S. z mirtursunova.,SH. Sh. Bobojonova. Patologiya fanidan
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
. Gidrotsefaliya- miya qorinchalarida orqa miya suyuqligining ko‘payishi bilan ta‘riflanadigan kasallik. . Giperlogiya- sergaplik, ko‘pgapirish, ezmalik. Asosan ruhiy kasallarga xos. . Giperkeratoz- teri tashqi qavatining qazg‘oqlanib po‘st tashlashi. . Giperpatiya-sezgirlikning normadan ortib ketishi. . Giperfagiya- ochko‘zlik, badnafslik. . Giperuremiya- qonda siydikchil miqdorining ortib ketishi ( % mg dan ko‘p b/shi), buyrak kasalliklarida, yomon sifatli o‘smalarda, kamqonlikda va boshqa kasalliklarda. . Girudin- zulukning og‘iz bezlarida ishlanadigan modda. Qonning ivish xususiyatini kamaytiradi. . Girsutizm- ayollarda ortiqcha jun o‘sishi. . Goniotomiya- ko‘zning rangdor mug‘uz pardalaridagi chandiqlarni kesish operatsiyasi. . Dekompensatsiya- tiklanish qobilyatining yo‘qolishi. . Dementsiya-aqlning, zehnning pasayishi. . Depressiya- ruhiy tushkunlik, harakatning susayishi. .Dermatoskleroz- terining qalinlashib, zichlashib qolishi, elastikligi yo‘qolishi. . Diareya- ich ketishi, ketma-ket ich ketishi. . Diafanoskop- burun, ko‘z, oshqozon kabi organlari ichini yoritib ko‘ruvchi asbob. . Inkapsullatsiya- o‘lgan to‘qima yoki organizmga yot narsalar atrofida biriktiruvchi to‘qima o‘sib, o‘rab olishi. . Intubatsiya- og‘iz, bo‘g‘iz orqali nafas olish yo‘llariga yasalgan naycha kirgizib nafas olishni tiklash, narkoz berish. . Iridodializ-ko‘z rangdor pardasining ko‘chishi. . Iridoplegiya- ko‘z qorachig‘ini kengaytiruvchi muskulning falajlanishi. . Yodopsin- ko‘z to‘r pardasi qadahchalari ko‘ruv pigmentlarining umumiy nomi. . Kaverna- a‘zolardagi bo‘shliq, kovak to‘qimaning o‘lishi va nekrotik moddani chiqib ketishidan hosil bo‘ladi. . Kampimetr- oftalmologiyada ko‘rish maydonini o‘lchaydigan asbob. . Kardiospazm-yurakning spazmi, torayib qolishi. . Kifoskolioz-umurtqa pog‘onasining oldinga va yonga qarab egilib qolishi. . Koarktatsiya- qon tomirining tug‘ma qisilishi. . Konvergensiya- o‘xshashlik, yaqinlik. . Krikostomiya- uzuksimon tog‘ay orqali kekirdakni qirqish va nafas olish yo‘llariga havo kirishini ta‘minlash. . Limfopoez-limfa hosil bo‘lishi. . Melanuriya- pigmentlarning siydik bilan ajralib chiqishi. . Menopauza- ayollarda hayz ko‘rishning to‘xtashi. . Menorragiya- hayz qonining o‘z vaqtida kelib uzoq vaqtga cho‘zilib ketishi. . Miasteniya- muskullarning kasallikka xos tarzda tez toliqib qolishi. . Morfogenez- organik tuzilishlarning rivojlanish jarayoni. . Morfologiya- odam va hayvon tanasidagi organlar va to‘qimalar shakli hamda tuzilishini o‘rganadigan fan. . Mutatsiya- hayot sharoiti o‘zgarishi natijasida organizmlar belgilari va xususiyatlarining to‘satdan o‘zgarishi. 225 . Neyrosifilis- markaziy nerv sistemasining zaxmi. . Neyrofarmokologiya- farmokologiyaning nerv sistemasiga ta‘sir qiluvchi dori vositalarining o‘rganadigan qismi. .Neyroendokrinologiya- endokrinologiyaning hayot jarayonlarini boshqarishda markaziy nerv sistemasi bilan endokrin sistema rivojlanadigan o‘zaro aloqalarini o‘rganadigan bo‘lim. . Neytrofiliya- periferik qonda neytrofillar sonining ko‘payishi. . Neofobiya- yangilikdan o‘rinsiz qo‘rqish. . Ovariotsentez- tuxumdonni teshish. Tuxumdonda suyuqlik yig‘ilib qolsa nina bilan teshib suyuqlikchi quritib yuboriladi. . Ovarioektomiya- tuxumdonni olib tashlash. . Opistotonus- isterik tutqanoq vaqtida yoki strixnindan zaxarlanganda orqa muskullarining tortishib odamning kamalakka o‘xshab egilib qolishi. . Paramneziya- xotiraning buzilishi. . Paraplegiya- qo‘l yoki oyoqning butunlay falajlanishi. . Paraspazm- tananing chap va o‘ng tomonidagi ayrim gruppa muskullarining bir vaqtda tortishishi. . Paratrixos- sochning o‘z o‘rnidan boshqa joyda o‘sishi. . Proktologiya-gastroenterologiya kasalliklarini ularning diagnostika davolash va profilaktikasini o‘rganadigan fan. . Proktotomiya- to‘g‘ri ichakni operatsiya bilan kesish. . Psixokinez- ixtiyoriy harakatning boshqa shaxsga bevosita tasir ko‘rsatishi yoki ongning jismoniy kuch ishtirokisiz narsalarga ta‘siri. . Psixopatiya- ma‘lum bir psixik kasallik bo‘lmay ayrim shaxslarda psixikaning buzilib turishi. . Raxiometr- umurtqa ustunning egilganligini o‘lchaydigan asbob. . Reanimatsiya- organizm so‘nayotgan yoki endigina so‘ngan, hayot uchun zarur faoliyatini tiklashga qaratilgan davolash tartiblari majmuasi. . Revaktsinatsiya- qayta emlash. . Rektoskop- to‘g‘ri ichakni tekshirish, ko‘rish uchun ishlatiladigan asbob. . Rektostomiya- bitib qolgan to‘g‘ri ichakning ikki qismini xirurgiya yo‘li bilan ochish. . Rinomikoz- burun bo‘shlig‘i shilliq pardasining zamburug‘ kasalligi. . Rinonekroz- burun to‘qimalari nekrozi. . Retraksiya- tish qatorlarining g‘ayritabiiy tarzda orqaga surilib qolishi. . Reproduksiya- voyaga yetgan organizmlarning nasl berishi. . Splenomegaliya- taloqning kattalashuvi. . Splenopatiya- taloqning ayrim kasalliklari. . Spongioz- to‘qima yallig‘langanda yoki undan o‘sma yuzaga kelganda hujayralar orasida zardob to‘planib, shish paydo bo‘lishi. . Spondilit- umurtqaning yallig‘lanishi. . Staz- ayrim kapillyarlar, mayda arteriya va venalarda qon to‘xtab qolishi. . Supinatsiya- qo‘l va oyoq kaftining tashqariga buralishi. . Talassoterapiya- bemorlarni dengiz havosi, vannalari va sayohatlar bilan davolash. . Tanotogenez- o‘lish jarayonida kuzatiladigan klinik, bioximik va morfologik o‘zgarishlar dinamikasi. . Tanatologiya- o‘lim sababini, sharoitlarini va murda o‘zgarishlarini tibbiyot nuqtai nazaridan tekshiruvchi fan. . Taxilaliya- bidirlab tez-tez gapirish odati. 226 . Talassemiya- gemoglobin tarkibiga kiradigan oqsil-globin sintezining irsiy buzilishi bilan ifodalanadigan gemolitik kamqonlik. . Taxifagiya- ba‘zi ruhiy kasalliklarda uchraydigan holat, shoshib-pishib ovqatlanish. . Termoplegiya- issiq urishi, oftob urishi, termik isitma. . Tetraparez- qo‘l oyoqlar yarim falaji. . Traxoma- ko‘z shilliq pardasining yuqumli kasalligi. . Turgor- hujayralarning po‘stlog‘i bilan hujayra ichidagi moddaning bir-birini bosishi natijasida hosil bo‘ladigan taranglik. . Urosepsis- siydik yo‘li organlari kasalligi natijasida vujudga kelgan sepsis. . Urofobiya- noqulay sharoitda siyish extimoli tug‘ilishidan qo‘rqib turish. . Faringoplastika- yutqinning plastik operatsiyalari. . Faringospazm- yutqin muskullarining spazmi. . Xeylit- lablarning yallig‘lanishi. . Xemoz- ko‘z soqqasi shilliq pardasining shishib chiqishi. . Chirey- soch ildizi xaltachasi va yog‘ bezining o‘tkir yiringli yallig‘lanishi, ko‘pincha stafilakokkdan kelib chiqadi. . Shizofreniya- uzluksiz yoki alohida hurujlar shaklida shaxsning o‘zgarishi bilan kechadigan ruhiy kasallik. REFERAT MAVZULARI Farmatsiya, klinik farmatsiya va kasbiy ta‟lim yo„nalishi uchun patologiya fanidan mustaqil tayyorlanish uchun mavzular O„quv xaf tasi Mustaqil ish mavzulari Mustaqil ta‟limga oid topshiriq, tavsiyalar Soat 1 Irsiy kasalliklar. Internet ma‘lumotlari, referat, slaydlar, devoriy ko‗rgazmalar 4 2 Regional mikrosirkulyatsiyaning buzilishi. Internet ma‘lumotlari, referat, slaydlar, devoriy ko‗rgazmalar 4 3 Yallig‘lanish mediatorlari. Internet ma‘lumotlari, referat, slaydlar, devoriy ko‗rgazmalar 4 4 Issiq urishi. Gipertermik sindrom. Internet ma‘lumotlari, referat, slaydlar, devoriy ko‗rgazmalar 4 5 Yog‘li infiltratsiya va distrofiya. Internet ma‘lumotlari, referat, slaydlar, devoriy ko‗rgazmalar 4 6 Kislota – ishqor buzilishining asosiy ko‘rinishlari. Internet ma‘lumotlari, referat, slaydlar, devoriy ko‗rgazmalar 4 7 Immunodefitsit holat OITS. Internet ma‘lumotlari, referat, slaydlar, devoriy ko‗rgazmalar 4 8 O‘smalarni paydo qiluvchi sabablar Internet ma‘lumotlari, referat, slaydlar, devoriy ko‗rgazmalar 4 9 Irsiy gemolitik anemiyalar. Internet ma‘lumotlari, 4 227 referat, slaydlar, devoriy ko‗rgazmalar 10 Toj tomirlar arterosklerozi Internet ma‘lumotlari, referat, slaydlar, devoriy ko‗rgazmalar 4 11 Bronxial astma. Internet ma‘lumotlari, referat, slaydlar, devoriy ko‗rgazmalar 4 12 Vabo kasalligi. Internet ma‘lumotlari, referat, slaydlar, 5 Adabiyotlar ro‟yxati: 1.I. A. Karimov. ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖. Toshkent-1997yil. 2. B.Xodiyev; L Golish ―Mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil etish usul va vositalari, Toshkent – 2010-yil 3.Абдуллахужаева М.С., Основы патологии человека. Том-1,2. Т., изд–во ―Ибн Сино‖, 1997г. 4.Abdullaev N.X., Karimov X.E. Patofiziologiya. T., ―Ibn Sino‖ nashriyoti.,1998 y. 5. Abdullaev I.X., Karimov X.E.., Iriskulov B.O‗., Mirtursunova S.Z. Patologik fiziologiya asoslari. T., ―Fan‖ nashriyoti, 2008 y. 6. Karimov X.Y., Saidov.S.A. Patologiya. T., SH.SH. Bobojonova. Patologiya. T., ―Tafakkur qanoti‖, 2014y. 7.Abdullaev N.X., Patofiziologiya. T., 1998 y. 8.Чертеков К., Умумий патология. Т., 2013 й. 230 бет. Qo„shimcha adabiyotlar: 1. Mirtursunova S.Z., Musaev X.N., Bagdasarova E.S., Salibaeva S.A. ―Patologiya‖ fanidan o‗quv – uslubiy qo‗llanma ―KOLORIT GROUP‖ XK. Toshkent 2008 y. 5. Адо А.Д. и Ишимова Л.М.. Патологическая физиология. М., изд – во ―Медицина‖, 1980 г. 6. 3. Березнякова А.И. Патология учеб. пособ. Харъков. 1985 г. 7. Abdullaev N.X.. Karimov X.YA., Patologik fiziologiyadan amaliy mashg‗ulotlar uchun qo‗llanma. T., ―ToshMI‖ nashriyoti, 1994 y. 6. Литвитский П.И.. Патологическая физиология. М., изд – во ―Медицина‖, 1995 г. 228 Xorijiy manbalar: 1. Robbins+Basic+Pathology+(9th+Edition) California- 2013y 2.A.D.Ado, ―Patologicheskaya fiziologiya‖. Xarkov- 1985yil 3.S.G. Xachkruzov.‖ UZI v ginekologii‖. Sankt- Peterburg-2003yil 4.Vikrem Dogra; Debra Djorj Rubens.‖ Sekreti Ultrazvukovoy diagnostiki.‖ London-2006 yil. 5.Vitaminы. Kratkoe rukovodstvo dlya vrachey i studentov meditsinskix, farmatsevticheskix i biologicheskix spetsialnostey Morozkina T.S. 6.Gomeopatiya dlya vrachey obщey praktiki A.A. Krыlov, S.P. Pesonina, G.S. Krыlova 7.Izbiratelnaya toksichnost. Fiziko-ximicheskie osnovы terapii. V 2-x tomax Albert A., Filov V.A. 8.Klinicheskaya toksikologiya detey i podrostkov. Tom 2 Markova I.V., Afanasev V.V., Sыbulkin E.K. 9.Viferon. Rukovodstvo dlya vrachey Malinovskaya V.V., Delenyan N.V., Arinenko R.YU., Meshkova E.N. 10.Sekretы toksikologii Luis Dj. Ling, Richard F. Klark, Timoti B. Erikson, Djon X. Trestreyl III Internet saytlari 1. http://www.ziyonet.uz 2. http://www.wikipedia.ru 3. http://www.chemist.com 4. http://www.himiki.ru 5. http://www.organicchem.com 6. http://www.Lex.uz . 229 TAYANCH SO‟ZLAR 1. patologik holat 2. patogenez 3. farmakoterapiya 4. so‗rilish 5. Yurak qon tomir tizimi 6. miokard 7. arteriola 8. nojo‗ya taъsir 9. farmakologik taъsir 10. maksimal konsentratsiya 11. biosamaradorlik 12. farmakologik samaradorlik 13. absorbsiya 14. biotransformatsiya 15. ekskretsiya 16. kуmуlyasiya 17. giperхolesterinemiya 18.kardioselektiv 19.kardiomiopatiya 20.pnevmoskleroz 21.assit 22.dispnoe 23.giperglikemiya 24.pandemiya 25.girsуtizm- 26.kardiodepressiv 230 PATOLOGIYA FANIDAN KURS ISHLARI REJALASHTIRILMAGAN ANNOTATSIYA Ushbu majmua patologiya fani bo‗yicha tuzilgan bo‗lib, keng qo‗llamli dunyo qarashga va chuqur nazariy bilimga ega bo‗lgan, malakali farmatsevt xodimini tayyorlashda patofiziologiya fanining axamiyati o‗ta muximdir. CHunki bu fan avvalo xastalikning kelib chiqish sabablarini, rivojlanish mexanizmlarining ko‗rsatib bera oladi. Patologiya fani ayrim yoki maxsus fanlar: fiziologiya, anatomiya, sitologiya, gistologiya, bioximiya, biofizika, patanatomiya fanlari bilan bog‗liq bo‗lib, olingan bilimlar kasalliklar to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni bilish, ularni taxlil eta olish, uning asosida eksperimental tajribada davolash yo‗llarini topish, asoslab berish masalalarini o‗z ichiga oladi. Patologiya fanidan tuzilgan majmuada talabalarni o‗qitishda ta‘limning zamoaviy usullaridan foydalanib, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq etilgan. Ma‘ruzalarda Internet materiallari, tarqatma materiallar, prezentatsiyalar, multimedia, slaydlardan, amaliy mashg‗ulotlarni o‗tishda esa zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi. Tuzilgan majmuada barcha mavzular buyicha texnologik xaritalar mavjud. Patologiya fani farmatsiya, kasbiy ta‘lim, yunalishi talabalariga muljallangan bulib 54 soat amaliy mashgulot, 18 soat ma‘ruza jami 72 soatni tashkil kiladi. SHuningdek 49 soat farmatsiya yunalishi va 42 soat kasbiy ta‘lim yunalishi uchun mustakil ta‘limga muljallangan. 231 MUALLIFLAR HAQIDA MA‟LUMOTLAR. Mirtursunova Salomatxon Zufarovna Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi dotsenti, biologiya fanlari nomzodi Bobojonova Shahzoda Sharifovna Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi katta o‘qituvchisi 232 Foydali maslahatlar Talabalarni intellektual salohiyatini oshirish va nazariy bilimlarini chuqurlashtirish uchun, yetakchi xorijiy adabiyotlardan ham foydalanish zarurdir Amaliyot darslarining samaradorligini oshirish uchun yangi innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish bilan birga,interfaol o‘yinlar, amaliy ko‘nikma hosil qilish maqsadida, amaliy mashg‘ulotlarda o‘tkir va surunkali tajribalarni koproq bajarish zarurdir. Talabalar nazariy mashg‘ulotlarni to‘liq o‘zlashtirishlari uchun, ma‘ruzalar har hafta muntazam bo‘lishi kerak. Talabalar bilan ustozlar orasida electron muloqot bo‘lishi, uyga berilgan vazifalarni, testlarni electron tarzda yechishsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. 233 FARMAKOLOGIYA VA KLINIK FARMATSIYA KAFEDRASIDA PATOLOGIYA FANIDAN «FARMATSIYA» FAKULTETI 1-KURS TALABALARINING BILIMINI BAHOLASH MEZONI Mazkur mezon O‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010 yil 26 avgustda 1981-son bilan davlat ro‗yxatidan qayta o‗tkazilgan O‗zbekiston Respublikasi Oliy va O‗rta maxsus ta‘lim vazirligini «Oliy ta‘lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‗g‗risidagi nizomga o‗zgartirish va qo‗shimchilar kiritish haqida» 2010 yil 25 avgustdagi 333-son buyrug‗i asosida tuzildi. Talabalarning fan bo‗yicha o‗zlashtirishini baholash semestr davomida muntazam ravishda olib boriladi va quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi: joriy baholash (JB), oraliq baholash (OB), talabaning mustaqil ishi (TMI), yakuniy baholash (YAB). Muayyan fan bo‗yicha talabaning semestr (yil) davomida o‗zlashtirish ko‗rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi. Ushbu 100 ball baholash turlari bo‗yicha quyidagicha taqsimlanadi: № Baholash turi Maksimal ball Saralash bali 1 Auditoriyadagi o‗quv mashg‗ulotida baholash 45 24,75 2 Talabaning mustaqil ishi 5 2,75 3 Oraliq baholash 20 11,0 4 YAkuniy baholash 30 16,5 JAMI 100 55,0 Talabalarning bilim saviyasi va o‗zlashtirish darajasining Davlat ta‘lim standartlariga muvofiqligini ta‘minlash uchun quyidagi nazorat turlarini o‗tkazish nazarda tutiladi: JORIY BAHOLASH (JB) - talabaning fan mavzulari bo‗yicha bilim va amaliy ko‗nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. JB fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda, seminar, laboratoriya va amaliy mashg‗ulotlarida og‗zaki so‗rov, test o‗tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollokvium, uy vazifalarini tekshirish shakllarida o‗tkaziladi. klinik farmatsiya fanidan joriy baholash 100 balli reyting tizimiga binoan muhokamasida va ta‘limning interaktiv uslublarida faol qatnashishi uchun quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 20% (1 ball) - vazifasini bajarilishi uchun beriladi, 60% (3 ball) - nazariy materiallarni muxokamasida faol qatnashishiga beriladi, 20% (1 ball) - kuzatilgan natijalar, chiqarilgan xulosalar bilan amaliy ishni bayonini to‗ldirish va ishni himoya qilish uchun beriladi. JB da maksimal ball – 5 ball. Mashg‗ulot darslarida № 1, 2, 4, 6, 8, 12, 14, 16, 18 talabalar joriy baxolanmaydi. 9 ta JB o‗tkaziladi, umumiy JB da maksimal ball 45. № Ballar Baho Talabaning bilim darajasi 1 5 A‘lo Xulosa va qaror qabul qilish; ijodiy fikrlash olish; mustaqil mushohada yurita olish; olgan bilimlarini amalda qo‗llay olish; mohiyatini tushunish; bilish, aytib berish; tasavvurga ega bo‗lish. 2 4 YAxshi Mustaqil mushohada yurita olish; olgan bilimlarini amalda qo‗llay olish; mohiyatini tushunish; bilish, aytib berish; tasavvurga ega bo‗lish. 3 3 Qoniqarli Mohiyatini tushunish; bilish, aytib berish; tasavvurga ega bo‗lish. 4 2 Qoniqarsiz Aniq tasavvurga ega bo‗lmaslik; bilmaslik. 234 TALABALARNING MUSTAQIL ISHI (TMI) klinik farmatsiya fani dasturiga mos ravishda tashkil etilgan. TMI referat, slayd, adabiy manbalarni to‗plash va sistemalashtirish, test savollari tuzish, prezentatsiyalar, vaziyatli masalalar, videoroliklar bo‗yicha mo‗ljallangan. TMI bo‗yicha hisobot kafedra tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan shakl tartibda topshiriladi va talabalarga semestr boshida etkaziladi. Semestr davomida ikkita mustaqil ish referat shaklida qabul qilinadi: har biri 2,5 ball bilan baholanadi, jami - 5 ballni tashkil qilinadi. TMI ga qo‗yilgan baho (ball) talabaning semestr davomida to‗plagan baholari (JB) ga qo‗shiladi. Mustaqil ish bo‗yicha belgilangan maksimal reyting balining 54% va undan kam ball to‗plagan talaba fan bo‗yicha yakuniy nazoratga qo‗yilmaydi. Talabaning mustaqil ishi kafedra arxivida ro‗yxatga olinadi va 2 yil mobaynida saqlanadi. TMI ning o„zlashtirishi quyidagicha baholanadi: maksimal 2,5 ball. Ballar Baho 2,15-2,5 A‘lo 1,77-2,12 YAxshi 1,37-1,75 Qoniqarli 1,35 Qoniqarsiz ORALIQ BAHOLASH (OB) - semestr davomida o‗quv dasturining tegishli (fanning bir necha mavzularini o‗z ichiga olgan) bo‗limi tugallangandan keyin talabaning bilim va amaliy ko‗nikma darajasini aniqlash va baholash uchun, OB nazorat kafedra majlisi qaroriga binoan kombinatsiya (ogzaki va yozma) usulida amalga oshiriladi. Klinik farmatsiya fanidan OB semestr davomida bir marta o‗tkazilidi. OB soni o‗kuv faniga ajratilgan umumiy soatlar xajmidan kelib chiqqan holda o‗tkaziladi. OB baholashdan 55% va undan ortiq olgan talaba YAB baholashga kiritiladi. OB ni 2 hafta muddatda qayta topshirishga ruxsat beriladi va balli koeffitsientsiz qayd etiladi. OB da maksimal ball 20. Ballar Baho 17,2-20,0 a‘lo 17,0-14,2 yaxshi 14,0-11,0 qoniqarli 0-10,8 qoniqarsiz YAKUNIY BAHOLASH (YAB) – semestr yakunida fan bo‗yicha nazariy bilim va amaliy ko‗nikmalarni talabalar tomonidan o‗zlashtirish darajasini baholash uchun o‗quv mashg‗ulotlar tugaganidan so‗ng o‗tkaziladi. YAkuniy baholashga mazkur semestrni muvaffaqiyatli yakunlagan hamda joriy, oraliq baholashlarni va talabalarni mustaqil ishidan ijobiy ya‘ni 55% va undan yuqori ballarga ega bo‗lgan talabalar qo‗yiladi. Klinik farmayiya fanidan yakuniy baholash fakultet Ilmiy kengashni qaroriga binoan yozma shaklda o‗tkaziladi. YAB da maksimal ball 30. Ballar Baho 25,8-30,0 a‘lo 21,3-25,5 yaxshi 16,5-21,0 qoniqarli 0-16,2 qoniqarsiz O‗quv rejasiga binoan klinik farmatsiya fani bir semestrda rejalashtirilgani uchun fan bo‗yicha talabaning umumiy bali semestrda olgan joriy, oraliq, mustaqil ish va yakuniy baholashlar to‗plami orqali baholanadi. 235 JB, OB va YAB turlarida fanni o‗zlashtiri olmagan (54% dan kam ball to‗plagan) yoki uzrli sabab bilan baholash turlarida ishtirok eta olmagan talabalarga quyidagi tartibda qayta baholashdan o‗tishga ruxsat beriladi: qoldirgan amaliy mashg‗ulot kelgusi darsga qadar guruh o‗qituvchisiga qayta topshirish va maslahat kunida topshiriladi, 3 ta mashg‗ulotni qoldirgan talaba fakultet dekani ruxsati bilan qayta topshiradi, qayta topshirish jaridasida qayd qilinadi; har bir qoldirgan ma‘ruza mashg‗uloti uchun agar u qayta topshirilsa, JB da to‗plagan ballar yig‗indisidan 5%, agar qayta topshirilmasa 10% balldan olib tashlanadi; OB ni 2 hafta muddatda qayta topshirishga ruxsat beriladi; semestr yakunida fan bo‗yicha saralash balidan kam ball to‗plagan talabaning o‗zlashtirishi qoniqarsiz (akademik qarzdor) hisoblanadi; akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin dekan ruxsatnomasi asosida qayta o‗zlashtirishi uchun bir oy muddat beriladi, shu muddat davomida o‗zlashtira olmagan talaba fakultet dekani tavsiyaga ko‗ra belgilangan tartibda rektorning buyrug‗i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi. Talaba nazorat natijalaridan norozi bo‗lsa, appelyasiya komissiyasiga murojaat etishlari mumkin. Appelyasiya komissiyasi 3 a‘zodan kam bo‗lmagan tarkibda rektor buyrug‗i bilan tashkil etiladi. Talabalar appelyasiya komissiyasiga fan bo‗yicha YAB natijalari e‘lon qilingan vaqtdan boshlab 1 kun davomida ariza bilan murojat qilishlari mumkin. Appelyasiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko‗rib chiqib, shu kunning o‗zida xulosasini beradi. O‗quv rejasida muayyan semestr (o‗quv yili) ga belgilangan fanlarning barchasi saralash balidan yuqori ball to‗plagan talabalar rektorning buyrug‗i bilan kursdan kursga o‗tkaziladi. Namuna: Xaftalar soni Baxolash turi 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ON 18 YAB jami JN + + 5 + 5 + 5 + 5 5 5 + 5 + 5 + 5 + 45 TMI 1 1 1 1 1 5 ON 20 20 YAB 30 30 JAMI 5 5 5 5 5 5 5 20 30 100 Fanlardan reyting nazorati bo‗yicha yakunlovchi qaydnoma varaqasi (vedomost) fan tugagan kundan 1 kun muddatda kafedrada 2 nusxada to‗ldiriladi va mas‘ul xodim, kafedra mudiri tomonidan imzolanib, 1 nusxasi dekanatlarga topshiriladi. Talabaning fan bo‗yicha baholash turlarida to‗plagan ballari reyting qaydnomasiga butun sonlar bilan qayd qilinadi Fan bo„yicha reyting daftarchasini rasmiylashtirish tartibi: № Fan nomi Umumiy o‗quv soat Uzlashtirish kursatkichi Rey ting O‗qituvchining F.I.SH Sana Imzo 1 Patologiya 72 86 62 Saidov.S.A. 15.06.2013 y Talabaning fan bo‗yicha bir semestrdagi reytingi quyidagicha aniqlanadi; R f = V*O ' 100 bu erda: V - semestrda fanga ajratilgan umumiy o‗kuv yuklamasi (soatlarda); O' - fan bo‗yicha o‗zlashtirish darajasi (ballarda). Talabaning saralash balidan past bo‗lgan o‗zlashtirishi ―Reyting daftarchasi‖da qayd etilmaydi. Dekanat va kafedralar tomonidan belgilangan tartibda fan bo‗yicha talabaning JB, OB hamda YAB turlarida ko‗rsatilgan o‗zlashtirish reyting ko‗rsatgichlarining monitoringi olib 236 boriladi. O‗zlashtirish natijalari kafedralar tomonidan reyting nazorati ekranida muntazam ravishda yoritib boriladi va belgilangan tartibda qaydnomalarga kiritiladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling