va- ziyatni ozgartiradi? 3. Kimyoviy qurolning atrof-muhitga tasiri nimalarda namoyon boladi? 4. «Ekotsid» tushunchasi nimani ifodalaydi va u qachon paydo bolgan? 5. Òexnogen ekologik halokatlar nima sababdan roy beradi va ularga mi- sollar keltiring. 6. Òabiiy ofatlar kelib chiqishiga kora qaysi turlarga bolinadi? 7. Qurgoqchilik nima? 8. Orol dengizi va Orolboyi ekologik tanazzuli texnogen halokatmi yoki tabiiy ofat? ? NAZORAT SAVOLLARI 159 V bolim. ATROF-MUHITNING EKOLOGIK HIMOYASI VA MUHOFAZASI 19-bob. ATROF-MUHIT MUHOFAZASI VA TABIATDAN TOGRI FOYDALANISHNING ASOSIY TAMOYILLARI Tabiat muhofazasi goyalarining shakl- lanish tarixida bir necha uzviy bosqich- larni ajratib korsatish mumkin: «tur muho- fazasi» «qoriqxona muhofazasi» «resurs- lar muhofazasi» «tabiat muhofazasi» «ta- biiy resurslardan togri foydalanish» «yashash muhiti muho- fazasi» «atrof-muhit muhofazasi». Shunga mos ravishda «ta- biatni muhofaza qilish faoliyati» tushunchasining mazmun- mohiyati ham kengayib va chuqurlashib borgan. Òabiat muhofazasi atmosfera, osimlik va hayvonot dunyosi, tuproq, suv va yerostini himoya qilishga yonaltirilgan davlat va ijtimoiy chora-tadbirlar majmuyi. Òabiiy boyliklardan jadallik bilan foydalanish tabiatni muhofaza qilish faoliyatining yangi turini tabiiy resurslardan togri foydalanish zaruriyatini kel- tirib chiqardi. XX asr ortalarida tabiatni muhofaza qilishning yana bir shakli odamning yashash muhitini muhofaza qilish vujudga kelgan. Bu tushuncha mohiyatan tabiatni muhofaza qilish tu- shunchasiga yaqin bolib, uning markaziga odam, uning hayoti, salomatligi va farovonligi uchun qulay tabiiy sharoitlarni saqlash va shakllantirish qoyiladi. Atrof-muhit muhofazasi tabiat va inson ozaro munosaba- tining zamonaviy shart-sharoitlarda paydo bolgan yangi shakli bolib, hozirgi va kelgusi avlodlar uchun mavjud ekologik uyush- malar va tabiiy resurslarni saqlash va xuddi shunday tiklashga hamda tabiat va jamiyatning ozaro uygun aloqadorligiga yo- naltirilgan davlat va ijtimoiy chora-tadbirlar (texnologik, iqtisodiy, mamuriy-huquqiy, marifiy, xalqaro) tizimi. Keyingi paytlarda «atrof-muhit himoyasi» termini ham keng ishlatilmoqdaki, uning mazmun-mohiyati «biosfera muhofazasi» Tabiat va atrof-muhit muhofazasi haqida tushuncha 160 atamasiga yaqin keladi, yani biosferaning tadrijiy tuzilmasi va meyoriy faoliyatini qollab-quvvatlash maqsadida uning tarkibiy qismlariga (atmosfera, gidrosfera, tuproq qoplami, litosfera, osimliklar va hayvonot dunyosi) nomaqbul antropogen yoki ta- biiy tasirlarni yoqotishga yonaltirilgan, milliy va xalqaro miqyos- larda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar tizimi. Atrof-muhit muhofazasi tabiatdan foy- dalanish bilan mustahkam boglangan. Òabiatdan foydalanish tabiiy sharoit va resurslarning xilma-xil turlaridan foydala- nish yoli bilan jamiyatning moddiy va madaniy ehtiyojlarini qondirishga yonaltirilgan ijtimoiy ishlab chiqarish faoliyati. Òabiatdan foydalanish quyidagilarni oz ichiga oladi: 1) tabiiy resurslardan mahsulotlar olish va foyda korish, ularni muhofaza qilish va qayta tiklash; 2) inson yashash muhitining tabiiy sharoitlarini saqlash va ulardan foydalanish; 3) tabiiy tizimlardagi ekologik muvozanatni saqlash, tiklash va togri ozgartirish; 4) odam va ular sonining kopayishini tartibga solish. Òabiatdan foydalanish notogri va togri bolishi mumkin. Òabiatdan notogri foydalanish oqibatida tabiiy resurslarni saq- lash imkoniyati taminlanmaydi, tabiiy muhit sifati yomonla- shadi, tabiiy tizimlarning ifloslanishi va ishdan chiqishi kuzatiladi, ekologik muvozanat buziladi va ekotizimlar yemiriladi. Òabiatdan togri foydalanish deyilganda tabiiy boyliklardan ekotizimlar- ning oz-ozini tartibga solish va qayta tiklanish xususiyatini past darajada buzgan holda tabiiy resurslarni yuqori darajada saqlash imkoniyatiga erishiladigan ilmiy asosli majmuaviy foydalanish tushuniladi. Atrof-muhit muhofazasi muammolari rivojining hozirgi bos- qichida yangi tushuncha ekologik xavfsizlik tushunchasi paydo boldi. Ekologik xavfsizlik insonning qulay atrof-muhitga ega bolish huquqi, uning ekologik himoyalanganlik holati. Òabiatdan Tabiatdan foydalanish haqida tushuncha 161 notogri foydalanish oxir-oqibat ekologik tanazzulga olib keladi, undan tabiiy muvozanatni saqlagan holda togri foydalanish esa mazkur tanazzuldan qutulishni taminlaydi. Umumiy ekologik tanazzuldan qutulish hozirgi davrning eng muhim ilmiy va amaliy muammosi hisoblanadi. Bu muammo ustida dunyoning minglab olimlari, siyosat va jamoat arboblari, mutaxassislar bosh qotirishmoqda. Asosiy vazifa atrof-muhit inqirozining oldini olish va jamiyatni barqaror taraqqiyot yoliga olib chiqishga imkon beruvchi ishonchli chora-tadbirlar tizi- mini ishlab chiqish va amalga oshirishdan iborat. Qandaydir faqat bitta, masalan, texnologik vositalar (tozalash inshooti, chiqindisiz texnologiya va h.k.) bilan muammoni yechishga urinish mohiyatan zarur natijalar bermaydi. Ekologik tanazzul tabiat bilan odamning uygun birligi va rivojlanishida, mavjud muammolarga majmuaviy yondashish asosida bartaraf etilishi mumkin. Òarixiy taraqqiyot davomida tabiatning dastlabki tabiiy-resurs imkoniyatlari uzluksiz kamayib boradi. Shunday ekan, ularga eh- tiyotkorona munosabatda bolish, ilmiy-texnika imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanish talab etiladi. Yana bitta eng muhim ekologik qoidaga amal qilish lozim: atrof- muhitning tarkibiy qismlari atmosfera havosi, suv, tuproq va shu kabilarni alohida (ayrim holda) emas, balki bir butun, yaxlit ekologik tizim sifatida muhofaza qilish kerak. Faqat shunday yondashuv asosida landshaftlarni, osimliklar va hayvonlarning genetik zaxirasini saqlash mumkin. «Òabiatni muhofaza qilish togrisida»gi Qonunga muvofiq atrof-muhit muhofa- zasi va tabiatdan foydalanishning asosiy tamoyillari va qoidalari quyidagilarni oz ichiga oladi: • insonning yashash muhiti bolmish biosfera va ekologiya ti- zimlari barqarorligini saqlab qolish, odamlarning ekologik jihat- dan xavfsizligi, inson va uning kelgusi avlodlari genetik fondi ha- qida gamxorlik qilish; Atrof-muhit muhofazasi va tabiatdan foydalanish qoidalari 162 • fuqarolarning hayot uchun qulay tabiiy muhitga ega bolish huquqini taminlash, barcha turdagi talim muassasalarida eko- logiya oquvining majburiyligi; • jamiyatning ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini il- miy asoslangan holda uygunlashtirish; • tabiatdan maxsus foydalanganlik uchun haq tolash va umu- miy asoslarda foydalanganlik uchun haq tolamaslik; • ekologiya ekspertizasi otkazishning majburiyligi; • tabiatdan oqilona foydalanishni va tabiatni muhofaza qilishni ragbatlantirish; • tabiiy resurslarni tiklash zarurligi, atrof tabiiy muhit va inson sihat-salomatligi uchun zararli, tiklab bolmas oqibatlarga yol qoymaslik; • tabiatni muhofaza qilish vazifalarini hal etishda osh- koralik; • tabiatni muhofaza qilish sohasida milliy, mintaqaviy va xalq- aro manfaatlarni uygunlashtirish; • tabiatni muhofaza qilish qonunlari talablarini buzganlik uchun javobgar bolish. Atrof-muhit muhofazasi va tabiatdan foy- dalanishning asosiy tamoyillari va qoidalari- dan kelib chiqilgan holda ijtimoiy-ekologik faoliyat yonalishlarini shartli ravishda quyi- dagilarga ajratib korsatish mumkin: 1. Suv resurslari muhofazasi va undan togri foydalanish bo- rasidagi ekologik faoliyat: • yerusti va osti suvlarini ifloslanishdan muhofaza qilish; • suvni tejaydigan va undan oqilona foydalanish tizimini joriy etish; • oqova suvlarni tozalashning samarali usullarini ishlab chi- qish va amaliyotga tatbiq etish; • suvdan foydalanishda iqtisodiy mexanizmlarni joriy etish; • suv resurslarini samarali boshqarish boyicha monitoring tizimini joriy etish; • aholining suv resurslaridan togri foydalanish va unga masuliyatli munosabatda bolish madaniyatini oshirish. Ekologik faoliyatning asosiy yonalishlari 163 2. Yer resurslari muhofazasi va undan togri foydalanish bo- rasidagi ekologik faoliyat: • yer (tuproq) resurslarini ifloslanishdan muhofaza qilish; • yerdan oqilona foydalanish qonunchiligini takomillashtirish; • qishloq xojaligi yerlarining unumdorligini oshirish; • yerdan foydalanishni tartibga solishni takomillashtirish; • yerdan foydalanishda iqtisodiy mexanizmlarni keng qollash; • qishloq xojaligi ekinlari kasalliklariga qarshi kurashning eko- logik xavfsiz biologik usullarini joriy etish; • yer resurslarini samarali boshqarish boyicha monitoring ti- zimini yolga qoyish; • aholining yer resurslaridan togri foydalanish va unga masuliyatli munosabatda bolish madaniyatini yuksaltirish. 3. Atmosfera havosi muhofazasi va uning ifloslanishini kamay- tirish borasidagi ekologik faoliyat: • sanoat, transport, qishloq xojaligi va maishiy ishlab chiqa- rishda atmosfera havosi ifloslanishiga sababchi boladigan ekolo- gik omillarni qatiy hisobga olish; • atmosfera havosi ifloslanishiga yol qoymaydigan faoliyat turlarini yuqori darajada ragbatlantirishning iqtisodiy vositalarini keng qollash; • atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida ekologik qo- nunchilikni takomillashtirish; • tiklanmaydigan ananaviy yonilgi turlaridan tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishga izchil otish; • transport vositalarini ekologik tekshiruvdan otkazish tizimini keng joriy etish; • atmosfera havosi sifatini kuzatish boyicha monitoring tizi- mini yolga qoyish; • aholining atmosfera havosini muhofaza qilish va unga masuliyatli munosabatda bolish madaniyatini yuksaltirish. 4. Biologik xilma-xillikni saqlash va cholga aylanish jarayoniga qarshi kurash borasidagi ekologik faoliyat: • tabiiy-ekologik tizimlarni, tabiiy osimliklar va hayvonot turlarini muhofaza qilish; 164 • qoriqlanadigan tabiiy hududlar tizimini tuzilmaviy qayta tiklash va takomillashtirish; • muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kadastrini yuritish; • muhofaza etiladigan kamyob va yoqolib borayotgan osimlik va hayvonot dunyosi turlari ustidan nazoratni kuchaytirish; • suv resurslarini taqsimlash, yerlarni ozlashtirish va yaylov- larni kengaytirish orqali cholga aylanishning oldini olish; • keng kolamda ihota daraxtzorlarini tashkil etish (fitome- lioratsiya); • biologik xilma-xillikni saqlash va cholga aylanish jarayoni boyicha monitoring tizimini yolga qoyish; • aholining biologik xilma-xillikni saqlash va cholga aylanish jarayonining oldini olish boyicha masuliyatini yanada oshirish. 5. Atrof-muhitning chiqindilar bilan ifloslanishining oldini olish borasidagi ekologik faoliyat: • ishlab chiqarishda (xojalik yuritishda) va turmushda chiqitsiz va kam chiqitli texnologiyalarni keng joriy etish; • chiqindilar toplanishi, ularni tashish va qayta ishlash texni- kasi va texnologiyasini tubdan takomillashtirish; • chiqindilarni saqlash, komish va ulardan foydalanish bo- yicha davlat kadastrini ishlab chiqish va joriy etish; • chiqindi chiqarmaslik va ularni qayta ishlash tarmoqlarini yuqori darajada ragbatlantirishning iqtisodiy mexanizmlarini joriy etish; • atrof-muhitning ishlab chiqarish va istemol chiqindilari bilan ifloslanishi boyicha monitoring tizimini yolga qoyish; • aholining chiqindilar bilan togri munosabatda bolish madaniyatini yuksaltirish. 6. Òabiiy resurslardan togri foydalanish borasidagi ekologik faoliyat: • tabiiy resurslardan bioekologik muvozanatni buzmasdan, belgilangan tegishli meyorlar doirasida foydalanish va qayta tiklanadigan tabiiy resurslarni qayta tiklash ishlarini amalga oshirish; • yer resursidan (tuproqdan) uning unumdorligini pasaytir- magan holda tabiiy va madaniy landshaftlarni vujudga keltirishda foydalanish; 165 • qazilma boyliklar va ularga qoshilib chiqadigan boshqa tabiiy resurslardan majmuaviy va oqilona foydalanishni taminlash, shuningdek, yerosti boyliklari ifloslanishining oldini olish; • foydali qazilma konlari ornida va ular atrofidagi buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish; Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling