Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/74
Sana18.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1783414
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   74
Bog'liq
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish

Geoekologik monitoring
geoekologik nazoratning birinchi 
bosqichi bo‘lib, u geotizimlarning davriy o‘zgarishini kuzatib 
borish, hisobga olish, baho berish va istiqbolini belgilash 
tizimi. U lokal, regional (mintaqaviy) va global miqyosda 
olib boriladi. O‘zbekistonda milliy ekologik monitoring tizimi 
1972-yil BMTning Stokgolm konferensiyasida qabul qilingan 
atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan rezolutsiyasida 
aks ettirilgan prinsiplarga mos ravishda amalga oshiriladi. 
Uning huquqiy asosi bo‘lib «O‘zR Tabiatni muhofaza qilish 
to‘g‘risida»gi Qonunning 28-moddasi, 2002-yil 3-aprelda 
Vazirlar Mahkamasining 111-sonli qarori bilan tasdiqlangan 
«Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi to‘g‘risida»gi nizom 
maxsus vakolatlangan davlat organlarining nizomlari hamda 
boshqa qonun osti normativ hujjatlar hisoblanadi. Vazirlar 
Mahkamasining 2016-yil 23-avgustda 273-son qarori bilan 
tasdiqlangan «2016–2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasida 
atrof tabiiy muhit monitoringi dasturi»ga muvofiq ravishda 
Hozirgi vaqtda atrof tabiiy muhit monitoringi 390 ta sanoat 
korxonasi, 68 ta yer usti suv oqimlari punktlari, 87 ta suv 
tashlama kollektorlari, 1694 ta yer osti suvi quduqlari, 74 ta 
buloqlar va 61 ta atmosfera havosini kuzatish postlarida olib 
boril moqda.
Lekin ekologik monitoring faqatgina davlat organlari 
tomonidan olib boriladi, deyish noto‘g‘ridir. Ekologik kadastr-
dan farqli, ekologik monitoring nodavlat tashkilotlari, 
o‘zini o‘zi boshqaruv idoralariga ham xos bo‘lgan nazorat 


39
turidir. Geoekologik monitoring esa faqatgina ilmiy va o‘quv 
maqsadlarida olib boriladi.
Monitoring
– nazorat obyektining davriy o‘zgarishini kuzatib borish, 
hisobga olish, baho berish va tegishli chora-tadbirlarni tavsiya etish.
Geoekologik monitoring ekologik monitoringning bir 
turi bo‘lib, u davlat hokimiyatiga, mahalliy hokimiyatlar va 
ijroiya organlariga atrof-muhit holatiga doir ma’lumotlarni o‘z 
vaqtida yetkazib berish orqali ekologik yo‘nalishdagi maxsus 
vakolatlangan davlat inspeksiyasi xizmati faoliyatini aniq va jadal 
sur’atlarda olib borishga asos bo‘ladi. Geoekologik monitoring 
ma’lumotlari ochiq-oshkora ravishda olib borilishi kerak. Ushbu 
axborot, avvalo, ekologik boshqaruv organlarida umumlashtiriladi 
va baholanadi. Salbiy ekologik holat bo‘yicha monitoring 
ma’lumotlari darhol aholiga e’lon qilinishi talab etiladi.
Geotizimlarning miqdori, sifat va boshqa xil ko‘rsat-
kichlari, ulardan foydalanish hajmi, tartib-tamoyilini hisobga 
olib borish uchun davlat tabiiy resurslar kadastrini yurita-
di. Ekotizimlar holatiga zararli ta’sir etishi mumkin bo‘lgan 
obyekt lar, ularni ifloslantiruvchi zararli moddalar va ularning 
miqdori, ishlab chiqarish va kommunal chiqindilarning hajm-
lari, tarkibi ham nazorat qilib boriladi va davlat hisobiga oli-
nadi.
Geoekologik monitoring ekologik nazorat inspeksiyasi dav-
lat hokimiyati va bosh 
qaruv idoralari hamda maxsus vako-
latlangan davlat idoralari tomonidan amalga oshiriladi. Ular 
ham o‘z ekologik boshqaruv vakolatlaridan kelib chiqqan holda 
umumiy va maxsus ekologik nazoratlovchi davlat organlariga 
ajratiladi.
Aniqlangan geografik qobiq doirasidagi geotizimlarda or-
ganizmlarning o‘zaro va uning atrof-muhitida kechayot-
gan o‘zga 
rishlarni kuzatib borish, hisobga olish, baho berish 
hamda istiqbolini belgilashning turli xil metodlari mavjud: 


40
an’anaviy (Yer yuzasida turib geografik) kuzatish va aerokos-
mik (masofadan turib) kuzatish.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling