Eksperimental psixologiya


Download 1.01 Mb.
bet46/124
Sana22.10.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1716157
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   124
Bog'liq
2 5307842827755991336

To’rtinchi talabi - ma’no bo’linmalari taxminan bir xil hajimda bo’lishi lozim. Biron bir bo’linmaning hajim jihatdan kattaligi boshqa bo’linmalarga javob byerishda sifat jihatdan ta’sir qiladi.
Byeshinchi talabi - murakkablik darajasiga qarab savollar o’rnashuvi. Birinchi savol nirsbatan yengil bo’lib, kyeyingilari murakkabligi yuzasidan o’sib borishi mumkin (hodisaviy; baholovchi bo’lmagan; motivatsion; faktologik; bundan murakkabroq savol; oxirida ankyeta «pasporti»).
Ankyeta ma’no bo’linmalari kyetma-kyetligi odatda quyidagicha bo’ladi:
a) kirish qismi-kim (tashkilot yoki ilmiy korxona) va nima uchun so’rov o’tkazilishi, olingan ma’lumotlar qanday maqsadlarda foydalanishi; talab etilsa-ma’lumotlarning anonimligiga kafolot byerish, ankyetani to’ldirish va qaytarish yo’riqnomasi.
So’rov maqsadi hammaga tushunarli tilda bayon etilishi lozim, ilmiy atamalarni qo’llashdan saqlanish kyerak. «Bizning qiziqishimiz bunda» dyegan jumlalar ryespondyentni yordamga chaqirishdan ko’ra aksincha noxushlik hissini uyg’otadi. Undan ko’ra «Sizning javobingiz u yoki bu muammoni yechishga yordam byeradi» dyegan jumla samara byeradi;
b) kirish savollari - ikki vazifani bajaradi ryespondyentni qiziqtirish va ankyeta savollariga javob byerishga kirishishni yengillashtiradi. SHu tufayli so’rovnoma boshida murakkab savollarni qo’yishdan saqlanish kyerak. Ryespondyentni dyemografik ko’rsatkichlarini qayd etishi uchun qo’yiladigan savollar ham ankyeta boshida o’z o’rnini topmasligi kyerak;
v) yakunlovchi savollar mazmun va mohiyat jihatdan murakkab bo’lmasligi lozim, bu ryespondyentning toliqishiga sabab bo’ladi. SHu o’rinda yopiq savollardan foydalanish o’rinli bo’lib, ochiq savollar ankyeta o’rtalarida qo’yilishi lozim bo’ladi;
g) «pasportichka» oxirgi o’rinda qo’llaniladi u ankyetaning tugaganidan dalolat byeradi;
d) oxirida minnatdorchilik bildiriladi.
Ankyeta namunasini sinab ko’rishning umumiy vazifalari: Har qanday tadqiqot asoslanganligini sinovdan o’tkazish lozim. Ankyeta so’rovnomasining asosiy vazifalari:

  1. Ryespondyentga tushunarli tilda yozilishi, ankyeta so’rovnomasi bir kishi uchun murakkab, bir kishi uchun esa aksincha oddiy bo’lmasligi lozim?

  2. Barcha savol va javob variantlari hamma uchun tushunarlimi?

  3. Savol haddan tashqari mavhum yoki konkryet tuzilganmi?

  4. Ankyetadagi baholash birliklari ryespondyentga tushunarlimi?

Savolning mantiqiy tizimiga amal qilinganmi? U o’zligicha: ma’lum bo’lgan axbarot sohasi, noma’lum soha, javoblar izlash sohasi (yopiq yoki ochiq savolga nisbatan).

  1. Savol qurilmasi o’zgartirishni talab etmaydimi?

  2. Savolga javob byermaslik varianti javoblarda o’z aksini topganmi?

  3. Javobni byelgilash imkoniyati yaxshi tushuntirilganmi: bir yoki bir nyecha javob byelgilash, erkin javob byerish mukammalligi va shu kabilar.

  4. Javoblar variantida matiqiy buzilishlar yo’qmi?

  5. SHkala tartib balansi buzilmaganmi? Ijobiy va salbiy jihatlari to’g’rimi?

  6. Ryespondyentlarga psixologik qulaylik tug’diruvchi savollar mavzu bo’yicha bo’linganmi?

  7. Ryespondyentlar savolga javob byerishda yuzaki yondashmayaptimi, «filtir» savol qo’llash zarurmi?

  8. Ryespondyent toliqishi xafi bormi? Uni qanday chyetlab o’tish lozim?

  9. Savollar kyetma-kyetligi ryespondyent xotirasiga mosmi? savol oldingi savollar bilan bog’liq savolni eslashiga mos qilib qurilganmi?

  10. Savolga byefarqlik bilan javob byerib o’tish xafi yo’qmi?

  11. Javoblar varianti haddan tashqari ko’p emasmi. Ular sonini qanday qisqartirish yoki guruhlarga bo’lish lozim.

  12. Ryespondyentlarga ishonch xissi yoki salbiy emotsiyalar hissini uyg’otadigan biron bir masala yo’qmi.

  13. Ryespondyent shaxsiyati yoki shaxsiy hayotiga salbiy ta’sir etadigan jumlalar uchramaydimi.

  14. Qanday javoblar e’tibor talab qiladi. Javoblar intyerpritatsiyasida qanday nazorat etishini ta’minlash mumkin.

  15. Varaqa grafik byezagi qanday shakillantirilganligi (shiriftlar ko’rimliligi va shu kabilar).

  16. So’rovnomaning qanday punktlari nisbatan e’tiborga olinishi lozim. Sinovda savollarning muqobil variantlarini ko’rish imkoniyati qay darajadaligi.

Bularning barchasi sinov ankyeta so’rovnomasida inobatga olinishi zarur.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling