Eksperimental psixologiya


Hujjatlar bilan ishlashda


Download 1.01 Mb.
bet38/124
Sana22.10.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1716157
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   124
Bog'liq
2 5307842827755991336

Hujjatlar bilan ishlashda
avtobiografik myetod
Biografiyalar va jamiyat yoki individuallikda ijtimoiylikni izlash. Psixologiyada ushbu myetodning individual insoniy stratyegiyalar tahlili jamiyatda kishilarning mavjudligini anglash uchun qo’llaniladi.
Psixologiyada ma’lum bir kishilarning taqdiri bilan qiziqish gumanistik an’analar doirasida yuzaga kyeladi. Uning g’arb davlatlarida qo’llanilishi oddiy kishilar turmushining boyligini, ularning «umid-ishonchlarini, ya’ni xalq hayotining oz darajada mashhur bo’lgan tarixini ochib byerishi orqali namoish etdi. Bu davlatni nafaqat hokimiyat, balki ma’lum bir erkinliklarni tanlash va ulardan foydalanish doirasida shakllangan oddiy kishilarning hayotiy stratyegiyasi boshqarishni ham ko’rsatadi. Bunday stratyegiyalar jamiyatni tubdan o’zgarishga qidirdilar. Jumladan, P.Tompson shunday xulosaga kyeladi: XIX-XX asrlarda Angiliyada tabaqalanishdan burjua jamiyatga o’tilishi oiladagi o’zgarishlar (ota-onalarning stratyegiyasi, kyelajak avlodni umuman boshqa qadriyatlar asosida tarbiyalash)ga bog’liq hisoblanadi.
SHu kabi tadqiqotlarning tarixiy xaraktyeri jamiyatinig ijtimoiy va tarixiy turmushi singari turli rakurslarni qiyoslash va tahlil qilish, shuningdyek, hokimiyat myexanizmiga e’tiborni jamlash va Mishal Fuko fikriga binoan, «hokimiyat mikrofizikasi», ya’ni kishilarning kundalik hayotidagi hokimlik munosabatlar tizimini tahlil qilish imkonini byeradi.


YAngicha yondashuv:
tarjimai hol
Individ taqdirlarni tadqiq etish usuli hozirgacha o’zinig yakuniy ta’rifini topmagan bo’lib, u ba’zan gumanistik, ba’zan esa biografik usul, dyeb nomlanadi. Ayrim hollarda sifatli usul yoki sub’yektiv psixologiya dyeb atalib, fikrimizcha, uni mikropsixologiya dyeb nomlash haqiqatga yaqinroqdir. Tadqiqotning markaziy ob’yekti mikromuhit bilan aloqador kishinig individual hayoti hisoblanadi.
Tahlil uchun dastlabki aniq ma’lumotlar rivojlanish bosqichlari bo’yicha ko’rib chiqilgan individual tarjimai holllra hisoblanadi. Dastavval, bu «yopiq» ijtimoiy guruhlar, emigrantlar, milliy jihatdan ozchilikka tyegishli bo’lib, aynan shu sharoitlarni o’rganish maqsadida 20-yillarda biografik usul yuzaga kyeldi (T.Tomas, F. Znanyetskiy, CHikago maktabi). 70-yillardan boshlab oxirgi o’n yillikda ushbu usulga nisbatan qiziqishning oshishi natijasida uni o’rganish doirasi ancha kyengaydi. Hozirgi paytda ham tadqiqotchini ijtimoiy-tarixiy jarayonlarni boshdan kyechirgan sub’yektiv tajriba (urush, inqilob, inqiroz va migratsiyalar) va kishilik hayotining ma’lum davri (bolalik, kasallik va o’lim) qiziqtirsa, bu usuldan kyeng miqiyosda foydalanadi. SHuningdyek, kishilarning tarjimai holi ma’lum ijtimoiy institut va tashklotlarnig (masalan, fandagi yangi yo’nalishlar, partiyalar va siyosiy harakatlar) tashkil topishi va rivojlanishi dinamikasini tiklashda ham qo’l kyeladi.
Individual va olilaviy stratyegiyalarni o’rganish usullardan biri bo’lib, bir nyecha avlodlar va ularning stratyegik ryekonstruktsiya myetodi hisoblanadi.
SHunday qilib, tarjimai hollar «turmush konsyeptsiyasi» (A. SHuttsye), kishilarning aniq hayotiy tajribasi, hayotiy davr mobaynida ijtimoiy o’zgarishlarni o’rganish doirasidagi sotsial qiziqishlar ob’yekti bo’lishi mumkin. SHu bilan birga ularning ijtimoiy muammolarni o’rganishda ijtimoiy psixologik tahlil quroli sifatida ham qo’llanilishi mumkin.
Ayni paytda individual ijtimoiy tajriba borasidagi dastlabki ma’lumotlarni qo’lga kiritish istagi qayerda mavjud bo’lsa, o’sha yerda ushbu usuldan kyeng ko’lamda foydalanilib, bu ma’lumotda ijtimoiy «aktiyor»ning sub’yektiv nuqtai nazari singari qimmatga ega. SHu sababli biografik usulda asosiy ma’lumotlar bo’lib shaxsiy hujjatlar: intyervyu natijasida olingan turmushtarzi, yozma tarjimai holllar, kundliklar, xatlar, oilaviy arxivlar, suratlar xizmat qiladi.
Fanda ushbu usulning ko’pgina yillar davomida qo’llanilishiga qaramay hozirgacha uning tushunchaga oid myexanizmini ishlab chiqish tugallanmagan. Bu qirraning uslubiy jihatdan ishlab chiqilmaganligi, asosan uni qo’llashning intizomlararo (madaniyatlararo) harktyeri va ma’lumotlarning o’xshashligi bilan asoslanadi. Asosiy umumlashtiruvchi holat bo’lib, ijtiomiy va tarixiy jarayonlarning sub’yektiv jihatiga tadqiqotchi e’tiborni qaratish hisoblanadi. Tushunchaga oid apparatnig ishlab chiqilmaganligi garchi halaqit byersada, lyekin u biografik tadqiqotlar o’tkazishni chyeklab qo’yilmaydi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling