Eksperimental psixologiya


Download 1.01 Mb.
bet37/124
Sana22.10.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1716157
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   124
Bog'liq
2 5307842827755991336

Hujjatli ma’lumotlarni
sifat va miqdoriy tahlili

Hujjatlar bilan ishlashning asosiy murakkab tomoni ma’lumotlarni tadqiqot farazi asosida o’qiy olishdan iborat. Axir hujjat psixologlarning tyekshirilishi uchun tuzilmaydi. SHuning uchun hujjatlar matyeriallarini mohiyatan tahlil qilishdan oldin, psixolog tadqiqot tayanch tushunchalari, byelgi (indikator)larini topishda chuqur izlanish olib borishga majbur bo’ladi.


Hujjatlarning sifat tahlili barcha miqdoriy opyeratsiyalar uchun zaruriy shart-sharoit hisoblanadi. Ammo matnlar kvantifikatsiyasi hamma vaqt ham maqsadga muvofiq kyelavyermasligini inobatga olish zarur.
Qanday hollarda miqdoriy tahlilga murojaat qilish kyerak emas? Agar hujjatda byerilgan ma’lumotlar yetarli darajada umumiy ishlanmagan va ular noto’liq bo’lsa, shuningdyek, murakkab shaklda tuzilgan bo’lsa miqdoriy tahlilga murojaat qilish kyerak emas.
Matnlarning miqdoriy tahliliga qanday murojaat qilsa bo’ladi? Bu usulning asoschilaridan biri B. Byerilson ta’kidlashicha, avvalambor bu usul bir tartibli ma’lumotlarni taqqoslashda yuqori darajadagi aniqlik muhim bo’lganda qo’llanilishi mumkin. So’ng matyerial ko’pligi uning ustidan ishlashni oqlaydigan darajada ko’p bo’lsa va bu matyeriallar ilmiy sohani o’zida aks ettirsa matyeriallar bilan bog’liq miqdoriy tahlil qo’llanishi mumkin. Matn matyeriallari yetarli bo’lishi bilan birga juda ko’p bo’lsa uni aniq miqdor sonlar bilan byelgilashda kvantifikatsiya (miqdoriy, raqamli tahlil)dan foydalaniladi. Yetarli darajada ya’ni sur’atda (tyezlikda) sifat xaraktyeristikasi namoyon bo’lishi, miqdoriy tahlilni amalga oshirish uchun zamin yaratadi.


Ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda
kontyent-tahlil usuli

«Kontyent» so’zi aloqa va munosabatlar ob’yekti hisoblangan so’zlarga, mazmunga, rasmga, byelgilarga, tushunchalarga, mavzu, sarlavha va boshqa ma’lumotlarga aloqador. «Matn» bu – munosabatlar doirasidagi bayon, ko’rinish yoki yozuv tarzida aks ettirilgan so’zlar majmuasidir. Bu munosabatlar doirasi o’z ichiga kitoblar, ro’znomalar, jurnallar yoki maqolalar, yangiliklar va e’lonlarni, rasmiy hujjatlar, badiy va vidyeo filmlar, qo’shiqlar, foto suratlarni hamda san’at asarlarini qamrab oladi.


Kontyent-tahlil matnning tuzilishini analiz qilgan holda ma’lumotlarni to’plash va yig’ish myetodidir.
Uning asosiy tamoyillarini amyerikalik psixologlar X.Lassuel va B.Byerilsonlar ishlab chiqishgan. Kontyent-tahlil jarayonlarini rivojlantirishda Rossiya va Estoniya psixologlari, asosan A.N.Alyeksyeyev, YU.Vooglayd, P.Vixalyem, B.A.Grushin, T.M.Dridzye, M.Lauristinlar muhim hissa qo’shishdi.
Kontyent-tahlilning asosiy jarayonlari uning mazmun birliklarini aniqlashda bohlanadi:

  1. Alohida atamalarda ifodalangan tushuncha. Bu tushunchalar iqtisodiy sohada bo’lishi mumkin: xususiy mulk shallari, xususiylashtirish, moliyaviy tizim, pul munosabatlari, tyexnik taraqqiyot, xo’jalik usullari, boshqaruvni optimallashtirish va boshqalar; siyosiy mazmundagi atamalar: muxolifat va boshqaruv doiralari, millatchilik va intyernatsionalizm, avtoritarizm, dyemokratiya, xalqaro hamkorlik, konsyensus, manfaatlar qarama-qarshiligi, axloqiy yoki huquqiy ramzlar, inson huquqi, gumanizm, faollik, tashabbuskorlik, qonun buzilishi, jinoyatchilik, korruptsiya; imiy mazmunda: modyel, tizim, kosmik bo’shliq va xokazolarda namoyon bo’ladi. Ma’lumki matn tahlili o’z mazmuniga ko’ra ko’plab muhim ijtimoiy ma’lumotlarni aks ettiradi. Masalan: fan va tyexnika oid ilmiy-tyexnikaviy yangiliklar ma’lumotlar manbai tushunchalarni qo’llash darajasi, tyezligi bilan bog’liq.

  2. Maqolalarda, matn parchalarida, abzatslarda aks ettirilgan to’liq mazmunlar, radio eshittirishlar va boshqalarda ifodalangan mavzu.

Hujjat mazmunini uning mavzusi asosida yanada to’laroq anglash mumkin. Tashabbuskorlik va syerayratlik, byurokratizim va makazlashuvga qarshi kurash, inson huquqlar hamda qonuuchilikga rioya qilish, fuqarolik jamiyatida ijtimoiy adolat va tyeng huquqlilik mavzulari yoki davlatni mustahkamlash, markazlashuv, intizom va har qanday dushman bilan kurashish mohiyati ommaviy axborot vositalarida dolzarb muammolar sifatida siyosiy-g’oyaviy holatlar yoritilayapdi. Bunday holatlar shaxsiy hujjatlarda, o’zi va yaqinlari haqida, ishlab chiqarish, siyosat hamda san’atda ham namoyon bo’ladi.

  1. Tashkilot va muassasalar, ijtimoiy institutlar, partiya va ijtimoiy harakatlar lidyerlari, ishlab chiqarish tashkilotchilari, taniqli fan va san’at arboblari, siyosatchilar, tarixiy shaxslar nomlari.

Guruhlar, jamoa birlashmalari, allohida shaxslar yoki ijtimoiy institutlar jamoatchilik fikriga ushbu xususiyatlar asosida ta’sir etishi mumkin. Ijtimoiy harakat va uning faollari tyez-tyez tilga olinishi yoki aksincha olinmasligidan ushbu harakat, uning lidyeri faoliyati haqida osongina xulosa chiqarish imkoniyatini byeradi.

  1. Tahlil birligi sifatida yaxlit ijtimoiy hodisalarni, rasmiy hujjatlarni, dalillar va voqyealardagi xolatlarni qabul qilish mumkin. Ijtimoiy voqyealar yoki davlat qarorlarining uzoq davr mobaynida yodda saqlanishi jamiyatga zarurligidan guvohlik byeradi.

  2. Ryeklama maxsulotidan foydalanuvchi, siyosiy yoki boshqa bir harakat tarafdori bo’lgan fuqaro manziliga qaratilgan shikoyatni yuborishdan maqsad, tijorat ryeklamalarida Estoniyalik psixolog M.Lauristin ommaviy munosabatlarni o’rganishdan kontyent-tahlilning ob’yekti va pryedpyeti sifatida quyidagi vazifalarni qo’llash mumkinligini ta’kidlaydi.

    1. Haqiqatning muammoli tomonlari, aksi.

    2. Ijtimoiy institutni namoyish etuvchi va maqsadli aloqalarini amalaga oshiruvchi soha.

    3. Auditoriyaning ommaviy aloqaga bo’lgan ehtiyojini qoldirish sohasi.

    4. Munosabatlar va auditoriyaning o’zaro ta’siri xududi.

So’ngra sanab o’tilgan har bir aspyektga to’g’ri kyeladigan byelgilar sistyemasi ochib chiqiladi. Masalan, birinchi aspyektga ryeallikni aks ettirishi uchun quyidagi vazifalar qo’yiladi:
a) voqyea va hodisalarni tiklab qayta qurish;
b) ommaviy aloqa vositalarining vyeqyeilikni aks ettiradigan qonuniyatini o’rnatish.
Matndagi byelgi va xususiyatlarni kotyent-tahlil orqali ularning miqdoriy tuzilmasini sistyematik va ob’yektiv hisob-kitob qilish usuli yordamida ma’lumotlar olinadi. Markoffa, SHapiro va Vyeytmanlarning fikrlariga ko’ra kotyent-tahlilni «kodlashtirilgan mant» dyeb atash to’g’riroq bo’ladi. Kotyent-tahlilning sifatli va intyerpritativ yo’nalishlari mavjud bo’lib, ammo matn mazmunidagi miqdoriy ma’lumotlar asosiy o’rin kasb etadi.
Sifatli kotyent-tahlil pozivistik yondashuv vakillari tomonidan unchalik yuqori baholanmaydi. Bu yo’nalish fiministik va tanqidiy yondashuv tadqiqotchilari tomonidan qo’llab quvvatlangan. Miqdoriy yo’nalish tarafdorlari gohida sifatli kotyent-tahlil usulidan foydalanib tadqiqotni ishonchliligini ta’minlaydilar.
Kotyent-tahlil so’rovsiz tadqiqot usuli bo’lib, undagi byelgilarni, so’zlarni kiritish jarayonida tadqiqotchining sub’yektiv ta’sirisiz ma’lumotlarni o’rganuvchi va qabul qiluvchilar o’rtasida aloqani ta’minlaydi.
Kotyent-tahlilda matnni oddiy o’qib chiqishdan farqli o’laroq uni tizmli tarzda muntazzam tadrtibga o’tkazishga va mazmun mohiyatiga yetiishga chorlaydi. Bundan tashqari matndagi yashirin ma’noga ega so’zlarni, ma’lumotlarni aniqlash mumkin. Kotyent-tahlil o’zida tasodifiy tanlovni, aniq baholashni va mavhumlashgan Ekspyerimyental harakatlarni bir vaqtda mujassamlashtirgan. Kodlashtirish – miqdoriy ko’rsatkichlarni, matndagi xususiyatlarni byelgi yoki sonlar bilan almashtirib byelgilab qo’yishdir.
Muammoni ifodalash ko’plab tadqiqotlar kabi kontyent-tahlil myetodi ham muammoni ifoda etishidan boshlanadi. U o’z navbatida ramzlar yoki axborotlarda o’z aksini topgan o’zgaruvchanlikda qo’l kyeladi. Misol tariqasida gazyetalarda siyosiy kompaniyalarning saylov oldi holatini qay tarzda yoritilishini o’rganaylik. Bunda tuzilayotgan «yoritish» qurilmasi o’z ichigaxaraktyer ta’sir darajasi va bir nomzodning boshqa bir nomzodning afzallik tomonlarining mavjudligini mujassam etadi. Bunda saylov kompaniyalarini matbuotda yoritilishini so’rovga asoslanib ijtimoiy fikrdan bilib olishimiz mumkin. Ammo eng yaxshi usul kontyent-tahlildan foydalanib gazyetani tadqiq etish hisoblanadi.
Analiz birliklari. Tadqiqotchining analiz birliklarini qabul qilish: masalan, saylov kompaniyalarning kundalik soni qabul qilinishi mumkin.
Tanlov. Kontyent-tahlilda tadqiqotchilar tanlov usullaridan tyez-tyez foydalanib turadilar. Avvalambor ular tanlov elyemyentlari va populyatsiyasini aniqlaydilar. Populyatsiya sifatida barcha so’z, gaplar, abzatslar yoki maqolalarni ko’rsatishimiz mumkin. Populyatsiya shunig bilan birga o’z ichiga ma’lum bir vaqt mobaynidagi tyelyevizion ko’rsatuvlarda namoish etadigan, suhbat, voqyea, sahifa va epizodlarni olishi mumkin.
Kodlash tushunchalarni tuzilmasi va o’zgaruvchanligini misol tariqasida lidyer roliga to’g’ri kyeladigan ispan yoki afroamyerikalik ayol obrazini yaratish kyerak. Avvalom bor, maqolada ko’rsatiladigan opyeriatsional tyerminlardan foydalanib va shaxsni klassifikatsiyalovchi yozma qurilmmlardan foydalangan holda «lidyer» tuzishda tasavvur hosil qilamiz. Masalan, maqolada vafot etgan kishilar yutuqlari haqida bayon etilagan bo’lsa uni lidyerlik roliga hos dyeb bo’ladimi? yoki korparatsiya pryezindyenti yoki skaut tashkiloti qizlar lidyeridan qaysi biri lidyerlik roliga xos? SHuning bilan birga biz maqoladagi jins va irqiy mansubligi hali izohlashimiz zarur. Ular ko’rsatilagan foto surat yoki tyeksda ravshan bo’lmasa qaysi asnoda irqiy va jinsiy mansublikni aniqlashimiz mumkin.
Qiziqishimiz doirasi pryedmyeti ijobiy lidyerlik roli bo’lganligi tufayli. Lidyer roli ijobiy yoki salbiy xaraktyerga ega ekanlagini ko’rsatib o’tishimiz lozim. Biz bunga manfyentli yoki latyent kodlashtirishdan foydalangan holda erishishimiz mukin. Manfyentli kodlashtirishdan foydalanganda sifat va jurnallar yig’indisini tuzamiz. Masalan, ijrochining xaraktyerlovchi ijobiy tyerminlar bo’limi «a’lo» yoki «malakasiz» kabi jumlalar bo’lishi mumkin. Latyent kodlashtirishda esa mulohaza yuritish uchun tartib qoida tuzamiz. Masalan, ijobiy va salbiy jumlalarga tayangan holda kirizisli holatlarni kyeltirib chiqarayotgan diplomatlar tarixini klasifikatsiyalash o’z firmasining foydasini tashkil eta olmayotgan hizmatichi yoki bo’lmasi sud jarayonlarida yutuqqa erishayotgan advakotlarni klasifikatsiyalashimiz mumkin.
Tadqiqotchi tomonidan chiqarilgan xulosalar izlanuvchining tanqidiy punkti hisoblanadi. SHuni yodda tutish kyerakki, kontyent-tahlil tyekstni tuzgan insonning maqsadini aniqlay olmaydi. U faqat tyekstda mujassam bo’lgan mazmunni aniqlaydi. Masalan, kontyent-tahlil bolalar kitoblarida har xil gyendyer normalar mavjudligini ko’rsatadi. Bu bola shu gyendyer normalari bilan tarbiyalanadi dyegani emas, bunday xulosa chiqarish uchun mustaqil tadqiqot va bola psixologiyasini chuqur o’rganish lozim.
Statistik hujjatlar va ikkilamchi tahlil. Tadqiqotchi ixtiyorida ko’plab turdagi ijtimoiy axborotlar mavjud. SHunday axborotlar borki ular son ko’rinishida bo’lib, statistik hujjatlarda (kitoblarda, hisobotlarda) mavjud. Axborotlarni kutubxona yoki kampyutyerda joylashgan nashriyotlardan olish mumkin. Statistik tadqiqotlar juda ham xilma-xil usullari ko’llaniladi. Tadqiqotga agar nazorat kyerak bo’lsa, tajriba bu eng yaxshi myetod hisoblanadi va tomonlar bir maqsadga kyelishadi.
So’rov qachonki tadqiqotchining o’zida savollar va jarayon haqida mulohaza va baholar tug’ilganda paydo bo’ladi.
Statistik tadqiqot byurokratik tashkilotlar haqida axborot va ma’lumotlar to’plash uchun kyerak. Jamoat yoki shaxsiy tashkilotlar sistyematik jihatdan ko’p tipdagi axborotni to’plashadi. Bu axborotlar siyosiy yoki jamoat xizmatchilardagi savollarni yechishda kyerak bo’ladi. SHu orqali statistikada analiz siyosiy-iqtisodiy hisobotlardagi gipotyezani aniqlashda ishlatiladi. Bunday axborotlar uzoq vaqt davomida to’planib boradi.
Ma’lumotlar manbai: asosiy statistik manba sifatida davlatlar yoki halqaro agyentliklar va huquqiy tashkilotlar hisoblanadi.
Statistik manbalarga har xil ma’lumotlar, lug’atlar kutubxonalardagi nashiryotlar, tashkilotlardagi va birlashmalardagi yozuvlar va boshqalar kiradi.
Eng kyerakligi shundaki axborot ochiq va hamma uchun mujassam bo’lishi kyerak, bo’lmasa uni tyekshirishi mumkin emas.


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling