O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. Usmonov, M. Sodiqov
Download 3.12 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Do‘stlik
- 1973-yilda Jizzax viloyati tashkil etildi.
- Energetika va yoqilg‘i sanoati.
- Gazli koni ochildi.
- O‘rta Osiyo–Markaz gaz quvuri
- 80 mlrd kub · metr yoqilg‘i uzatish quvvatiga ega edi.
- Po‘lat eritish 1985-yilda 1,2 mil li- on tonnaga yetdi.
- Olmaliq kon-metal lur giya kombi
- 30 ta oltin
- (Tashselmash)
- «Tashxlopkomash»
- traktor ishlab chiqarish
- Andijon irrjgatsiya mashinasozligi zavodida
- Toshkent mashinasozlik zavodi , An dijon «Kom munar» zavo- dida
- Qurilish sanoati.
Jizzax cho‘lida 70 ming gektardan ko‘proq yangi yerlar o‘zlash- tirildi. O‘zlashtirilgan yerlarda Mirzacho‘l (1967), Do‘stlik (1970), Zafarobod (1973), Arnasoy (1977) tumanlari tashkil etildi. Sanoat kor xonalari barpo etilgan, aholi zichroq yashaydigan posyol kalar bazasida Paxtakor(1974), Do‘stlik (1974), Gagarin (1974), Ulya- novsk (1974), Ilich (1980) shaharlari vujudga keldi. Jizzax cho‘ li- da 1454 ming kv · metr turar joy binolari, 21,9 ming o‘rinli maktab- lar, 6800 o‘rinli bolalar bog‘chalari, klublar, shifoxonalar, oshxona- lar qurildi. 1973-yilda Jizzax viloyati tashkil etildi. Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Sa - mar qand, Xorazm viloyatlarida, Qoraqalpog‘iston ASSRda ham suv xo‘ja ligi, yangi yerlar o‘zlashtirish ishlari keng miqyosda olib boril- di. 70-yillarda Amudaryo suvi hisobiga eng yirik Tuyamo‘yin, Kam- pirrovot daryosi bo‘yida Andijon, Namangan viloyatida Chor toq va Eskar, Samarqand viloyatida Qoratepa, Surxondaryo viloya tida Deh- qonobod suv omborlari bunyod etildi. Katta Namangan, Parkent va boshqa kanallar qurildi. Shunday qilib, O‘zbekiston hududida 1946–65-yillarda qariyb 600 ming gektar yangi sug‘oriladigan yerlar ishga tushirilgan bo‘lsa, 1966–85-yillarda 1,6 million gektar yangi yerlar o‘zlashtirilib foyda- lanish ga topshirildi. 1985-yilda 10 milliard kubometr suvni to‘p lov- chi 23 suv ombori, 197 ming km uzunlikdagi kanallar, 900 ta sug‘o- rish tarmog‘i, 92 ming gidrouzellar ishlab turdi. O‘zlashtirilgan qo‘riq yerlarda 160 sovxoz tashkil etildi. 7,7 mln kv · metr turar joy, 37 ming o‘rinli maktabgacha yoshdagi bolalar muas sasalari, 102 ming o‘rinli umumta’lim maktablari barpo etildi. Qishloq xo‘jaligining moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi. Xo‘ jaliklarni elektr energiyasi bilan ta’minlash, ularga traktorlar va bosh qa qishloq xo‘jalik mashinalari, mineral o‘g‘itlar yetkazib be rish ishlari ancha yaxshilandi. Masalan, 1985-yilda kolxoz va sov xozlarda 189 ming traktor, 37 ming paxta terish mashinasi va bosh qa turdagi texnika vositalari bor edi.
326 Cho‘llarni o‘zlashtirish uchun ming-minglab odamlar safarbar etildi. Bu joylarni obodonlashtirish, paxta plantatsiyalarini ko‘pay- tirish uchun yuz minglab aholi oilalari bilan yashab turgan so‘ lim maskanlarini tashlab, majburan ko‘chirildi. Qanchadan qancha yosh- lar, yigit-qizlar komsomol yo‘l lanmasi bilan bu dasht-biyobonli yer- larga kelib, og‘ir mehnat mashaqqatini chekib, dav latga ko‘proq «oq oltin» yetkazib berish uchun ter to‘kdilar. Res pub likada paxta yakka- hokimligining kuchayib borganligi faktini shunda ko‘rish mumkinki, agar 1950-yilda 1,1 mln gektar yerga g‘o‘za ekilgan bo‘lsa, 1985-yil- ga kelib bu ko‘rsatkich 2 mln gektar ga cha yetdi. Paxta xomashyosi shu yillarda 2,3 mln tonnadan 5,4 mln tonnaga ko‘paydi. Hosildorlik har gektar hisobiga 20,1 sentnerdan 27,0 sentnerga ko‘tarildi. Respublika qishloq xo‘jaligida paxta yetishtirish salmog‘ining or - tib borishi davomida, o‘zbek xalqi nomini zamonlar osha dun yo ga mashhur qilgan muhim ziroatchilik sohalari: shirin-sharbat meva, poliz, sabzavot, sohibkorlik, donchilik va boshqa mahsulotlar yetish- tirish asta-sekin kamayib, qisqariyb bordi. Eng achinarlisi shuki, xal- qimizning azaliy mashg‘uloti samarasi bo‘lgan bu xil mahsulotlar- ning ko‘pi bora-bora respublikamizga chetdan keltirila di gan bo‘lib qoldi. Masalan, bug‘doy, arpa yetishtirish imkoniyati katta bo‘lga- ni holda, uni ekish uchun sug‘oriladigan yerlar ajratil mas, shu bois, bu ekin turlari, asosan, lalmikor yerlarda yetishtirilardi. Hosildorlik ham gektar boshiga atigi 5–8 sentnerni tashkil etardi, xolos. 1985- yilda respublika bo‘yicha atigi 387,9 ming tonna g‘alla yetishtirilgan. Bu uning ehtiyojini mutlaqo qan o at lan tirmas edi, albatta. Chorva- chilik, parrandachilik, baliqchilik sohalarini rivoj lan tirish da respubli- kaning imkoniyat darajasi qanchalik keng va katta bo‘lmasin, biroq bular ham sovetlar davri da yetarli foyda va daromad bilan ishlaydi- gan xo‘jalik tarmoqlariga aylana olmadi. Buning ustiga paxta maydonlarining meliorativ holatini yaxshi- lash, obi-hayot bilan ta’minlash borasida ham jiddiy muammolar kelib chiqib, ularning yillar davomida hal etilmay keli shi esa ko‘p- lab noxush hollarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Atrof-muhit ning buzilishi, suv havzalarining ifloslanishi, kasallik turlarining ortishi, yerlarning kimyoviy moddalar bilan zaharlanishi kabi holat lar vujud- ga keldi. Ekin maydonlarining surunkali zararli kimyoviy o‘g‘itlar, aralash birikmalar bilan ishlanishi, nafaqat, yerlarni yaroqsiz ho latga, tup- roq eroziyasiga olib kelib qolmasdan, balki ayni paytda, ming-ming- 327 lab dala mehnatkashlarining umriga ham zavol bo‘ldi, son-sanoqsiz kasalliklar vujudga kelib, keng tarqalishiga olib kel di.
va rivojlantirish masalasiga hukmron markaz «sotsializm va kommu- nizm jamiyati» qurishdan iborat dasturiy rejalariga asos lan gan hol- da, mamlakatimizning boy xomashyo va mineral re sur s lari dan mak- simum foyda olishni ko‘zlab bu sohaga e’tibor qara tib bor di. O‘zbekiston iqtisodiyotining muhim bo‘g‘i ni sanalgan sanoat urushdan keyingi 1946–1950-yillarda tiklandi va rivojlanib bor- di. 150 dan ziyod yangi sanoat korxonalari quri lib ishga tushirildi. Quv vatiga ko‘ra SSSRda uchinchi o‘rinda turuv chi Farhod GES- ning birinchi va ikkinchi navbatlari qurib bitkazildi. 1-Oqqovoq, 1-Bo‘zsuv, 2-Bo‘zsuv va boshqa gidroelektr stansiyalari qurildi. Qora me tallurgiya sanoati rivojlandi. O‘zbek metallurgiya kom binatining «300» prokat stani va yupqa listli «700» prokat stani quril di, marten va prokat sexlari loyihada belgilangan quvvatga yetdi. «Tashselmash», «O‘zbekselmash», «Chirchiqsel mash», Sa mar qanddagi «Krasniy dvi- gatel» va boshqa zavodlar paxta chi lik bi lan bog‘liq mashinalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi lar. 1950-yil da 4803 ta chigit seyalkalari, 7784 ta traktor kultiva torlari tayyor landi. 1950-yilda 4641 ta SX-40 paxta terish mashi na lari tay yor lan di. Paxta tozalovchi mashinalar ishlab chiqarish 1946-yilda 363 ta bo‘lgan bo‘lsa, 1950-yilga kelib ularning soni 1251 taga yetdi. Shuningdek, yoqilg‘i sanoati tiklandi va rivojlandi. Farg‘ona vo - diy sida Moylisoy, Shahrixon, Surxondaryoda Kakaydi va Lalmikor neft konlari ochilib foydalanishga topshirildi. Oltiariq neftni ishlash zavodi kengaytirildi. Neft ishlab chiqarish 1950-yilda respublika- da 1,3 mln tonnadan oshib ketdi. Polvontosh–Asaka gaz quvuri qu rildi. Yengil sanoat o‘sib bordi. Farg‘ona va Qo‘qonda yangi to‘qi ma - chilik kombinatlari, Toshkentda trikotaj fabrikasi, Buxoro, Samar- qand va Namanganda ip yigirish fabrikalari qurilib ishga tu shi rildi. Agar 1941-yilda 107 mln metr ip-gazlama ishlab chiqaril gan bo‘lsa, 1950-yilda 161 mln metr ip-gazlama tayyorlandi. 1950–1985-yillar O‘zbekiston tarixidagi murakkab davrlardan bi r i dir. Bir tomondan, O‘zbekiston xalqining fidokorona, bunyod- kor lik mehnati tufayli respublika iqtisodiyoti anchagina rivoj landi. Ikkinchi tomondan, sobiq Ittifoqda hukmron bo‘lgan totalitar tuzum, ma’muriy-buyruqbozlikning kuchayishi natijasida ijtimoiy, iqtisodiy 328 va ma’naviy hayotda bir qator muammolar, noxush holatlar to‘pla- nib, pirovardida inqirozli vaziyatni keltirib chiqardi.
tar mog‘i kengaytirildi. 7-Shahrixon GESi, ikkita Namangan GES- lari, ikkita Bo‘zsuv GESlari, Chorvoq GESi, Xo‘jakent GESi qu ri lib ishga tushirildi. Gaz bilan ishlaydigan Angren, Taxiatosh, Navoiy, Sir daryo, 2-Angren GRESlari qurilib ishga tushirildi. 1985-yilda O‘z bekiston elektrostansiyalarining umumiy quvvati 9,9 mln kvt dan ortdi. Shu yili 47,9 milliard kvt · soat, ya’ni 1940-yilga nisbatan 100 baravar, 1950-yilga nisbatan 18 baravar ko‘p elektr ener giyasi ishlab chiqarildi. Elektr uzatgich liniyalari qurilishi kengaydi. Respub lika- ning barcha elektr stansiyalari O‘zbekiston yago na energosistemasi- ga ulandi. Shuningdek, O‘zbekiston, Qozo g‘is ton, Qirg‘iziston, Toji- kiston va Turkmaniston Respublikalarining yirik elektr stansiyalari Markaziy Osiyo yagona elektr sistemasiga ulandi. Natijada sanoat, qurilish, transport, qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish ancha ke ngaydi, xonadonlarni elektr energiyasi bilan ta’minlash yaxshilandi.
g‘un toshko‘mir koni o‘zlashtirildi va yuqori sifatli qo‘ng‘ir ko‘mir qazib chiqarila boshlandi. 60-yillarda Buxoro va Xorazm vi lo yat- laridagi Gazli, Jarqoq, Sho‘rtepa, Sho‘rchi neft konlari o‘zlash ti - rildi. 70-yillarda Farg‘ona vodiysida yangi neft konlari ishga tushiril- di. 1959-yili qurilib foydalanishga topshirilgan Far g‘ona neft ni qayta ishlash zavodi ancha kengaytirildi. Zavodda tex nika moylari, benzin, dizel yoqilg‘isi, parafin va boshqa 35 xil mah su lot lar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekistonda gaz sanoati Buxoro va Qashqadaryo viloyat larida yirik gaz konlarining izlab topilishi va o‘zlashtirilishi bilan bog‘liq ravishda yuksalib bordi. 50-yillarning ikkinchi yarmida «O‘zbek-nef- tegazrazvedka» tresti amalga oshirgan geologik-qidiruv ishlari natija- sida 1956-yili 500 milliard kubometrga teng bo‘lgan, foydala nishga eng qulay Gazli koni ochildi. Shuningdek, Muborak, O‘rta bu loq, Qultog‘, Shapatti, Uchqir, Jarqoq, Qoravulbozor, jami 100 dan ortiq neft va gaz konlari topildi. Ularda 2 trillion kubo metr gaz, 250 mln tonna neft zaxiralari borligi aniqlandi. 1958–1960-yillarda 767 km uzunlikdagi «Jarqoq–Buxoro–Samar - qand–Toshkent» gaz quvuri qurib bitkazildi. Uning yillik quvvati 4,5 mlrd kubmetr gazga teng edi. 1964–1966-yillarda Muborak–Tosh- kent–Chimkent–Almati gaz quvuri qurilib foyda lanishga topshi ril di. 329 Uzunligi 1317 km, diametri 720 mm po‘lat qu vur lari orqali Qash- qadaryo gazidan O‘zbekistonning ko‘pgina sha har lari, shuning dek, Qozog‘iston va Qirg‘iziston xalqlari bah ramand bo‘l dilar. Keyingi yillarda Toshkent–Bishkek–Almati oralig‘ida ikkinchi gaz quvu ri
qu rildi. Shunday qilib, 1958–1980-yillarda Buxoro va Qar shi, Gaz- li rayonlaridan Toshkent–Bishkek–Almati yo‘nalishida yotqizilgan gaz quvurlarining umumiy uzunligi 5 686 km (uning 3 618 km O‘zbe- kistonda yotqizilgan), yillik quvvati 23 mlrd kub metr gaz yoqilg‘isi- ni tashkil etdi. 70 yillarda Mubo rakda qurilgan eng yirik gazni qayta ishlash zavodi yiliga 10 mlrd kubometr gazni to za lab berib turdi va yiliga 160 ming tonna oltingugurt ish lab chi qa rilishini ta’minladi. 1974–1978-yillarda Xovos–Farg‘ona quvuri yotqizildi. Uzun li- gi 677,8 km dan iborat bo‘lgan bu gaz yo‘lining 425,8 kilo metri O‘z- be kistondan, qolgan qismi Tojikiston hududidan o‘tkazil di. Qash qa- daryo va Buxoro «zangori olov»idan qardosh Tojikis ton xalqi ham bahramand bo‘ldi. O‘zbekistonliklar respublikamiz hududidan ko‘plab boy tabiiy gaz konlarining topilishi va o‘zlashtirila boshlanishidan behad xur- sand bo‘ldilar. Har bir oila o‘z xonadonida «zangori olov»dan foyda- lanishni orzu qilardi. Ammo o‘zbek xalqi respublikamiz hu du di da topilgan gaz konlariga xo‘jayin emas edi, ularning xo‘ jayini uzoq- da – Moskvada edi. O‘zbekiston gazidan qanday foy dalanishni Mar kaziy hokimiyatda o‘tirganlar belgilar edi. Markaziy hokimiyat O‘zbekiston gazidan, avvalo, Uraldagi, SSSRning Yevro pa qismi da- gi shahar va posyolkalarni, korxona va xonadonlarni gazlashtirishda foydalanishga kirishdi.
quvu ri yo‘lining 1-, 2- va 3-navbatlari qurildi. Umumiy uzun ligi 6 100 km dan uzun bo‘lgan Buxoro–Ural gaz tran sport sistema si ning yil lik o‘tkazuvchanlik quvvati 21 mlrd kub metr o‘zbek zangori olo- viga teng edi. • Markaziy hokimiyat bu bilan cheklanib qolmadi, O‘zbe kis ton va Turkmaniston gazini bir yo‘la katta miqdorda G‘arbiy viloyat lar- ga uzatish rejalarini tuzdi. Bu reja O‘rta Osiyo–Markaz gaz quvuri nomini oldi. 1965–75-yillarda 2 750 km uzunlikdagi O‘rta Osiyo– Markaz gaz yo‘li qurildi. Ikki yo‘nalishdan iborat O‘rta Osiyo–Mar- kaz gaz quvurining umumiy uzunligi 5500 km bo‘lib, bu yo‘llar yili- ga 80 mlrd kub · metr yoqilg‘i uzatish quvvatiga ega edi. Shunday qilib, o‘zbek «zangori olovi» uzoq-uzoq joylar dagi kor-
330 xonalar va xonadonlarni isitdi, o‘zbekistonliklar, asosan, qishloq aho lisi yonginasidan o‘tgan gaz quvurlariga ming alam bilan qarab qolaverdi, bu mamlakatimiz qaramligining oqibati edi, albatta. 1985- yilga kelib respublikada atigi 2,8 mln kvartira, jumladan, qishloqlar- dagi 1,3 mln xonadon gazlashtirilgan edi, xolos. Kimyo sanoati. Kimyo sanoatini rivojlantirishda gaz, neft, oltin- gugurt, ozokrit, osh tuzi, ohak, grafit, rangli metallurgiya chiqin- dilari, paxta va kanopni qayta ishlashdan hosil bo‘ladigan chiqin di- lar boy xomashyo bo‘lib xizmat qildi. 50-yillarda mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaaivchi Samarqand superfosfat zavodi, 1962-yil da Far- g‘o na azot o‘g‘iti zavodi, 1965-yilda Navoiy kimyo kom bi na ti, 1969- yilda Olmaliq kimyo zavodi qurilib ishga tushirildi. 1985-yilda res- publika kimyo korxonalarida 7,8 mln tonna mineral o‘g‘it lar ishlab chiqarildi, bu 1960-yildagidan 7 marta, 1950-yil da gi ga nis batan 15 marta ortiq edi. Respublika qishloq xo‘jaligi mineral o‘g‘it lar bilan ta’minlandi va boshqa respublika, viloyat lar ga o‘g‘it lar chiqarildi. O‘zbekistonda kimyo tolalari (Farg‘ona kimyo tolalari zavodi), plast massalar (Ohangaron «Santexnik» zavodi, Jizzax plastmassa tur- balari zavodi), maishiy kimyo mahsulotlari (1971-yilda barpo etilgan Olmaliq maishiy kimyo zavodi, Quvasoy, Namangan kimyo zavod- lari, 1971-yilda Toshkent yog‘-moy zavodi tarkibida qurilgan sintetik yuvish vositalari zavodi) ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Respublika kimyo sanoatida zaharli vositalar, kislotalar ishlab chiqarish katta o‘rin tutardi. Andijon gidroliz zavodi, Farg‘ona furan birikmalari zavodi, Yangiyo‘l biokimyo zavodi paxta, sholi, paxta chiqindilaridan spirt, oqsil drojjilari, furan va boshqa mahsulotlar tayyorladilar. Farg‘onada sellyuloza, Navoiyda kotaran, Chirchiqda kaprolaktam ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 1960-yilda 235,4 ming tonna sulfat kislotalari ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 1985-yilda 2,3 mln tonna tayyorlandi. Markaziy hokimiyat tomonidan zaharli kimyo vositalari ishlab chiqarish respublikaga tiqishtirildi. 1985-yilda 47,9 ming tonna turli
Zaharli vositalarining respublika paxta maydonlarida haddan tas- hqari keng qo‘llanilishi natijasida atrof-muhit, ekologik vaziyat buzil- di, odamlar turli-tuman kasalliklarga chalindi. Odamlarning sog‘- lig‘i hisobiga paxta xomashyosiga ko‘rsatilgan «g‘amxo‘rlik» xalq qa qim matga tushdi. Metallurgiya sanoati. 1962-yilda O‘zbekiston metallurgiya sa - 331 noa ti kombinatida uzluksiz po‘lat quyish qurilmasi ishga tushiril- di. 1970–1980-yillarda elektr yordamida po‘lat eritish kompleksi va uning ikkita pechi qurib ishga tushirildi. Kombinatda po‘lat idishlar ish lab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Po‘lat eritish 1985-yilda 1,2 mil li-
50-yillarda Olmaliq–Angren tog‘ sanoati rayonida mis, qo‘r g‘o- shin, rux, volfram, molibden va boshqa nodir metallar koni topil di, ularni o‘zlashtirish jarayonida yirik Olmaliq kon-metal lur giya kombi- nati bunyod etildi. O‘zbekistonda 60-yillarda oltin qazib olish sanoati bunyod etildi. Muruntov, Chodak, Konbuloq oltin kon lari, Far- g‘o na vodiysidagi daryo o‘zanlaridan sochma oltin, Nurota, Qu ra- ma, Zarafshon, Hisor, Pomir tog‘larida oltin tarkibli kvars tomir- lari va rudalar mavjudligi aniqlandi. Respublika hududida 30 ta oltin koni aniqlandi. Oltin qazib oluvchi Muruntov tog‘ boyitish kom binati Marjonbuloq kombinati qurildi. «O‘zbek oltin» birlash masi tuzilgach, uning tarkibida Chodak oltin boyitish kombinati (1965), Angrenda oltin saralash fabrikasi qurilib ishga tushirildi. O‘zbekiston hududidagi rangli metall konlari, jumladan (oltin kon lariga), ulardan noyob va nodir metallar qazib olishga respubli- ka emas, Ittifoq hukumati xo‘jayinlik qilardi. O‘zbekiston hukumati bu konlar va korxonalarda qancha oltin, mis, qo‘rg‘oshin, rux, vol- fram, molibden va boshqa nodir me tal lar qazib olinayotganini, ularni kimlar qayerga olib ketayotganini, qayerda va qancha pulga sotilayot- ganini bilmas edi. Bu haqda gapi rish va yozish ham taqiqlangan edi. Bu holat o‘sha pa yt lar da «O‘zbe kiston suveren Respublika» de gan ibo- raning na qa dar yolg‘on, quruq gap ekanligini yaqqol isboti edi. Mashinasozlik sanoati. 50–80-yillarda O‘zbekiston mashina soz- lik industriyasi ko‘p tarmoqli sohaga aylandi. 1985-yilda respubli- ka sanoatida faoliyat ko‘rsatgan 1 549 ta ishlab chiqarish birlashma- lari, kombinatlari va korxonalarining 100 dan ortig‘i mashinasozlik tarmog‘iga tegishli bo‘lib, ularda tayyorlangan mashinalar salmog‘i O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan butun sanoat mahsulotining 16 foi- zini tashkil etardi. Respublikada, birinchi navbatda, paxtachilikka xizmat qiluvchi mashinasozlik tarmog‘ini rivojlantirish tadbirlari amalga oshirildi. Toshkent qishloq xo‘jaligi mashinasozligi zavodi (Tashselmash) qish- loq xo‘jaligi mashinasozligining bosh korxonasi hisoblanardi. «Tash-
chiqarilgan bo‘lsa, 1985-yilda 9 425 ta shunday mashina tayyorlandi. 332 1957-yilda paxta tozalash sanoati uchun mashinalar ishlab chiqa- ruvchi «Tashxlopkomash» zavodi bazasida yirik «Tashavto mash» zavodi barpo etild. Zavodda paxtani qop-qanorsiz tashuvchi trans- port vositalari va GAZ-51 yuk avtomobili uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu zavod 1967–1971-yillarda qayta jihozlanib,
traktor zavodi nomi berildi. 1948-yildan boshlab O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi (Uzbeksel- mash) zavodi o‘rish mashinalari, diskli boronalar, charxlash stanok- lari, nasos changlagich-purkagichlar, motigalar, chigit ekish mashi- nalari ishlab chiqarar edi. 1960-yilda bu zavodda ko‘rak chuvish mashinasi, 1965-yilda yerga to‘kilgan paxtani teradigan, g‘o‘zapoya yuladigan mashinalar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. 1956-yilda qurilib ishga tushirilgan Andijon irrjgatsiya mashinasozligi zavodida yangi yerlarni o‘zlashtirish, kanallar va suv omborlari quri lishi bilan bog‘- liq zovur kovlaydigan mashinalar, suv nasoslari, avtoben zo sis ter na- lar, yer tekislaydigan buldozerlar va skreperlar, greyder lar va kanal- lar tozalaydigan mashinalar, yuk ortib, tushira di gan murak kab mexa- nizm va uskunalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 50–60-yil lar da qurilgan Toshkent mashinasozlik zavodi, An dijon «Kom munar» zavo-
xillashning ko‘p mehnat talab qila di gan jarayonlarini mexanizatsiya- lashtirish mashinalari, quritish-toza lash asboblari, yuk tashish mashi- nalari ishlab chiqarish o‘z lash tiril di. O‘zbekiston aviatsiya sanoati ham o‘sib bordi. Toshkentda 1941- yilda Ximki shahridan keltirilgan zavod asosida aviatsiya zavo di bar- po etilgan edi. Dastlab u PS-84 va IL-2 samolyotlarini ish lab chiqa- ra boshladi. Toshkent aviatsiya zavodida 1953-yilda IL-14, 1958-yil- da turli tipdagi transport samolyotlari, 1966-yilda esa AN-22 samo- lyotlari tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. 1972-yilda V.P. Chka lov nomidagi Toshkent Aviatsiya ishlab chiqarish bir lash masi tashkil etildi. Uyush- maga Toshkent aviatsiya zavodi (bosh kor xo na), Andijon mexanika zavodi, Farg‘ona mexanika zavo di va Toshkent kislorod zavodi bir- lashtirildi. Birlashmada samolyot yig‘ilgan, uning turli detal va uzel- lari, xalq iste’moli buyumlari ishlab chiqarilgan.
lari sanoati rivojlandi. 1985-yilda qurilish materiallari sanoatining 1851 korxonasi, 11 ta yirik panelli uysozlik kombinatlarida turli xil qurilish materiallari sement, shifer, asbosement quvurlar, par doz- 333 lash plitalari, issiqni saqlaydigan (termoizolyatsion), gidroizo lyat sion ma terial lar, keramik quvurlar, emallangan cho‘yan van nalar, rakovi- na lar, cho‘yan kanalizatsiya quvurlar, keramik buyum lar, sopol qu vur lar ishlab chiqarildi. Mahalliy sanoat korxonalarida aleba ster, ganch, ohak, cherepitsa ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Download 3.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling