Erkaklarning tanosil organlari


Download 206.94 Kb.
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi206.94 Kb.
#1534687
1   2   3   4   5
Bog'liq
Erkaklar va ayollar tanosil aʼzolari (1)

urug‘ pufakchalari (vesiculae seminalis) bir juft, usti notekis, uzunligi 5 sm, kengligi 3 sm keladigan xaltacha bo‘lib, ishlab chiqargan suyuqligi siydik yo‘lini tozalab beradi. Aks holda moyakdan kelayotgan urug‘ siydik yo‘lidan o‘ta turib otalantirish qobiliyatini yo‘qotadi.
  • Urug‘ pufakchalarining devorlari ichki tomondan katak-katak joylashgan shilliq qavat, o‘rta muskul qavat va ustki – qo‘shuvchi to‘qima qavatdan tuzilgan.
    • Kuper bezlari. Siydik chiqarish kanali so‘g‘onining bezlari yoki Kuper bezlari yumaloq, kattaligi no‘xatdek bir juft bezlar bo‘lib, siydik chiqarish yo‘lining parda qismida, olat so‘g‘onining ustida joylashgan. Bezlarning ingichka naychalari olat so‘g‘onining moddasi ichidan o‘tib siydik chiqarish yo‘liga ochiladi. Bezlarning suyuqliklari siydik chiqarish yo‘lining devorini siydik ta’siridan saqlaydi.
    • prostata bezi. Qovuqning tagida siydik chiqarish nayini o‘rab joylashgan. Tarkibida bez epiteliysidan tashqari silliq muskul tolalari va biriktiruvchi to‘qimalar ham uchraydi. Prostata bezi qizg‘ish rangda bo‘lib, katta odamlarda uzunligi 3 sm, kengligi 4 sm, og‘irligi taxminan 20 g bo‘ladi. Uning tarkibi 30–50 ta bezchalar yig‘indisidan iborat, ularning sekret chiqarish naychalari siydik chiqarish yo‘lining prostata bezi ichidan o‘tgan bo‘lagiga ochiladi.
    • Prostata bezi suyuqlig‘i spermatozoidlarni suyultirib, harakatini faollashtiradi. Bez muskullari siydik chiqarish yo‘lining prostata bezi qismini siqib turish vazifasini bajaradi. Erkaklar jinsiy hujayrasispermatozoidni birinchi bo‘lib Anton Levenguk tomonidan 1677-yil aniqlangan.
    • Ayol jinsiy a’zolarining anatomiyasi va fiziologiyasi
    • ICHKI JINSIY A’ZOLAR
    • (GENITALIA ENTERNA)
    • Ichki jinsiy a’zolarga qin, bachadon, bachadon naylari (tuxum yo‘llari) va tuxumdonlar kiradi (2-rasm).
    • Qin (vagina s. colpos) – kichik chanoqning o‘rtasida yotgan naysimon, muskulli elastik a’zodir. Qin oldindan va pastdan orqaga ham yuqoriga qarab boradi, qizlik pardasidan boshlanib, bachadon bo‘yniga yopishadigan joyda tugaydi. Qinning bo‘yi va eni ancha o‘zgaruvchan bo‘ladi. Qinning oldingi devori o‘rta hisobda 7–8 sm, orqa devori esa 1,5–2 sm dan uzunroq. Qin cho‘ziluvchanligiga yarasha eni o‘zgaradi, u o‘rta hisobda 2–3 sm bo‘ladi, shu bilan birga qinning pastki bo‘limi torroq, yuqori bo‘limi kengroq.
    • Qin shilliq pardasida bezlar yo‘q. Qin sekretining suyuq qismi qon va limfa tomirlaridan suyuqlik sizib chiqish yo‘li bilan hosil bo‘ladi; unga qin epiteliysining ko‘chib tushuvchi hujayralari, mikroorganizmlar va leykositlar aralashadi. Qin sekreti oqimtir, o‘ziga xos hidli, ozgina bo‘lsa ham qin shilliq pardasining namlanishiga kifoya qiladi. Sog‘lom ayol qin chiqindilarini sezmaydi. Balog‘atga yetish davrida qin sekreti sut kislota borligidan kislotali reaksiyada bo‘ladi. Qin epiteliysining hujayralaridagi glikogen qin basillalari (Bacillus vaginalis) ning hayot faoliyati natijasida hosil bo‘ladigan moddalar ta’sirida parchalanib, sut kislota hosil qiladi. Qin basillalari (Doderleyn tayoqchalari) sog‘lom ayollar qinida doim yashaydigan mikroorganizmlar (normal flora) hisoblanadi.
    • Mikroflora harakteriga qarab qin tozaligi to‘rt darajaga bo‘linadi.

    • Download 206.94 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling