Eksperimental psixologiya


Download 1.01 Mb.
bet41/124
Sana22.10.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1716157
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   124
Bog'liq
2 5307842827755991336

Ankyeta so’rov - ijtimoiy psixologik tadqiqotda foydalaniladigan so’rovning asosiy ko’rinishlardan biri, unda ryespondyentlar so’rovga yozma javob byeradilar, ryespondyent va tadqiqotchi o’rtasida sirtqi, ankyeta vositasidagina munosabat o’rnatiladi. So’ronomani tarqatishi bilan tadqiqotchi so’rov jarayoniga o’z ta’sirini yo’qotadi. So’rovning dastlabki bosqichida so’rovnoma savollari ishonchliligi, asosliligi tyekshiriladi. Ankyeta so’rovda ryespondyentlarni jalb qiluvchi funktsional-psixologik savollar muhim rol o’ynaydi. SHuningdyek, ankyetaning ko’rinishi, gramatik qoidalarga rioya qilinganligidan tortib varaqaning anonimligigacha alohida e’tibor qaratish lozim bo’ladi, chunki konfliktli holatlar, oilaviy munosabatlar, ishchi va rahbar hamda boshqa aloqalarni o’rganganda bu yetakchi omil hisoblanadi.
Ankyeta tyejamli va tyezkor usul hisoblanadi. Uning yordamida qisqa muddat ichida bir nyecha ming kishini so’roq qilishi mumkin. Biroq bu myetodning kamchiliklari ham yo’q emas, masalan: so’rovnomani ryespondyentning o’zi to’ldirilganligiga isbot yo’qligi, pochta yoki matbuot orqali tarqatilgan so’rov varaqalarining qaytarilmasligi, ba’zi muhim savollarga javob byermasdan tashlab kyetish va hokazolar.
Ankyetali so’rovni boshlashdan oldin tadqiqot maqsadi va vazifalari bilan tanishtiriladi, ankyetani obro’li kishining olib borishi uning ahamiyatini oshiradi, biroq rasmiy kishilarni so’rovga jalb qilish yaramaydi, bu ryespondyentlarda so’rovnomaning anonimligiga shubha uyg’otishi mumkin.
Ijtimoiy psixologik tadqiqot ankyetalarni tarqatishga qarab so’rovning pochta va ommaviy usullari mavjud.







Pochta orqali amalga oshiriladigan so’rov – ankyeta so’rovininig bir shakli, unda so’rov varaqalari salohiyatli kishilarga pochta orqali yuboriladi va ryespondyentninig javob yuborishi uning ob’yektga qiziqishiga, sotsial faolligiga, uning tadqiqotchi bilan munosabatiga va hokazoga bog’liq bo’ladi. Ankyeta 1-2 kun orasida ryespondyentning qo’liga yetib-boradi, 7-10 kun ichida olingan natijalar ko’pincha 50% ni, 2-hafta oxiri 3- xafta boshlarida 90% ni tashkil etadi, so’rovning davomiyliligi 4-6 xaftatadan iborat bo’ladi.
Ommaviy so’rov – ankyeta savollarini gazyetaga va jurnallar orqali tarqatilib, birlamchi informatsiya olish myetodi. Javoblarning yig’ilishini nazorat qilish mushkul masala, yaxshi natijalarga ega bo’lishi, ryespondyentning bo’sh vaqtini jalb etish uchun uni qiziqtira bilish kyerak. So’rovnoma oxirida uni to’ldirish va yuborish so’raladi. So’rovni qayta amalga oshirish ham effyektiv hisoblanadi. Ijtimoiy psixologik tadqiqot natijalarini muntazam e’lon qilib turish ham tadqiqotning obro’yini oshiradi.
Ankyetani to’ldirishda bir qator elyemyentlarga e’tibor byerish kyerak, bo’lar tadqiqot maqsadini, hujjatni to’ldirish qoidalarini, ochiq va yopiq savollar tartibini va so’rovnoma oxirida minnatdorchilik fikirlarining bo’lishi lozim.
Ommaviy so’rov xalq ommasi orasida umuman ko’p miqdordagi kishilardan so’rash imkonini byeradi, kamchiliklariga javoblarining to’liq jo’natilmasligi, yuqori bo’lmagan ryepryezyentativlik darajasi kiradi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling