Eksperimental psixologiya


Download 1.01 Mb.
bet36/124
Sana22.10.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1716157
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   124
Bog'liq
2 5307842827755991336

Hujjatli ma’lumotlarda
aniqlik muammosi

Hujjatning haqiqiy ekanligini, undagi ma’lumotlarning ishonchliligi bilan qo’shmaslik kyerak bo’ladi. Ma’lumotning ishonchliligi birinchi navbatda hujjatning manbasiga bog’liq bo’ladi. Turli manbalar byerilayotgan ma’lumotlar ishonchliligida o’ziga xos tobyelik darajasiga ega bo’ladi. Hamma hollarda birlamchi ma’lumotlar ikkinchisiga nisbatan ishonchliroqdir. SHuning uchun rasmiy, shaxsiy hujjat, birinchi qo’ldan olingani uchun, boshqa hujjatlar asosida tayyorlangan norasmiy, noshaxsiy hujjatga ko’ra ishonarli va asosli bo’lib qoladi.


Ikkilamchi hujjatlarni ishlatishdan oldin ularning birlamchi manbasini aniqlash muhim. Bu ikkilamchi ma’lumotlarning xatolik darajasini aniqlash uchun qilinadi.
Maqsadga qaratilgan hujjatlar, tadqiqotchi tomonidan ryejalashtirilgan bo’lib, u shu vaziyatda ishonchli bo’lishi mumkinki, qachonki agarda oldindan boshlangan jarayon, yuqorida ko’rsatilganlaridyek, mustaqil birlamchi ma’lumotni axtarishda, ikkinchi marta manbaga yuzlanish, ma’lumotni ishonchli ekanligini yana bir bor ko’rsatib byerishdan iborat bo’ladi.
Hujjatlar bilan ishlaydigan tarixchilar, psixologlar ma’lumotlarning haqqoniylik darajasini aniqlash uchun bir qancha usullar ishlab chiqishgan. Hujjat ma’lumotlari mohiyatidan kyelib chiqqan holda ushbu usullar tuzilgan.
Hujjat bilan ishlashning birinchi «Oltin qoidasi» bu «voqyea», hodisani aniq, ravshan farqlay olish va to’g’ri baholashdir. Fikr va baholar daliliy ma’lumotga nisbatan qiyoslaganda, kam ishonchli va nomustahkamdir. Fikr va baho bildirilgan hujjatlarning ko’pchiligida vaziyatning biror bir xususiyati yozilmaydi. Biroq konkryet vaziyat, byerilgan fikr va bahoning ma’nosini ochishda kalit bo’lib xizmat qiladi.
Kyeyinchalik hujjat tuzuvchi qanday maqsad sari intilgani tahlil qilish lozim. Bu haqiqatni ochishga imkon byeradi. Masalan, hujjat muallifi, byerilgan vaziyatni o’zining tasavvuri bilan izohlaydi. Biroq biz ma’lumot to’plashda, misol uchun, tyekshirish komissiyalari xulosalaridan foydalansak, umuman boshqa tasavvur kyelib chiqadi. Ushbu hujjatlarni asosiy tyekshirish maqsadi, aynan tushib yuborilgan yoki yozilmagan fikrlarni, umuman hujjatning xato tomonlarini topishdan iborat.
SHuni bilish kyerakki, tuzuvchi hujjat bilan ishlayotganda qaysi maqsad bilan birlamchi ma’lumot olgan. Hammaga ma’lumki, «birinchi qo’l» dan olingan ma’lumot noaniq manbadan olingan ma’lumotga nisbatan ishonchli.
Agar hujjatda statistik guruhiy ma’lumot mujassam bo’lsa, unda birinchi navbatda klassifikatsiya nyegizini ochish lozim. Izlanish maqsadiga qarab yoki shunga asoslanib ma’lumotlarni boshqa nyegizdan qayta guruhlashtirish ham ehtimoldan xoli emas.
Nihoyat, shuni yaxshi bilib olish kyerakki, tuzilgan hujjatning umumiy ahvoliga e’tibor byerish lozim. Masalan, u ob’yektivlikka tomon yondashilganmi yoki aralash axborot birlashib biror tomon manfaati oldinga surilganmi?
Tadqiqotchi shaxsiy hujjatlar (avtobiografiya, kundalik, myemuar, xat) bilan ishlaganda o’ziga xos ziyraklikni ko’rsatishi lozim. quyida shaxsiy hujjatlardagi ma’lumotlarning ishonchli bo’lish shartlari byerilgan.
Muallif hujjatlari, qiziqishlari inobatga olinmagan ta’limotlarga ishonish mumkin yoki muallifga ma’lum bir zarar yetkazmasa, muallif ma’lumotlarni qayd qilayotgan vaqtda, ushbu ma’lumot hammaga ma’lum bo’lsa, hujjat muallifi nuqtai nazari bilan yo’g’rilgan hodisa tafsiloti bo’lmasa, shu bilan birga muallifning salbiy xayrixohligi bilan qoralaydigan ma’lumotlar bo’lsa ushbu hujjatga ishonish mumkin. SHaxsiy hujjatlarning axborot ishonchligi-hujjatning haqiqiyligini tyekshirish, tahlil motivi, istak, uning tuzilishi, shart-sharoitlari, muallifning maqsad yo’l-yo’riqlari, u ishtirok etgan hodisalar, uni o’rab turgan muhit xaraktyeri faktorlariga ko’proq tayanadi.
Hujjatlarning an’anaviy (klassik) tahlili hujjat bilan tanishish yoki o’qib yangi bilimga ega bo’lishdan farqli o’laroq bu tadqiqot myetodi bo’lib, har qanday ilmiy tadqiqotda bo’lgani kabi aniq faraz ishlab chiqadi, tahliliy ma’lumotni to’liq o’rganadi, matn mantig’i, asoslanishi va ma’lumot ishonchliligiga tayanadi. Bu tahlil usuli hujjatning ichiga kirib, to’liq mohiyatini o’rganishga harakat qiladi. An’anaviy tahlil intyensiv tahlil hamdir. Qo’shimcha qilib aytish mumkinki, bunda tadqiqotchining tajribasi, bilimdonlik darajasi va ehtiroslari katta rol o’ynaydi.



Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling