Geografiya ta'limida qo'llaniladigan metodlar tasnifi


Download 1.24 Mb.
bet4/5
Sana05.05.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1427778
1   2   3   4   5
Bog'liq
6 GEOGRAFIYA TA\'LIMIDA QO\'LLANILADIGAN METODLAR TASNIFI

Geografik xaritalarni o‘qiy olishga o‘rgatilgan o‘quvchilardagi harakat yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Masalan: Toshkent Davlat dorulfunini geografiya fakultetiga kiruvchi abiturentlarning kirish imtihonlaridagi javoblarini geografiya bo‘yicha olimpiadalarda ishtirok qilgan o‘qituvchilarni kuzatish shuni ko‘rsatadiki, ular xaritadan bilim manbai sifatida foydalanadilar. Ularning bergan javoblari to‘liq bo‘lib, biron hududning tabiiy sharoiti va xo‘jaligi xarita asosida atroflicha ochib beriladi.

  • Geografik xaritalarni o‘qiy olishga o‘rgatilgan o‘quvchilardagi harakat yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Masalan: Toshkent Davlat dorulfunini geografiya fakultetiga kiruvchi abiturentlarning kirish imtihonlaridagi javoblarini geografiya bo‘yicha olimpiadalarda ishtirok qilgan o‘qituvchilarni kuzatish shuni ko‘rsatadiki, ular xaritadan bilim manbai sifatida foydalanadilar. Ularning bergan javoblari to‘liq bo‘lib, biron hududning tabiiy sharoiti va xo‘jaligi xarita asosida atroflicha ochib beriladi.
  • Ko‘nikma va malakalar o‘quvchilarni kelgusida amaliy hayotga tayyorlashda, ishlab chiqarishdan, tabiatdan, turli xil ilmiy-ommabop adabiyotlardan, xaritalardan bilimlarni mustaqil egallashda muhim ahamiyatga ega.
  • O‘quvchilar tomonidan mazkur ko‘nikmalarning egallanishi boshqa, yangi ko‘nikmalarni egallashini yengillashtiradi, masalan, joyda ufq tomonlarini aniqlash ko‘nikmasi, xaritada mo‘ljal olish ko‘nikmasini egallashga yordam beradi.

Ko‘nikma va malakalar shakllanishi ko‘pgina sabablarga, o‘quv jihozlari va vositalari, o‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlariga bog‘liq. Lekin o‘qituvchi asosiy sabab hisoblanadi. O‘qituvchi rahbarligining mazmuni shundan iboratki, ko‘nikma egallash jarayonida u o‘quvchilar harakatini tahlil qiladi. Ushbu ko‘nikma va malakani egallash uchun qanday nazariy bilimlar zarurligini aniqlaydi.

  • Ko‘nikma va malakalar shakllanishi ko‘pgina sabablarga, o‘quv jihozlari va vositalari, o‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlariga bog‘liq. Lekin o‘qituvchi asosiy sabab hisoblanadi. O‘qituvchi rahbarligining mazmuni shundan iboratki, ko‘nikma egallash jarayonida u o‘quvchilar harakatini tahlil qiladi. Ushbu ko‘nikma va malakani egallash uchun qanday nazariy bilimlar zarurligini aniqlaydi.
  • Yuqori sinflarda iqtisodiy-geografik xaritalarni o‘qish ko‘nikmasini shakllantirish birmuncha qiyin kechadi. Iqtisodiy xaritalarni o‘qish usullari tabiiy-geografik xaritalarga birmuncha o‘xshab ketadi. Bu yerda ham reja asosida ta’rif berish yetakchi rolni o‘ynaydi. Masalan, sanoat tarmoqlariga tavsif berish rejalari, tumanlar, shaharlar, davlatlarga ta’rif berish bunga misol bo‘la oladi.
  • Iqtisodiy-geografik xaritalarni o‘qish ko‘nikmasini shakllantirishda o‘quvchilar iqtisodiy-geografik o‘rin tushunchasini qiyinchilik bilan egallaydilar. Bu borada bir necha mashqlarni muntazam ravishda bajarish xaritani o‘qishni osonlashtiradi. Jamiyatning siyosiy tuzumi, tabiiy sharoit, mamlakat yoki nohiya iqtisodiyotini belgilashda katta rol o‘ynaydi. Shu tufayli ham iqtisodiy geografiyadan nazariy tayyorgarliksiz o‘quvchilar u yoki bu obektning iqtisodiy-geografik tavsifini tuzishda qiynaladilar. Sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport tarmoqlari joylashishini tushuntira olmaydilar. Iqtisodiy xartalarni o‘rgatish ko‘nikmasi turli usullar orqali shakllantirilishi mumkin. Masalan, xarita orqali shaharlarga iqtisodiy-geografik ta’rif berilganda o‘quvchilar uning xomashyo va tayyor maxsulotlar olishdagi va chiqarishdagi aloqalari, kelajakdagi rivojlanishiga oid ma’lumotlarga oldindan ega bo‘lishlari kerak.

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling