Eksperimental psixologiya


Ankyetlar tuzilishining asosiy talablari


Download 1.01 Mb.
bet45/124
Sana22.10.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1716157
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   124
Bog'liq
2 5307842827755991336

Ankyetlar tuzilishining asosiy talablari:
Birinchi talabi - savol qurilmasi mantiqiy jihatdan ankyeta qurilmasi bilan aralashmasligi kyerak. So’rov varaqasi ryespondyent ruhiy syezuvchanligi nuqtai nazaridan quriladi. Masalan: kulublarga bo’lgan munosabatini o’rganishda dastlab ryespondntlar kulubga qatnashadimi, yo’qmi so’ng qatnashadiganlarga nisbatan savollar yo’naltirish yoki qatnashmaydiganlarga nisbatan savollar yo’llanmasini ko’rsatish mantiqiy jihatdan to’g’ri tuyuladi. Biroq, kulubga qatnashmaydigan aholi soni ko’pligini inobatga olgan holda ozgina boshqacha yo’l tutiladi; dastlab barcha uchun tyegishli bo’lgan savol so’ng qatnaydiganlar uchun kyeyin qatnamaydiganlar uchun va yana qayta hamma ryespondyentlar uchun savollar tuziladi.
Ryespondyentlarning guruhiy bo’linishi «filtir» savollar orqali amalga oshiriladi. Bizning misolimizda dastlabki savollar qurilmasi barcha ryespondyentlarga nisbatan qo’llaniladi, ikkinchi savol oqimi quyidagi jumlada byeriladi: «Bu savol faqat kulubga qatnaydigan kishilarga tyegishli», so’ng «Bu savol kulubga qatnamaydigan kishilar uchun tuzilgan», «Oxirgi savollar jumlasi quyidagicha izohlanishi mumkin» oxirgi 5 ta savolga barcha ryespondyenlar javob byerishi mumkin.
Ikkinchi talabi – so’ralayotgan auditoriya malakasi va madaniyati o’ziga xos tomonlarini inobatga olish kyerak. Bunda savollar qurilmasi nazarda tutiladi. So’rov varaqasi tuzilishida ham shunday talab nazarda tutiladi. Masalan: Ommaviy so’rovda o’tkazilayotgan so’rov ilmiy maqsadlarini tushintirib o’tish uncha to’g’ri bo’lmaydi. YAxshisi uning ommaviy ahamiyatini qayd etish kyerak. Ekspyertlardan so’rov o’tkazilganda esa ham ilmiy ham nazariy ahamiyatini ko’rsatib o’tish lozim bo’ladi.
Uchinchi talabi - birgina savol turli (kyetma-kyetlikda) o’rinlarda turlicha ma’lumotni byeradi. Masalan, agar dastlab faoliyat va uning shart–sharoitlari qoniqish darajasini aniqlash uchun savol qo’yilib, undan so’ng faoliyatning o’ziga xos tomonlari (ish mazmun va mohiyatidan qoniqish, ish xaqi, xizmat ko’rsatish va boshqalar) baholanishi uchun savol qo’yilsa umumiy baholar alohida baholashlarga o’z ta’sirini o’tkazib, umumiy holatlarning u yoki bu jihatlarini o’ziga xos tomonlaridan mustasno ravishda ko’rsatkichlarini pasaytiradi. Bir tomondan ryespondyent ruhiy jihatdan umumiy bahoni oqlashga harakat qilib javob byersa, ikkinchi tomondan «exo» (o’sha byerilgan bahoning qayta qayta byerilishi) ta’siri harakati kuzatiladi.
Bu holatda alohida savollarni birinchi, umumiy savollarni esa kyeyingi jumlada byerish lozim.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling