Xalqlarining musiqa adabiyoti
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
MDH
- Bu sahifa navigatsiya:
- To’rttinchi pardada
- « Ko’rgazmadan rasmlar» («Kartinki s vistavki»)
- Pushkin va musiqa
- Asosiy asarlar ro’yxati
- Nikolay Andreyevich Rimskiy-Korsakov
- « Sadko» operasining qisqacha mazmuni.
- Nikolay Andreyevich Rimskiy –Korsakov «Shahrizoda» syuitasi
- II qism. «Qalandar-shohzodaning fantastik hiqoyasi»
Birinchi parda xalqning turli xil qatlamlarini ko’rsatadi. Lavhalar tez-tez almashib turadi. Shaklovi’ti’y tuxmat xatini yozdirayotgan paytda moskvalik odamlar ijrosida « Jila kuma » nomli sho’x o’yin qo’shig’i, so’ng «Goy vi’ lyudi ratni’ye» deb nomlangan o’q otarlar xori va sahnani yakunlaydigan « Oy, ti’ rodnaya matushka – Rus’» nomli xor yangrab o’tadi. Xovanskiyni qarshi olish lavhasida « Slava lebedyu» qo’shig’i ijro etiladi. Tertset – Emma , Andrey, Marfa . «Prispelo vremya» ariyasini aytadi. Raskolniklar xori «Boje, otjeni slovesa lukavstviya» qadim urf- odat qo’shiqlarga yaqin.
I bo’lim markazida Marfaning fol ochishi. « Sili’ potayni’ye» va «Tebe ugrojayet opala » bashorati. Musiqasi fojiali va qo’rqinchli. Ikkinchi bo’limda fanatchi-raskolniklarning «Pobedix» nomli madhi va knyazlarning baxsi.
Marfaning ashulasidan boshlanadi. Shaklovitiy «Spit streletskoye gnezdo», nomli ariyasini kuylab o’tadi. Operaning eng oliyjanob va chuqur ishlangan lavhalardan biri. Sho’x «Ax, ne bi’lo pechali» va chastushka shaklida «Zavodilas v zakoulkax» Kuz’ka ijro etgan qo’shig’i o’q otarlarning quvonchli kayfiyatini aks ettiradi. «Batya, batya viydi k nam» rahim talab xorida – arz , shikoyat, qo’rqinch va ojizlik ifodalangan.
egallaydi. «Vozle reki, na lujochke» - vazmin xor qo’shig’i. «Gayduchok»- sho’x raqs qo’shig’i , va «Pli’vyot, pli’vyot lebyodushka» kabi muborakbod etish, ulug’lash qo’shig’i- barisi rus xalq kuylariga asoslangan. Shuningdek, bu ko’rinish ichiga «Plyaski persidok» ya‘ni «Fors qizlar raqslari» kiritilgan. Ushbu raqs nomeri sharq usulida yangraydi. IV pardaning ikkinchi ko’rinishi Marfaning bashoratiga asoslangan orkestr kirishidan boshlanadi. Marfaning «Vidno, ti’ ne chuyal knyaje», Andreyga yo’llangan murojaati qizg’in sevadigan jonning dod-faryodini ifodalaydi. Qatl sahnasida o’q otarlar xorning kuyi motam marsh fe’lini kasb etadi. IV parda preobrajen askarlarning G’alaba marshi bilan yakunlanadi.
o’rmon shovqinini tasvirlaydi. Dosifey ijro etgan «Zdes’, na etom meste» monologi oliyjanob va fojiali . Yakuniy «Gospod’ moy» nomli xorning negiziga qadimiy marosim ibodat kuyi solingan.
41
Doim ijodiy izlanishda bo’lgan Musorgskiy 1870- yilda sahna asarlari- operalar bilan bir qatorda o’nlab musiqali pyesalar va romanslar ham yaratdi. Dastlab kompozitor «Rayok», so’ngra «Klassik» asarini yozdi. «Klassik» asarida kompozitor do’stlari bilan Peterburgning boshqa toifa san’atkorlari orasidagi keskin kurash tasvirlanadi. Shundan keyin Musorgskiy bolalar hayotidan olingan «Burchakda», «Qo’ng’iz », «Qo’g’irchoq bilan», «Uyqudan oldin», nomli pyesalardan iborat bolalar uchun turkum asarni yaratdi. 1875 yilda Musorgskiy Gogolning boshqa bir asari «Sorochinskaya yarmarka »(Sorochin yoymasi) asosida opera yozishga kirishdi, ammo asar tugatilmay qoldi. Kompozitor hayotining so’nggi yillarida «Mefistofel qo’shig’i», asarini, fortepiano uchun «Qayiqchilar», «Gurzuf», «Qora dengiz to’lqini» singari asarlarini yaratdi. Musorgskiy 1881- yil mart oyida vafot etdi. Atoqli kompozitorning «Boris Godunov» bilan «Xovanshina» operalari ijtimoiy-tarixiy obrazlarni chuqur tasvirlashda, xalq ommasini haqqoniy va yorqin ifodalashda jahon musiqa san’atida tengi yo’q asarlardan hisoblanadi. Kompozitor ijodida ijtimoiy va individual tavsifnomalarning xilma- xilligi , jozibadorlik, yuksak dramatizm, psixologik taassurot musiqa ifoda vositalarining yangi va boy xususiyatlari bilan organik bog’langandir. Modest Petrovich Musorgskiy ijodiy merosi beshta opera , xor,skertso, intermetso, fortepiano uchun syuita, 16 ta pyesa, 67 ta romans va qo’shiqlardan iboratdir.
«Ko’rgazmadan rasmlar» 1874- yilda V.V.Stasov tomonidan uyishtirilgan ko’rgazmadan olingan taassurot ostida yaratilgan. Bu ko’rgazma bemaxal (bevaqt) vafot etgan rassom V.Gartman xotirasiga bag’ishlab, tashkil etilgan edi.V. Gartman chizgan rasmlarga qarab Musorgskiy o’zining fortepiano turkumini yaratdi. Kamer cholg’u musiqasi sohasiga oid ushbu turkumni syuita deb nomlasak ham, adashmaymiz.Syuitadagi har bitta pyesa ko’rgazmada tomosha qilingan muayyan rasmga muvofiq. Jami 10 ta pyesa bo’lib, ular « Progulka» (Sayr qilish) mavzusi bilan birlashtiriladi. Bu turkumdagi «Progulka» mavzusi refren vazifasini bajaradi va butun turkumni shu munosabat bilan rondo shakliga yaqinlashtiradi:
42
1.«Gnom» (Mittivoy). 2. «Stariy Zamok» ( Qadim Qasr). 3.«Tyulyeriyskiy sad» (Tyuilri Bog’i). 4.«Bi’dlo» (Xayvon). 5.«Balet nevilupivshixsya ptentsov» (Po’sti yorilmagan jo’jalar raqsi). 6.«Dva yevreya» (Ikkita Yahudiy). 7.«Limojskiy rinok»( Limoj bozori). 8. « Katakombi » (Yer osti ko’chalar). 9. «Izbushka na kuryix nojkax»( Tovuq oyog’idagi kulba). 10. «Bogatirskiye vorota» (Bahodir Darvoza).
Adabiy janr Kompozitor Musiqaviy janr 1 Ruslan va Lyudmila she’riy doston M.I.Glinka opera
2 Ya pomnyu chudnoye mngnovenye she’r M.I.Glinka romans
3 Rusalka
drama A.S.Dargomijskiy opera 4 Ya vas lyubil she’r
A.S.Dargomijskiy romans 5 Tosh mehmon kichik tragediya A.S.Dargomijskiy opera 6 Boris Godunov kichik tragediya M.P.Musorgskiy xalq
musiqa dramasi 7 Motsart va Salyeri kichik tragediya N.A.Rimskiy- Korsakov bir pardali opera 8 Shox
Sulton haqida
ertak she’riy ertak N.A.Rimskiy- Korsakov ertak -operasi 9 Oltin xo’rozcha she’riy ertak N.A.Rimskiy- Korsakov ertak -operasi 10
Yevgeniy Onegin she’riy
roman P.I.Chaykovskiy opera
43
11 Pikovaya dama qissa P.I.Chaykovskiy fojia operasi 12
Poltava (Mazepa) she’riy
doston P.I.Chaykovskiy opera 13
Lo’lilar (Aleko) she’riy
doston S.V.Raxmaninov bir pardali opera
14 Domik
v Kolomne
(Mavra). she’riy
doston S.F. Stravinskiy. bir pardali
opera
Operalar: “Salambo”,“Uylanish”( birinchi parda),“Boris Godunov”, “Xovanshina”,“Sorochin yoymasi”. 67 ta romans va qo’shiqlar. “Kal tog’ida Ivan tuni”(Noch na l’isoy gore) simfonik manzarasi, “Intermetsso” “Ko’rgazmadan rasmlar”( Kartinki s vi’stavki). Fortepiano uchun alohida pyesalar.
Nikolay Andreyevich Rimskiy-Korsakov
Nikolay Andreyevich Rimskiy-Korsakov 1844- yilda Novgorod guberniyasi, Tixvin shahrida tug’ildi. Rimskiy-Korsakovlar oilasi musiqadan durustgina ma’lumotga ega edi: otasi fortepianoni notaga qaramay chalar, tog’asi va onasi xalq qo’shiqlari, operadan ariyalar aytardilar.
Bolada musiqa qobiliyati juda erta uyg’ondi. Olti yasharligida ota-onasi u bilan musiqa mashg’ulotlarini boshlaydilar. Ammo yoshlik chog’larida musiqa kichkina Kolyani u qadar qiziqtirmaydi. Dengiz romantikasi, dengizchi bo’lish ishtiyoqi uni ko’proq qiziqtirar edi. Bu havas uzoq dengiz safaridan xat yozib turgan dengizchi akasining ta’sirida yana ham oshib bordi.
Uning dengizchi bo’lish orzusi tezda ro’yobga chiqdi: 1856- yilda u Peterburgdagi Dengiz Korpusiga o’qishga berildi. Dengiz korpusida o’qish bilan bir qatorda, u opera spektakllarni, xilma-xil kontsert dasturlarini eshitadi va jiddiy musiqa namunalari bilan tanishadi.
44
Dengiz korpusida ham musiqa to’garagi tashkil etiladi, Rimskiy – Korsakov unda faol ishtirok etadi. U shu davrda rus musiqasini qadrlovchi, ma’lumotli va ajoyib pianist Kanilledan musiqa ta’limini oladi, fortepiano uchun pyesalar yozadi. Hatto, simfoniya yaratish borasida ish boshlaydi.
Kanille o’z shogirdining ajoyib qobiliyati borligiga qanoat hosil qilgach, uni Balakirev bilan, shuningdek to’garagining a’zolari Kyui, Musorgskiy, va Stasov bilan tanishtiradi.
Rimskiy-Korsakov 1862 yilda Dengiz korpusida o’qishni tugatgach, dengizchilik ma’lumotini tugallash uchun «Olmos» nomli o’quv kemasida dunyo bo’ylab sayohatga ketishga majbur bo’ladi.
Uch yil davom etgan bu sayohat Rimskiy-Korsakovga katta ma’naviy ozuqa beradi. U Belinskiy, Gertsen, Dobrolyubov va boshqalarning badiiy, ijtimoiy-tarixiy va tanqidiy asarlarini o’qiydi. Bu esa kompozitorning demokratik dunyoqarashining mustahkamlanishiga yordam berdi.
Shu bilan bir qatorda u tabiatning xilma-xil manzaralari va ayniqsa, dengiz stixiyasidan yorqin taassurotlar oldi. Keyinchalik dengiz obrazi uning ijodida katta o’rin egallaydi.
Rimskiy –Korsakov Peterburgga qaytgandan keyin uning kompozitorlik va Peterburg konservatoriyasida professorlik faoliyati boshlanadi.
Rimskiy-Korsakovning ijodiy merosida epik-ertak xarakteridagi operalar markaziy o’rinda turadi. Kompozitor «Snegurochka» (bahor ertagi ) «Sadko» (opera –bi’lina), «Rojdestvo arafasidagi tun» (opera –kolyadka), «O’lmas – Kashey»(kuz ertagi), «Ko’rinmas Kitej shahri va Fevroniya qizi haqida doston» (doston operasi). «Oltin xo’rozcha(afsona)», «Pskovityanka»(opera- solnoma) operalarini yozgan. Kompozitor tomonidan operalarga qo’yilgan sarlavhalarning o’zi asarlarning xalq san’ati janrlari bilan bog’liq bo’lgan mustahkam aloqasini ifodalaydi.
Rimskiy –Korsakovning fikricha «Snegurochka» operasi eng mukammal operalaridan biri (bu opera A.N.Ostrovskiyning shu nomli ertak p’yesasi asosida yaratilgan). «Snegurochka» operasining qisqacha mazmuni.
Bu voqea qadim zamonlarda Berendeylarning afsonaviy mamlakatida bo’lib o’tadi. Quyoshning qudratli xudosi Yarilo, Go’zal -Bahor va Qorboboning qizi - Snegurochkaning (qor-qiz) paydo bo’lishidan darg’azab bo’ladi. Go’zal Bahor
45
qushlar qurshovida yerga tushadi. Qor-Bobo paydo bo’lib, Snegurochkani chaqiradi. Qor-Bobo bilan Go’zal Bahor Snegurochkani Berendeylar mamlakatiga qo’yib yuborishga qaror qiladilar. Cho’pon Lel Snegurochkaga qo’shiq aytib beradi. Snegurochkaga yigit juda yoqib qoladi, ammo yigit sovuqdan sovuq Snegurochkani tashlab, boshqa qizlar yoniga boradi. Snegurochkaning go’zalligiga mahliyo bo’lgan savdogar Mizgir unashtirib qo’yilgan qallig’i Kupavadan voz kechib, Snegurochkaga uylanmoqchi bo’ladi. Mizgirning tuturuqsizligidan nafratlangan xalq, qizga kuyov ustidan shoh Berendeyga arz qilishni maslahat beradi. Shoh, Mizgir ustidan hukm chiqarmoqchi bo‘ladi, ammo Snegurochkaning g’ayri- tabiiy go’zalligidan hayratda qoladi va uning sevgi nimaligini bilmasligini sezib, Mizgirga Snegurochkani maftun qilishni buyuradi. Snegurochka sovuqligidan iztirob chekadi va Bahor-onasidan najot so’raydi. Onasi unga sehrli bosh kiyim (gulchambar)beradi,u qizda sevgi hislarini uyg’otishi lozim edi. Endi Snegurochka Mizgirga o’z sevgisini izhor qiladi. Xaloyiq yozning birinchi kunini qarshi olish uchun maydonga yig’ilgan. Snegurochka bilan Mizgir ham, boshqa kelin-kuyovlar qatorida, Shoh Berendey yoniga keladilar. Shunda Snegurochkaga quyosh nuri tushadi va u issiqlik, o’zida paydo bo’lgan sevgi his- tuyg’ulari ta’sirida erib ketadi. Mushkul ahvolda qolgan Mizgir o’zini suvga tashlab g’arq bo’ladi. «Snegurochka» operasining musiqasi rus xalq musiqasiga xos bo’lgan haqiqiy xalq mavzular bilan boyitilgan. Asarda xalq musiqasining melodik va lad davralari, xalq cholg’u musiqasi uchun xos bo’lgan sadolar asosiy o’rin egallaydi. Rimskyi-Korsakov 1894 –1896- yillarda «Sadko» operasini yaratdi. Bu operaning syujeti savdogar mehmon, Sadko haqidagi dostonga asoslangan.
Yosh, g’arib gusli chalib ashula aytuvchi Sadko Novgorod savdogarlari bazmida qo’shiq aytishdan bosh tortadi: ularning boy va to’qin –sochin hayotini kuylashni istamaydi. U ona shahri shuhratini taratishni, uzoq sayohatlarga borish va qahramonlik ko’rsatish haqidagi oliyjanob orzu tilaklarini ochiq –oydin aytadi. Savdogarlar uni bazmdan haydab chiqaradilar.
Tun paytida Sadko Ilmen ko’li sohilida hayol surib o’tirganida oqqushlar to’dasining go’zal qizlar shakliga aylanganligini ko’radi. Ular orasida dengiz shohi Volhovaning kenja qizi ham bor edi. Qiz Sadkoga oltin baliqchalar hadya qilishga va’da beradi.
46
Sadko Novgorod savdogarlari bilan garrov o’ynaydi. Ularning barcha mol-mulklari evaziga oltin baliqchalar tutib keltirishni aytadi. Garrovni yutganidan keyin o’nlab kemalarga qimmatbaho mollarni yuklab uzoq o’lkalarga sayohatga ketadi.
Uzoq sayohatdan keyin Sadko suv osti shohi Volhov huzuriga tushadi. Uning qizi bilan to’y qiladi. Sadkoning cholg’usi jo’rligidagi jazavali raqslar va xursandliklardan dengiz usti to‘lqinlanadi, kemalar g’arq bo’ladi. Kariya – qudratli pahlavon paydo bo’ladi. Raqslar to’xtaydi. Sadko bilan Volxova qaytadan Ilmen ko’li sohiliga chiqarib tashlanadi.Volxova daryoga aylanib qoladi, Sadko esa xotini Lyubava bilan uchrashadi. Sadko novgorodliklarga boshidan kechirgan sarguzashtlarni va ajoyib –g’aroyib sayohatlarini hiqoya qilib beradi. Xalq Sadko, moviy dengiz, ulug’ Novgorod sha’niga madhiya o’qiydi. «Sadko» operasining yaratilishi Glinkaning rus ertak –epik opera janridagi «Ruslan va Lyudmila» operasidan keyin muhim voqea bo’ldi. Rimskiy-Korsakovning ijodiy merosida simfonik asarlar katta o’rin egallaydi. «1001» kecha arab ertaklaridagi obrazlar bilan bog’liq bo’lgan «Shahrizoda» nomli dasturli simfonik syuitasi kompozitorning noyob asarlaridan hisoblanadi. «Ispan kaprichchiosi» ispan xalq mavzulari asosida yaratilgan ajoyib simfonik pyesadir. Rimskiy –Korsakov hayotining so’nggi yillarida rus musiqa madaniyatining rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan turli ishlarni zo’r g’ayrat bilan bajardi: konservatoriyada pedagogiklik va tashkilotchilik ishlarini olib bordi, simfonik kontsertlarda dirijorlik qildi, Musorgskiy bilan Borodinning o’lkan ijodiy merosini tartibga keltirib qo’yishdi, tugatilmagan asarlarni poyoniga yetkazdi. Rimskiy-Korsakov 1908 yilda vafot etdi. Rimskiy-Korsakov opera san’atining donishmandi, dasturli musiqaning ajoyib namunalarini yaratuvchi yirik rus kompozitorlardan biri edi. Kompozitor butun hayoti davomida 15 opera, xor va orkestr uchun kantatalar, simfonik orkestr uchun uvertyuralar, 7ta syuita fortepiano uchun kontsert, 2ta torli kvartet, bir qancha darsliklar yaratdi.
47
Nikolay Andreyevich Rimskiy –Korsakov «Shahrizoda» syuitasi N.A.Rimskiy-Korsakovning Shahrizoda simfonik syuitasi 1888 yilda «Ming bir kecha» arab xalq ertaklari asosida, dasturli asar bo’lib yaratilgan. Syuita 4 qismdan iborat. U nafaqat bitta g’oya, balki umumiy musiqaviy mavzular bilan ham birlashtirilgan. Shahrizoda -ertakchi qiz mavzusi barcha qismlarda paydo bo’ladi. Syuitani yaratish jarayonida kompozitor avval har bitta qism uchun alohida nom bermoqchi edi, lekin bu fikrdan qaytib, nomsiz qoldirgan. U tinglovchilar o’z fantaziyasiga ko’ra obraz yaratishni foydaliroq deb deb topgan. I qism avval «Dengiz va Sindbod» deb atalgan. Kirish qismida ikkita kontrast mavzu yangrab o’tadi: 1)Qattiqqo’l va badjahil shoh Shohriyor mavzusi 2).Go’zal va yosh Shahrizoda mavzusi. Birinchi mavzu torli va mis cholg’ular tomondan yo’g’on (past)registrda ijro etiladi. Dono ertakchi Shahrizodaning mavzusi har doim yakka skripka tomonidan ijro etiladi. O’z kuy rasmi sharq bezaklarni eslatadi. Sonata allegrosining bosh partiyasi to’lqinlanib turgan dengiz obrazini tasvirlaydi. Bosh partiya Shohriyor mavzusiga asoslanadi, lekin endi u ertakning bosh qaxramoni jasur sayoxatchi Sinbod mavzusiga aylanadi. U mavzu bilan Sinbod kemasining mavzusi kontrastlashadi.Yog’och cholg’ular yordamida yumshoq akkordlar bir tekis va past ovozda almashib turib,dengiz to’lqinlarida kemaning ravon suzishi ko’rsatib o’tiladi. Dengiz yana to’lqinlanib, ko’tarilib ketadi, bu yakunlov partiya mavzusi. O’zgartirilgan reprizadan keyin koda keladi. Bu joyda Shohriyor mavzusi yorug’lashadi. Shohriyor ertakchi qizga yana bir kun hayot taqdim qiladi. II qism.«Qalandar-shohzodaning fantastik hiqoyasi» Shahrizodaning ovozi paydo bo’ladi. Qiz yangi ertagini boshlaydi. Bu ertakning bosh qahramoni - Qalandar. Shuning uchun ham yakka skripka o’rniga fagot chala boshlaydi. II qism asosiy mavzusi sharq xalq taronalariga asoslangan. Keyin bir necha yorqin variatsiyalar ijro etiladi. Cholg’udan cholg’uga o’tib, mavzu yangilanib turadi. O’rta qism kuchli kontrastga ega . Trombonlar ijrosida fanfarali chorlovlar eshitiladi. Ohiriga yaqin musiqa marshga aylanadi. Reprizada bayon mavzusi unchalik hotirjam emas. Yakunda Shohriyor mavzusi paydo bo’ladi.
issiq quyosh va shirin xayollarga to’la. Birinchi -Shohzod mavzusi sharq xalq 48
kuylariga yaqin. Ikkinchi –Malika mavzusi-raqs sifat-latofatli obraz yaratadi. O’rta qismda yana bir bor Shahrizoda mavzusi paydo bo’ladi. Butun qismga sharq koloriti hos.
Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling