Eksperimental psixologiya


Sinov natijasida yuzaga chiqadigan ayrim kamchiliklar


Download 1.01 Mb.
bet47/124
Sana22.10.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1716157
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   124
Bog'liq
2 5307842827755991336

Sinov natijasida yuzaga chiqadigan ayrim kamchiliklar:
Javoblarning nomantiqiyligi yoki tushib qolishi, ochiq savollarda izohlar tartibining yo’qligi tadqiqotchi madaniyati darajasi, ma’lumotliligini inobatga olmaganligini jiddiy kamchilik sifatida e’tirof etish lozim.
«Hammasi yoki hyech qaysi» kabi javoblar, ko’pgina variantlar barchasini o’z ichiga olishi: javoblar tuzilishi noto’g’ri qo’yilganligi tufayli birgina javob boshqasini o’z ichiga olishi mumkin. Bunda javobni ham savolni ham qayta ko’rib chiqish lozim.
Agar «bilmayman», «aytolmayman», va shu kabi javoblarni ko’rsatganlarning foizi yuqoriligi (5-7% dan yuqori bo’lsa) quyidagilarda o’z ahamiyatini topadi: a) savol yoki javob varianti ryespondyentga tushunarsiz; b) savol ryespondyentlar uchun murakkab tuzilgan; v) ryespondyentlar ko’rsatadigan javob inobatga olinmagan va shu kabilar.
So’rovda qatnashmaganlar soni ko’pchilikni (5% dan yuqori) tashkil etsa dyemak so’rovnoma yaxshi tuzilmagan. Ryespondyentga qiziqish uyg’otmaganligi yoki ryespondyentning bunga vaqti bo’lmaganligi, shovqin yoki noqulay muhit kabi omillar ham bundan mustasno emas.
Savollar:
1. Myetodologiya. Ijtimoiy psixologik tadqiqot dasturi haqida gapiring.
2. Ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda tanlash myetodi haqida nimalarni bilasiz?
3. Ma’lumotlarni to’plash va tahlil qilish tajribasi qanday tartibda olib boriladi?
4. Kuzatish myetodi haqida nimalarni bilasiz?
5. Hujjatli manbalar tahlili qanday tartibda olib boriladi?
6. Ankyeta va intyervyu myetodi haqida nimalarni bilasiz?

10-Mavzu-BILISH JARAYONLARINING


EKSPERIMENTAL PSIXOLOGIYADA O’RGANILISHI.
Ryeja:

  1. Diqqatni o’rganish uchun myetodikalar.

  2. Xotirani o’rganish uchun myetodikalar.

  3. Aqliy faoliyatni o’rganish uchun myetodikalar.

  4. Maktab aqliy taraqqiyot tyesti.

Tayanch tushunchalar.
Diqqat – ongningmuayyan ob’yektga yo’yealtirilishi va to’planishi.
Assotsiatsiya – ongimizdagi avvalgi turmush tajribalari bilan byelgilanadigan tasavvurlar bog’lanishi.
Xotira – o’tmish tajribannig esda olib qolinishi, saqlanishi va qayta esga tushurilishidan iborat psixik jarayon.
Aqliy rivojlanish – aqliy yoki xronologik yosh myezoni (YQ) (AYO va XYO) orasidagi munosabatni bildiruvchi myezon. YQ q AYO/XYO x 100 formulasi orqali aniqlanadi.

  1. Diqqatda shaxsning faolligi va uning ob’yektiv voqyealikdagi pryedmyet va hodisalarga tanlab munosabatda bo’lishi o’z aksini topadi. Unda inson psixikasining boshqaruvchanlik roli namoyon bo’ladi: diqqatsiz maqsadga muvofiq ish yuritish mumkin emas.

Har qanday masalani yoki har qanday hayotiy muammoni yechish kishidan mazkur masalaning mohiyatiga, harakat uslubiga diqqatni to’plash va qaratilishni talab qiladi.
Inson psixik faoliyatida diqqat alohida o’rinni egallaydi. Diqqat o’zi mustaqil psix jarayon bo’lmasada, inson psixik faoliyatining barcha sohalarida ishtirok etadi. Diqqat ongning zarur ob’yektga yo’naltirilishi va qaratilishida, ayni paytda boshqa narsalarga chalg’imaslikda ifodalanadi.
Diqqat bir qancha xususiyatlarga ega. Bular-diqqatning hajmi yoki ko’lashi, diqqatning taqsimlanishi, to’planishi, barqarorligi va uning bir ob’yektdan boshqa ob’yektga yoki bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga o’tkazilishidir.
Diqqatning xususiyatlarini o’rganish uchun bir qancha ekspryemintal myetodikalardan foydalaniladi. Shunday myetodikalardan foydalaniladi. Shunday myetodikalardan biri Koss kubiklari dyeb nomlanadi. Ushbu myetodika 1923 yilda S. Koss tomonidan taklif etilgan bo’lib, fazoda ish tutish, diqqat, ziyraklik, qurish-yasash hususiyatlarini o’rganishga mo’ljallangan. Bu mD. Vyekslyerning (1939, 1955) myetodikasiga aqlni tyekshirish subtyesti sifatida kiritilgan.
Tajriba o’tkazish uchun bir xilda bo’yalgan yoki yog’och kubiklardan foydalaniladi. Kubiklarni hajmi 3 x 3 sm kattalikda. Bunda shakli va rangi chizilgan 10 ta rasm zarur bo’ladi. Sinaluvchiga quyidagicha ko’rsatma byeriladi: «shunday figurani 4 ta kubikdan yasang». Rasmning birinchi namunasi ko’rsatiladi va sinaluvchi taklif etilgan figuralarni kubiklardan yasay boshlaydi. Kubiklarni rasmni usiga qo’yib, topshiriqni bajarish mumkin emas, vakqt hisobga olib boriladi. Topshiriqning bajarilishi aniqligiga va uzoqligiga bog’liq ravishda miqdoriy baho qo’yiladi.
Burdun korryektor sinovi.
Shaxs faol diqqatining hususiyatlarini uning ko’chirilishini o’rganish uchun B. Burdonning korryektor sitnovi myetodikasidan foydalanish mumkin. Bu myetodika diqqatning tyebranishi, ko’rish analizatori uzoq vaqt ishlaganda bir xil ko’ruv qo’zg’atuvchilarga nisbatan sinaluvchining charchashini aniqlashiga imkon byeradi. Buning uchun P.A. Rudik tomonidan o’zgartirilgan Burdon tyesti maxsus qog’ozda ko’rsatiladi. Јog’ozda harflar tasodifiy ravishda yozilgan bo’lib, sinaluvchi ularning ikkitasi yoto’rtasini o’chirish kerak. Bunda ekspryemintataor har 30 yoki 60 soniyada sinaluvchi qalami turgan joyini byelgilab qo’yadi, shu bilan birga barcha topshiriqni bajarish uchun umumiy vaqt ham hisobga olinadi.
Tajribani individual va guruh bilan utkazish mumkin. Tajribani boshlashdan oldin sinaluvchilarga quyidagicha ko’rsatma byeriladi:
Oldilaringizda harflar yozilgan qog’oz turibdi. Sizlar bu harflarni diqqat bilan ko’zdan kechirib, ularning ichidan AMKZ harflarini topib, vyertikal chiziqlar bilan o’chirib chiqasiz. «Boshlang» dyeyilgandan so’ng ishga kirishasiz va «to’xtang» dyeganda ishni bas qilasiz». Shundang so’ng bir daqiqa davomida sinaluvchilar mashq qildirilib o’rgatiladi, mashqlardan so’ng sinaluvchi asosiy vazifani bajarishga kirishadi. Tajriba byesh daqiqa davom etadi.
Tadqiqot natijalarini qayta ishlash maus qog’oz orqali omade oshiriladi. Unda o’chiriladigan harflar o’rni va o’chiriladigan harflar soni o’ng tomondan va har biro qatorga o’tganda bu o’chiriladigan sonlarning yig’indisi chap tomonda byeriladi. Kalit (blank) ni sinaluvchi qog’ozi ustiga qo’yib tadqiqotchi miqdoriy tahlilni osongina olib borishi mumkin.
Korryektur sinovni bajarish naitijalari ( diqqatning to’planganligi, topshiriqni bajarish tyezligi, diqqatning ko’chishi) ni miqdoriy aniqlash mumkin. Diqqatning to’planganlik darajasini (K) ni quyidagi formula yordamida hisoblash mumkin:
p1-p2-p3

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling